Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar


-Ma’ruza Tabiiy sharoit o’lkashunoslikob’ekti sifatida



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/22
tarix01.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2 5330082310148591793

2-Ma’ruza Tabiiy sharoit o’lkashunoslikob’ekti sifatida.
Reja:

  1. Joyning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va Relyefini o`lkashunoslik maqsadlarida o`rganish.

  2. O`lka iqlimini o`rganish.

  3. O`lkani gidrologik sharoitini o`rganish.

  4. O`lka tuprog’i, o`simligi va hayvonot dunyosini o`rganish.

  5. O`lka tabiatini muxofaza qilishni o`rganish



Mavzu yuzasidan tayanch iboralar: Relyef, balandlik va botiqlar. Balandliklarga do`nglar, tog’lar, tog’ tizmalari, tog’ zanjiri, plato (ko`tarilib qolgan tekislik), atrofdan tik jarlar. Iqlim, Radiatsion (Quyosh issiqligi) omil, Atmosfera (havo massalari) harakatlari. Gidrosferadagi suvlar, dengizlar, ko`llar, daryolar, soylar, buloqlar, botqoqliklar, muzloqlar.
Joyning geologik tuzilishi asosan tog’ jinslari ochilib qolgan joylarda o`rganiladi.Tog’ jinslari ko`pincha daryo qirg’oqlarida, jarlarda, tog’ yonbag’irlarida, ochiq usulda qazib olinadigan konlar (karerlar) devorlarida ochilib qoladi. Bunday joylar geologik ochilmalar deb ataladi.
Geologik ochilmalarda tog’ jinslari quyidagi tartibda o`rganiladi:
- geologik ochilma nuragan jinslardan yoki o`simliklardan tozalanadi;
- geologik ochilmada mavjud bo`lgan tog’ jinslari nomlari aniqlanadi:
- aniqlangan tog’ jinslari qatlamlarining joylanishi va qalinligi aniqlanadi;
- tog’ jinslari qatlamlarining morfometrik o`lchamlari aniqlanadi, ya’ni qiyaligi, yo`nalishi va x.k.
- ochilmadagi tog’ jinslarining xolati o`rganiladi: darzsimonligi, namligi, qattiqligi, zarralarning o`lchamlari;
- ochilmadagi tog’ jinslarining turlari aniqlanadi: magmatik, cho`kindi, metamorfik;
- agar ochilmada asosan cho`kindi tog’ jinslari joylashgan bo`lsa ularning ham genetik turlari aniqlanadi (chaqiq, ximik, organik). Agar chaqiq tog’ jinslari tarqalgan bo`lsa ular shag’al, qum, gil va qumtoshlarga bo`linadi. Ximiyaviy tog’ jinslari qatlamlari mavjud bo`lsa ular turli xil tuzlardan iborat bo`ladi, organik tog’ jinslari esa oxaktosh, bo`r va bosh qalar;
- moboda ochilmada tektonik yoriqlar mavjud bo`lsa ularning soni, har birining uzunligi, kengligi, yo`nalishi va zichligi aniqlanadi.
O`lkadagi foydali qazilmalar joyning geologik tuzilishi bilan chambarchas bog’langan. Foydali qazilma konlari metalli va nometall guruhlarga bo`linadi. Metalli foydali qazilmalar o`z navbatida qora va rangli metallarga bo`linadi. Nometall foydali qazilmalar esa quyidagi guruhlarga bo`linadi: qurilish xom-ashyosi (ohaktosh, maramar, qum, g’isht xom-ashyosi, granit va x.k.); tog’ – kimyo xom-ashyosi (fosforitlar, tuzlar, flyuorit va x.k) va boshqalar.
Qurilish xom – ashyosi foydali qazilmalari juda keng tarqalgan hamda yYer yuzasida va Yer yuzasiga yaqin joylashadi. Shuning uchun ularni o`rganish metalli foydali qazilma konlariga nisbatan osonroq.
Joyning Relyefining o`rganish ham o`lkashunoslarning ma’suliyatli ishlaridan biri hisoblanadi. Relyefni kelib chiqishi va rivojlanishi va tarqalishini geomorfologiya fani o`rganadi. Relyef shakllarini ikki xil sinflashtirish mavjud: a) tashqi tuzilishi va o`lchamlari bo`yicha (morfologik sinflashtirish); b) kelib chiqishi va rivojlanishi xususiyatlariga ko`ra (genetik sinflashtirish).
Relyef tashqi tuzilishi va o`lchamlariga ko`ra ikkita yirik guruhga bo`linadi: tog’li o`lkalar va tekisliklar. Tekisliklar quruqlikning 200 metrdan baland bo`lgan eng yirik qismlaridir. Mazkur morfologik birliklar o`z navbatida yanada kichikroq o`lchamdagi Relyef shakllariga bo`linib ketadi – balandlik va botiqlar. Balandliklarga do`nglar, tog’lar, tog’ tizmalari, tog’ zanjiri, plato ( ko`tarilib qolgan tekislik), atrofdan tik jarlar bilan ajralib turadilar, tog’lik (tog’li o`lkaning katta qismi, tekisliklar bilan birga tog’ tizmalari uyg’unlashib keladi), yassi tog’lik (balandligi 500 m va undan yuqori hududlar). Botiqlarga kotlovinalar, botiqlar, daryo vodiysi va yorlar (tik jar) kiradi.
Relyef shakllarining genetik sinflari ularni hosil bo`lish sabablari va sharoitlari bilan belgilanadi. yerning ichki kuchlari (zilzilalar, tektonik harakatlar, vulkanlar) ta’sirida tog’lar ko`tariladi, botiqlar hosil bo`ladi. yerning tashqi kuchlari (shamol, suvlar, muzlar) ta’sirida tog’lar yemiriladi, botiqlar to`ldiriladi. yerning tashqi kuchlari ekzogen kuchlar deb ataladi, ular ta’sirida mavjud Relyef shakllari o`zgaradi va yanada maydaroq Relyef shakllari vujudga keladi. Relyef shakllari kelib chiqishiga ko`ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: Eol, ya’ni shamol ta’sirida hosil bo`lgan Relyef shakllari; yer osti suvlari ta’sirida hosil bo`ladigan Relyef shakllari; oqar suvlar ta’sirida hosil bo`ladigan Relyef shakllari; muzlar ta’sirida hosil bo`ladigan Relyef shakllari; nurash natijasida hosil bo`ldigan Relyef shakllari; inson faoliyati ta’sirida hosil bo`ladigan Relyef shakllari.
Shamol ta’sirida hosil bo`lgan Relyef shakllari Eol (gerekcha –shamol) Relyef shakllari deb ataladi. Shamol olib kelayotgan zarralar (qumlar) asta – sekin qoyalarni silliqlab ularni yemira boshlaydi. Turli xil qattiqlikka ega bo`lgan qoyalarda turli xil shakllar hosil bo`ladi. Masalan, kovaklar, «tosh bezaklari». Qora daryo vodiysini toraygan qismi Kampirrovot deb ataladi, hozir bu yerda Andijon suv omborining to`g’oni joylashgan. Vodiyning ushbu toraygan joyida shamol tezligi va kuchi katta bo`ladi. Buning natijasida qoya silliqlanib va yemirilib kampir shakliga kelgan. Uni Xonabodda aholi «Kampirtosh» deb atashadi, Kampirrovot so`zi ham shundan kelib chiqqan.
Cho`llarda shamol olib kelayotgan zarralar miqdori va shamol tezligi katta bo`lgani uchun qoldiq tog’ Relyefi hosil bo`ladi. Doimiy shamollar yo`llarida bular va toshlar uchrasa barxanlar, dengiz qirg’oqlarida esa dyunalar hosil bo`ladi.
Relyef shakllarining ikkinchi guruhi yer osti suvlarining faoliyati bilan bog’liq. yer osti sularining faoliyati ta’sirida surilmalar va karst xodisalari sodir bo`ladi. yer osti suvlari tog’ jinslariga shimilib suv o`tkazmaydigan qatlamgacha tushadi va mazkur qatlam ustida to`plana boshlaydi. Buning oqibatida tog’ jinslarining og’irligi ortadi, mustahkamligi kamayadi, suv o`tkazmaydigan qatlam ustida sirpanchiq surilish chizig’i vujudga keladi, natijada tog’ yon bag’rlarida surilmalar shakllanadi. Bunday surilmalarga misol qilib Ohongaron vodiysidagi Otchasoy, Jigariston va boshqalarni misol keltirish mumkin. Otchasoy surilmasining maydoni 8 km2, hajmi 800-900 mln. m3 bo`lgan. Surilma oqibatida 20 ming aholisi bo`lgan teshiktosh posyolkasi ko`chirildi. Ohongaron daryosi o`zani ko`chirildi. Oqibatda jamiyatga juda katta moddiy va ma’naviy zarar keltirildi. yer osti suvlari suvda eriydigan tog’ jinslari orasidan o`tganda ularni eritib olib ketadi, natijada yer ostida turli uzunlikdagi va hajmdagi bo`shliqlar, ya’ni g’orlar hosil bo`ladi.
Relyef shakllarini uchinchi genetik turini oqar suvlar ta’sirida hosil bo`lgan Relyef shakllari tashkil qiladi. Oqar suvlar ta’sirida Relyefni erozion va akkumulyativ turlari hosil bo`ladi. Erozion Relyef shakllari oqar suvlarni yemirish ishi natijasida vujudga keladi. Ularga tor daralar, daryo vodiylari, jarlar va yorlar (tik jar) kiradi.
Daralar asosan tog’larda, qattiq va mustahkam qoyalarni oqar suvlar ta’sirida yemirilishi oqibatida hosil bo`ladi. Daryolar yuqori oqimida qoyali yonbag’irlar tarqalgan hududlarda tor vodiylar hosil qiladi, tekislikda esa keng vodiylarni hosil qiladi. Oqar suvlar yumshoq jinslar tarqalgan joylarda ularni yemirib ariqchalar hosil qiladi. Ariqchalar asta sekin kattayib jarlarga aylanadi. Jarlanish xosildor yerlarni ishdan chiqishiga olib keladi.
Akkumlyativ Relyef shakllari daryolar va soylar olib kelgan yotqiziqlarni yotqizilishi natijasida hosil bo`ladi. Ularga konussimon yoyilmalar va deltalar kiradi. Yoyilma va deltalarda unumdor tuproqlar tarqalganligi uchun qishloq xo`jaligi yaxshi rivojlangan. Masalan, Amudaryoning qadimgi deltasida Xorazm vohasi, hozirgi deltasida esa Qoraqalpog’iston Respublikasining asosiy dehqonchilik rayonlari joylashgan. So`x daryosi yoyilmasida esa Qo`qon vohasi joylashgan.
Relyef shakllarining to`rtinchi guruhi muzlarning faoliyati ta’sirida vujudga keladi. O`rta Osiyoda va O`zbekistonda muzliklar asosan tog’larda tarqalgan. Eng yirik muzliklar Pomir va Tyanshan tog’larida tarqalgan. Muzlar doimo harakatda bo`ladi, ular o`z og’irlik kuchi ta’sirida tog’lardan pastga tomon harakat qilishadi. Buning oqibatida ular qoyalarni silliqlaydi, yumshoq jinslarni surib olib ketadi, vodiylarni kengaytiradi. Natijada muz hosil qilgan vodiylar, turli xil shaklga ega bo`lgan qoyalar vujudga keladi. Masalan, «qo`ypeshonalar», «jingalak qoyalar» va x k.
Relyef shakllarini beshinchi guruhini nurash natijasida vujudga keladigan Relyef shakllari tashkil qiladi. Nurash deb tog’ jinslarini xarorat va namlikni sutka va fasllar davomida o`zgarishi oqibatida yemirilishiga aytiladi. Nurash uch turga bo`linadi: fizik yoki mexanik, ximik va biologik. Fizik yoki mexanik nurash xarorat va namlikni sutkalik o`zgarishi natijasida hosil bo`ladi. Kechasi xarorat past bo`ladi, kunduzi esa xarorat yuqori bo`ladi. Buning natijasida kechasi xarorat paysayganda tog’ jinslarining xajmi torayyadi, kunduzi esa xarorat ko`tarilishi bilan ularning xajmi kengayadi. Muntazam ravishda tog’ jinslarining xajmini torayib va kengayib turishi turli xil yoriqlarni shakllanishiga va tog’ jinslarini yemirilishiga olib keladi. Nuragan jinslarni olib ketilishi oqibatida qoldiq Relyef shakllari vujudga keladi.
Relyef shakllarini oltinchi guruhiga inson faoliyati ta’sirida hosil bo`lgan Relyef shakllari kiradi. Foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida chuqurligi 500 metr bo`lgan botiqlar, balandligi 100 metrgacha bo`lgan do`nglar vujudga keladi. Relyefni o`lkashunoslik maqsadlarida o`rganishda faqat Relyef shakllarini, ularni kelib chiqishini hamda regional tavsiflab qolmasdan, ularning o`ziga xos va eng qiziqarli shakllarini ham to`la va har tomonlama tavsifini tuzish lozim.
Iqlim deb ma’lum bir joy uchun xos bo`lgan va asrlar davomida o`zgarmaydigan ob-havoning ko`p yillik me’yoriga aytiladi.
Har qanday o`lkani iqlimini tavsifini tuzish quyidagi uchta iqlim hosil qiluvchi omillarni baholashga asoslanadi: radiatsion, atmosfera harakatlari va yYer yuzasini tuzilishi.
Radiatsion (Quyosh issiqligi) omil o`lkani ekvatorga nisbatan joylanishiga, ya’ni geografik kenglikka bog’liq. Turli geografik kengliklarda Quyosh nurlarini Yer yuzasiga tushish burchagi turlicha bo`ladi. Ekvatordan qutblarga tomon Quyosh nurlarining Yer yuzasiga tushish burchagi kamayib boradi. Quyosh nurlarining tushish burchagi qancha katta bo`lsa Yer yuzasiga shuncha ko`p issiqlik keladi.
Iqlimning radiatsion ko`rsatkichlari yalpi radiatsiya va radiatsion muvozanat bilan belgilanadi. Yalpi radiatsiya to`g’ri (bevosita Quyoshdan keladigan) va sochma (atmosferadan va fazodan keladigan radiatsiya) radiatsiya yig’indisidan iborat. Radiatsion muvozanat deganda yalpi radiatsiya va yerga singan yerdan qaytgan radiatsiyalar ayirmasidan iborat. Radiatsion muvozanat manfiy (qish va kechasi), musbat (yoz, kunduzi) bo`lishi mumkin.
Atmosfera (havo massalari) harakatlari muxim iqlim xosil qiluvchi omil bo`lib hisoblanadi. Mazkur omil joydagi atmosfera bosimini me’yorini siklon va antitsiklonlarning vujudga kelishi va almashinishi, asosiy havo massalarining turlarini, rivojlanishini, shamollarning yo`nalishini va kuchini belgilab beradi.
Yer yuzasi tuzilishi ham iqlim hosil qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Tog’ tizmalari havo massalarini yo`lini to`sib qoladi va ularni harakat yo`nalishini o`zgartiradi. Masalan, Avstraliyani sharqiy qismida joylashgan Katta suv ayirg’ich tizmasi Tinch okeandan kelayotgan nam havo massalarini to`sib qoladi, natijada Avstraliyaning katta qismi cho`llardan iborat. O`rta Osiyoni katta qismini cho`llar tashkil qiladi, yozda qumlar qizib havoni xaroratini ko`tarib yuboradi va tropik havoni vujudga kelishiga olib keladi.
Iqlimni o`lkashunoslik maqsadlarida o`rganish quyidagi tartibda olib borilishi mumkin:
1. Iqlim hosil qiluvchi omillarni o`lka iqlimiga ta’sirini o`rganish. Bu esa iqlim ko`rsatkichlarini ilmiy asoslashga, ularni tabiiy geografik jarayonlar bilan aloqasini aniqlashga imkon beradi. Buning uchun joyni geografik kengligi aniqlanadi va uning asosida Quyosh nurlarini yYer yuzasiga tushish burchagi hisoblanadi. Havo massalarini harakatini o`rganish uchun o`rganilayotgan qaysi iqlim mintaqasining qaysi qismida joylashganligi aniqlanadi. Masalan, Toshkent shahri mo`’tadil iqlim mintaqasining janubida joylashgan. Bu yerda doimo mo`’tadil havo massalari xukmron, qish sovuq yoz issiq bo`ladi.
2. Joyning iqlimini tavsifini tuzish. Buning uchun joyning issiqlik sharoitini ko`rsatkichlarini taxlil qilmoq lozim: havo xarorati o`rtacha yillik, o`rtacha oylik, eng sovuq va eng issiq, oylarning xaroratlari; yillik va oylik maksimal va minimal havo xarorati. Iqlimni qishloq xo`jalik maqsadlarida baholanadi effektiv xaroratlar yig’indisi aniqlanadi.
3. Joydagi atmosfera yog’inlari miqdori aniqlanadi. Yillik, oylik atmosfera yog’inlari miqdori, ularni hudud bo`yicha taqqoslanishi, qor qoplamining qalinligi va turish muddati aniqlanadi. Qor qoplamining qalinligi o`lchov tayog’i bilan aniqlanadi.
4. O`lka fasllari iqlim tavsifi tuziladi. Bunda mazkur joy uchun xos bo`lgan atmosfera va iqlim xodisalari aniqlanadi: sel, do`l, chaqmoq, jala, bulutlar, Afg’on shamoli, Bekobod shamoli, Qo`qon shamoli.
5. O`lka iqlimini o`rganish davomida iqlimni qishloq xo`jaligi va rekreatsiya maqsadlarida ham baholanadi. O`lka iqlimini turi O`zbekiston yoki O`rta Osiyo iqlim kartasi yordamida aniqlanadi. O`z o`lkasini iqlimi turini aniqlagandan so`ng tegishli ilmiy manbaalar, iqlimiy va agrometeorologik ma’lumotlar asosida joyning iqlimini asosiy jihatlari va ko`rsatkichlarini aniqlash mumkin.
O`lka iqlimini yanada aniqlashtirish uchun o`lkashunos joy ob-havosi haqida to`plagan ma’lumotlaridan foydalanish mumkin: xarorat me’yori, yog’inlar va ularning turlari, shamollarning yo`nalishi va kuchi; bulutlik va bulutlar shakli.
Gidrosferadagi suvlarni gidrologiya (gidro-suv, logos-fan) fani o`rganadi.
O`lka suvlarini o`rganishda tabiiy suv obyektlarini barcha turlari tatqiq qilinadi: dengizlar, ko`llar, daryolar, soylar, buloqlar, botqoqliklar, muzloqlar v a x.k.
O`lka suvlari ikkita katta guruhga bo`linadi: yer usti suvlari; yer osti suvlari. yer usti suvlari daryolar, ko`llar, botqoqliklar, muzlar va doimiy qorlardan iborat. yer osti suvlarini turistik sayohatlarda bevosita o`rganib bo`lmaydi, chunki ular yer ostida geologik yotqiziqlari orasida bo`ladi. Agar joyda buloq chiqib turgan bo`lsa, buloqni o`rganish orqali yer osti suvlari haqida fikr yuritish mumkin.
Daryolarni o`rganish. O`lkashunoslik maqsadlarida olib boriladigan turistik sayohatlarda daryolarni o`rganish muhim ahamiyatga ega bo`lgan tatqiqotlardan biri hisoblanadi.
Daryolarni o`rganish quyidagi tartibda olib boriladi: joylashgan havza nomi; manbai va mansabining joylashgan joyi; daryo vodiysi morfologiyasi; gidrologik ko`rsatkichlari (tezligi, qiyaligi, nishabi, suv sarfi, yillik oqim, to`yinishi, me’yori (sathini fasllar bo`yicha o`zgarishi), daryoni muzlashi va muzlarni erishi, daryoning ishi (chuqurlashishi va yonlama eroziya), o`zani xususiyatlari, ostonalar, sharsharalar, hayvonot dunyosi (baliqlar), ilgarigi, hozirgi va kelajakda xo`jalik maqsadlarida foydalanilishi, daryo suvlaridan oqilona foydalanish va suv resurslarini muhofaza qilish.
O`lka daryolarini o`rganishdan oldin o`rganilayotgan daryo haqida ma’lumotlarni yig’ib tahlil qilish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Daryo joylashgan havzaning nomi kartadan aniqlanadi. Kartadan asosiy daryo aniqlanadi. Masalan, o`rganilayotgan joy Chirchiq vodiysida joylashgan bo`lsa, u Sirdaryo havzasiga kiradi. Chunki Chirchiq daryosi Sirdaryoni o`ng irmog’i hisoblanadi. O`rganilayotgan joy Sirdaryoning o`ng irmog’i bo`lgan Chirchiq daryosi havzasida joylashgan bo`ladi. Daryoning havzasi aniqlangandan so`ng daryo havzasiga umumiy ta’rif beriladi: o`zlashtirish darajasi, aholining va aholi manzilgohlarining zichligi va joylanishi, yo`llar va ularning turlari aniqlanadi; o`simlik qoplamini baholashda daraxtlar, butalar, o`tlar alohida ta’riflanadi, o`rmonlarni turlari va ularni qayerlarda tarqalgani tavsiflanadi; vodiyda tarqalgan tuproq turlari o`rganiladi.
Daryo vodiysining morfologik tuzilishi quyidagi tartibda o`rganiladi:
- vodiyning toraygan va kengaygan qismlari aniqlanadi. Vodiyning yuqori qismlari ko`pincha qattiq jinslar tarqalgan joylarda joylashganligi uchun tor va yonbag’irlari tik bo`ladi. Bu yerda asosan chuqurlatish eroziyasi sodir bo`ladi. Bu yerlarda o`zan ham tor bo`ladi, uning qiyaligi katta bo`lganligi uchun suv tez va shovqinli oqadi. Daryo terrassalari umuman bo`lmaydi, bo`lsa ham juda tor bo`ladi;
- daryo tekislikka chiqqan vodiysi kengayadi, o`zan ham kengayadi, daryo ba’zi joylarida to`g’ri, ba’zi joylarida egri-bugri bo`lib oqadi. Turistik sayyohatlarda daryo qayerlarda to`g’ri va qayerlarda aylanish (meandra hosil qilib) oqayotgani kundalikka qayd etiladi. Daryo vodiysining kesmasi ma’lum bir nuqtalarda tuziladi;
-ostonalar va sharsharalar alohida o`rganiladi. Ularning joylashgan joyi, soni, morfologik o`lchamlari (kengligi, balandligi) alohida qayd etiladi. Iloji bo`lsa ularning ko`ndalang va bo`ylama kesmalari tuziladi. Rasmlari olinadi;
-daryoning o`zani alohida o`rganiladi. O`zanning kengligi, chuqurligi, qanday jinslardan tuzilganligi kundalikda alohida qayd etiladi. O`zanning kengligi ko`z bilan chamalab aniqlanadi. O`zanning chuqurligi santimetrlarga bo`lingan tayoq bilan aniqlanishi mumkin. O`zanni toraygan, kengaygan chuqur va sayoz joylari o`rganib, ularni o`rtacha o`lchamlari chiqariladi va kundalikka qayd etiladi;
-daryo yoki soy suv sathi quyidagi tartibda aniqlanadi: a) o`zan, ya’ni suv oqimini ko`ndalang kesimining maydoni aniqlanadi. Masalan, o`zanning kengligi 3 m, chuqurligi 1,2 m. bo`lsa, uning maydoni Fq1,2q3,6 m2 bo`ladi; b) suv oqimining tezligi (V) aniqlanadi. Buning uchun daryo yoki soy qirg’og’idan 10m masofa belgilanadi. Masofani boshlanish joyidan suvga qog’oz yoki boshqa yengil narsa tashlanadi. Narsa 10m. masofani qancha vaqtda bosib o`tganligi sekundamer yoki soat sekundameri yordamida aniqlanadi. Masalan, 10m. masofani narsa 20 sek.da bosib o`tdi. Bosib o`tilgan masofani shu masofani bosib o`tish uchun ketgan vaqtga bo`lamiz.
Ya’ni VqSq 10q0,5 m/sek.
t 20
v) oqim tezligini (Vq 0,5 m/sek), oqimning ko`ndalang kesimi maydoniga ko`paytirsak suv sarfi kelib chiqadi, ya’ni
QqF·Vq3,6 m2·0,5 m/sekq1,8 m3/sek.
Demak, soydan yoki daryodan bir sekunda 1,8 m3 suv oqib o`tayotgan ekan. Mazkur ko`rsatkichni 60ga (1 minutq60 sek.) ko`paytirsak bir minutda oqib o`tayotgan suv sarfini topamiz.
Xuddi shu tahlitda sutkalik, oylik, yillik suv sarfini aniqlashimiz mumkin.
O`lka ko`llarini o`rganish. Agar joyda ko`llar bo`lsa yoki sayohat yo`nalishida ko`l uchrab qolsa u quyidagi tartibda o`rganiladi: (25-rasm)
-ko`lning nomi aniqlanadi. Ko`lning nomini topografik yoki turistik kartadan aniqlash mumkin. Agar ko`lning nomi kartaga tushirilmagan bo`lsa mahalliy aholidan so`rab bilish mumkin;
-ko`lning geografik o`rni aniqlanadi. Ko`lning geografik o`rni qishloqning yoki shaharning markaziga, daryo vodiysining joylanishiga va boshqa belgilariga qarab aniqlanadi. Masalan, ko`l qishloq markazidan shimolda, daryo vodiysining o`rta oqimida, daryoning chap yoki o`ng qirg’og’ida bo`lishi mumkin;
-ko`lning morfologik o`lchamlari aniqlanadi: uzunligi, kengligi, maydoni, chuqurligi, hajmi. Masalan, ko`lni maydoni uning uzunligi va kengligini ko`paytmasidan iborat, uni ko`lning chuqurligiga ko`paytirsak ko`lning hajmi kelib chiqadi: Ko`lning uzunligi 500m, kengligi 100m, chuqurligi 10m. bo`lsa uning maydoni 500·100q50000 m2 hajmi 50000m2·10mq 500000m3 bo`ladi;
- ko`l botig’ining kelib chiqishi aniqlanadi.
-qirg’oqlari Relyefi o`rganiladi. Tik, yotiq va plyajli qirg’oqlar ajratiladi.
- ko`lning to`yinishi va me’yorlari aniqlanadi. To`yinishi yer osti suvlaridan, daryolaridan, soylaridan bo`lishi mumkin. Ko`lga daryo yoki soy oqib kirib, boshqa tomondan oqib chiqib ketsa, u oqar ko`l bo`ladi, agar ko`lga daryo yoki soy quyilib birorta daryo yoki soy oqib chiqib ketmasa u oqmas ko`l bo`ladi;
- ko`lni suvi o`rganiladi: oqimlari, sathini tebranishi, muzlashi, muzdan xalos bo`lishi, suvning xarorati, tiniqligi, sho`rligi, rangi va x.k.
- ko`lni o`simlik va hayvonot dunyosi o`rganiladi. Ko`lni xo`jalik ahamiyatiga baho beriladi. Uni muhofaza qilish masalalari ko`rib chiqiladi.
Botqoqlarni o`rganish quyidagi tartibda olib boriladi: uning nomi, geografik joylanishi, kelib chiqishi, botqoqning turi, hosil bo`lish sharoiti va tuyinishi, uzunligi, chegaralari, maydoni, o`lka suv resurslarini hosil bo`lishidagi ahamiyati, o`simligi, hayvonot dunyosi va xo`jalikdagi ahamiyati.(26-rasm)
Muzliklar o`rganilayotganda ularning quyidagi o`lchamlari aniqlanadi; geografik joylanishi, mutloq balandligi, uzunligi, chegaralari, maydoni, hajmi, vujudga kelish sharoiti, turi (vodiy, osma va x.k), harakat tezligi va yo`nalishi, fasliy me’yori, muzning ishi.
O`lkadagi buloqlar o`rganilganda quyidagilarga e’tibor beriladi: nomi, geografik joylanishi, hosil bo`lish sharoiti, oqib chiqayotgan suv miqdori. Xarorati, tarkibi, davolash xususiyatlari, xo`jalikda foydalanilishi va x.k. O`lka ichki suvlarining umumiy xususiyatlarini aniqlash uchun o`lkaning tabiiy geografik va gidrologik kartalarini ko`rib chiqish lozim. Ular va boshqa manbaalar asosida o`lka gidrologik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari hakida ma’lumotlar yig’ish mumkin.
Olingan ma’lumotlarni tahlili asosida o`lka gidrografik sharoitlariga atmosfera yog’inlari, joyning geologik rivojlanish tarixi, Relyefi, o`simlik qoplami qanday ta’sir qilishini aniqlash mumkin va o`lka tabiatini qo`riqlashni va ulardan oqilona foydalanishni dolzarb muammolarini o`rganish mumkin.
Joyning tuproq qoplami, o`simliklari va hayvonot dunyosini o`rganish ularni o`zgarishining asosiy yo`nalishlarini aniqlash va ularni muhofaza qilishning chora tadbirlarini ishlab chiqish o`lkashunoslik maqsadlarida olib boriladigan muhim tatqiqotlardan biri hisoblanadi.
Tuproq qoplamini o`rganish. O`lka tuproqlari haqidagi ma’lumot-larni tuproq kartasidan, adabiyotlardan va bevosita dalada olib borilgan tatqiqotlar natijalaridan olish mumkin.
Ma’lum bir joydagi tuproqlarni o`rganish o`sha joydagi tuproq qatlamlarini o`rganish, ularni tavsiflash va namunalar olishdan iborat.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə