Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 520-guruh talabasi Jo'rayeva Mahbubaning Hozirgi adabiy


Nega asarga Tushda kechgan umrlar deb nom berilgan? Bu savolga quyidagi jumla orqali javob topdim



Yüklə 22,51 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü22,51 Kb.
#162667
1   2   3   4   5   6
Jo\'raeva Mahbuba mustaqil ishi

Nega asarga Tushda kechgan umrlar deb nom berilgan? Bu savolga quyidagi jumla orqali javob topdim.
''O'ylab qarasam, o'tgan umrim umr emas, tush ekan. Go'yo men esimni tanib- tanimay birov uyqu dori ichirgan -u tush ko'rib yuraverganman: Goh shirin, goh xatarli tush ko'rib. O'sha ''birov'' qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman, nima buyursa, quloq qoqmay bajaraverganman... Uyg'onishga esa qo'rqqanman... Mana endi, uyg'onib, yonverimga qarasam menga o'xshaganlar ko'p ekan... '' (Otasining Rustamga yozgan maktubidan) Ushbu parchada Shomatovning o'zlariga nisbatan qilingan adolatsizlikdan so'ng ko'zlari ochilib , umrlari yolg'an taqdir asosiga qurilganligini kech bo'lsa ham anglab yetdi. Shu sababli ularning umrini ''Tushda kechgan umrlar ''deb nomlagan bo'lsa kerak yozuvchi.Yolg'on aqidalar, be'mani urush, qatag'on siyosati, begunoh insonlarning jazolanishi...
Said Ahmad ''Tushda kechgan umrlar'' asariga quyidagicha baho beradi.
''Romanni loqayd hayajonsiz o'qib bo'lmaydi, u kitobxonni larzaga soladi. Xalq boshiga kulfatdan boshqani solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil-dilidan qarg'ish yog'diradi''
Haqiqatdan ham asarni shunchaki o'qib bo'lmaydi. Asardan chiqargan xulosam shu bo'ldiki, afg'on urushi insonlar boshiga ko'plab kulfatlarni soldi. Qatag'on siyosati esa undan ham oshib tushdi. Bunga sabab nima edi. Javob bitta mustamlakachilik. Qachonki xalq, davlat mustaqil bo'lsa uni bosqinchilar xohlagancha boshqara olmaydi. O'z manfaatlari yo'lida foydalanmaydi.
„Tushda kechgan umrlar“ — oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Muallif asarni 1993-yil yozgan. Ilk bor „Sharq yulduzi“ jurnalida serialashtirilgan.[1] Kitob oʻlaroq 1994-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyotida chop etilgan. Roman muallifning eng mashhur asarlaridan biridir.
Etiboringiz uchun raxmat !
Termiz davlat universiteti
O'zbek filologiyasi fakulteti
520-guruh talabasi

Yüklə 22,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə