70
Biz sezgi, idrok va tasavvur vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bo‘lmagan
narsa yoki hodisalarni, bu narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini,
ularning
bog‘lanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Masalan, bizga
ma‘lumki, agar yorug‘lik nuri shisha prizma orqali o‘tkazilsa, bu nur spektrning
yetti rangiga ajralib ketadi, bu ranglarni biz idrok qilamiz (ko‘zimiz bilan
ko‘ramiz), lekin fizikadan bizga shu narsa ma‘lumki, bu nurlardan bo‘lak, yana
boshqa nurlar ham bor. Bu nurlar, infraqizil va ultrabinafsha nurlar deb ataladi. Bu
nurlarni biz ko‘rmaymiz, idrok qilmaymiz. Bunday nurlarning borligi tafakkur
yordami bilan kashf qilingan.
Tafakkur – voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrimayrim
narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilamiz va
tasavvur qilamiz, ammo umuman stol va stul to‘g‘risida, umuman mebel va
umuman narsa to‘g‘risida esa fikrlashimiz mumkin.
Umumiylash natijasida bir hukmning o‘zida ayni vaqtda yakka bir narsa
to‘g‘risidagina
fikr qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning butun bir
turkumi to‘g‘risida ham fikr yuritish mumkin. Masalan, «O‘zbekistonning
fuqarolari teng huquqlidirlar» degan hukmda ayrim bir kishi haqida fikr
yuritmasdan, balki O‘zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi.
Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki birbiri bilan
almashinishi tarzida voqe bo‘lmasdan, balki alohida aqliy operatsiyalar – biz idrok
qilayotgan
yoki
tasavvur
qilayotgan
narsalar
(obyektlar)
ustida,
biz
umumiylashgan va abstrakt tushunchalarga ega bo‘lgan obyektlar ustida aqliy
harakatlar qilish tarzida voqe bo‘ladi.
Tafakkur qilish – operativ jarayondir. Taqqoslash, analiz va sintez,
abstraksiya va umumiylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish
aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir.
Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo‘ladi, real
olamdagi narsalar va hodisalar to‘g‘risidagi tushunchalar vujudga keladi.
Taqqoslash – shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar
o‘rtasida o‘xshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik borligini, bir xillik
yoki qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi. Narsalarning o‘xshashligi
yoki tafovuti dastlab bevosita sezgilarda va idroklarda aks etadi.
Taqqoslash fikr
qilish jarayoni bo‘lib, bu jarayon idrok qilinayotgan narsalarning o‘xshashligi yoki
tafovutini
aniqlash lozim bo‘lganda, yoxud sezgilarda va idrokda bevosita aks etmagan
o‘xshashlik va tafovutni topish lozim bo‘lgan hollarda voqe bo‘ladi.
Analiz – narsani (buyumlarni, hodisalarni, jarayonni) tarkibiy elementlarga,
qismlarga yoki tarkibiy belgilarga bo‘lish demakdir. Analiz jarayonida butunning
uning qismlariga uning elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Biror
moddiy narsani uning moddiy elementlariga ajratib bo‘lish eng oddiy shakldagi
analizdir. Stolni ayrim qismlarga bo‘lish – uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa
shu kabilarni
bir-biridan ajratib olish mumkin. Kimyogar suvni vodorod bilan kislorodga ajratib
yuboradi. Mana shu hollarning hammasida analiz narsalar va hodisalar bilan
qilinadigan ish-harakatlarda ifodalanishi mumkin. Analiz obyektlarni amalda
ajratib bo‘lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo‘lishda
ham ifodalanishi
71
mumkin. Bu fikriy analiz, ya‘ni fikrda qilinadigan analizdir. Matematika
masalasini yechish analiz qilishdan – dastlab bir qancha ma‘lum sonlarni, so‘ngra
esa noma‘lum sonlarni topishdan boshlanadi.
Sintez – analizning aksi yoki teskarisi bo‘lgan tafakkur jarayonidir. Bu
jarayon obyektning ayrim elementlarini, qismlarini, belgilarini bir butun qilib
qo‘shishdan iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun narsa, yoki hodisa
tarkibiga kirgan elementlar, yoki qismlar tariqasida olingan buyum yoki
hodisalarning shu murakkab bir butun narsa yoki hodisaga bo‘lgan
munosabati
aniqlanadi.
Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib
qo‘shishdan iboratdir, amaliy analiz bo‘lgani singari, sintez ham amaliy bo‘lishi
mumkin. Chunonchi, mashinaning ayrim detallari birbiriga tegishli tarzda
biriktirilganda, ya‘ni ular sintez qilinganda, yaxlit, butun mashina, masalan,
odimlovchi ekskavator hosil bo‘ladi. Kislorod bilan vodorodning kimyoviy
birikishi natijasida suv hosil bo‘ladi. Mana shu va shunga o‘xshash hollarning
hammasida sintez fikr qilish jarayonlarida va ish-harakatlarda sodir bo‘ladiki, bu
ish-harakatlar
natijasida bir butun, yaxlit moddiy narsa hosil bo‘ladi.
Analiz singari, sintez ham, fikran bo‘lishi mumkin, ya‘ni sintezda ayrim
elementlarni faqat fikrda bir butun qilish mumkin. Masalan, biz chet tilining
o‘zimizga ma‘lum bo‘lgan so‘zlaridan mazmunli gap tuzayotganimizda yoki ana
shunday ma‘lum so‘zlardan tarkib topgan tayyor gapni o‘qib tushunayotganimizda
xuddi shunday jarayon sodir bo‘ladi.
Analiz singari, sintez ham, o‘qish jarayonida katta o‘rin tutadi. Masalan,
o‘qishga o‘rgatish vaqtida tovushlar va harflardan bo‘g‘inlar, bo‘g‘inlardan so‘zlar,
so‘zlardan gap tuziladi. Mana shuning o‘zi – sintezdir.
Adabiy asarlardagi ayrim qahramonlarning yoki tarixiy arboblarning qilgan
ishlarini, fikrlarini, hislarini tasvirlash va analiz qilish yo‘li bilan hamda sintez
qilish natijasida shu arboblarning, shu qahramonlarning
xarakteristikasi hosil
bo‘ladi.
Abstraksiya – shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks
etilayotgan bir yoki bir necha obyektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati,
holati, munosabati) shu obyekt yoki obyektlardan fikran ajratib olinadi. Bu
jarayonda obyektdan ajratilgan bir belgining o‘zi tafakkurning mustaqil obyekti
bo‘lib qoladi. Abstraksiya, odatda, analiz jarayonida yoki analiz natijasida sodir
bo‘ladi. Masalan, sinfdagi doskani tasviriy analiz qilish jarayonida uning faqat bir
belgisini – qoraligini ajratib olish mumkin va qora doska to‘g‘risida emas, balki
doskaning qoraligi to‘g‘risida, so‘ngra esa umuman qoralik to‘g‘risida fikr qilish
mumkin. Biz odamlar,
samolyotlar, suv, ot va hokazolarning ko‘z oldimizdagi
harakatini kuzatib turib, ularning bitta umumiy belgisini – harakatini fikran ajratib
olishimiz va umuman harakat to‘g‘risida fikr qilishimiz mumkin. Chunonchi,
abstraktlash yo‘li bilan bizda uzunlik, kenglik, miqdor, tenglik, son, qiymat va
boshqa shu kabilar to‘g‘risida abstrakt tushuncha hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: