Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar


Tuproqlarni o`rganish quyidagi tartibda olib boriladi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə7/22
tarix01.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
2 5330082310148591793

Tuproqlarni o`rganish quyidagi tartibda olib boriladi:
-joyda tarqalgan asosiy tuproq turlari aniqlanadi;
-joydagi tuproq turlarini alohida Relyef shaklida tarqalishi va ularni yer osti suvlari sathiga bog’liq ravishda o`zgarishi aniqlanadi;
-tuproq qoplamini o`simlik turlari bilan bog’liqligi baholanadi;
-tuproqlarning hosildorligi va xo`jalikda foydalanish darajasi o`rganiladi;
-eroziyadan, sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish yo`nalishlari aniqlanadi;
-olib borilgan ishlar natijasida joyning tuproq kartasi tuzila
O`simlik qoplamini o`rganish. O`simlik qoplamini o`pganish tabiiy sharoitga umumiy baho berishni asosini tashkil qiladi. Chunki o`simliklarni o`zgarishiga qarab tabiiy sharoitni ifloslanganlik darajasini aniqlash mumkin. O`simliklar tabiat komplekslarini xolatini indikatori hisoblanadi. Shuning uchun o`lkaning o`simlik qoplamini muntazam kuzatib turish lozim.
O`lkashunoslar o`simliklarni ma’lum bir tajriba maydonlarida o`rganishi mumkin. Tajriba maydonchalari vaqtincha va doimiy bo`lishi mumkin (ko`p yil dovomida kuzatish uchun). Maydonchalar bir xil o`simliklar tarqalgan joylardan tanlanadi, bunda joyning Relyefi, grunt suvlari, tuprog’i bir xil bo`lmog’i lozim.
O`t o`simliklarni o`rganganda maydonchaning o`lchami 100m2 (10x10), o`rmonlarni o`rganganda 400m2 bo`lishi zarur.
O`simlik qoplami quyidagi tartibda o`rganiladi:
1. O`simlik qavatlari (yaruslari) aniqlanadi: daraxtlar; butalar; butachalar; o`tlar, moxlar, lishayniklar.
2. O`simliklar turlari aniqlanadi (maydoncha doirasida). Keng tarqalgan turlar bilan bir qatorda, juda kam turlar ham aniqlanadi. Aynan ana shu kam uchraydigan turlar o`simliklarni kelajakda rivojlanish yo`nalishi yoki ularni degradatsiyasini ko`rsatib berishi mumkin. Mabodo ayrim o`simliklarni nomini sayohat davomida aniqlash mumkin bo`lmasa, ular raqamlanadi va xuddi shu raqamda gerbariy olinadi va so`ngra aniqlovchi ma’lumotnomadan yoki biologiya o`qituvchisi yordamida aniqlanishi mumkin.
O`simlik turlarini ro`yhati tuzilganda, avval eng keng tarqalgan o`simlik turlaridan boshlanadi, so`ngra kamroq tarqalganlari qo`shiladi. Har bir tur o`simlik jamoasi tarqalgan maydonda uning ko`p yoki ozligi yozib qo`yiladi. Buning uchun nemis olimi Drude tomonidan tavsiya qilingan olti ballik shkaladan foydalanish mumkin. Bunda o`simliklar turini tarqalish darajasi ballarda quyidagicha aniqlanadi: 1-juda kam; 2-kam; 3-onda-sonda; 4-ko`p; 5-juda ko`p; 6-serob.
3. Joyni o`simlik bilan qoplanganlik darajasi. Agar tuproq qatlami ko`rinmasa, hamma joy o`simlik qoplangan bo`lsa, joyni qoplanganlik darajasi 100% bo`ladi.
4. O`simliklarni uchrash darajasi har bir o`simlik turini joylanishi (bir xil yoki guruhsimon).
5. Hayotiyligi -O`simliklarni rivojlanish darajasi yoki o`simliklarni «sog’ligi» darajasi. Quyidagi ko`rsatkichlarda aniqlanadi: yaxshi; qoniqarli; yomon.
6. O`simliklarning fenologik fazalari-ularni fasliy rivojlanish bosqichlari. O`t o`simliklarini rivojlanishida quyidagi fazalar ajratiladi: unishi; vegetativ xolati; kurtaklanish; gullashi; g’o`ralarni tugishi; pishishi; mevalarni va urug’larni to`kilishi; o`lishi.
7. O`simliklarni rangini aniqlash.
8. O`simliklarning hosildorligini aniqlash. 1m2 maydondagi o`simliklar o`riladi, ular tortiladi, so`ngra quritilib, yana tortiladi. Ho`l va quruq o`simliklar og’irligi gektar hisobida aniqlanadi. Shu yo`l bilan yaylov yoki pichanzor sifatida foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Kuzatish natijalari maxsus blankalarga yozib boriladi va kelajakda bo`ladigan tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish uchun saqlab qo`yiladi.
Hayvonot dunyosini o`rganish . O`lka hayvonot dunyosini nashriy manbaalar asosida o`rganish mumkin. Mazkur nashriy manbaalar asosida o`lka hayvonot dunyosi haqida umumiy ma’lumotlar olinadi. Ma’lum bir hududdagi hayvonot olami zootsenozlar deb ataladi.
Hayvonot dunyosini o`rganish quyidagi tartibda olib boriladi:
-hayvonning nomi (ilmiy va maxalliy);
-zoologik tavsifi(otryad, oila, tur);
-hayvonni tashqi ko`rinishini tavsifi;
-o`lkada tarqalish areali, boshqa hayvonlar bilan munosabati, hayot sharoiti, ovqatlanishi, ko`payishi, bolasining parvarishi, ko`chib yurishi;
-amaliy ahamiyati va turdan foydalanish, turlarni muhofaza qilish va sonini tiklash masalalari.
Joyda bevosita hayvonlarni o`rganish ko`p xollarda amalga oshmaydi, shuning uchun hayvonot dunyosining izlarini o`rganish ham muhim ma’lumotlarni beradi (ini, daraxt kovagi), ovqatlanish joylari, ko`chish yo`llari, so`qmoqlar va x.k.
Hayvonlarni qo`riqxonalarda, bog’larda va dam olish zonalarida bevosita o`rganish mumkin.
Suv hayvonlari alohida o`rganiladi. Bunda baliqlar, ilonlar, baqalar va boshqa suv hayvonlari va ularning turlari alohida jurnalda qayd etiladi.
Hozirgi davrda fan va texnikaning yuksak suratlarda rivojlanishi munosabati bilan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, jamiyatni tabiatga bo`lgan ta’siri kuchayib ketdi.
Natijada atmosfera havosi, suv, tuproq va o`simlik qoplami ifloslandi, ancha yerlarni katta miqiyosda o`zlashtirilishi, foydali qazilmalarni qazib olishi oqibatida madaniylashgan o`zgartirilgan va buzilgan landshaftlar vujudga keldi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə