Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti raqamli iqtisodiyot, biznes boshqaruv va ekonometrika kafedrasi



Yüklə 227,94 Kb.
səhifə6/16
tarix22.03.2024
ölçüsü227,94 Kb.
#181842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti raqam

T/r

Ma’ruza mavzulari

Dars soatlari hajmi

V-semestr

1

Ekonometrik modellashtirish asoslari

2

2

Juft korrelyatsion-regression tahlil

2

3

Chiziqsiz regressiya

2

4

Ko’p omilli ekonometrik tahlil

2

5

Ekonometrik modellarni baholash

2

6

Vaqtli qatorlar

2

7

Dinamik ekonometrik modellar

2




Jami:

14


IV. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
(fan bo‘yicha tajriba ishlari va kurs ishlari mo’ljallanmagan)
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  • Ekonometrik modellashtirish asoslari

  • Juft korrelyatsion - regression tahlil

  • Chiziqsiz regressiya

  • Ko’p omilli ekonometrik tahlil

  • Ekonometrik modellarni baholash

  • Vaqtli qatorlar.

  • Dinamik ekonometrik modellar

Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan kafedra tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yеchish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Amaliy mashg‘ulotlarida ma’ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, fan bo‘yicha olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va bilish qobiliyatlarini o‘stirish, nazariy o‘qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotga tadbiq etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ma’lumotlari yordamida mavzuga oid bilimlarni mustahkamlash va ko‘nikmalar shakllanishiga erishish ko‘zda tutiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari yordamida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad – talabalarning faol ishlashi va mustaqil fikrlashi, o‘zini o‘zi baholash va boshqalarning fikrlarini hurmat qilish, mustaqil ishlash hamda guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Yüklə 227,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə