234
FANNI O„QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA‟LIM
METODLARI
«FSMU» metodi
Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy
fikrlardan
xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash,
qiyoslash orqali axborotni
o‗zlashtirish, xulosalash,
shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‗nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma‘ro‗za mashg‗ulotlarida,
mustahkamlashda, o‗tilgan mavzuni so‗rashda, mustaqil ish mavzularini bajarishda
hamda amaliy mashg‗ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
- qatnashchilarga mavzuga oid bo‗lgan yakuniy xulosa yoki g‗oya taklif etiladi;
- har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‗ozlarni
tarqatiladi:
- ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot
qilinadi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va
mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‗zlashtirilishiga asos bo‗ladi.
Fikr:
Bolani maktab ta‘limiga tayyorlashda maktabgacha ta‘limning ahamiyati?
Topshiriq:
Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni
FSMU orqali tahlil qiling
topshirig‗i
beriladi,
tinglovchilar
tomonidan
bildirilgan
ma‘lumotlar
umumlashtiriladi.
“Insert” metodi
Metodning maqsadi:
Mazkur metod tinglovchilarda o‗simlikshunoslikda
innovatsion texnologiyalar bo‗yicha axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni
o‗zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‗llaniladi, shuningdek,
bu metod
tinglovchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‗taydi.
235
Metodni amalga oshirish tartibi:
-o‗qituvchi mashg‗ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni
yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‗rinishida tayyorlaydi;
-yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta‘lim oluvchilarga
tarqatiladi yoki
taqdimot ko‗rinishida namoyish etiladi;
-ta‘lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‗z
shaxsiy
qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda tinglovchilar
yoki qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
Dostları ilə paylaş: