Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 520-guruh talabasi Jo'rayeva Mahbubaning Hozirgi adabiy


raxmat ! Termiz davlat universiteti



Yüklə 22,51 Kb.
səhifə6/6
tarix27.12.2023
ölçüsü22,51 Kb.
#162667
1   2   3   4   5   6
Jo\'raeva Mahbuba mustaqil ishi

raxmat !
Termiz davlat universiteti
O'zbek filologiyasi fakulteti
520-guruh talabasi
Jo'rayeva Mahbubaning
Hozirgi o'zbek jarayoni va yangi o'zbek adabiyoti fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu:Odil Yoqubov Ijodi va adabiy tanqid
Odil Yoqubov Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyati Turkiston tumanining Qarnoq qishlog’ida xizmatchi oilasida 1926 yili tug‘ildi. 1944 yilda o‘rta maktabni tugatib, 1945—1950 yillarda Qizil Armiya safida xizmat qildi. Yosh askar sovet-yapon urushi muhorabalarida ishtirok etadi.
1951—1956 yillarda u O’rta Osiyo Davlat dorilfununining filologiya fakultetida o‘qiydi. 1955—1959 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, «Literaturnaya gazeta»ning (1959— 1963, 1967—1970) respublikamizdagi maxsus muxbiri, «O’zbekfilm» kinostudiyasida va Respublika kinematografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G’afur G’ulom nashriyotida bosh muharrir (1970—1982) o‘rinbosari bo‘lib ishladi. So‘ngra «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasining (1982—1989) bosh muharriri bo‘lib xizmat etdi. Hozirgi davrda u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining faxriy raisidir
Odil Yoqubovnipg birinchi yirik asari — «Tengdoshlar» povesti 1951 yilda bosilib chiqdi. Uning «Chin muhabbat», «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi» (1958) kabi komediyalari Hamza nomidagi o‘zbek akademik drama teatri sahnasida qo‘yildi.
1956 yilda «Ikki muhabbat» nomli nasriy asarlar to‘plami nashr etildi. Keyin birin-ketin «Bir feleton» qissasi (1961), «Muqaddas» (1963), «Sanot juft bo‘ladi» (1969), «Billur qandillar» (1975) kabi qissalari chop qilindi. Odil Yoqubovning «Er boshiga ish tushsa» (1969) nomli romani Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi voqelikni aks ettiradi
«Qanot juft bo‘ladi» (1969) povesti vrachlar, me’morlar, ishchilar mavzui bilan birga murakkab ijtimoiy va axloqiy muammolarni hal etishga bag‘ishlangan. Muallif unda ravshan, esda qoluvchi obrazlar yaratgan. «Izlayman» povestida 1945 yil yapon militarizmiga qarshi kurash voqealari aks ettiriladi. U ma’lum ma’noda avtobiografik asar hamdir. Chunki, muallifning o‘zi o’sha voqealarning jonli guvohi.Yozuvchi keyingi yillarda yaratilgan «Ulug‘bek xazinasi» romanida (1974) ulug‘ o‘zbek astronomi Ulug‘bek va uning o‘g‘li Abdullatif o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko’rsatib, progressiv va reaktsion kuchlar orasidagi kurashlarni tasvirlaydi. Romanda Ulug‘bekning iste’dodli shogirdi, mashhur olim Ali Qushchining ham ulug‘vor obrazi yaratilgan.
Boshqa bir yirik asari — «Ko‘hna dunyo» romanida O’rta Osiyoning ikki buyuk allomasi Beruniy va Ibn Sino hayoti va fojeali taqdiri qalamga olinadi. Ularning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini umumlashtirishga intiladi. Shuningdek, Odil Yoqubov zamonaviy mavzularda ham «Diyonat» (1973), “Oqqushlar, oppoq qushlar” (1988) kabi yirik polotnolar yaratdi. Agar yozuvchi o‘zining «Diyonat» romanida adolatning nohaqlik, tubanlik ustidan g‘olib kelishini ko’rsatsa, «Oqqushlar», oppoq qushlar» romanida esa turg’unlik davri illatlarini, ildizi va oqibatlarini ro‘yi-rost gavdalantirib beradi. Har ikki holda ham zamondoshlarimizni ma’naviy, axloqiy pokizalikka da’vat etadi.
O’zbek adabiy tanqidchiligi janrlarini shartli ravishda ikki qismga – adabiy jarayon hamda yozuvchi hayoti, ijodi masalalarini yorituvchi janr va shakllarga ajratish mumkin. Mazkur bo’linish o’ta shartli, chunki adabiy jarayonni o’rganuvchi “sof” janrlar bo’lmagani singari, faqat ijodkor hayoti, ijodini ochishga xizmat qiladigan janrlar ham yo’q.
O’zbek adabiy tanqidi janrlarining shakllanishi mumtoz adabiyoti tarixi bilan bog’liq. “O’tmish adabiyotshunosligidagi asarlargi tazkira, manoqib, holatlar, adabiyot qoidalariga bag’ishlangan risolalar kiritilgan...
Adabiyot tarixida adabiyotshunoslikka oid asarlarda adabiy jarayon haqida ma’lumot beruvchi tazkiralarda, taqrizga xos ayrim belgilar uchraydi. Badiiy asarga ko’pincha og’zaki va yozma ravishda juda qisqa baho berilgan”1. Masalan: A.Navoiyning Atoiyga bergan bahosi.
Etiboringiz
uchun
raxmat !
Yüklə 22,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə