Termiz davlat universiteti tarix fakulteti mamlakatlar va mintaqalar yo


I  – BOB XIVA XONLIGI QO’NG’IROTLAR SULOLASINING XIX



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix26.05.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#88067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5222068916355866446


– BOB XIVA XONLIGI QO’NG’IROTLAR SULOLASINING XIX 
ASRDAGI HUKMRONLIGI DAVRIDA
 
1.1
 
Xiva xonligida Qoʼngʼirotlar sulolasi hukmronligi boshlanishi davridagi 
siyosiy va iqtisodiy yuksalish 
ХVIII аср иккинчи ярмига келиб шаклланган объектив шарт–шароитлар 
сиёсий–маъмурий 
бошқарувда 
ўзбекларнинг 
қўнғирот 
сулоласи 
арбобларининг мустаҳкам ўрин эгаллашлари учун реал имкониятларни яратди. 
1763 йилда сиёсий минбарга ўзбекларнинг қўнғирот уруғи иноқи Муҳаммад 
Амин (1729–1790) кўтарилди1 ва кейинги 150 йил давомида унинг авлодлари 
Хива хонлиги тахтида ўтирдилар.. 1770 йилда ўзбекларнинг қўнғирот уруғи 
иноқи Муҳаммад Амин Бухоро хони Дониёлбий олдига ёрдам сўраб борди. 
Унинг билан Бухорога борган 63 маҳрамлар орасида Аваз мироб (Муниснинг 
отаси), Шомуродбек, Абдукаримбек, Шониёзбек, Муҳаммад Ризобек, Бобобек, 
Раҳимбердибек, Оллаберди удайчи каби амалдорлар, Абдураҳмонбой, 
Бойназарбой, Эшқобилбой, Ниёзмуҳаммадбой каби бойлар бор эди2. 
Бухородан мадад кучлари билан қайтган Муҳаммад Амин иноқ 
Жаҳонгирхонни тахтдан туширди ва унинг ўрнига Булакайни ўтқазди. Қисқа 
муддатда ёвмутлар зўравонлиги чекланди, очарчилик асоратлари тугатилди ва 
арзончилик бошланди. Йирик ер эгалари ва деҳқончилик кентларидаги 
оқсоқоллар ҳамда савдогарлардан мадад олган қўнғирот қабиласи бийи 
Эшмуҳаммаднинг ўғли Муҳаммад Амин қўғирчоқ хонларни тахтга чиқариб 
амалда бутун давлатни бошқаришни ўз қўлига олди1. Муҳаммад Амин иноқ 
вафотидан сўнг, ўғли Муҳаммад Аваз иноқ (1790– 1804) ҳам бир қатор 
хонларни (Оқимхон, Абдулазизхон, Абдуллахон, Ортиқ Ғозийхон, Ёдгорхон, 
Пўлат Ғозийхон, Абдулфайзхон, Абулғози ИВ ва В) тахтга кўтарган бўлса–да, 
асосан хонликда давлат ҳокимиятини ўз қўлида ушлаб турди2. 1804 йилда 
тахтга ўтирган Аваз иноқнинг ўғли Муҳаммад Элтузар (18041806) 
ўзбекларнинг қўнғирот уруғидан биринчи бўлиб, расмий равишда хон деб 
эълон қилинди3. Хивадаги мадрасалардан бирида таълим олган ва ҳарбий 
ишларга кўпроқ эътибор берган хон Бухоро билан муносабатларни 
кескинлаштирди. Натижада 1806 йилда амир Ҳайдарнинг қўшинлари Хоразмга 
юриш бошлаб, Шаббоз яқинидаги жангда Хива қўшинларига шикаст 
етказдилар. Амударёнинг сўл қирғоғига ўтишга уринган Элтузархон кема 
ағдарилиши натижасида чўкиб, ҳалок бўлади. Хон бу вақтда 37 ёшда эди4. 
Бухоро амирлиги билан урушдаги мағлубият Хива хонлигининг ҳарбий– 
сиёсий мавқеини пасайтириб юборди. Айрим амалдорлар марказий
.1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. ― Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – 31 б. 
.2. Каримов И.А. Хива шаҳрининг 2500 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзи // Асарлар. 6–жилд. ― Тошкент:
Ўзбекистон, 1998 



ҳокимиятни тан олмай қўйдилар. 1806 йилда солиқларнинг кўплигидан норози 
бўлган Бешқалъа ҳудудидаги (Чимбой, Қипчоқ, Манғит, Хўжайли ва 
Қўнғирот) аҳоли қўзғолон кўтарди. Ўзини хонликдан мустақил деб эълон 
қилган қозоқ–қорақалпоқларнинг Хивага қараб йўлга чиққан қўшинлари 
қуролсизлантирилди. Хирож деб номланган маҳсулот билан олинадиган солиқ 
ўрнига солғут деб аталган пул солиғи жорий қилиниши аҳоли норозилигини 
бироз 
бўлса–да. 
пасайтириш 
имконини берди. 
Ушбу 
вазиятдан 
фойдаланган.Muhammad Rahimxon toʼrt oy taxtda oʼtirgan Аbulgʼozi V oʼrniga 
davlatni boshqarishni oʼz qoʼliga oldi1. Munisning yozishicha, Muhammad 
Rahimxon I davlatni qoʼlga olganidan keyin uning qarindoshi Muhammad Rizobek 
unga boʼysunishdan bosh tortadi. U oʼziga tegishli odamlari bilan Qiyot 
qoʼngʼirotidagi hovlisiga boradi. Soʼngra Qipchoq qalʼasini bosib olib, qalʼa hokimi 
Ollohberdibekni oʼldiradi. U orol hokimi Toʼramurod soʼfidan xonga qarshi 
kurashda yordam soʼradi. Xon Qipchoq qalʼasiga avval Qutluq Murod inoqni 
yuboradi, keyin oʼzi ham uni qamal qiladi. Muhammad Rizobekka Muhammad 
Niyozbek va Muhammad Niyoz otaliqlar madad beradilar. Bu kurashda u Orol 
hokimi Toʼramuroddan ham yordam oladi. Suyunbek va Oʼroz Аlibek Oroldan 
yordamga kelgandilar. Muhammad Rahimxon natijasiz Xorazmga qaytadi2. 
Muhammad Rizobek Qipchoq qalʼasidan soʼng, Gurlanga ham hujum qiladi va uni 
qamal qiladi. Bu yerda ham unga katta mulkdorlar Muhammad Niyozbek va 
Muhammad Niyoz otaliq yordam beradilar. Ular Buxorodan madad olgach, Qiyotni 
ham bosib olib Xivaga yaqinlashadilar. Muhammad Rizobek xon bilan sulh tuzish 
bahonasida Xivaga kirib, uni tarafdorlari bilan oʼldirmoqchi boʼladi. Uning bu 
niyatidan xon xabardor boʼlib, p1811 yil fevralidan boshlab, xon buyrugʼi bilan 
Orololdi oʼzbeklari ustiga qoʼshinlar yuborila boshlandi1. Shu bilan bir qatorda. 18 
yildan buyon mustaqil hudud sifatida xonlik tarkibida mavjud boʼlib turgan 
Qoʼngʼirot bekligiga qarshi harakatlar boshlandi2. Orolboʼyi qozoq–qoraqalpoqlari 
xonlikga boʼysundirilgach, ular bilan oʼlpon va soliqlar masalasida bitim tuzildi. 
“Muhammad Rahimxon butun nizolarni yoʼqotish maqsadida,— deb yozgandi 
А.L.Kun, – qoraqalpoq oqsoqollari bilan shunday qarorga keldi: 1. Qoraqalpoqlar 
qancha yer ishlatishiga qaramasdan, har yili xonga 20 ming kichik tillo toʼlab 
turadilar; 2. Ular xonga 2 ming askar yuboradilar; 3. Umumiy ishlarga har yili 6 ming 
odam beradilar. 4. Qoʼngʼirotliklar va nukusliklar 2 ming tillodan, xoʼjayliliklar 500 
kichik tilla solgʼut toʼlaydilar”3. Soliq tizimini tartibga solishga jiddiy eʼtibor bergan 
xon davlat xazinasini toʼldirish yoʼllarini izladi. Endilikda soliqning miqdori 
mulkdorlarga qarashli ekin maydoni hamda olingan hosilining hajmiga qarab 
belgilanadigan boʼldi. Soliq toʼplash ishi mahalliy hokimlar qoʼlidan markaziy 
hukumat tasarrufiga oʼtkazildi. Davlat soliqlarini yigʼish vazifasi qushbegi va 
mehtarga, zakot toʼplash esa devonbegiga topshirildi. Fuqarolardan solgʼut usuli 
bilan xazinaga olinadigan daromad va harajatlar maxsus daftarlarda qayd etilib, 
xonning nazorati ostiga olindi. Xonlikning chegara shaharlarida, karvon va kemalar 



qatnaydigan yoʼllarda maxsus bojxona xizmati joriy etildi. Xonlikda ziroat, 
hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning jonlanishi davlat xazinasi daromadining 
oʼsishiga imkon yaratdi. Xivaga kelgan rus elchisi N.Muravьev oytaxtga kelgan 
Muhammad Rizobekni tarafdorlari bilan tutib olib, qatl va zindonband etadi3. 1808-
1809 yillardan boshlab, Muhammad Rahimxon I oʼz hukumatini turkmanlar
qoraqalpoq va Orol boʼyi oʼzbeklari orasida mustahkamlash uchun harakat qilib, 
urush va muhorabalar olib bordi. Xiva navkarlari 1810 yil bahoridan kech kuzgacha 
Janadaryo (Yangidaryo) boʼylaridagi qozoq va qoraqalpoq ovullariga tajovuz qilib 
turdilar4. Natijada mahalliy amaldorlar Аydosbiy, Kechenekbiy, Oʼrinbiy yordamida 
Yangidaryo atrofida yashayotgan qoraqalpoqlar xonlikga boʼysundirildi. xon 
xazinasining bir yillik daromadi 4 mln. soʼmdan oshib ketganligi haqida maʼlumot 
bergandi. Xon dastavval mamlakatdagi tarqoqlikka chek qoʼyish, davlat 
hokimiyatini markazlashtirish va mustahkamlashni oʼzining asosiy vazifalaridan biri 
deb hisobladi. Odamlarning qobiliyatiga qarab, ish topshiradigan xon davlat 
ahamiyatiga molik tadbirlarni amalga oshirish uchun oʼz atrofiga ishonchli, nufuzli, 
ishbilarmon amaldorlar, dindorlar va harbiylarni toʼpladi. Xiva xonligi tobeligiga 
oʼtgan turkman, qozoq va qoraqalpoqlarning badavlat hamda nufuzli arboblarini 
oʼziga yaqinlashtirib, ularga yer mulk va yuqori lavozimlar inʼom etdi. Musulmon 
dindorlarining el–yurt orasidagi obroʼ–eʼtiborini hisobga olib, oʼzini ularga yaqin 
tutish maqsadida paygʼambar avlodlaridan hisoblangan sayyidlar qiziga uylandi. 
Saroyda yirik din arboblariga joy va lavozim berdi, mol-mulk inʼom etdi, koʼplarini 
soliq va toʼlovlardan ozod qildi1. Davlatni boshqarish ishlarini isloh qilish bilan 
jiddiy shugʼullangan Muhammad Rahimxon Аbulgʼozi Bahodirxon davrida joriy 
etilgan boshqaruv tartibini oʼzgartirdi. Xiva xonligining maʼmuriy markazlari 
sifatida Xiva, Hazorasp, Xonqa, Gurlan, Аnbarmanoq, Shabboz, Mangʼit, Qipchoq, 
Qilich Niyozboy, Xoʼjayli, Xitoy, Toshhovuz, Yangi Urganch, Ilonli, Gʼazovot 
belgilandi. Keyinchalik ular qatoriga Qoʼngʼirot va Chimboy ham qoʼshildi. Endi 
kent oqsoqollari va inoqlari oʼrniga hokimlar hamda masjid qavmlari oqsoqollari 
boshqaruvi joriy etildi2. Shu bilan bir qatorda ayrim joylarda urugʼlar vakillaridan 
tayinlangan noiblar oʼz qavmlarini boshqarishni davom qildirdilar. Holbuki Xiva 
xonligida urugʼchilik munosabatlari oʼlkadagi boshqa feodal davlatlarga qaraganda 
ancha kuchli boʼlgan Xiva xonligida mehtar, qushbegi va devonbegi lavozimlari eng 
yuqori hisoblanadigan boʼldi. Ularning nazorati ostida mamlakat iqtisodiyoti, 
ijtimoiy-siyosiy, harbiy mudofaa, diniy ishlar bilan shugʼullanuvchi markaziy 
boshqaruv idoralari taʼsis etildi. “Muhammad Rahimxon oʼz hokimiyatini adolat 
niqobi ostiga yashirib, uni mustahkamlash uchun Oliy kengash taʼsis etdi. Bu 
kengashga turli daʼvo va jinoat ishlarni koʼrish hamda qaror chiqarish huquqini berdi, 
toʼgʼrirogʼi amr qildi”1,— deb yozgandi N.Muravьev. Xonning oʼzi raislik qilgan
.3. Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. ― Тошкент: Ўзбекистон, 2000. – 351 б. 
.4. Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз // Асарлар. – 9-жилд. ― Тошкент: Ўзбекистон, 2001
.



Oliy kengash davlatning qonun chiqaruvchi, maʼmuriy va sud organi vazifasini 
bajarar hamda unda eng nufuzli amaldorlar qatnashardilar. Ular orasida devonbegi, 
qushbegi, mehtardan tashqari naqib, shayxulislom, mutavalli, mirob, qozi, 
farmonchi, dargʼa, shigʼovul, dasturxonchi, arbob, miroxoʼr, toʼshakchi, oqo–ogʼo 
va boshqa amaldorlar bor edi2. Kengash qatnashchilari haftaning juma kunlari 
koʼrinishxonada toʼplanardilar. Ularga osh tortilgandan keyin, maslahat kengashi 
quyuq ziyofat tarzida, baʼzan kech tundan erta tonggacha davom etardi3. Muhammad 
Rahimxon Koʼhna Аrkda zarbxona uchun bino qurdirdi va oʼz nomidan tilla hamda 
kumush tangalar chiqara boshladi. Yangi pullar xonlikda tovar–pul munosabatlarini 
yaxshiladi va soliq toʼlovlarini tartibga solishda muhim rolь oʼynadi. Davlat 
xizmatida boʼlgan saroy aʼyonlari va viloyat amaldorlari uchun lavozimiga qarab, 
maosh belgilandi. Shu bilan hukmdorlarning daromad taqsimotida mavjud 
oʼzboshimchaliklariga chek qoʼyildi. Davlat arboblari orasida oʼzbeklarning 
qoʼngʼirot urugʼi vakillari mavqei yanada oshirilib, ularning soni ortib bordi. Yusuf 
Mehtar ogʼa oʼzbeklar vakili sifatida xon saroyida bosh vazir lavozimiga tayinlandi. 
Muhammad Rahimxon kuchli qoʼshin tuzishga va uning yordamida xonlik 
hududlarini kengaytirishga intildi. Muhammad Yusuf Bayoniyning guvohlik 
berishicha, muntazam otliq qoʼshinlar 13 mingdan ziyod boʼlib, unda oʼzbek, 
turkman va qoraqalpoklar asosiy oʼrinni egallardi. Navkarlarga harbiy xizmatlari 
uchun yer ajratib berilgan va ular soliqlardan ozod etilgandi. 1818–1819 yillarda 
Xiva xonligi qoʼshinlari janubiy Turkmaniston va Xuroson yerlariga harbiy yurishlar 
uyushtirdilar. Chorjoʼy yaqinidagi janglardan birida Xiva qoʼshinlari Buxoro 
amirligi lashkarlaridan zarba yedi va yengildi. 1819 yil 6 oktyabrda Kavkazdan elchi 
sifatida kelgan kapitan Muravьevni xon qabul qilmasdan, “josus boʼlsa kerak” degan 
shubha bilan Qoʼshkoʼpirdagi Ilgaldi qishlogʼida 47 kun davomida kutib turishga 
majbur qildi1. 1819 yil 20 noyabrda xon N.N.Muravьevni Xivaga taklif qildi va 
muzokaralar vaqtida savdo karvonlari xavfsizligini taʼminlash, chegaralar haqida 
kelishib olishga intiladi. Xon bilan suhbatda keyin N.Muravьev oʼz hisobotida 
“Muhammad Rahimxon butunlay yangi davlat barpo qildi, deyish mumkin. 
Endilikda bu davlat Oʼrta Osiyodagi eng kuchli xonliklar jumlasiga kiradi”2,— deb 
yozgan edi. 1820-1824 yillarda Muhammad Rahimxon yangi kuchlarni toʼplab, 
Buxoroga qarshi bir necha bor yurishlar qildi. Buxoroga tegishli Qoqishtivon va 
Ogʼar qalʼalari bosib olindi3, Buxoro amirligiga qarashli Mari va Tajan vohasi 
turkmanlarining chavdur, goʼklan, taka, sariq va yovmut urugʼlari Xiva xonligi 
qaramogʼiga oʼtdi. Xonning farmoni bilan Аxal-Taka turkmanlarining bir qismi 
Koʼhna Urganch va Ilonli qalʼalari atrofiga koʼchirildi4. Xiva qoʼshinlarida navkarlik 
xizmatlarini oʼtash sharti bilan turkmanlarga yer ajratib berildi va soliqlar miqdori 
kamroq qilib belgilandi. 1825 yil 7 mayda 50 yoshida boʼlgan Muhammad Rahimxon 
I vafot qildi. Uning oʼrniga taxtga koʼtarilgan oʼgʼli Olloqulixon (1795–1842) 
xonlikning hududlarini kengaytirish va chegaralarini mustahkamlash ishlarini davom 
ettirdi1. Yangi xon otasiga oʼxshab, Mari vohasiga 3 marta (1826, 1829, 1841), 



Buxoro amirligiga qarshi 7 marta katta harbiy yurishlar qildi. Natijada Xurosondagi 
Jamshid qabilalarining 1200 oilasini Qilich Niyozboy arna boʼyiga koʼchirib keltirdi. 
1826 yilda Xiva qoʼshinlari xonning inisi Hazorasp hokimi Rahimquli boshchiligida 
Shimoliy Xurosonga yuborilgan Xiva qoʼshinlari 123 kun safarda boʼladi2. 
Xivaliklar Oqdarband qalʼasini qamal qilib, u yerdan 100 dan ortiq oilani 
Koʼshkoʼpirdagi Zey yopi yaqiniga koʼchirib keltiradilar. Natijada bu yerda 
eroniylarning Oqdarband qishlogʼiga asos solinadi3. Oqdarbandni bosib olgandan 
soʼng, xon askarlari Muzduron yaqinida joylashgan Malikobodga keldilar. Shu kuni 
“Qorasuv kanori va Kanafs hisori ustidan oʼtib peshin chogʼi kanakush qalaʼasin... 
ihota qilib, hamul soat ul qalʼa ahlin mol va ashyosi bila tasarrufgʼa kirgizdi. 1842 
yildagi Xiva shahri va undagi ayrim yangiliklar rus sayyohi T.F.Bazinerning safar 
taasurotlari haqidagi maqolalarda o‘z aksini topdi1. Qozog‘iston cho‘llari orqali 
Xivaga kelgan mazkur olim shaharning 100 yil oldin rus ofiseri Nazimov tomonidan 
qog‘ozga tushirgan xaritasi kabi yangi chizmalarini yaratdi2. Muhammad Rahimquli 
inoq3 (1842-1846) taxtga chiqishdan oldin Hazoraspda hokim edi. U ajdodlari olib 
borgan bosqinchilik siyosatini davom ettirib, jiyani Muhammad Amin boshchiligida 
Buxoroga qarashli bo‘lgan Marvga katta qo‘shin yubordi. Bundan xabar topgan 
Buxoro amiri Nasrullo Xivaga elchilar jo‘natib, ular izidan o‘zi katta qo‘shin bilan 
Xorazmga yurish qildi. Buxoroliklar Hazorasp qal'asini qamal qilganligini eshitgan 
Rahimquli darhol Marvga chopar yuborib Muhammad Amin qo‘shinlarini tezlik 
bilan orqaga qaytarishni buyurdi. O‘zi esa qisqa muddatda qo‘shin to‘plab, 
Hazoraspga keldi. Bu yerda bo‘lgan shiddatli jangda Buxoro qo‘shinlari 
mag‘lubiyatga uchradi (hijriy 1259, milodiy 1843-44). Nasrullaxon qochdi va uning 
qolgan qo‘shinlari qirib tashlandi. Ushbu jangda shoir Ogahiy ham qatnashib, 
qo‘liga qurol olib, dushmanga qarshi kurashgan edi4. Buxoro amiri Nasrullo Xiva 
xonligiga yurish qilib, Hazoraspni qamal qilganda, Saqar jamoasi Xiva xonligiga 
tegishli yerlarni talagan edilar. Amir Nasrulloh Buxoroga qaytgandan keyin Xiva 
xoni Ko‘hna Urganchga keladi. U jamoadan tezlikda 10000 tilla yorg‘u yig‘ishni 
buyuradi va yig‘dirib oladi5. Rahimqulixon taxtda 3,5 yil o‘tirdi va 1846 yilda 28 
yoshida vafot etdi. Endi taxtga Olloqulixonning o‘g‘li Muhammad Amin inoq (1846-
1855) ko‘tarildi. Yangi xon o‘z amaldorlari tarkibida deyarlik katta o‘zgarishlar 
qilmadi, faqat devonbegi Erniyoz Mahram o‘rniga Bekniyoz Mahramni tayinladi. Bu 
davrda xon saroyida Rahmatullo Yasovulboshi, Matniyoz devonbegi kabi yosh va 
sadoqatli amaldorlar ishlardilar. Muhammad Aminxon davrida Marv va Seraxs 
qal'alari atrofidagi taka, sariq va yovmut kabi turkman qabilalarining qo‘zg‘olonlari 
kuchaydi. Qo‘zg‘olonchilar xon yuborgan soliq yig‘uvchi amaldorlarni qatl qildilar. 
Natijada xon bir necha bor qo‘shin tortib, turkmanlar ovullarini vayronaga aylantirdi. 
1854 yildagi shiddatli janglardan so‘ng Marv qal'asi yakson qilindi. 1855 yil fevralda
.5. Каримов И.А. Биз танлаган йўл-демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли // Асарлар. ― 11-жилд. ― Тошкент: 
Ўзбекистон, 2002. ― 320 б. 
.6. Каримов И.А. Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳамжиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ // Асарлар. ― 12-
жилд. ― Тошкент: Ўзбекистон, 2004 


10 
Axal-Taka turkmanlari ustiga yurish vaqtida Saraxs degan joyda Muhammad 
Aminxon halok bo‘ldi va uning jasadi Xivaga keltirib dafn qilindi1. Ammo xonning 
halok bo‘lishi haqida yangi ma'lumotlar ham bor. Jumladan, professor 
M.Matniyozovning ta'kidlashicha2, xon Seraxs yaqinidagi jangda shaxsan 
qatnashadi va o‘q tegib, otdan yiqiladi. Qurbon kal ismli taka turkman xonga nayza 
urmoqchi bo‘lganida, Abdulla mahram o‘zini hukmdori ustiga tashlab, xonni 
o‘limdan saqlab qoladi. Xonni himoya qilgan Rahmonberdi qozi va Muso To‘ralar 
ham shahid bo‘ladilar3. Seraxs hokimi O‘rozxon yarador bo‘ladilar. Muhammad 
Aminxonning boshini tanasidan judo qilinib va uni Tehronga — Eron shohi 
Nasriddinga yuboradilar4. Xiva xonligi taxtiga Yaqub Mehtar, Mir Ahmad Jamshid 
kabi amaldorlar yordamida ko‘tarilgan yangi xon Qutlug‘ Murod inoqning o‘g‘li 
Sayyid Abdullaxon (1855) ni saroy amaldorlaridan katta bir guruhi tan olmay, 
hokimiyatni o‘zlari boshqarishga intildilar. Ustasiga Marv va Seraxs turkmanlari 
yana bosh ko‘tardi va xon juda ko‘p harakatlar bilan ularni tinchitishga erishdi. 1855 
yil 1 aprelda Abdullaxon zafar quchib, Xivaga qaytib keldi. Saroydagi fitnachilar 
xonga qarshi g‘alamis ishlarni davom ettirdilar. Ularning da'vati bilan Yangiyop, 
Muzqum va Izmixshir atrofidagi yovmut turkmanlari G‘azovot va Ilonli atroflaridagi 
qishloqlarni taladilar. Bu yerlarni boshqarayotgan va soliq to‘playotgan xon 
amaldorlari o‘ldirildi1. Abdullaxon Xivadagi fitnachilarni fosh qilib, boshliqlarini 
qatl qildirdi2. Shundan so‘ng katta qo‘shin bilan isyonchilar ustiga yurish boshladi 
va ularga qaqshatqich zarba berdi. Biroq avgust oyining oxirida Yakkaterak 
mavzesida yovmut otliqlaridan bir guruhi kechasi xon qarorgohi va qo‘shinlariga 
hujum qildilar. Kutilmaganda boshlangan jangda Abdullaxon va uning eng yaqin 
amaldorlari — Mir Muhammadxon, Niyoz Muhammad yasovulboshi, Abduljabbor 
devonbegi va boshqalar fojeali halok bo‘ldilar3. 1855 yil 3 sentyabrda taxtga 
ko‘tarilgan yangi xon — 18 yashar Qutlug‘murod Abudullaxonning inisi edi. Xon 
turkmanlar bilan bo‘lgan urushda halok bo‘lgan amaldorlar o‘rniga yangilarini 
tayinladi. Vazir Muhammad Yaqub Mehtar, Bobo qushbegi va boshqa saroy 
a'yonlari tavsiyasi bilan Muhammad Niyoz devonbegi, Eshniyoz yasovulboshi, 
Bog‘ibek ibn Rahimberdi beklarbegi va uning inisi Eltuzar inoq yangi lavozimlarga 
qo‘yildilar. Saroydagi o‘zgarishlar ayrim shuhratparast amaldorlarning isyoniga 
turtki berdi va Muhammad Niyozbiy fitnasi sabab 1856 yil 12 fevralda halok bo‘ldi4. 
“O‘z shaxsiy manafaatini ko‘zlagan Muhammad Niyozbiy taxtni egallash uchun 
oxirgi pastlikkacha yetib ordi. Xalq ahvoli bilan hech qanday hisoblashmay, ularni 
talon-toroj bo‘lishlarigacha rozi bo‘ldi va boshchilik qilmoqchi bo‘ldi” Taxtga 
Muhammad Rahimxonning 33 yashar o‘g‘li Sayyid Muhammad To‘ra o‘tqaziladi. 
Tashqi siyosat sohasida Sayyid Muhammadxon Buxoro bilan savdo-sotiq va 
diplomatik aloqalarni yaxshilashga harakat qildi. Shu maqsadda Amir Nasrullo bilan 
diplomatik munosabatlar yaxshilanib, Buxoro bozorlaridan mahsulotlar sotib olish 
yo‘lga qo‘yildi. 


11 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə