Termiz davlat universiteti tarix fakulteti mamlakatlar va mintaqalar yo



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix26.05.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#88067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5222068916355866446

Mavzuning predmeti 
. Ular orasida Xivada yashagan va xonlikda amalga oshirilgan 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlarning shaxsan guvohi boʼlgan, Аbulgʼozi 
Bahodirxon1, Munis2, Ogahiy3, Bayoniy4, Komyobning5 ilmiy merosi muhim oʼrin 
egallaydi. Xorazm tarixnavislik maktabining asoschisi haqli ravishda Аbulgʼozi 
Bahodirxon hisoblanadi. Uning “Shajarayi turk”6 va “Shajarayi tarokima”7 asarlari 
Xiva xonligining XVI-XVII asrlar tarixini oʼrganishda muhim manba hisoblanadi. 
Uning asarlaridagi maʼlumotlar xonlikning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va etnik 
jarayonlari masalalariga tegishlidir. “Firdavs ul-iqbol” nomli asar muallifi boʼlgan 
Munis Xorazmiy Аbulgʼozi Bahodirxondan keyin Xorazm tarixini xronologik 
asosda yozgan yirik muarrix hisoblanadi8. Uning qoʼlyozmalari voqea va hodisalar 
bayoniga 
xolisona 
yoshdoshganligi 
hamda 
yoritilayotgan 
voqealarning 
haqqoniyligiga erishganligi bilan ajralib turadi. Munis tarixiy voqealar va Xiva 
xonlari shajarasini 1812 yilgacha yoritgan9. Muarrixning 1829 yilda vafot qilishi 
natijasida toʼxtab qolgan ishlarni jiyani Muhammadrizo Ogahiy davom ettirgan. Xiva 
xonligi tarixini toʼlaqonli yoritishga intilgan muarrixlar orasida shubhasiz 
Muhammad Yusuf Аbdulkarimbek oʼgʼli Bayoniy yuqori oʼrinlardan birini 
egallaydi. 1911 yilda Xiva xoni Аsfandiyorxon amaldor Аvazberdi eshon oʼgʼli 
Tolib xoʼja tavsiyasi bilan Bayoniyga buyuk Munis va Ogahiydan meros qolgan 
ishlarni davom ettirish hamda xonlik tarixini yangi avlod tushunadigan tilda yozishni 
buyuradi. Natijada 1914 yilda 16 bobdan iborat katta tarixiy asar yaratiladi8. Unda 
bashariyatning vujudga kelishidan tortib, to XX asr boshlarigacha boʼlgan davrda 
Xorazm zaminida roʼy bergan voqealar aks ettiriladi. Keyinchalik muallif oʼz 
izlanishlarini davom qildirgan boʼlsa–da, 1923 yildagi vafoti oqibatida, moʼljallagan 
rejalari amalga oshmasdan qolgan. Bayoniyning 508 varaqdan iborat “Shajarayi 
Xorazmshohiy” asari qoʼlyozmasini oʼrgangan akademik Muhammadjon 
Yoʼldoshev shunday deb yozgandi: “Bu asar bayonotining mukammalligi va haqiqiy 
materiallarning koʼpligi jihatidan Munis va Ogahiyning koʼp tomlik 
qoʼlyozmalaridan koʼp marta ustun turadi” 




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə