Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
6. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish
.
Inventarizatsiyaning qanday turi o‘tkazilayotganligidan qat’iy nazar, uni o‘tkazish 
hisobot korxona rahbari buyrug‘i tuzilishi shart. Bu buyruqda quyidagi rekvizitlar aks ettirilgan 
bo‘lishi lozim: buyruq tartib raqami, korxona nomi, buyruq yozilgan muddat, inventarizatsiya 
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bo‘lim, inventarizatsiya ob’ekti (moddiy boylik va moliyaviy 
majburiyatlar), inventarizatsiya boshlash va tugatish muddatlari, inventarizatsiya utkazish sababi, 
inventarizatsiya hujjatlarini buxgalteriyaga topshirish muddati, raxbar ismi va imzosi, korxona 
muhri. 
Korxonalarda inventarizatsiya o‘tkazish hisobotgi buyruqlar bajarilishi ustidan nazorat 
ta’minlash maqsadida, ro‘yxat kitobi yuritilib, uni nomi «Inventarizatsiya utkazish hisobot 
buyruqlar bajarilish nazorat kitobi». Undagi rekvizitlar quyidagilardan iborat: korxona nomi, 
inventarizatsiya boshlanishi muddati, tugatish muddati, inventarizatsiya o‘tkaziladigan korxona, 
ombor, sex, bo‘lim nomi va hokazo, moddiy javobgar shaxs familiyasi, buyruq (tartib raqami, 
muddati), inventarizatsiya komissiyasi a’zolari, buyruqni olinganligini tasdiqlovchi imzo, 
inventarizatsiya etiladigan boylik nomi, inventarizatsiya o‘tkazish muddati (buyruqga ko‘ra, 
haqiqatda) tugatilishi muddati (buyruqga ko‘ra, haqiqatda), inventarizatsiya qatnashchilari 
hisobot belgi dastlabki natija (muddat, etishmovchilik, ortiqcha summalar), so‘nggi natijalar 
(muddat, etishmovchilik ortiqcha summalar), natijalarni tasdiqlangan muddati, etishmovchilik 
bo‘yicha qabul qilingan tadbir muddati, etishmovchilikni qoplash ishni tergov organlariga berish, 
belgi qo‘yish qatori. 
Buyruqni olib, uni olinganligi hisobot ro‘yxatga imzo chekkan komissiya a’zolari, 
belgilangan ob’ektga borganlaridan so‘ng, inventarizatsiya boshlashdan oldin inventarizatsiya 
muddatiga, kirim va chiqim hujjatlarini yoki moddiy boyliklar va pul mablag‘larini harakati 
hisobot hisobotlarni oxirgilarini olishlari shart. 


Inventarizatsiya komissiyasi rahbari hisob reestrlariga (hisobtlariga) ilova qilingan 
hamma kirim va chiqim hujjatlariga imzo qo‘yadi. Bu hujjatlar buxgalteriyada, inventarizatsiya 
boshlangunga qadar hisob bo‘yicha moddiy boyliklar qoldig‘ini hisoblashga asos bo‘ladi. 
Inventarizatsiya qilinayotgan boylikni keltirish bo‘yicha hisobdorlik summalariga ega yoki uni 
qabul qilishga ishnochnomaga ega bo‘lgan shaxslardan ham tilxat olinishi lozim. 
Moddiy boyliklar va hisoblangan moliyaviy majburiyatlar haqiqiy holati hisobotgi 
ma’lumotlar inventarizatsiya yozuvi yoki inventarizatsiya dalolatnomalariga ikki nusxadan kam 
bo‘lmagan miqdorda rasmiylashtiriladi.
Inventarizatsiya komissiya a’zolari inventarizatsiya ob’ektlari oxirgi qoldiqlarini to‘liq va 
aniq aks ettirishlari, inventarizatsiya ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirishlari 
lozim. 
Korxonada inventarizatsiya etilayotgan mulklar haqiqiy qoldig‘i o‘lchash, tortish, sanash 
orqali aniqlanadi. SHuning uchun ham korxona rahbari inventarizatsiya belgilangan muddatda 
boshlanishini va oqilona tashkil etilishini ta’minlash shart-sharoitlarini yaratmog‘i zarur. Bunday 
shart-sharoitlarga bilan yordamchi ish kuchlari bilan, xo‘jalik, tortish asboblari, va ular texnik 
sozligini ta’minlashlari misol bo‘ladi.
Korxona tovarlar va boshqa moddiy zahiralari inventarizatsiya qilinayotganda, ular mol 
etkazib beruvchilar o‘rovlarida saqlanayotgan bo‘lsa, tanlov usulida tekshirish ishlari olib 
borilishi mumkin. Tanlov usulida boyliklarni ba’zi birlarigina o‘lchanishi, sanalishi mumkin, 
agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy boylikning hammasi inventarizatsiyadan 
o‘tkazishi shart bo‘ladi. Ko‘p miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib 
borilayotganda, inventarizatsiya komissiya a’zolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish 
qaydnomalariga ma’lumotlarini aks ettirib boradi. Kun oxiri yoki o‘lchash oxiriga borganda 
ushbu qaydnomalar ma’lumotlari umumlashtirilib, jami ko‘rsatkichlar inventarizatsiya 
ro‘yxatida aks ettiriladi.
O‘lchash dalolatnomalari, texnik hisoblashish va tortish qaydnomalari inventarizatsiya 
ro‘yxatiga ilova qilinishi shart.
Korxona mulklari haqiqiy miqdori inventarizatsiya orqali aniqlanayotganda, moddiy 
javobgar shaxs qatnashmogi lozimdir. 
Inventarizatsiya dalolatnomalari va inventarizatsiya ro‘yxatlari yozma ravishda, 
shuningdek, hisoblash texnikasi va yozuv mashinalari orqali to‘ldirilishi mumkin. Ushbu 
hujjatlarni to‘ldirishda o‘chirib yozishlar va bo‘yashlarga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Inventarizatsiya 
qilinayotgan tovar moddiy boyliklari va boshqa ob’ektlari inventarizatsiya yozuvlariga aks 
ettiriladi. Inventarizatsiya ob’ektlari ular analitik hisobi ro‘yxati bo‘yicha inventarizatsiya 
ro‘yxatiga tartib raqami, o‘lchov birligi, miqdori aks ettirilib boriladi. 
Agar xatolik bilan aks ettirilgan yozuvlar aniqlansa, ustidan chizib, to‘g‘ri yozuv aks 
ettiriladi va bu komissiya a’zolari hamda moddiy javobgar shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Agarda inventarizatsiya yozuv va ro‘yxatlarida, solishtirma qaydnomalarida bo‘sh 
qatorlar bo‘lsa, chiziq tortilishi kerakki, bu bilan qo‘shimcha yozuvlar orqali inventarizatsiya 
ma’lumotlarini haqiqatdan chetlanishi oldi olingan bo‘ladi. 
Inventarizatsiyani rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq inventarizatsiya dalolatnomasi va 
inventarizatsiya ro‘yxatini inventarizatsiya komissiya a’zolarining barchalari va moddiy 
javobgar shaxs imzolari bilan tasdiqlashlari kerak.
Hisob va inventarizatsiya ma’lumotlari solishtirma qaydnomalarida solishtiriladi. 
Ortiqcha yoki etishmovchiliklarni miqdor va qiymat ko‘rinishida aks ettirish shu solishtirma 
qaydnomalarida amalga oshiriladi.
Korxona mulklari inventarizatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar ro‘yxati qo‘yidagilardan 
iborat: 
№ inv. 1 shakl. Asosiy vositalar inventarizatsiya yozuvi - korxona assosiy vositalar 
inventarizatsiya ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Aktivlar joylashgan o‘rni, hamda 
saqlanishiga moddiy javobgar mahsulotlar bo‘yicha alohida bir nusxada to‘ldirilib, komissiya 
a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi, so‘ngra buxgalteriyaga topshiriladi.


№ inv 2. SHakl. Inventarizatsiya yorligi. Ushbu hujjat ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra 
inventarizatsiya komissiya a’zolari korxona omborlaridagi xom ashe, tayyor mahsulot, tovar va 
boshqa moddiy boyliklarni darxol sanab chiqa olmaganlarida va inventarizatsiya ro‘yxatida aks 
ettira olmaganlarida qo‘llaniladi. Inventarizatsiya yorligi komissiya a’zolari tomonidan 
to‘ldirilib, hisoblangan tovar moddiy boyliklari bilan birga ular joylashgan erida saqlanadi. 
№ inv 3. SHakl. Tovar moddiy boyliklari inventarizatsiya ro‘yxati. Korxonadagi xom 
ashelar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va boshqalarni xaqikatdagi qoldig‘ini aks 
ettirishda qo‘llanilib, moddiy boyliklar joylashgan o‘rni, o‘rnatilgan moddiy javobgarligi 
bo‘yicha alohida tuziladi. Inventarizatsiya ro‘yxati komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs 
imzo chekkanlaridan so‘ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi. 
№ inv 4 SHakl. Jo‘natilgan tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma 
korxonalarga jo‘natilgan tovarlar xaqikiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. To‘lash muddati 
o‘tib ketgan va to‘lash muddati etmagan jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha alohida bir nusxadan 
to‘ldirilib, komissiya a’zolari imzolab, buxgalteriyaga topshiridilar. 
№ inv. 5. SHakl. Ma’sul saqlashga qabul qilingan (berilgan) tovar moddiy boyliklar 
inventarizatsiya ro‘yxati. Ushbu inventarizatsiya ro‘yxati ma’sul saqlashga olingan (berilgan) 
tovar. moddiy boyliklar xaqikiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. Inventarizatsiya ro‘yxati bir 
nusxada to‘ldirilib komissiya a’zolari moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so‘ng, 
solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi. 
№ inv. 6. SHakl. Yuldagi materiallar va tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu 
dalolatnoma inventarizatsiya mobaynida yo‘lda bo‘lgan mahsulotlar va tovarlar haqiqiy miqdori 
va qiymatini aniqlashda foydalaniladi. Material va tovarlar yo‘lda ekanligini tasdiqlovchi 
hujjatlar asosida dalolatnoma bir nusxada to‘ldirilib, komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan 
tasdiqlanib korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. 
Inv - 4, inv- 5, inv - 6 , inventarizatsiya dalolatnomalari ro‘yxatlari o‘rniga buxgalteriya 
jurnal order qaydnomalari shaklida qo‘llanilishi mumkin. 
№ inv. 10 SHakl. Asosiy vositalar tugallanmagan ta’mirlash ishlari inventarizatsiya 
dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma bino, inshoat, texnik-ta’minot vositalari, asbob uskunalar va 
boshqa asosiy vositalar ob’ektlarini tugallanmagan kapital ta’mirlash ishlari inventarizasini 
o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bajarilgan ishlar holati tekshiruvi asosida bir nusxada to‘ldirilib , 
komissiya a’zolari, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga 
topshiriladi. 
№ inv 11 SHakl. Kelgusi davr xarajatlarini inventarizatsiya dalolatnomasi. Korxonalar 
kelgusi davr xarajatlari hisobi yuritiladigan schet ma’lumotlarini tekshirish asosida tuzilib, 
imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi. 
№ 15 Inventarizatsiya. Pul mablag‘lari inventarizatsiya dalolatnomasi. 
Kassadagi naqd pullar xaqikiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan 
inventarizatsiya ma’lumotlarini aks ettirishda qo‘llanildi. 
Komissiya a’zolari qimmatbaho qog‘ozlar, limitlashtirilgan chek daftarchalari, naqd pullar 
miqdorini sanash orqali aniqlab, dalolatnomani ikki nusxada to‘ldiradilar. Ushbu dalolatnomaga 
komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi va bir nusxasi buxgalteriyaga 
topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa moddiy javobgar shaxsda qoladi. 
Moddiy javobgar shaxs o‘zgarayotganda o‘tkaziladigan inventarizatsiya № 15 
inventarizatsiya shakli 3 nusxada to‘ldiriladi. Biri buxgalteriya, ikkinchi, uchinchi nusxalari esa 
moddiy javobgarlikni topshirayotgan va qabul qilib olayotgan shaxslarga beriladi. 
№ 16 inventarizatsiya yozuvi. Ushbu hujjat qimmatbaho qog‘ozlar va qat’iy hisobdagi 
hujjatlar xaqikiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan inventarizatsiya ma’lumotlarini 
rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. 
Qat’iy hisobdagi hujjat blankalariga benzin talonlari, yo‘l chiptalari va boshqalar misol 
bo‘ladi. 


Inventarizatsiya yozuvi ikki nusxada to‘ldirilib, biri buxgalteriyaga, ikkinchisi esa 
qimmatbaho qog‘ozlarni qat’iy hisobdagi blankalarni moddiy javobgarlikka olayotgan shaxsda 
qoladi. 
№ 17 inv. Xaridorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasi xaridorlar mol 
etkazib beruvchilar va boshqa turli debitorlar hamda kreditorlar bilan hisoblashish 
inventarizatsiya ma’lumotlarinii rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Dalolatnoma bir nusxada, 
tegishli schet ma’lumotnomalari asosida aniqlangan qoldiq summalari aks ettirilgan holda 
rasmiylashtirilib, komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib, buxgalteriyaga 
topshiriladi. 
Hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasida aks ettirilgan majburiyatlar turlari 
bo‘yicha ma’lumotnoma (spravka) (inv – 17 shaklga ilova), ilova qilinishi shart. Inv – 17 
dalolatnomasi shu ilova ma’lumotnoma asosida to‘ldiriladi. 
Ma’lumotnoma buxgalteriya hisobi sintetik schetlariga alohida rasmiylashtiriladi. Ushbu 
ma’lumotnoma korxonadagi debetorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan hisoblashishda bo‘lgan 
turli korxonalar, tashkilotlardan olinadi. 
Buxgalteriya debetorlik, kreditorlik qarzlari qoldiq summalari, olingan ma’lumotnoma 
(spravka)lar ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan holda № 17 inv. dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. 
№ 18 inv. Solishtirma qaydnoma asosiy vositalar inventarizatsiya natijalarini 
rasmiylashtirishda qo‘llanib, bir nusxada to‘ldiriladi va buxgalteriyada belgilangan muddatgacha 
saklanadi. 
№ 19. Inv. Solishtirma qaydnoma hisob ma’lumotlaridan chetlashishlar aniqlangan tovar 
moddiy boyliklar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladi. Ushbu 
solishtirma qaydnoma ham bir nusxada rasmiylashtirilib, buxgalteriyada belgilangan 
muddatgacha saklanadi. 
Korxona xo‘jalik mulklari inventarizatsiya ma’lumotlari va aniqlangan natijalari 
yuqoridagi hujjatlarda rasmiylashtirilgach, korxona raxbari tasdig‘idan so‘ng, buxgalteriya 
schetlarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi. 
Inventarizatsiya natijasida qo‘yidagilar aniqlanadi: 
1.
Hisob va inventarizatsiya ma’lumotlari teng: 
2.
Hisob ma’lumotlaridan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ma’lumotlar yuqoriligi 
(ortiqcha xo‘jalik mablag‘lari aniqlanishi). 
3.
Hisob ma’lumotlari ko‘rsatkichlari yuqoriligi: (xo‘jalik mulklari etishmovchiligi 
aniqlanishi). 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə