Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar


O`lkashunoslikning quyidagi tarmoqlari mavjud



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə3/22
tarix01.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2 5330082310148591793

O`lkashunoslikning quyidagi tarmoqlari mavjud:tabiiy yoki geografik o`lkashunoslik, iqtisodiy o`lkashunoslik, tarixiy, etnografik o`lkashunoslik, madaniy va san’at o`lkashunosligi.
Tabiiy yoki geografik o`lkashunoslik o`lka tabiatini, ya’ni o`lkaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, Relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog`i, o`simligi va hayvonot dunyosi hamda landshaftlarini o`rganadi.
S.V.Kolesnik tadbiri bilan aytganda, o`lkashunoslik kichik hududni har tomonlama o`rganuvchi predmet.
O`lkashunoslik o`zining tadqiqotlarida geologiya, ijtimoiy-iqtisodiy, tarix, etnografiya fanlarining ma’lumotlaridan foydalanadi.
Kichik hudud deyilganda ma’muriy tuman, jamoa fermer xo`jaligi, unchalik katta bo`lmagan shahar, qishloq aholi manzillari tushuniladi. O`lkashunoslik nuqtai nazaridan kichik hududlardagi hodisa va jarayonlar, aniq ma’lumotlar tizimli ravishda majmuali o`rganiladi va to`planadi.
Kichik hududlar kuzatish va tekshirish uchun, shuningdek sayr-sayohat va istalgan ma’lumotlarni to`plash uchun qulay hisoblanadi. Jamoa yoki fermer xo`jaligini, yoki kichik shahar yoki qishloq aholi punkiti bo`ladimi ularning xossa va xususiyatlari, tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, aholining urf-odatlari va an’analari ko`p hollarda o`sha joyning mahalliy shart-sharoitlari bilan bog’liq bo`ladi. Yirik geografik rayonlarning xossa va xususiyatlari esa mahalliy joylarning xossa va xususiyatlarining umumiyligi bilan bog’liq.
O`lkashunoslikning boshqa bir asosiy xususiyatlaridan biri: tadqiqot (o`rganish) natijasi o`sha joyda ma’lum bir vaqtdagi holatinigina emas, balki u xossa va xususiyatlarni uzoq yillar davomidagi holatlarini aniqlash, bashorat qilish me’yorlarini ham belgilashdan iboratdir. Bu holda o`rganilayotgan joyda tabiiy yoki madaniy landshaftlar komponentlarining bir-biriga bog’liqligi, bir-biriga ta’siri ochib beriladi. Natijada o`sha joyning tabiiy, iqtisodiy, madaniy tomondan baholash va istiqbolini bashorat qilish mumkin bo`ladi. Bejiz aytilmagan ta’lim va tarbiya, vatanni sevish ostonadan, o`z o`lkasidan boshlanadi deb.
O`lkashunoslar tomonidan to`plangan ma’lumotlar nafaqat kishilarning (maktab o`quvchilarining) dunyoviy qarashlarini takomillashtirib qolmasdan, shu bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’muriy, xo`jalik ishlarini tashkil etish, rivojlantirish va samarali joylashtirishda juda katta yordam beradi (ahamiyatga ega).
Atoqli geograf V.A.Anuchinning fikricha har qanday ilmiy-amaliy vazifalarni yechimida, ma’lum hududiy birliklarda ixtisoslikni vujudga keltirishda mahalliy tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni o`lkashunoslik nuqtai nazaridan hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
O`lkani har tomonlama o`rganilganda quyidagilarga e’tibor berish lozim;
Tabiat va uning barcha elementlarini (geologiya, Relyef, foydali qazilma, iqlim, suv, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosi va boshqalar) o`zaro bog’liqligi, o`zaro aloqadorligi, o`zaro ta’sirini; tabiat rivojida, tabiiy jarayonlarning, tabiiy xodisalarning vujudga kelishida inson faoliyatining ta’sirini (karst xodisasi, surilma, daryo vodiysining o`sishi, daryo o`zanining o`zgarishi, jarlarning o`sishi, tuproq eroziyasi va boshqalar).
Shahar va qishloq etnografiyasi, toponimika, ularning shakllanish, rivojlanish tarixini;
Tabiiy muhit va xo`jalik, xo`jalik tarmoqlarining o`zaro bog’liqligini, iqtisodiy hayot jarayonlarini; aholining madaniy va ma’naviy, ma’rifiy va ijodiy faoliyatini (xalq san’ati, folklor, me’morchilik va boshqalar) o`lkashunoslik qarashlaridan kelib chiqqan holda o`rganish lozim.
O`lkashunos joyga xos bo`lgan barcha jabhalarni o`rganishga qodir emas. Shuning uchun ham maqsadga muvofiq o`ziga xos bo`lgan ma’lum hodisa va jarayonlarni o`rganiladi va olib borayotgan ishlariga qarab o`lkani o`rganuvchilar o`ziga xos yo`nalishni tanlaydilar. Jumladan ba’zi – bir o`lkashunoslar tabiatni muhofaza qilish; ba’zilari, tarixiy va madaniy yodgorliklarni asrash jamiyatlarida, boshqa birlari turistik boshqarmalarda faol ishtirok etadilar.
O`lkani o`rganish ishlari quyidagicha tashkil etiladi. O`lkani tadqiq qilishda geografik va boshqa ijtimoiy fanlar ishlab chiqqan savollar qamrab olinadi va ushbu fanlarning uslubiy yo`nalishlaridan foydalaniladi.
Tadqiqot ishlari kompleks xarakteriga ega bo`lganligi uchun shuningdek o`zining tadqiqot usullaridan ham keng foydalanadi. Shulardan biri yirik masshtabli kartalashtirish usulidir.
O`lkani o`rganishdagi birinchi bosqich. Kartalar tayorlash. O`lkani o`rganish ishlarining boshlanishi ham, yakunlanishi ham kartalashtirish bilan bog’liq. O`lkashunoslar ko`pincha yirik masshtabli kartalar – 1:200000; 1:100000; 1:50000; 1:25000 tuzadilar.
Ikkinchi bosqich ishlar. Manbalar: adabiyotlar, statistik, kartografik va boshqalarni topish, yig’ish va o`rganish bilan shug’ullanadilar. O`rganilayotgan hudud uchun bibliografik kartoteka tuzadilar.
Uchinchi bosqich ishlar. Yozma manbalar bilan ishlashadi, sayr-sayohatga, ekspeditsiyaga tayyorlanadilar va uni o`tkazadilar. Manbalar to`plash, aniq ma’lumotlar olish uchun tadqiqot ekspeditsiyalari sayr-sayohatlar izchil va reja asosida olib boriladi. Kuzatish, tajribadan olingan ma’lumotlar yozib boriladi, rasmga olinadi, sxemalar chiziladi, eksponatlar tayyorlanadi, namunalar to`planadi.
O`lkashunoslikdan olib boriladigan sayr-sayohatlar, ekspeditsiyalar:
A) tarmoqlar: tabiiy-geografik, tarixiy, etnografik, badiiy, san’at, me’morchilik va boshqa yo`nalishlar bo`yicha olib borilishi va o`sha tarmoqqa oid ishlar amalga oshiriladi.
B) kompleks o`lkashunoslik sayr-sayoxat va ekspeditsiyalar. Bunda tarixiy, tabiiy-geografik, etnografik xususiyatlar, mahalliy iqtisod, madaniy oqartuv ishlar, diqqatga sazovor joylarning xususiyatlari, bir-biriga bog’liqligi umumiy xolda o`rganiladi va joyning o`lkaga xos bo`lgan xarakterli belgilari, salohiyati aniqlanadi.
To`rtinchi bosqich ishlar. Kuzatish natijalari, to`plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, joyga bo`lgan xususiyatlarga umumiy tavsif beriladi, baholanadi va bashorat qilinadi. Joyga xos bo`lgan istiqbolli tadbir-choralar ishlab chiqiladi, vazifalar belgilanadi.
“Tarixiy o`lkashunoslik” fani haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifalari, predmeti, o`rganish obyekti.
Fanning predmeti – o`lka va xalqimizning eng qadimgi davrlardan to hozirga qadar rivojlanib borishining eng muhim jihatlarini, ya’ni: ilk odam zotining paydo bo`lishi va makonlari, urug`, qabila, elat, xalq va millatning shakllanishini, qishloq, shahar, davlatlarning rivojlanishini, tarixiy obidalarni, buyuk tarixiy siymolar va xalq qahramonlarini, mustaqillikka erishuv va dastlabki davrdagi bunyodkorlik ishlarini, joy nomlari bilan bog`liq o`lka toponimikasini va shu kabilarni tadqiq etishdan iborat.
Fanning maqsadi - O`lka va xalq o`tmishini eng qadimgi davrdan to hozirga qadar bo`lgan vaqt davomida har tomonlama rivojlanib borishini tadqiq etish va ularni yoshlarga tushuntirish orqali ularda moziyga hurmat, xalq va vatanga muhabbat, bugungi mustaqil kunlarni qadrlash, kelajagi buyuk yurtimizning istiqboliga ishonch kabi tuyg`ularni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - o`lka va halq o`tmishini, uni eng qadimgi davrlardan to hozirga qadar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan rivojlanib borishining eng muhim jihatlarini o`lkashunoslikning 5 ta asosiy manbalari: arxeologiya, etnografiya, toponimika, arxivshunoslik, muzey eksponatlari orqali tadqiq etishdan iborat.
O`lkashunoslikning o`lkamizni tadqiq etuvchi tarix, geografiya, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, toponimika, arxivshunoslik kabi fanlar, muzey eksponatlari bilan o`zaro bog`liq.
Shubhasizki, ushbu fan oldida ma’suliyat juda katta. Chunki yosh avlodni insonparvar, xalqimizning asrlar mobaynida yaratgan madaniy-ilmiy merosdan g`ururlanish, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash asosida ma’naviy barkamolligini ta’minlashda “Tarixiy o`lkashunoslik” fanining rivojiga ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Tarixga nazar tashlasak, o`z o`lkasini sevmagan va uning tuprog`ini ardoqlamagan biron zotni uchrata olmaymiz. Shuning uchun ham Vatanni sevmoq iymondandir, deymiz. Zotan, ona yurt farzandlari uchun Vatanni sevish, uning tarixini o`rganish, dilga jo etish muqaddas burchidir.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə