Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo



Yüklə 10,84 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü10,84 Kb.
#143795
Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari-fayllar.org


Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari

TAQDIMOTI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI
4-BOSQICH 420- GURUH TALABASI
MAXMUDOVA MOXINURNING
YOSH FIZIOLOGIYA VA GIGIEVA FANIDAN
TAYYORLAGAN
BOLALARDA EMOTSIONAL STRESSLARINI OLDINI OLISH USULLARI
REJA:
Asab tizimining homila ichida rivojlanishi
Shartli - reflektor faoliyatni tekshirish usullari Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari.
Nevroz — rivojlanish sabablari va mexanizmlari
Asab tizimi kasalliklarining asosiy simptomlarini tekshirish usullari Xulosa
Asab tizimining taraqqiy etishi homila ichi rivojlanishining juda erta - birinchi haftasida yuz beradi. 3-4 haftalarida bosh va orqa
miyaning shakllanishi boshlanadi. Ayniqsa nerv hujayralarining bir muncha tez bo' linishi homilaning 10-haftaligidan to 18- haftaligigacha markaziy nerv tizimining shakllanishining qaltis davriga to' g‗ri keladi. Homiladorlik va normal tug' ruq vaqtida zararli omillarning yo' qligi bolaning sog‗lom nerv tizimi bilan tug' ilishiga imkon beradi.
Agar homila rivojlanishiga patologik omillar ta'sir etgan bo' lsa, bu holatda bola normal kechgan tug‗ruq jarayonini ham qiyin o'
tkazadi (antenatal shikastlanish). Bundan tashqari tug‗ruqning qiyin o' tishi miya to' qimalarining shikastlanishiga ham olib keladi (intranatal shikastlanish).
Asosiy xavfli antenatal omillar:
onaning turli xil surunkali kasalliklari (anemiya, gipertoniya, surunkali glomerulonefrit, yurak nuqsonlari, qandli diabet, toksoplazmoz, revmatik isitma va boshqalar); homiladorlik davrida onaning o' tkir infeksion kasalliklari, shu bilan birga tibbiy dori vositalarini iste'mol qilishi.
homila ichidagi infeksiya;
-genetik nuqsonlar (aqli zaif ota-onalardan nosog‗lom bolalarning tug' ilish ehtimoli sog‗lom ota- onalarga nisbatan 2 marta yuqori);
ota-onaning zararli odatlari (alkogol, chekish)
kasbiy zararliklar (og‗ir jismoniy mehnat, tebranish, silkinish);
tashqi teratogen omillar (yuqori radiatsiya, kimyoviy moddalar va boshqalar);
xavfli akusherlik anamnezi (16-18 yoshdan ilgari yoki 30 yoshdan keyin birinchi bolaning tug‗ilishi, tug‗ruq orasidagi interval 2 yildan kam bo' lishi, homila tushish xavfi, stress holatlar);
-muddatidan o' tgan homiladorlik, ko' p homilalik, yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning gipotrofiyasi;
Rh-omil va AVO tizim bo' yicha kelishmovchilik. Bolalarda asab tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
Tug‗ilish davriga kelib bosh miya o' zining o' lchami bo' yicha eng rivojlangan a'zolardan hisoblanadi. Ammo uning barcha tuzilishlari va egriliklarining funksional imkoniyatlari past. Bu davrda tana og‗irligiga nisbatan bosh miya og‗irligi kattaroq. Yangi
tug‗ilgan chaqaloq miyasi tana vaznini 1/8- 1/9 qismini, 1 yillikni oxirlarida 2 marta kattalashib, tana massasining 1/11-1/12 qismini, 5 yoshda 1/13- 1/14, 18-20 yoshda 1/40 qismini tashkil etadi.
Chaqaloqlarda miya to' qimasi qon bilan yaxshi ta'minlanadi, ayniqsa kulrang modda, lekin qonning qaytishi kuchsiz. Shuning
uchun unga toksik moddalar tez to' planadi. Nerv hujayralari boshqa somatik hujayralarga qaraganda 22 marta ko' p kislorod talab qiladi. Shuning uchun ko' p kasalliklarda nerv hujayralari kislorod yetishmovchiligidan nobud bo' lishi, gipoksik ensefalopatiya sifatida namoyon bo' ladi.
Miya to' qimalari oqsil moddalariga boy. 1 gr oqsil 17 gr suvni ushlab qoladi, bu esa bosh miyada shishlarni tez rivojlanishiga
zamin tayyorlaydi. Oqsillar miqdori bola o' sib borgan sari 46%dan 27%gacha kamayadi. Bir yarim yilda miya to' qimalarida
suvning miqdori ortadi va kattalarniki bilan tenglashadi.
Yangi tug‗ilgan chaqaloqlar bosh miyasining barcha beshta qismi anatomik tuzilishi jihatdan kattalarniki bilan bir xil. Yangi
tug‗ilgan chaqaloqlarda bosh miya po' stlog‗i hali yetilmagan bo' ladi. U oliy nerv faoliyati shakllanishini ta'minlaydi va barcha miya qismlaridan kechroq, 5-6 yoshga kelib shakllanadi. Nerv tolalarining miyelinizasiyasi nerv hujayralarining tanasidan boshlab,
periferik qismi tomon asta sekin rivojlanadi va 3-5 yoshga kelib tugallanadi.
Nerv tizimining asosiy hujayrasi - neyrotsit. Kattalarda bunday hujayralar 16 mlrd. Biroq, tarqoq holatdagi diffuz joylashgan yyetuk neyrotsitlar hujayralarning umumiy miqdorini faqat 25%ini tug‗ilish davrida tashkil qiladi. Agar katta kishilardagi bosh miyasining
hujayralar soni 100% deb olinsa, 6 oylikda 66%, 1 yoshda - 90-95% shakllangan bo' ladi. Shu sabab, bolalarning asab tizimidagi kasalliklari 1,5 yoshgacha aniqlanishi zarur, chunki kech qolib davolash yaxshi natija bermaydi.
Yetilgan hujayralarning miqdoriy tarkibidan tashqari, yangi tug‗ilgan bolada gistologik yetilmaganligi ham ahamiyatga ega. Ular shakli jihatidan ovalsimon, bitta aksonli, yadrosi donador, dentritlari yo' q bo' ladi.
Orqa miya suyuqligi. Chaqaloqlarda orqa miya suyuqligi kam miqdorda va bosimi past bo' ladi (normada bosim 100 - 120 ml. suv
ustuni). Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda miqdori 20 - 30 ml, ko' krak yoshidagi bolalarda 40 - 60 ml, katta bolalarda 150 - 200 ml. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda orqa miya suyuqligi sarg‗ish yoki sarg‗ish yashil rangga bo' yalgan, bu rangli bilirubin borligi
xisobiga va fiziologik ksantoxromiya deyiladi. Chaqaloqlarda gemato-entsefalitik barer sustligi natijasida yuzaga keladi. Orqa miya
suyuqligi tarkibida oqsilning yuqoriligi (Pandi reaktsiyasi musbat) ham gemato-entsefalitik barer sustligi bilan tushuntiriladi, hujayralar soni ham yuqori va qand bir oz kam bo' ladi.
Asab - ruhiy rivojlanishni baholash
Asab - ruhiy rivojlanishni (ARR) baholash me'zonlariga kiradi:
motorika; statika;
shartli - reflektor faoliyat (1 signal sistema); nutq (2 signal sistema);
oliy nerv faoliyati.
Motorika (harakat) — bu bolaning maqsadga yunaltirilgan, manipulativ faoliyati.
Yangi tug‗ilgan sog‗lom chaqaloq uchun tinch holatda mushaklarning fiziologiik gipertonusi xarakterli va shu sabab qo' l oyoqlar bukilgan ko' rinishda. Mushaklarning gipertonusi barcha holatlarda simmetrik tasvirlangan: qorinda, yyelka yotganda, yon va tik ushlab turilganda. qo' llari barcha bo' g‗imlarda bukilgan, ko' krak qafasiga keltirilgan. Kaftlari yarim musht holatida, bosh barmoq kaftga qarab bukilgan. Oyoklar xam barcha bo' g‗imlarda bukilgan va son soxasida engil ochilgan, oyoq kafti orqa tomondan
bukilgan (1 rasm). Xattoki uyku vaqtida ham mushaklari bo' shashmaydi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning harakati chegaralangan,
xaotik (angl. chaos), tartibsiz (angl. disorderly), atetososimon titroq (angl. trempling). Bola hayotining birinchi oyidan keyin mushaklarning fiziologik gipertonusi vatremori yo' qolib boradi.
Shartli - reflektor faoliyatni tekshirish usullari
Shartli - reflektor faoliyat bu - shaxsiy extiyojlar va atrof - muxitning ta'sir etuvchi omillariga bolaning adekvat (to' g‗ri) reaktsiyasi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning asosiy refleksi ovkatlanish dominantasi xisoblanadi. Ovkatlanish vaqti keldi, bolaning qorni ochdi va u yig‗laydi - bu to' g‗ri reaktsiya. Onasini ko' kragini emgandan so' ng tinchlandi va uxladi.
Asab-ruhiy rivojlanishni tekshirishdagi umumiy qoidalar: Bolalarni ko' rigi 24°S dan kam bo' lmagan iliq xona haroratida ovqatlanganiga 1 soatdan kam bo' lmagan holatda va to' q qoringa amalga oshiriladi. Tekshiruv natijalarini to' g‗ri baholash uchun bolani tabiiy yoritilgan joyda tekshirgan ma'qul. Bola yo' rgaklash stolchasida yoki krovatchasida, katta bolalar kushetkada ko' riladi. Shifokorning qo' llari iliq bo' lishi kerak, aks xolda bola bilan o' zaro aloqa buziladi, tekshirish jarayonini murakkablashtiradi. Asab tizimi holatini baholashda filogenetik mustaxkamlangan shartsiz reflekslarni ifodalanishini aniqlash zarur. Barcha shartsiz reflekslar rivojlanish davriga qarab 3 ta guruhga bo' linadi:
o' zgarmas (hayoti bo' yicha avtomatik);
tranzitor (yo' qolib boruvchi);
o' rnatilgan (paydo bo' ladigan).
O' zgarmas reflekslar butun hayot mobaynida mavjud:
yutish va halqum refleksi;
oyoq-qo' llarning pay refleksi (masalan - tizza qopqog‗idan pastroqda sonning to' rt boshli mushagining payiga urilganda, oyoklar tizza bo' g‗imida yoziladi).
shoxsimon yoki korneal refleks - (yumshoq qog‗oz yoki paxta bilan ko' zning shox pardasiga tegilsa qovoqlarning yumilishi
kuzatiladi);
kon'yunktival (yuqoridagidek kon'yuktivalar bilan chaqiradi);
orbikulopalpebral refleks - barmoq bilan orbitani yuqori yoyiga urib ko' rilganda, ikkala tomon qovoqlari yumiladi.
Tranzitor reflekslar - tug‗ilgandan keyin paydo bo' ladi, ammo ma'lum yoshga kelib asta sekinlik bilan yo‘qolodi. Ularning qatoriga kiradi:
og‗iz-ustun reflekslari (uzunchoq miyada yoy tugallanadi);
spinal reflekslar (orqa miyada yoy tugallanadi);
mieloentsefal pozotonik reflekslar (uzunchoq va o' rta miya markazlari tomonidan tartibga solinadi);
Shartsiz reflekslarni tekshirish natijalarini baholash
Bolaning yoshini inobatga olib refleksning paydo bo' lish va yo' qolish vaqti, simmetrik ekanligini inobatga olish zarur. Me'yoriy asab-ruhiy rivojlanayotgan bolada shartsiz reflekslar o' z vaqtida paydo bo' lib, o' z vaqtida yo‘qolodi. Tekshiruvlardagi reflekslarning buzilishi quyidagilardan iborat:
ma'lum yoshda reflekslarning bo' lmasligi asab-ruhiy rivojlanishni kyechikish belgilaridan xisoblanadi;
agar bolada shu yoshida mavjud bo' lmasligi kerak bo' lgan reflekslar aniqlangan bo' lsa, ular patologik xisoblanadi.
Shuning uchun ifodalangan barcha me'zonlarni baholagandan so' ng, shartsiz reflekslarni namoyon bo' lishi bola yoshiga mosligi bilan solishtirilishi kerak.
Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari.
Nevrozlar. Nevrozlar 3 turda bo`ladi: nevrosteniya, isteriya, psixosteniya.
Nevrosteniya nevrozi. Bu kasallik ko`pincha zehnli, o`ta ishchan, qobiliyatli o`smirlarda aqliy zo`riqish tufayli kelib chiqadi.O`smir
injiq, serjahlli bo`lib qoladi, boshi og`riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy charchash-zo`riqish toboro kuchayaveradi.
Isteriya nevrozi. Bu kasallik fikrash qobiliyati uncha rivojlanmagan, oilada tarbiyasi noto`g`ri bo`lgan, erkatoy, fe`l-atvorida
ETIBORIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Yüklə 10,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə