Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə17/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#112023
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
ozbekiston oziq ovqat sanoati geogrfiyasi RRFGVS

3.1. O’zbekoziqovqatxoldin xolding kompaniyasida faol marketingdan foydalanishni takomillashtirish yo’nalishlari

Korxonalar, xuddi boshqa korxonalar kabi bir tomondan davlat siyosati va



biznes infratuzilmasi tarkibida faoliyat ko’rsatadilar, ikkinchi tomondan talabdan

kelib chiqqan holda o’z faoliyatlarini amalga oshiradilar.




Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichi o’ziga xosliklarini ta’kidlab o’tishga, ya’ni boshqaruv tashkilotlari va boshqaruv faoliyatining uyg’unlashuvidan bevosita ishlab chiqarishning uyg’unlashuviga o’tilayotganligini ko’rsatib o’tishga imkon beradi, ya’ni barcha sohalarda, xususan biznes va tadbirkorlik sohasida boshqaruv mexanizmi bevosita ishlab chiqarishga, moddiy, mehnat, moliyaviy va investitsion resurslarga yaqinlashtirilmoqda. Boshqacha aytganda boshqaruv mexanizmi tobora aniq maqsadli funktsiyalarga yo’naltirilmoqda, bu narsa ob’ektiv zaruriyat bo’lmaganda o’zidan yuqori tashkilotga, yoki nazorat tashkilotlariga bo’ysunishni, «yuqori»dan keladigan farmon, buyruq va ko’rsatmalarni yo’qqa chiqarmoqda.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligini, xususan chorvachilikni yanada takomillashtirish, uning samaradorligi va unumdorligini oshirish maqsadida ham ko’pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, bu ishlarni amalga oshirishda “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining ham o’z o’rni bor. Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edilar:
«... Tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilishni soddalashtirish va ularning faoliyat yuritishini engillashtirish bilan bog’liq 40 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Xususan, yangi tartib bo’yicha, agar shaxs soliq yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bosh tortish bilan bog’liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan bo’lsa va huquqbuzarlik aniqlanganidan so’ng 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni to’liq qoplasa, unga nisbatan jinoiy ish

44
qo’zg’atilmaydi va u javobgarlikka tortilmaydi.

... qishloq xo’jaligining meva-sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari ham jadal sur’atlarda rivojlandi. O’tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva etishtirildi.


Qishloq xo’jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, etishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O’tgan yili qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800 tonna sig’imga ega bo’lgan 114 ta yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo’l qo’ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloqxo’jaligi mahsulotlaribilanuzluksizta’minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda.»23
Korxonada marketingning o’sib borayotgan ahamiyati uning tashkiliy tuzilmasida o’z aksini topadi. Rivojlanish pallalarini ham quyidagicha ajratish mumkin:
marketing taqsimlash vositasi sifatida;

sotish vazifasi sifatida marketing vazifalarini tashkiliy jamlash; marketingni mustaqil xizmatga ajratish;


marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida.

Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan ta’riflanadiki, bu bosqichda tovarlarni sotish muammo emas, shuning uchun marketing bu bosqichda taqsimlash vazifalari bilan cheklanadi. Marketing faoliyatining bunday tashkiliy tuzilmasi AQSh va Germaniyada 50-yillarning o’rtalarigacha mavjud bo’lgan.


Sotish bilan bog’liq muammolar va marketingning ahamiyatini yaxshi tushinish muhim tashkiliy o’zgarishlarga olib kelgan, ya’ni sotish bo’yicha faoliyat bitta rahbar ixtiyoriga utgan, bunday tuzilma 50-yillardagi Amerika va 70-

23 Islom Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446)

45
yillargacha Germaniya uchun xos bo’lgan.

Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning boshqa xizmatlari bilan teng huquqli bo’lgan marketing ixtisoslashgan xizmatining paydo bo’lishi bilan ta’riflanadi. Bunday xizmat mahoratni rejalashtirish va rivojlantirish bahosini takomillashtirishga javob beradi, mahsulotning tashqi ko’rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan birga, har bir bo’lim o’z manfaatlarini o’ylaydi, shuning uchun ularni tashkil etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo’q, marketingning ahamiyati ham katta emas.
Korxona faoliyatining barcha sohalarini marketing talablarini mo’ljal qilib olishi keyingi bosqich bo’ladi, ya’ni marketingga asosiy vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo’limlar marketing xizmatiga buysunadi. Lekin, amaliyotda teskari holatlar ham uchrab turadi. Masalan, ayrim Germaniya va AQSh kompaniyalarida maxsus marketing bo’limlari qisqartirilib boshqarish tizimidan chiqarilgan.
Marketing korxonalarda quyidagi ko’rinishlarda tashkil etilish mumkin: 1. Marketing bo’lim sifatida;
2. Marketing tovar guruhlari bo’yicha; 3. Marketing alohida tovarlar bo’yicha.
Shunday qilib, marketing korxona faoliyatiga to’liq holda yoki qisman integratsiyalashuvi mumkin. Mamlakatimiz va xorijdagi tajribalar shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik korxonalar rivojlanishining uchuinchi bosqichida turibdi. To’liq integratsiya - ko’proq umumiy ehtiyoj tovarlari sohasidagi Amerika korxonalarida qo’llanilgan.
3-chizmada korxonada marketingning to’liq integratsiyasi keltirilgan. Marketingni takomillashtirish tuzilmasi va shakllari korxona tushib qolgan
vazitning turli xil omillari va sharoitlariga bog’liq. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
1. Korxona maqsadlari, ya’ni texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan takomillashtirish vazifalarning bajarilishini ta’minlashi, korxonani boshqarishning engillashtirilishi, muvofiqlashtirish muammolarini kamaytirishi, shuning bilan takomillashtirishning uyushqoqligini, xodimlarni o’z ijodiy salohiyatlarini amalga

46
oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi kerak.

Marketing direktori


Ishlab chiqarish

Xodimlar

Marketing-servis
Moliya

Boshqarish

Sotish




Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə