Termiz davlat universiteti mustaqil ish fan nomi: “ ” Bajardi: 620-guruh talabasi Termiz 2023


O’qituvchini ma’ruzaga tayyorgarlik ko’rishi



Yüklə 100,48 Kb.
səhifə19/19
tarix30.12.2023
ölçüsü100,48 Kb.
#167657
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O’zbek adabiy tili me’yorlari-fayllar.org

4. O’qituvchini ma’ruzaga tayyorgarlik ko’rishi
  • O’qituvchi materiallarni aniq, to’g’ri, tushunarli ifodali bayon qilishda ovozi ritmi ham muhim ahamiyat kashf etadi.Ilmiy tadqiqot ishlari shunday dalolat bermoqdaki, ruslar 1 minutda 120, inglizlar 120 dan 150tagacha, fransuzlar 110 so’zni talaffus qilar ekanlar. O’rtacha hammaga tushunarli bo’lishi uchun o’qituvchi 60 -80 so’zni talaffus etsa, talabga muvofiq bo’ladi


  • O’qituvchi nutqini lo’nda, aniq, puxta, chiroyli bayon etsa, u tinglovchilarga shuncha tushunarli bo’ladi va ular qalbida uzoq saqlanadi.


  • Notiqlik mahorati quyidagi tuzilmaga ega:


    Respublikamizda o'zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlar

    Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.


    O‘zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.
    Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.
    Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.
    O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.
    Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.
    O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida:
    1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:
    davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
    davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
    davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
    o‘zbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;
    davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
    davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
    ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
    davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    a) uch oy muddatda:
    “O‘zbek tili bayrami kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasini;
    “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;
    b) ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida qaror qabul qilsin;
    v) 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2020 ― 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin:
    mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish;
    ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
    http://fayllar.org

    Yüklə 100,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə