Texnika falsafasi


Texnogen sivilizatsiya inqirozidan chiqish yo‘llarini izlash



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə63/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnogen sivilizatsiya inqirozidan chiqish yo‘llarini izlash. Keng ma’nodagi texnologiya nima, degan savolga yana qayta-digan bo‘lsak, bir jihatdan texnologiya novatsiyalar yaratish bilan bir qatorda, rivojlanishni o‘ziga xos tarzda boshqarish ham amalga oshiriladigan faoliyatni o‘zida ifodalashining, boshqa jihatdan esa, xususiyatlari va tadrijiy rivojlanishi kamida besh global omil – madaniy sxematizmlar va dunyo manzaralari, ijtimoiy institut-lar, hozirgi zamon shaxsining qadriyatlari va mo‘ljallari, texnogen sivilizatsiyaning tarkibiy tuzilishi bilan belgilanuvchi ijtimoiy-madaniy soha hisoblanishining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ayni payt-da mazkur global omillarni texnologiyaning o‘zi ham ko‘p jihatdan belgilaydi. Hamonki shunday ekan, texnologik rivojlanish jarayoni-ni sirtdan oqilona boshqarish yoki texnologiyani optimallashtirish mumkin emas. Ammo, shunga qaramay, ko‘pgina tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, insoniyat oldida bundan boshqa yo‘l yo‘q. Shu tufayli ham odamlar, bir tomondan, texnologiyaning o‘sishini cheklash va uni insoniylashtirish (ya’ni, ekologik muammolarni yechishga qarata yo‘naltirishga, texnologik evolyusiya jarayonini nazorat ostiga olish)ga, boshqa tomondan esa, o‘z turmush tarzini o‘zgartirishga maj-bur bo‘lmoqdalar. E.Toffler mazkur yondashuvni “Uchinchi to‘lqin” doktrinasi bilan bog‘laydi. Ushbu doktrina “pionerlari” texnolo-giyalar o‘rtasida tanlashni amalga oshirish, bunda uzoq muddatli ijtimoiy va ekologik maqsadlarga erishish yo‘lida xizmat qiladigan texnologiyalarni tanlash zarur, deb hisoblaydilar. Ular yangi texnik usullarni oldindan tadqiq qilishni, ularning zararli oqibatlari-ni aniqlashni, xavfli loyihalarni qayta ishlash yoki umuman to‘xta-tib qo‘yishni talab qiladilar2. D.Medouz inson turmush tarzini tubdan o‘zgartirish zarurligini tahlil qilar ekan, shunday yozadi: “Bunday chora-tadbirlar hammaga ham ma’qul kelavermasa kerak. Ular inson madaniyatida asrlar mobaynida chuqur ildiz otgan ijtimoiy va iqtisodiy tuzilmalarda tub o‘zgarishlar yasaydi. Bu yo‘lning muqo-bili sifatida kutish davri amal qilishi mumkin. Bunda texnologiya bahosi jamiyat uchun toqat qilib bo‘lmaydigan darajaga yetadi yoki texnologiyaning nojo‘ya ta’sirlari uning o‘sish jarayonini to‘xtatadi yoinki texnik yechimlarga ega bo‘lmagan muammolar yuzaga keladi... O‘sish inson xohish-istaklariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra to‘xtaydi va dunyo modeli bu jamiyatning o‘zi amalga oshiruvchi tanlashdan ham yomonroq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi”3. Afsus-ki, hozirgi zamon texnologiyasining rivojlanishini belgilovchi sub’ektlarning barchasi, shu jumladan, ma’murlar, mutaxassis va ekspertlar texnologik evolyusiyaning real xavflarini ko‘rib turib, ko‘rmaganga olishni ma’qul ko‘radilar. Hozirgi vaziyatning halokatli ekanligi haqida o‘ziga hisob beruvchilar esa voqealar rivojining enersion yo‘lini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yondashuv va vositalar-ni taklif qila olmaydilar. Buning sababi oydek ravshan: ularning sa’y-harakatlari sivilizatsiya jarayonlarining umumiy yo‘nalishi va sayyoramiz aholisi asosiy ommasining xohish-istaklariga muvofiq kelmaydi. Masalan, “Teran ekologiya” kitobida bayon etilgan Arne Neysning quyidagi oqilona tamoyillarini “o‘rtacha odam” qabul qila oladimi?
1. Yerda hayotning barcha shakllari ravnaq topishi o‘z o‘rnida qadrli, lekin insoniyat uchun foydali omillar bilan bog‘liq emas.
2. Inson hayoti va madaniyatining ravnaq topishi inson populya-siyasi sezilarli darajada kamayishiga muvofiq keladi.
3. Bugungi kunda insonning tabiatga xuruji jadal sur’atlarda halokatli oqibatlarga olib keladi.
4. Yanada yuksakroq hayot andozalariga intilmasdan, butun tabiatning ichki qimmatiga mo‘ljal olgan holda, siyosatni o‘zgarti-rish va tayanch iqtisodiy, texnologik va mafkuraviy tuzilmalarga ta’sir ko‘rsatish zarur.
Yaqin kelajakda “o‘rtacha odam” bunday tamoyillarni qabul qilishga tayyor bo‘lmasa kerak. Ammo har qanday sharoitda ham umid bo‘ladi. Birinchidan, texnologik rivojlanishning salbiy va shikast-li oqibatlari kuchayib borishi ko‘pchilikni beqarorlik sabablari haqida o‘ylashga, o‘z turmush tarzini o‘zgartirishga harakat qilishga ertami-kechmi majbur etadi. Ikkinchidan, hozirgi sivilizatsiya elitasi (faylasuflar, olim, siyosatchi, menejer va davlat arbob-lari,) vaziyatning jiddiyligini asta-sekin tushunib yetadilar, eng muhimi, xulq-atvor yangi shakllari va vazifalarni yechishning yangicha yo‘llariga o‘ta boshlaydilar. Xo‘sh, bunda ular nimaga tayanishlari, qaysi tasavvurlardan foydalanishlari mumkin?
Bu yerda texnologiyaning tabiati va mohiyati haqidagi bilimlar-ning o‘zi kifoya qilmaydi (texnologiya haqidagi fanlar ancha yosh, bundan tashqari, texnologiyaning turli konsepsiyalari mavjud). Tahlil so‘zning keng ma’nosidagi texnologiya o‘ta murakkab organik tizim hisoblanishini ko‘rsatadi. Uning tarkibidan sun’iy mexa-nizmlar (masalan, anglash shakl va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish tizimlari) o‘rin olgan bo‘lsa-da, ularning yordamida texnologik rivojlanishni boshqarish yoki nazorat qilish mumkin emas. Ayni holda ayrim ijtimoiy institutlarni qayta tuzishga qaratilgan harakatlar ham kutilgan samarani berishi mushkul.
Muammoni yechishning yo‘li bitta – har kim ishni o‘zidan boshlashi kerak. Bunda fikrlovchi shaxs birinchi o‘ringa chiqadi. Texnogen sivilizatsiya inqirozi ertami-kechmi olamshumul xususiyat kasb etadi, shikastli oqibat va texnogen vayrongarchiliklar uni rad etish imkoniyatini bermaydi. Shu yerda shaxs o‘z so‘zini aytadi. Yerda hayotni asrash, tabiat va hayvonlarni qutqarish, o‘zi va o‘z yaqinlarining farovonligini ta’minlash yo‘lida odamlar (avval ularning ayrimlari, keyinchalik esa minglab va millionlab aholi) avvalgi hayotning ko‘pgina qadriyat va odatlaridan voz kechadilar, oddiy sog‘lom hayot qadriyatlari, oqilona cheklashlar, o‘z faoliyati natijalarini kuzatish zaruriyatini qayta kashf etadilar. Inson avval yashab qolish, so‘ngra normal hayot kechirish va rivojlanish uchun yangicha axloqni yaratishiga, masalan, tabiat yoki madaniyatga tahdid soluvchi barcha loyihalardan voz kechishiga, texnika va texnologiyadan yangicha (uning ustidan nazoratni yo‘qotmasdan) foydalanishni o‘rganishiga, o‘z manfaatlari va faoliyatining xususiyatini butunlay qayta qurishiga to‘g‘ri keladi. Texnika va texnologiya asosida faro-vonlikni oshirish, kuch-qudratni o‘stirish emas, balki xavfsiz rivojlanish, o‘z vositalarini nazorat qilish, zaruriy sharoit va cheklashlarni izlash birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bunday hayotni ta’minlash omillari qatoridan tug‘ilish darajasini nazorat qilish, sog‘lom turmush tarzini ta’minlovchi iste’mol standartlari-nigina quvvatlash, texnika vosita va qurilmalaridan oqilona foyda-lanish o‘rin olsa kerak. Ammo ayrim shaxsning sa’y-harakatlari davlat va boshqa ijtimoiy institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Oqilona ilmiy-texnika siyosati (siyosatlari)ni ishlab chiqish, texnik va gumanitar ta’limni isloh qilish, texnika va texnologiya haqidagi yangicha tasavvurga xizmat qiluvchi yangi qonunchilikni yaratish, fan, muhandislik, loyihalash va sanoat sohasidagi islohotlar, yangi axloqiy muhitning shakllanishiga ko‘maklashish bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarning ayrimlari, xolos. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish tegishli intellektual ta’minot: ilmiy tadqiqotlar, metodologik, ijtimoiy-muhandislik va loyihaviy ishlanmalar, huquqiy ta’minlashni nazarda tutadi.
Xulosa. Yuqorida zikr etilgan novatsiyalar muvaffaqiyatni o‘z-o‘zidan kafolatlamaydi, lekin ular maqbul sivilizatsiya turi shakllanishi uchun zamin va shart-sharoitlar yaratadi. Mazkur sivilizatsiya ijtimoiy faoliyatning barcha darajalarida Yer yuzida yashovchi odamlarning sa’y-harakatlari bilan shakllanadi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə