Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


- MAVZU. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

6- MAVZU. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari. 
1.Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha, ularning ahamiyati. 
2.Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi.
3.Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi.
4.Buxgalteriya hisobi shakllari 
Tayanch iboralar:
Registrlar, kartochkalar, vedomostlar, «qizil qalam», «Qo‘shimcha 
yozuv», «Memorial-order», «Bosh kitob», «Jurnal-order», «Elektronavtomatlash-tirilgan», 
BAT, AIJ, EHM, sintetik hisob registri, xronologik hisob registrlari, tizimli hisob 
registrlari, kombinatsiya- lashgan registrlar. 
 
1. 
Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha, ular ahamiyati.
Hisob registrlari «registratsiya» so‘zidan olingan bo‘lib, buxgalteriya hisobi yozuvlarini 
ro‘yxatga oluvchi hujjatlar degan ma’noni anglatadi. 
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, 
bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir. 
Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘nggra 
shu dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi. 


Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga 
oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun 
buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi. 
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari – hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini) 
aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir. 
Buxgalteriya hisobi registrlari - jurnallar, qaydnomalar, kitoblar, tasdiqlangan 
blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schetlarga tegishli ko‘rsatkichlar 
aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari 
va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi. 
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va 
hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning nechoglik 
o‘z vaqidada to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘ziuchun, balki uning 
balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan. 
Korxonalar buxgalteriya balans va hisobotlaridan esa qo‘yidagilar foydalaniladilar: 

Korxonaning ichki boshqaruvi; 

Bank muassasi

Solik inspeksiyasi; 

YUqori tashkilot; 

Kreditorlar; 

Aksiyadorlar va boshqalar. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə