Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə66/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnogen sivilizatsiyaning dunyoqarashga doir mo‘ljallarini quyidagicha ta’riflash mumkin: inson dunyoga faol munosabatda bo‘lgan faol mavjud sifatida tushuniladi. Inson faoliyati sirt-ga, tashqi dunyoni o‘zgartirishga, eng avvalo, tabiatni o‘ziga bo‘ysun-dirishga qaratilishi lozim. O‘z navbatida, tashqi dunyo inson faoliyati maydoni sifatida qaraladi, dunyo undan odamzot o‘zi uchun zarur ne’matlarni olishi, o‘z ehtiyojlarini qondirishi uchun mo‘ljal-langan, deb tushuniladi.
Albatta, bu yangi Yevropa madaniy an’anasida boshqa, shu jumladan, muqobil dunyoqarashga doir g‘oyalar paydo bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Texnogen sivilizatsiya o‘z borlig‘ida o‘z asos-larini doimiy ravishda o‘zgartiruvchi jamiyat sifatida namoyon bo‘ladi. Uning madaniyatida yangi g‘oyalar, konsepsiya va andozalarni doimiy ravishda jamlash faol qo‘llab-quvvatlanib, qadrlanadi. Hozirda bu g‘oyalar, konsepsiya va andozalarning ayrimlarigina ro‘yobga chiqarilishi mumkin, qolganlari esa bo‘lg‘usi hayot faoliyati-ning kelajak avlodlarga qaratilgan dasturlari sifatida namoyon bo‘ladi. Texnogen jamiyatlar madaniyatida yetakchi qadriyatlarga muqo-bil g‘oyalar, qadriyat va mo‘ljallarga ham duch kelish mumkin, biroq jamiyatning real hayot faoliyatida ular hal qiluvchi rol o‘ynamas-ligi, ijtimoiy ongning bir chetida qolib ketishi va odamlar ommasini harakatga keltirmasligi mumkin.
Akademik Stepin qayd etganidek, dunyoni o‘zgartirish va inson-ning tabiatni o‘ziga bo‘ysundirishi g‘oyasi texnogen sivilizatsiya madaniyatida uning tarixiy rivojlanish jarayoni barcha bosqichlari-da to hozirgi vaqtgacha yetakchilik qilgan. Ushbu g‘oya texnogen jamiyat-larning mavjudligi va tadrijiy rivojlanishini belgilagan “gene-tik kod”ning muhim tarkibiy elementi hisoblangan, hozirgi vaqtda ham shunday bo‘lib qelmoqda.
Qadriyat va dunyoqarashlarga doir mo‘ljallarning texnogen dunyo madaniyatiga xos bo‘lgan muhim jihati – tabiatni uning qonunlarini anglab yetgan aqlli mavjudot tashqi jarayon va ob’ektlarga o‘z hukmini o‘tkazish, ularni boshqarishga qodir bo‘lgan makon sifatida inson faoliyati va uning vazifasini tushunish bilan uzviy bog‘liq. Faqat tabiiy jarayonlarni sun’iy ravishda o‘zgartirish va ularni insonga bo‘ysundirish uchun texnologiyani ixtiro qilish zarur, shunda jilovlangan tabiat inson ehtiyojlarini tobora keng qondira boshlaydi. An’anaviy madaniyatlarga kelsak, ularda biz tabiat haqi-dagi bunday tasavvurlarga duch kelmaymiz. Bu yerda tabiat ob’ektiv qonunlar bilan boshqariladigan moddiy makon sifatida emas, balki insonni ham o‘z ichiga olgan tirik organizm sifatida tushuniladi. Ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi qonunlardan farq qiladigan “tabiat qonuni” tushunchasining o‘zi an’anaviy madaniyatlarga yot.
Qadriyatlar tizimida ilmiy oqilonalikning alohida maqomi, dunyoga ilmiy-texnik nuqtai nazardan yondashishning ahamiyati ham texnogen sivilizatsiya bilan bog‘liq, zero dunyoni bilish uni o‘zgarti-rishning zaruriy omili hisoblanadi. U inson, tabiat va ijtimoiy hayot qonunlarini kashf etish orqali tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarni o‘z maqsadlariga muvofiq tartibga solishga qodir ekanligiga ishonch paydo qiladi. Ilmiylik kategoriyasi o‘ziga xos ramziy ma’no kasb etadi. U dunyo ravnaqi va taraqqiyotning zaruriy sharti sifatida qaraladi. Ilmiy oqilonalikning qimmati va madaniyatning boshqa sohalariga uning faol ta’siri texnogen jamiyatlar hayotiga xos bo‘lgan belgilardir.
Yaqin o‘tmishda ishlab chiqarish va amaliy fan quyidagi savolga javob izlar edi: qo‘yilgan maqsadga mumkin qadar kam xarajat bilan erishish uchun nima qilish kerak? Maqsadning o‘zi, aytaylik, yanada tez harakatlanish vositasini topish yoki tasvirni masofaga uzatish aniq va ravshan tasavvur qilinar edi. Bugungi kunda erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarning ko‘p sonliligi, muqobilligi kuchaymoqda, maqsadning o‘zi nima, degan savol birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Bunda maqsadlarni tanlashning qiyinlashuvi texnik imkoniyatlarning kengayishi bilangina emas, balki iqtisodiy faoliyatning yangi mezonlari va ustuvor vazifalari paydo bo‘lgani, ishlab chiqarishga yangi ijtimoiy talablar qo‘yilayotgani bilan ham belgilanadi. Ular orasida ekologik, gumanistik mezonlar, hayot sifati va oldingi texnik rivojlanish jarayonidagi inqiroz oqibat-lari, ishchi-xodimlarni qiziqtirish, ularning shaxsiy imkoniyat-larini namoyon etishga qodir bo‘lgan ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq muammolar bor.
Masalan, yanada tezyurar, qulay va estetik jihatdan jalb qiluvchi avtomobillarni yaratish kerakmi? Yoki, ekologik mezonlarga amal qilgan holda, ularni elektr quvvati bilan ishlaydigan harakatlanish vositalariga almashtirishgan ma’qulmi? Bu holda, ishlab chiqarishning samaradorligini pasaytirmasdan, konveyerdan mehnatni tashkil etish va taqsimlashning yanada yangi tizimlariga o‘tish uchun nima qilish kerak? Eng avvalo yangi texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanish uchun aqliy salohiyatni oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish lozim.
Texnika imkoniyatlari chegarasining kengayishi rivojlanish-ning muayyan yo‘nalishini emas, balki ko‘p sonli yo‘nalishlarni belgilaydi; shu tufayli ham muammolarning ehtimol tutilgan yechimlarini tanlash tizim dinamikasining muhim omiliga aylanadi. Hozirgi rivojlangan iqtisodiyot tadqiqotchilari qayd etganidek, u inson erkinligi va mas’uliyati oshadigan, determinatsiya qilinmagan dunyoda mavjud bo‘ladi. Darhaqiqat, insonning yo‘l tanlashi ham ilmiy-texnik, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy rivojlanishning hal qiluvchi omiliga aylanadi.
Inson erkinligi darajasini keskin oshiradigan ikkinchi omil – ayrim shaxslar intellektual va xulq-atvor erkinligining oshishi, individuallashuv umumbashariy-tarixiy jarayonining yangi bosqichi. O‘tgan zamonlar odami, odatda, o‘ziga o‘xshashlar bilan birga nisbatan barqaror guruhlarga uyushadigan mavjudot hisoblangan, o‘z motiv va bilimlari, me’yor va tasavvurlarida o‘z guruhini qabul qilgan, guruh madaniyatida mustahkamlangan qadriyatlarga tayangan. Texnogen sivi-lizatsiya insonning o‘z individualligini namoyon etish imkoniyat-larini sezilarli darajada kengaytirdi, biroq individning guruh sotsiumi bilan aloqasini saqlab qoldi. Klassik Yevropa jamiyatida individual tashabbus faqat guruh madaniyati bilan belgilangan maqsad va qadriyatlar doirasida rag‘batlantiriladi. Ushbu madaniyat sivilizatsiya oliy qadriyatlarini individning shuuriga singdirish vositasi, guruh doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga tatbiqan ularning muayyanlashtirish usuli bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi ijtimoiy rivojlanish jarayonida kishilarning ijti-moiy aloqalari tizimida to‘ntarish yuz bermoqda. Turli ko‘lam va darajadagi ijtimoiy guruhlar mavjud bo‘lishda davom etmoqda, biroq ushbu guruhlarning har biri va ularga kiruvchi individlar o‘rtasidagi aloqa sezilarli darajada susaymoqda. Bunday siljish-ning birinchi sababi ijtimoiy o‘zgarishlar sur’atlarining sezilar-li darajada o‘sishi hisoblanadi: ular insonning guruhdagi aloqa-larini oldingi barqarorlik, aniqlik va muayyanlikdan mahrum eta-di, uning ijtimoiy guruh bilan munosabatlari yanada murakkab-lashadi. Ikkinchi sabab – hozirgi zamon jamiyatining turli turlari, chunonchi: ijtimoiy-iqtisodiy, mintaqaviy, demografik, etnik, madaniy, mafkuraviy va hokazo jamiyatlar o‘rtasida nomutanosiblik kuchayadi, individ bir vaqtning o‘zida bir nechta guruhga mansub bo‘lib qoladi. Tabiiyki, bu hol individ psixologik jihatdan ushbu guruhlardan biriga qarab mo‘ljal olishini qiyin-lashtiradi.
Uchinchi sabab – ko‘pchilikka yaxshi ma’lum bo‘lgan “ommaviy-lashuv” jarayoni: oldingi alohida-alohida guruh madaniyatlari o‘rni-ni moddiy va madaniy iste’molchilik, turmush tarzi, ijtimoiy axborot manbalari va mazmuni turlarining yanada yaqinlashuvi, umumiylashuvi va internatsionallashuvi egallaydi. “Ommaviy jamiyat” va “ommaviy inson” konsepsiyalarida aks etgan ushbu tendensiyalar individni o‘ziga xos madaniy va psixologik yolg‘iz-likda qoldiradi: zotan “omma” va “ommaviy madaniyat” an’anaviy guruhlar va ularning madaniyatlari bilan solishtirganda ambiva-lent, beqaror va inson shuuriga qadriyatlar, motiv va mo‘ljallarning aniq tizimini singdirishga uncha qodir emas. Ammo bu yolg‘izlik – individ erkinligi, uning biron-bir muayyan ijtimoiy ta’sirdan xoliligining orqa tomoni.
Shunday qilib, texnogen sivilizatsiya inqirozi zamirida texnologik va ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan omillar inqirozi yotadi. Bu jamiyatning rivojlanishi va istiqbollarini bunday omillardan kelib chiqib tushuntiruvchi ilmiy metodologiya o‘z ahamiyatini yo‘qotayotganini anglatadi. Vujudga kelayotgan ijtimoiy tizimlarni “postindustrial jamiyat” yoki “axborot jamiyati” sifatida belgilashga urinishlar yuz berayotgan o‘zgarishlarning ayrim tomonlarini aks ettiradi, biroq ularning mohiyatini, ularni birlashtiruvchi asoslarni ochib bermaydi. Ular o‘tmishga chekinayotgan texnogen sivilizatsiyaga xos bo‘lgan, ayni shu sababli kelajak sivi-lizatsiyasini tushunish uchun mo‘ljal bo‘lib xizmat qila olmaydigan sababiy bog‘lanishlar bilan ish ko‘radi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə