Termiz davlat universiteti tarix fakulteti mamlakatlar va mintaqalar yo


partiya sifatida shakllana boshlagan ushbu harakatning g‘oyaviy va tashkiliy



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix26.05.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#88067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5222068916355866446


partiya sifatida shakllana boshlagan ushbu harakatning g‘oyaviy va tashkiliy 
jihatdan mustahkamlanishida Polyozhoji Yusupov, Husainbek Matmurodov, Nazar 
Sholikorov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Mulla Bekchon Rahmonov, Bobooxun
.19. Болтаев А. Хоразм тарихи // Қўлёзма. ЎзР. ФАШИ. – №9320. 81а,б
.20. Болтаев А. Хива тарихига оид ҳужжатлар // Қўлёзма. ЎзР. ФАШИ.– № 9320. 


28 
Salimov, Jumaniyoz Hoji Boboniyozov, Otajon Sapaev, Boboxon Yoqubov, 
Hakimboy Muhammedov, Muhammadyor Abdullaev, Xudoybergan Devonov kabi 
faollarning xizmatlari katta bo‘ldi3. Ular ijtimoiy-siyosiy hayotda keskin 
o‘zgarishlar qilishning ob'ektiv zarurligini tushunib yetgan, bilimli, ongli, jasoratli 
kishilar edilar. Xivalik jadidlarining ayrimlari Moskva, Petrograd, Kozon, Anqara, 
Tehron va boshqa shaharlarda bo‘lib, jahon fani va madaniyati bilan bevosita tanisha 
boshladilar. Jumladan, P.Yusupov Istambul, Misr va Shomga qilgan safari 
tasurrotlarini yozib qoldirgan1. XX asr boshlarida Xiva xonligida ijtimoiy 
munosabatlar keskinlashishi yaqqol holatda namoyon bo‘ldi. Aholining 
qashshoqlashishi, xon amaldorlari va katta yer egalarining zulmi, adolatsizlikning 
kuchayishi natijasida ayrim hududlarda norozilik harakatlari avj oldi. Ayniqsa 
turkmanlar yashaydigan kamhosil yerlardagi aholining turmushi murakkablashib 
bordi. 1912 yilning boshida turkmanlardan yer solig‘i yig‘ish vaqtida vujudga 
kelgan norozilikni qurol bilan bostirish yuzasidan Turkiston general gubernatoridan 
ruxsat olindi2. 1913 yilda Xiva xonligi aholisi dahshatli ocharchilikni ham o‘z 
boshidan kechirdi. Qurg‘oqchilik bilan bir qatorda sug‘orish inshootlarining 
qarovsiz qolganligi va ishdan chiqqanligi ko‘plagan yerlarning ekilmasdan qolishiga 
olib keldi. Ayniqsa, taka turkmanlar yashaydigan Tajan va Murg‘ob vohasida paxta 
ekiladigan hududlardagi kambag‘al dehqonlar ijaraga olgan yerlarini eka olmadilar.
1915 yilning mart-aprel' oylarida Toshhovuz, Taxta, Xo‘jayli, Ko‘hna Urganch 
tumanlarida turkmanlarning qo‘zg‘olonlari yana avj oldi. Qo‘zg‘olonchilar mahalliy 
boylar va zamindorlarga qarshi kurashib qolmay, balki rus ishbilarmonlari mol-
mulklarini ham talon-taroj qildilar. “Lavzon” aksionerlik jamiyatiga qarashli savdo-
sanoat shirkati va “Nobel'” firmasi binolari vayron qilindi va omborlari talandi. 
G‘azovot qal'asi yaqinida bo‘lgan jangda turkmanlar Ollabergan noib va 
Muhammad yasovulboshi qo‘l ostidagi 1500 kishilik xon qo‘shinlariga zarba 
berdilar.1916 yil 3 fevral' kuni chor ma'murlariga yuborilgan axborotda 
qo‘zg‘olonchilar soni 10 mingdan oshganligi va ularning yarmi o‘q otish qurollariga 
ega deyilgandi. Qo‘zg‘olon rahbarlari, jumladan, Junayidxondan xonga vakil 
yuborib, adolat yuzasidan muzokara olib borish taklifini ma'qul ko‘rdilar. 
Asfandiyorxon Xivaga kelgan qo‘zg‘olon boshliqlaridan 6 kishini qatl qildirdi1. 
Xonning razil harakati va Petro– Aleksandrovskdan chiqqan ruslarning Xivaga 
yaqinlashib kelayotganidan xavfsiragan qo‘zg‘olonchilar o‘z shahar va 
qishloqlariga qaytib ketdilar. Junayidxon qo‘shinlari turkman ovullaridan tashqari, 
o‘zbeklar yashaydigan hududlarga ham kirib keldilar. Ular 1916 yilning 3–11 
fevralida Qo‘shko‘pir, Toshhovuz, Shovot, Gurlan, Xonqa tumanlariga bostirib 
kirib, qarshilik ko‘rsatgan shahar va qishloqlar aholisini qattiq jazoladilar. 
Bosqinchilik bilan ulkan o‘lpon yig‘gan Junayidxon sarbozlari Xiva shahrini ham 
egalladilar2. Shahar aholisi shavqatsiz talandi va ulardan o‘lpon undirib olindi. 
Asfandiyorxonning yaqin maslahatchilaridan Matfavo Baqqolov, Abdullaboy 
Mehtar, Qodirbergan Mahram qatl etildi. Xon esa Junayidxonga talab qilingan 18 


29 
ming rublni to‘lab, o‘z hayotini saqlab qoldi3. Junayidxon Amudaryo bo‘limi 
boshlig‘i polkovnik Kolosovskiyga xon atrofidagi amaldorlarni o‘zgartirishni taklif 
qildi. Qoniqarli javob ololmagach, rus otryadlariga hujum qilishni buyurdi. Ammo 
rus askarlari turkmanlar hujumiga bardosh berdilar. Ruslarga qo‘shimcha yordam 
kelayotganligini eshitgan Junayidxon 14 fevralda Xivani tashlab chiqishga majbur 
bo‘ldi. Xiva xonligida ro‘y berayotgan voqealar Turkiston general– gubernatorligi 
amaldorlarini qattiq bezovta qilganligi bois, Sirdaryo viloyati gubernatori general–
leytenent A.S.Galkin boshchiligidagi jazo otryadi safarbar etildi. Turkmanlarni 
ta'qib qilish haqida buyruq bergan .A.S.Galkin Junayidxon qo‘shinlarining Eronga 
o‘tib ketishga imkon berganligi hujjatlarda qayd etiladi1. Xonlik aholisiga, birinchi 
navbatda turkmanlar oilalariga 4 mln. 554 ming so‘m miqdorida harbiy o‘lpon 
solindi2. Shunday qilib, qo‘zg‘olon vaxshiylarcha bostirildi. 1916 yil o‘rtalarida 
Xiva xonligi mehnatkashlari chorizmning mustamlakachilik siyosatiga qarshi 
o‘lkada ko‘tarilgan xalq qurolli harakatiga qo‘shildilar. Shu yili 25 iyunda podsho 
Nikolayning front orqasidagi ishlarni bajarish uchun chorak million yerlik aholini 
safarbar qilish to‘g‘risidagi farmoni ezilgan aholining sabr–kosasini to‘ldirib 
yuborgandi. Xiva xonligi nomiga mustaqil davlat bo‘lsa–da, u hamma tarafdan 
Rossiyaga qaram davlat edi. Xonlik hududida yashayotgan 3000 ga yaqin O‘rol 
kazaklari xo‘jaliklari hisobidan front orti ishlariga 426 kishi safarbar etilishi 
buyurilgandi. Natijada Qipchoq, Mang‘it, Xo‘jayli, Ko‘xna Urganch, Shumanoy
bekliklarida bosqinchi guruhlarning harakatlari xavfli tus oldi. Oktyabr'-noyabr' 
oylarida Qipchoqdagi Chig‘aboy, Lavzonli Muhammad Nazar va Toji 
Murodbiylarning uylariga o‘t qo‘yildi va molmulki talon–taroj qilindi. Umumxalq 
noroziligi kuchayib borayotgan bir sharoitda 1916 yil dekabrda Xivada maxsus 
harbiy komissarlik tashkil etildi. Unga xonlikda bo‘layotgan voqealardan rus 
hukumatini doimiy xabardor qilib turish; xonlikning barcha mansabdor shaxslari 
faoliyatini yaqindan kuzatib borish; xonlik hududida osoyishtalikni ta'minlash 
vazifalari yuklandi. Komissarlik xon hokimiyatini mustahkamlash va ruslarning 
mavqeini saqlashni ta'minlashi lozim edi. Ammo taqdirning taqozosi bilan voqealar 
butunlay kutilmagan tarzda ro‘y bera boshladi. 1917 yil fevrali oxirida jadidlar 
harakati davomchisi bo‘lgan yosh xivaliklar rus podshosi Nikolayning taxtdan 
ag‘darilishini zo‘r hayajon bilan kutib oldilar. Bu vaqtda Asfandiyorxon Buxoro 
amiri Olimxon bilan Yaltada dam olayotgan bo‘lib, ular zudlik bilan yurtiga 
qaytdilar. 1917 yil 4 aprelda Xiva ko‘chalarida ko‘p ming kishilik namoyishlar 
bo‘lib, unda qatnashganlar “Yo‘qolsin zo‘rlik, shafqatsizlik, jabr, zulm”, “Yashasin 
ozodlik” kabi shiorlarni o‘rtaga tashladilar. Xivadagi rus harbiy garnizoni askarlari 
ham namoyishchilarga qo‘shilib, xonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga chaqirgan 
bo‘lsalarda, yosh xivaliklar o‘z maqsadlariga tinch yo‘l bilan erishishga umid
.21. Абулғози Баҳодирхон ибн Арабмуҳаммадхон. Шажарайи тарокима. // Қўлёзма. ЎзР. ФАШИ. № 1552/VI, 9985, 5973, 1223,1807. 
22. Абулғози Баҳодирхон ибн Арабмуҳаммадхон. Шажарайи турк ва муғул // Қўлёзма. ЎзР. ФАШИ. – № 851 


30 
bog‘ladilar. 1917 yil 5 aprelda jadidlar vakili sifatida Asfandiyorxon oldiga borgan 
Polyozhoji Yusupov va Nazir Sholikorov yosh xivaliklar talablarini bayon qildilar1. 
Qaltis vaziyatni hisobga olgan xon hurriyat haqidagi manifestga imzo chekishga 
majbur bo‘ldi2. Ko‘hna Ark maydoniga to‘planib turgan olomon manifestni xonning 
o‘zi o‘qisin deya talab qildi. Xalq oldiga chiqqan Asfandiryoxon hujjatning 2-3 
qatorini o‘qigach, ko‘ziga yosh to‘lib, tomog‘i bo‘g‘ilib qoldi. Xon yonida turgan 
Nazir Sholikorov uning qo‘lidagi manifestni tortib olib, o‘zi oxirigacha o‘qib berdi: 
“Shu kundan boshlab Xiva xoni ag‘darilib, yangi hukumat tuzildi”, deganda xon 
yerga qaradi. Asfandiyor va uning amaldorlari juda noxush ahvolda Ko‘hna Ark 
ichkarisiga kirib ketishdi. Xalq asta-sekin tarqaldi3. Qozikalon Xudaybergan Oxun, 
Hikmatulla Oxun, Ibrohim Oxunlar hujjatga o‘z muhrlarini bosdilar. Xon 
mulozimlaridan Ibrohim xo‘ja Yoqub xo‘ja o‘g‘lini, Ro‘zimuhammad mahram 
Muhammad Amin o‘g‘lini va Ota mahram Mamat mahram o‘g‘lini “Yosh 
xivaliklar” qo‘liga garov sifatida topshirdilar4. “Idorai Mashrutiya”ga boshliq etib 
Bobooxun Salimov va Nozirlar kengashiga Husainbek Matmurodov saylandi. 
Xivada yangi davlat muassasalarida ishlay boshlagan yosh xivaliklar hokimiyatni 
o‘zboshimchalik bilan boshqarishga chek qo‘yish, xonga, shahzodalar, beklar va 
vazirlarga qarashli ortiqcha pullar, mol-mulklarni musodara qilish, xon tomonidan 
tortib olingan yerlarni dehqonlarga qaytarib berish, yirik zamindorlarning yerlaridan 
kambag‘allarning turmush tarzini yaxshilashda foydalanish, unumsiz yerlarini 
sug‘orish uchun ariqlar qazish, vaqf yerlaridan olinadigan daromadlarni shariat 
hukmiga ko‘ra faqat xalq maorifiga sarflash, bolalarga bepul ta'lim berish uchun 
hamma joylarda maktablar, bepul kasalxonalar va shifoxonalar ochish, majburiy 
mehnatni bekor qilish, yo‘llar va ko‘priklarni tuzatishga kirishishni rejalashtirgan 
edilar1. Yosh xivaliklar dastlab mamlakatning daromad daftarini qo‘lga oldilar. Tez 
orada fuqarolarning xon tomonidan tortib olingan mol-mulklarini musodara etish 
taklif qilindi. Dehqonlarga yer berish, vaqf, maktab, maorif bo‘yicha demokratik 
tadbirlar amalga oshirish boshlandi. “Idorai mashrutiya”da turkmanlar vakillari 
bo‘lishi masalalari muhokama etildi. Xon atrofiga to‘plangan yirik boylar, din 
arboblari, mahalliy amaldorlar mamlakatning demokratik tarzda rivojlanishidan 
juda ham manfaatdor emasdilar. 1917 yil mayda Ko‘hna-Ark yaqinida Xivadagi rus 
ma'muriyati vakili general X.Mirbadalov topshirig‘i bilan Yusuf Oxun, Jalol Oxun, 
Davlat Oxun, Tavdiy afandi, Mulla Ramazon kabi din peshvolari maxsus namoyish 
uyushtirib, unda yosh xivaliklarni “Dindan qaytganlar” deb e'lon qildilar. Olomon 
Oliy Majlisni tarqatib, xon hokimiyatini qayta tiklashni talab qildi. Natijada Oliy 
Majlisning 17 nafar a'zosi qamoqqa olindi va ularning ayrimlari qatl qilindi. Oliy 
Majlis hay'atiga kiritilgan yangi a'zolar orasida dindorlar va katta yer egalari bor 
edi. Uning raisi lavozimiga Ortiq Oxun, Nozirlar kengashi raisi lavozimiga Isoq 
Xo‘ja va unga yordamchi etib Davlat Oxun tayinlandi. 1917 yil 23 mayda “Idorai 
mashrutiya” tarqatib yuborildi va uning a'zolaridan ko‘plari hibsga olindi. Yosh 
xivaliklar yetakchilari Polyoz Hoji Yusupov va Nazir Sholikorov “dinsizlik”da 


31 
ayblanib, qozikalon sudiga berildi. Sudda Nazir Sholikorov “Men Rusiya fuqarosi 
bo‘lganimdan meni xonning sudi emas, balki Rusiya sudi sud qilishi mumkin” deya 
pasportini ko‘rsatib, qozikalonning ruxsat berishini ham kutmay chiqib ketadi. 
P.Yusupov esa Xiva harbiy garnizonida xizmat qiluvchi bir rus askari yordamida 
suddan qutulib qoladi. Shundan keyin ta'qib etilayotgan P.Yusupov va N.Sholikorov 
Toshkentga, J.Sultonmurodov Petro-Aleksandrovskka, ayrim yosh xivaliklar 
Chorjo‘y va Mari shaharlariga qochib ketdilar. Endilikda kurashni davom ettirgan 
yosh xivaliklar Turkiston sho‘rolar hukumati va uning Amudaryo bo‘limi 
boshliqlaridan harbiy yordam so‘rashni lozim topdilar. 1917 yil oktyabrida 
Rossiyada hokimiyatning bol'sheviklar qo‘liga o‘tishi Xiva xonligida joylashgan rus 
soldatlari orasida inqilobiy harakatlarni kuchaytirib yubordi. Ularga Petro-
Aleksandrovsk va Chorjo‘y shaharlaridan kelayotgan xabarlar katta ta'sir o‘tkazardi.
Askarlar orasida o‘z boshliqlari buyruqlariga bo‘ysunmaslik, xizmatdan bo‘yin 
tovlash va qochish holatlari ko‘paya bordi. Xiva garnizoni boshlig‘i polkovnik 
M.I.Zaysev Xiva xoni, Orenburg kazaklari atamani A.I.Dutov va Junayidxon bilan 
til biriktirib, inqilobiy chiqishlarni qurol kuchi bilan bostirish, sho‘rolarga xayrixoh 
bo‘lgan barcha odamlarni ta'qib ostiga olish, qamoqda yotgan 17 ta yosh xivaliklarni 
qatl qilish rejasini tuzayotgandi1. Xivadagi inqilobiy kayfiyatdagi rus qo‘shinlarini 
zudlik bilan Petro-Aleksandrovskga jo‘natishga qaror qilindi. Asfandiyorxon va rus 
mustamlakachilari zulmiga qarshi chiqishlar xonlikning ko‘pgina shahar va 
qishloqlarida ham ro‘y bera boshladi. Mehnatkash xalq ommasi bilan hukmron 
tabaqalar, kata yer egalari, savdogarlar o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib borardi. 
Xonlikda astasekinlik bilan keskin siyosiy harakatlar yetilayotgandi. 1918 yil 
yanvarida polkovnik I.M.Zaysev boshliq rus askarlarining Xivadan jo‘nab ketishi 
Asfandiyorxonning umidini so‘ndirdi. Ruslarning ketishi bilan Junayidxon 1600 
navkarlari bilan Xivani ishg‘ol etdi va xonni o‘ziga itoat qildirdi1. Mahalliy 
amaldorlar noroziligini e'tiborga olgan Junayidxon rasman xonni o‘z taxtida 
qoldirsa–da, amalda xonlikni boshqarish jilovini o‘z qo‘liga olgandi2. Vujudga 
kelgan qo‘sh hokimiyatchilik sharoitida Xivada harbiy-feodal diktatura o‘rnatildi.
1918 yil 12 mayda Toshkentda yosh xivaliklar partiyasining Markaziy inqilobiy 
ko‘mitasi tuzildi. Ko‘mitaga Polvonniyozhoji Yusupov (rais), Bobojon Yaqubov 
(o‘rinbosar), Atajon Sapaev (kotib), Muhiddin Umarov (xazinachi), Nazir 
Sholikorov va boshqalar a'zo bo‘lib kirdilar3. Huddi shunday ko‘mita Petro–
Aleksandrovskda ham tuzilgan bo‘lib, unga J.Sultonmurodov rahbar etib saylandi. 
Yosh xivaliklar harakati rahbarlarining Turkiston respublikasi Markaziy Ijroiya 
Ko‘mitasiga taqdim qilgan harakat dasturida xon istibdodidan qutulish uchun 
qurollangan askarlar yuborish, yosh xivaliklarni qurollantirish, ozod qilinga Xivani 
esa Turkiston respublikasi tarkibiga qo‘shish kabi takliflar bor edi.
23.Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи турк. — Тошкент: Чўлпон, 1992. – 192 б
.24.. Баёний. Шажарайи хоразмшоҳий / Қўлёзма. ЎзР. ФАШИ. – № 274 (517 варақ); 9596 


32 
Junayidxon buyrug‘i bilan 1918 yil mayida yosh xivaliklarning ko‘zga ko‘ringan 
rahbarlaridan 24 nafari Xivadagi bozor maydonida otib tashlandi4. Ular orasida
Husayinbek Matmurotov, Isokxo‘ja Xo‘jaev, Abdusalimhoji Islomxo‘jaev, Hoji 
Avazberdi Eshonovlar bor edi. Butun voha shahar va qishloqlarida demokratik 
kayfiyatdagi yosh xivaliklar va Amudaryoning o‘ng sohilida o‘rnatilgan sho‘rolarga 
hayrihoh bo‘lgan fuqarolar ta'qib etila boshlandi. Ushbu holat ham yangi diktatorni 
qoniqtirmadi. Junayidxon nafaqat Xiva xonini bo‘ysundirish, balki barcha sho‘rolar 
hukumatiga qarshi bo‘lgan kuchlar yordamiga tayangan holda Amudaryoning o‘ng 
qirg‘oqida o‘rnatilgan sho‘rolar hukumatini yo‘q qilishga mahkam bel bog‘lagandi. 
Shu maqsadda u xonlik aholisidan askarlikka yaroqli dehqonlarni ot-aravasi, oziq-
ovqati va yem-xashagi bilan o‘z navkarlari qatoriga qo‘sha boshladi. Natijada u
otliq askarlari sonini 4 mingga va piyodalari sonini 6000 nafarga yetkazdi1. 1918 
yil sentyabr' oyining o‘rtalarida Junayidxon o‘zining Xiva xonligi hududidagi asosiy 
dushmanlari bo‘lgan turkman sardorlari Qo‘shmamadxon, G‘ulomali va Shomurod 
baxshilarni yengib, Amudaryo bo‘limi hududiga bir necha bor hujum uyushtirdi. 
Amudaryo bo‘limi rahbarlari qizil gvardiya qismlarini tuzish bilan birga, Turkiston 
respublikasidan harbiy yordam so‘radilar. Natijada N.A.Shaydakov boshchiligida 
100 kishilik qizil askarlar otryadi Chorjo‘ydan Petro-Aleksandrovskga “Verniy” 
poroxodida jo‘natildi. 1918 yil 20 sentyabrda Petro-Aleksandrovskka yetib kelgan 
otryadda 2 ta pulemyot va 2 ta to‘p bor ham edi2. N.A.Shaydakov tez orada 
Amudaryo bo‘limi harbiy komissari qilib tayinlandi. 1918 yil 19 sentyabrda 
Turkiston respublikasining Xiva va Amudaryo bo‘limi ishlari bo‘yicha favqulodda 
vakili qilib eser, shtabs-kapitan V.P.Konoplev tayinlangandi. U ham shu oyning 
oxirida 120 kishilik otryad bilan Petro-Aleksandrovskka yetib keldi va shahar soveti 
hamda harbiy rahbarlikni o‘z qo‘liga oldi. V.P.Konoplev Ural kazaklari atamani 
Fil'chevga har birida 100 tadan otliq bo‘lgan 3 ta otryad tuzishni buyurdi. Shu orada 
Junayidxon Asfandiyorning taqdirini hal qildi. Unga xonning Turkiston sho‘rolar 
hukumati rahbarlaridan qo‘shin bilan yordam berishni so‘rab yozgan soxta maktubi 
yuboriladi. Ushbu maktub hiyla tariqasida Toshkentda Nazir Sholikorov va 
Polyozhoji Yusupov tomonidan tayyorlangan bo‘lib, u yosh xivaliklar muxlisi 
Yusup Devonov orqali Badirkentda o‘tirgan Junayidxonga yetkaziladi. Bu haqda 
tarixchi Komiljon Abdullaev quyidagilarni yozgandi: “Yusup Devonov Junayidxon 
oldiga borishdan sal oldinroq, uni yoniga Xon eshon borgan bo‘lib, ikkovlari 
suhbatlashib o‘tirgan ekanlar. Xon eshon Junayidga Asfandiyorni yomonlab: “Siz 
Asfandiyorning so‘ziga ko‘p ishonavermang, uning so‘zi bilan ishi boshqa” deb 
turganda uyga Yusup Devonov ikki xatni olib kiradi. Junayidxon xatlarni
maslahatchisi Xon eshonga uzatadi. U xatlarni o‘qib bo‘lgach, Junayidga qarab: 
“Mana aytmadimmi! Siz dushman degan yosh xivaliklar, aksincha, bizga yaxshilik 
qilganlar. Agar bizga qarshi yuboriladigan 10 ming kishilik rus askarlari kelsa, 
holimiz mushkullashgan bo‘lar edi” deydi”1. Bu noxush xabardan jahli chiqqan 
Junayidxon Asfandiyorni o‘ldirish uchun o‘g‘li Eshim boshchiligida bir guruh 


33 
turkmanlarni Xivaga yuboradi. Ular orasida Vakil og‘a degan yigit bo‘lib, uning 
otasi Durdi Vakil turkman urug‘ boshliqlaridan biri sifatida 1916 yilda ruslar 
tomonidan otib tashlangandi. Vakil og‘a otasininng o‘limida Asfandiyorxonning 
aybi bor degan maqsadda xonni qatl qilishni va o‘ch olishni o‘ziga topshirishni 
so‘raydi. Nurullaboy saroyi hovuzi oldida o‘tirgan xon turkmanlar bilan so‘rashgan 
vaqtda Vakil og‘a salomga chap qo‘lini uzatadi. “Asfandiyor “Vakil og‘a sen nima 
uchun so‘l qo‘ling bilan ko‘rishding?” deb aytishi bilan Vakil og‘a o‘ng qo‘lidagi 
katta pichoqni chiqarib. Asfandiyorxonning qorniga tiqadi. Xon to‘pponchasini 
olishga uringan bo‘lsa–da, u ulgurmagan edi”2. Mazkur fojeali voqea 1918 yil 30 
sentyabrda ro‘y bergandi. 1918 yil 3 noyabrda taxtga Sayyid Abdulla to‘ra 
o‘tkaziladi. Asfandiyorning katta akasi bo‘lgan ushbu shaxs hunarmandchilik bilan 
kun kechirar va davlat ishlaridan ancha yiroq edi. Natijada u Junayidxon qo‘lidagi 
qo‘g‘irchoq xon sifatida iz qoldirdi. Barcha yuqori lavozimlarga esa Junayidxon
yaqinlari tayinlandi1. Junayidxon Petro-Aleksandrovskda bo‘layotgan voqealardan 
to‘la xabardor bo‘lib turardi. 1918 yil 24 noyabrda uning ko‘shinlari 
PetroAleksandrovskni qamal qildi. Turkmanlarning 7 marta hujumini qaytargan va 
11 kun davomida qarshilik ko‘rsatgan shahar himoyachilari 3 dekabrda qarshi 
hujumga o‘tib, Junayidxon navkarlarini Shabboz tomon chekinishga majbur qildilar. 
Natijada Petro-Aleksandrovskka qilingan hujum chog‘ida turkmanlardan 1700 ga 
yaqini qirib tashlandi2. Petro-Aleksandrovsk qamali vaqtida Jumaniyoz 
Sultonmurodov rahbarligidagi yosh xivaliklardan Ahmadjon Ibragimov, Ismoil 
Vaisov, Vafo Polvonniyozov qarshilik ko‘rsatdilar3. Junayidxon Petro-
Aleksandrovskni qamal qilish bilan bir vaqtda Nukusga ham askar yuborib, uni 
qurshovga olgan edi. Amudaryo bo‘limiga Zakaspiy fronti va Chorjo‘y 
shaharlaridan temir yo‘lchilar va ko‘ngillilardan Naumov boshchiligida 250 kishilik 
otryad yordamga keldi. Ular va Petro-Aleksandrovskda mavjud 3 ta rota 
soldatlariasosida Birinchi Xiva inqilobiy batal'oni tuzildi. Tez orada otliq askardan 
iborat polk shakllandi va unda 1598 askar bor edi4. 1919 yil bahorida Petro–
Aleksandrovskga Junayidxon navkarlari hujum qilgani sababli Chorjo‘ydan 
sho‘rolarning qizil armiya otryadi jo‘natildi. Bosqinchilar tushgan poroxod 28 
martda daryoning eng tor joylaridan biri — Tuyamo‘yin darasiga yaqinlashganda 
pistirmadan hujum qilindi. Kemaga jiddiy talofat yetkazilgan va bir necha jangchi, 
jumladan, otryad komandiri S.Naumov yarador bo‘lsa–da, askarlar Orolcha buva 
degan joyda to‘p va miltiqlardan otilgan o‘qlar yomg‘iri yordamida qirg‘oqqa 
chiqishga muvaffaq bo‘ldilar. Ikki o‘rtadagi ro‘y bergan qonli to‘qnashuvda 
Junayidxonning 500 ga yaqin navkarlari halok bo‘ldilar1. Junayidxon 
askarlarining orqasidan ta'qib qilib, Pitnak qal'asi tomon yura boshlagan qizil skarlar 
duch kelgan odamlarni otib tashlayverdilar. Ulardan omonlik tilab,
25. Баёний Муҳаммад Юсуф. Шажарайи Хоразмшоҳий. ― Тошкент: Ғафур Ғулом, 1994. – 104 б. 
26.Баёний. Шажарайи хоразмшоҳий. // “Мерос” тўпламида. – Тошкент: Абдулла Қодирий, 1992 


34 
vaziyatni tushuntirish uchun sovg‘a– salom ko‘tarib oldilariga peshvoz chiqqan 
Qutlimurod oqsoqol, Niyozmat xatib, Nizomiddin eshon, Madamin elakchi, 
Boboniyozboy boshliq qishloqning nufuzli odamlari ham otib tashlandi. Shu kuni 
qishloqda 70 dan ortiq begunoh odamlarning qoni to‘kildi2. 1919 yil 1 aprelda 
Petro–Aleksandrovskda yosh xivaliklarning inqilobiy ko‘mitasi tarkibiga Mulla 
Jumaniyoz Sultonmurodov, Hakim Muhammedov, Bobojon Otajonov, Shayxuddin 
Hasanov, Zokir Bekchurin va boshqalar kiritildi. Revkom a'zolari o‘zlari istagan 
tarzda Xiva aholisining inqilobiy kayfiyati haqidagi ba'zan haqiqatdan uzoq 
ma'lumotlarni Toshkentga yuborib turdilar. Shu yilning bahorida Xiva xonligining 
Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Ko‘hna va Yangi Urganch, Toshhovuz, Manoq, Ilonli, 
Mang‘it, Qipchoq, Gurlan, Qilichboy, Shovot, G‘azovot, Xonqa, Beshariq, 
Hazorasp va Darg‘an ota kabi yirik aholi punktlarida ham yosh xivaliklarning 
yashirin tashkilotlari tuzilgani haqida ma'lumotlar mavjud3. Junayidxon yangi 
tuzilgan qizil askarlar qo‘shilmalari bilan yuzma-yuz to‘qnashishdan qo‘rqib 
chekina boshladi. 1919 yil 9 aprelda Taxta qal'asida boshlangan muzokalar vaqtida 
Junayidxon bol'sheviklardan xonlikning ichki ishlariga aralashmaslik va xonlik 
hududidan o‘z qo‘shinlarini olib ketishni talab qildi. Imzolangan shartnomaga 
binoan, xonlikdagi xalqlariiig o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi hamda har ikkala 
tomon ham urush harakatlarini to‘xtatishni kelishib oldilar. 


35 
Xulosa 
O‘zbek davlatchiligining muhim bosqichlaridan biri va o‘rta asrlardagi tayanchi 
Xiva xonligi hisoblanadi. Ajnabiylarning bosqinchiligiga qarshi kurash jarayonida 
shakllangan Xorazm vohasidagi ushbu davlat to‘rt asrdan ko‘proq vaqt davomida 
o‘lkadagi barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarga o‘z ta'sirini o‘tkazib keldi. 
Xiva xonligi Eron davlati, Buxoro xonligi, qozoq juzlari va Rossiya bilan tashqi 
diplomatiya hamda savdo– sotiq munosabatlarida sezilarli darajada yutuqlarga 
erishdi. Manbalar, ilmiy adabiyot, arxiv hujjatlaridan foydalangan holda, Xiva 
xonligi tarixini XVI- asrdan XX asrning boshlarigacha milliy istiqlol mafkurasi 
nuqtai nazaridan o‘rganish asosida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi: 1. Buyuk 
Xorazmshohlar davlati tanazzulidan keyin mo‘g‘ullar tomonidan bo‘lib tashlangan, 
Temur va temuriylar davlatining viloyat darajasidagi ma'muriy hududga aylangan 
Xorazm hududi XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi siyosiy inqirozlar sababli yana 
mustaqil davlatga aylandi. O‘zbek davlatchiligining tamal toshlari qo‘yilgan 
Xorazm hududida mustaqil davlatning yangidan paydo bo‘lishi o‘ziga xos ijobiy 
ahamiyat kasb etadi. 2. Yangi davlatning markazlashgan boshqaruv tizimiga ega 
bo‘lish jarayoni 140 yil davom etgan bo‘lsa, uning markazi, poytaxtni tanlash 
masalasi ham 100 yilga yaqin vaqtni o‘z ichiga oldi. Nihoyat Hoji Muhammadxon 
(Hojimxon) va uning vorisi Arabmuhammad davrida Xiva shahri davlatning 
poytaxti sifatida qaror topdi. 1602 yildan boshlab mamlakatning markazi sifatida 
Xiva shahri rasmiylashtirildi va Xorazmdagi davlatning nomi ham u bilan 
bog‘lanadigan bo‘ldi. 3. O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi natijasida 
ichki nizo va tinimsiz urushlar davom etdi. Hatto hukmdorlarning ko‘plari o‘z 
farzandlari qo‘lida shahid bo‘ldilar. Urug‘–qabilalar o‘rtasidagi etnik qarama–
qarshiliklar bir xalq bo‘lib jipslashishga imkon bermadi. Shu bilan bir qatorda 
Xorazm vohasidagi o‘troq va ko‘chmanchi chorvador aholi o‘rtasida azaldan 
saqlanib kelayotgan iqtisodiy va siyosiy mojarolar, fuqarolarning tinchlik va 
osoyishtaligiga doimo raxna solib turardi. 4. Xiva xonligining butun tarixi davlat 
boshqaruvini tashkil etishda urug‘–aymoqchilik munosabatlariga tayanilganligidan 
dalolat beradi. Xorazm vohasini eroniy qizilboshlar bosqinidan ozod qilishga
qaratilgan xalq harakati jarayonida yordamga otlangan o‘zbeklar o‘z urug‘–
qabiladoshlarini ham Mang‘ishloq va Ustyurt orqali vohaga kelishlariga sharoit 
yaratganlar. Yangi kelgan o‘zbeklarni etnik xususiyatlariga qarab joylashtirish 
qariyib bir yarim asrdan keyin ― Abulg‘ozi Bahodirxon davrida amalga oshirilgan. 
XVII asrning o‘rtalarida joriy etilgan ma'muriy–etnik tadbirlar deyarlik xonlik 
tuzumi tugatilguncha saqlanib qolgan. Ya'ni Xorazm hududida markazlashgan 
davlatning tashkil topishi, uning mustahkamlanishi, iqtisodiy va madaniy yuksalishi, 
xalqaro miqyosda mustahkam o‘rin egallashida Arabmuhammadxon va uning 
avlodlari, ayniqsa, Abulg‘ozi Bahodirxonning xizmatlari katta bo‘lgan. 5. XVIII asr 
O‘rta Osiyoda uchta mustaqil davlatning to‘la shakllanishi bilan xarakterlanadi. 
Qo‘qon xonligi yosh va mustaqil davlat sifatida qaror topib mustahkamlanayotgan 


36 
bir paytda Buxoro va Xorazmda ijtimoiy-siyosiy parokandalik, iqtisodiy inqiroz, 
o‘zaro urushlar, bosqinchilik va talonchilik avj oldi. Bu jarayon o‘z-o‘zidan 
hukmron sulolaning tanazzuli va yangi siyosiy kuchlarning siyosiy maydonga 
chiqishiga olib keldi. XVIII asr ikkinchi yarmidan amaliy hokimiyatni qo‘lga olgan 
Qo‘ng‘irot urug‘ boshliqlari o‘zlarini rasmiy xon deb e'lon qilgunlariga qadar 
salkam yarim asr vaqt o‘tdi. 1804 yilda oxirgi qo‘g‘irchoq xon Abulg‘ozi V ni 
taxtdan haydagan Muhammad Eltuzarxon bir vaqt kelib, o‘z avlodlarining ham 
kimningdir qo‘lida o‘yinchoq bo‘lishini xayoliga keltirmagan ham edi. 
Qo‘ng‘irotlardan bo‘lgan Muhammad Raximxon I (1806-1825), Olloqulixon (1825-
1842) va Muhammad Aminxon (1845-1855) davrlarida Xiva xonligi nisbatan 
mustahkamlandi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi. Ikkinchi 
tomondan diniy mutaassiblik, yakka hukmronlik boshqaruvi mamlakatni 
mahdudlik, inqiroz, tanazzul yoqasiga olib keldi. Shu jihatlari bilan Qo‘ng‘irotlar 
sulolasi davri xarakterlanadi. 6. Xiva xonligi Markaziy Osiyoda shakllangan davlat 
sifatida mazkur hududdagi barcha mamlakatlar bilan turli sohalarda aloqalar olib 
borgan. Xiva Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi, Eron va Rossiya bilan elchilik 
munosabatlari, savdo-sotiq aloqalarini olib borgan. 7. Xiva xonlarining Orol bo‘yi 
aholisi hamda qoraqalpoqlar bilan olib borilgan siyosatini o‘rganish ham dolzarb 
masala hisoblanadi. O‘rganilayotgan davrda xonlik hududlarida bo‘lib o‘tgan etnik 
va etnomadaniy jarayonlar mavzuning boy qatlamini tashkil qiladi. XIX asrning 
boshlariga kelib, bu xalqlarning taqdiri bir davlat manfaatlari doirasida birlashtirildi. 
8. Chor Rossiyasi va Buyuk Britaniya siyosatchilarining nazariga tushgan O‘rta 
Osiyo hududini egallash va mustamlakaga aylantirish uchun urinishlar kuchaygan 
bir sharoitda Buxoro, Qo‘qon va Xiva hukmdorlari bir–biri bilan kelishmasdan o‘z 
saltanatlarini halokat yoqasiga keltirib qo‘ydilar. Natijada ruslar istilosi vaqtida 
Qo‘qon xonligi tugatildi, Buxoro amirligi va Xiva xonligi yarim mustamlaka 
davlatlarga aylantirildi. 9. Xiva xonligining ruslar tomonidan nisbatan yengil va 
qisqa vaqtda istilo qilinishi bosqinchilarning kuch–qudratining ustunligidan 
tashqari, xonlikdagi o‘zaro nizo va urushlar, taxt va toj talashlar, markaziy 
hokimiyatning zaifligi, tarqoqlik sabab bo‘lgan. 8. Yirik yer egaligi sharoitida xon 
va amaldorlar, din arboblarining ulkan mulkga ega bo‘lishi bilan bir qatorda 
qashshoq aholining soni oshib bordi. Mardikorlar, chorikorlar, bevatanlar deb nom 
olgan kambag‘al dehqonlarni ekspluatasiya qilish evaziga ayrim hukmron ijtimoiy 
guruhlarning boyligi haddan tashqari oshib ketdi. Muhtojlikka chiday olmagan 
qashshoq aholi ayrim vaqtlarda qo‘zg‘olonlar ko‘tarishga majbur bo‘ldi. Xiva 
xonligi tarixiga oid ma'lumotlar va ularning tahlili quyidagi tavsiyalarni ilgari 
surishga asos bo‘ladi: 1. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish 
tomon dadil harakat qilayotgan mustaqil O‘zbekistonda Xiva xonligidagi boshqaruv 
tizimi saboqlarini e'tiborga olish foydadan holi bo‘lmasdi. Ya'ni tarixiy tajribadan 
kelib chiqqan holda mustaqil o‘zbek davlatchiligining asoslarini mustahkamlashda 
va rahbar xodimlarni tanlashda qarindosh–urug‘chilik, mahalliychilik kabi asrlar 


37 
osha o‘tib kelayotgan noxush usullardan voz kechish tavsiya etiladi. Buni davlatimiz 
rahbari milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi omillardan deb talqin qilgan. Davlatni 
boshqaruv ishlariga barcha millat va elatlarning eng qobiliyatli, bilimli va tajribali 
vakillari o‘zining yuksak ma'naviyati, ahloqi, Vatanga sadoqatiga qarab. keng jalb 
etilishi maqsadga muvofiqdir. 2. O‘lkadagi milliy ozodlik harakati tarixidan muhim 
o‘rin egallagan va chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi 1916 yilda ro‘y 
bergan xalq qo‘zg‘oloni o‘z sabab va oqibatlari bilan Xiva xonligida shu yili 
ko‘tarilgan qo‘zg‘olondan tubdan farq qiladi. Mahalliy katta yer egalari, mulkdorlar 
va din peshvolarining manfaatlarini himoya qilgan xon va amaldorlarning 
zo‘ravonligi, yaramas harakatlariga qarshi norozilik sifatida boshlangan xalq 
harakati qobiliyatli va qat'iyatli siyosiy yetakchilari bo‘lmaganligi, aholining barcha 
qatlamlarini qamrab ololmaganligi, chor ma'murlarining qo‘zg‘olonni bostirishda 
harbiy yordam ko‘rsatganligi natijasida mag‘lubiyatga uchradi. Istiqlol yaratgan 
bugungi imkoniyatlardan foydalangan holda Xiva xonligidagi ozodlik harakatlari 
(Eron hukmdorlari Ismoil Safaviy va Nodirshoh bosqinlari, qolmiqlar va chor 
qo‘shinlarining xurujlari, xon istibdodiga qarshi o‘zbek, turkman, qozoq va 
qoraqalpoqlarning qo‘zg‘olonlari) tarixi alohida mavzu sifatida tadqiq etishga loyiq 
muammo hisoblanadi. 3. Tarixiy haqiqatni tiklashda manbalarning ahamiyati 
beqiyos. Xiva xonligida tarjimonlik va tarixshunoslik maktabi shakllangan bo‘lib, 
unda tarjima qilingan va yozilgan asarlar hanuzgacha xalqimizga to‘liq yetkazib 
berilgani yo‘q. Ulardan Abulg‘ozi va Munis asarlari chet ellarda nusxasi, to‘liq 
tarjimasi bilan bir necha marta nashr qilingan. Vatanimiz tarixchilari va 
manbashunos olimlari oldida Xorazm tarixchilari asarlarini o‘rganib, ularni to‘liq 
chop etishdek muhim vazifa turadi. Bu asarlar mazmuni bilan to‘liq tanishish 
yoshlarimiz ma'naviyatini yuksaltirishga va ularning qudrati oshishiga hamda 
yengilmas kuchga aylanishiga katta hissa qo‘shgan bo‘lar edi. Shuning uchun ham 
Xiva xonligi davrida yozilgan, tarjima etilgan tarixiy manbalarni nashr etish tavsiya 
etiladi. 


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə