Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli. 
Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini xajmidan, hisob 
xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga 
kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda 


qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schetlar ham qo‘llaniladigan 
buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta 
bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schetlar miqdori ham kam bo‘ladi. 
Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘rtacha yillik ishchilar soni 
ishlab chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 
esa 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar hisoblanadi. 
Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘rtacha yillik xodimlar soni 
sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 
kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 10 
kishigacha korxonalar hisoblanadi. 
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni 
va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini 
tanlaydilar. 
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini bir oyda xo‘jalik jarayonlari 100 tadan 
oshmagan xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir. 
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki xujjat ma’lumotlari Bosh daftar deb 
ataladigan sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda 
olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida 
oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo‘jalik jarayonlari reestri 
asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi 
Xo‘jalik jarayonlari reestri 
«____»_____________200__y. 
P\r 
Muddat 
Boshl.xo‘jal
ik nomi va 
№ 
Xo‘jalik 
jarayoni 
mazmuni 
Summa 
(sum) 
Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin: 
1.
Bosh daftar. 
2.
Hisob ob’ektlari hisob vedomosti. 
Qaydnomalarlar analitik hisob registlari hisoblanadi. 
Agar korxona hisob ob’ektlari hisob qaydnomalarini ham yuritsa, u holda Bosh daftarga 
ma’lumotlar ham dastlabki xujjatlar, hamda qaydnomalar ma’lumotlari asosida yozib boriladi. 
Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida, dastlabki xujjat tartib 
raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondensiyalanuvchi schetlar ko‘rsatiladi. 
Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qo‘layliklari qo‘yidagilardan iborat. 
-
yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi
-
hisob ishlari kamayadi; 
-
qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi; 
-
Sintetik schetlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yuqoladi; 
-
hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi. 
YUqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining Bosh daftar 
shaklini qo‘llashda ba’zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular qo‘yidagilardan iborat. 
-
Korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay qoladi; 
-
Kullaniladigan schetlar miqdori kupayishi, xato yozuvlar aks ettirilishi extimolini 
oshiradi; 


-
hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini ta’minlamaydi. 
Ammo, yuqorida ta’kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan kichik 
korxonalar foydalanishi u erdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi 
Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib chiqiladi. 
Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda xar bir dastlabki xujjat 
asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga taaluqli summa, ikki 
yoqlama yozuv usuliga ko‘ra, korrespondensiyalangan schetlar debeti va kreditida yoziladi. 
Oy ohirida xar bir schet bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va jami debet va kredit 
oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet va kredit oborotlar 
yig‘indisi tengligi xisob ishlari to‘g‘ri aks ettirilganligini bildiradi. Debet va kredit oborotlarda 
aniqlangan summa o‘zaro teng bo‘lishi bilan birga «Tekshiruv summasi» qatoridagi jami 
summaga ham teng bo‘lishi kerak. 
SHundan so‘ng, xar bir schet bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy ohiriga 
aniqlangan qoldiq summalar aktiv schetlarda debet tomonida, passiv schetlarda kredit tomonida 
aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir. 
So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi. 
YUqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schetini jadval ko‘rinishini, kompyuter sabog‘ini 
yaxshi egallagan hisobchi jadvalli protsessor «EXCEL»da samarali qo‘llashi mumkin. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə