Texnika falsafasi


Tajribaviy amaliy matnlar



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə60/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Tajribaviy amaliy matnlar
Harbiy texnika mohiyati, muhandislikning harbiy texnikadan foydalanishdagi boshqaruvchi va tashkil qiluvchilik roli. Harbiy texnika sivilizatsiyasi madaniyatga tahdidlar.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

1. Harbiy texnika paydo bo‘lishi va taraqqiyotining iqtisodiy asoslari.


2. Harbiy texnika intensiv rivojlanishining sivilizatsiya va madaniyatga tahdidi hamda xavfi.


Qo‘shimcha va tushuntiruvchi matnlar




Bilim va ko‘nikmalarni baholash materiallari.
1. Aleksandr Makedonskiyning ustozi kim bo‘lgan?
A) Aristotel
B) Platon.
V) Suqrot
G) To‘g‘ri javob yo‘q.
2. Nemis general-feldmarshali Alfred fon Shliffenning yashagan yillari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 1833-1913 y.
B) 1840-1910 y.
V) 1820-1890 y.
G) 1834-1905 y.
3. Qaysi vizantiyalik mexanik olim qal’alarni ishg‘ol qilish uchun ko‘p sonli qurilmalarni ixtiro qilgan?
A) Demetriy Poliorket
B) Alfred fon Shliffen
V) Ktesibiy
G) Filo
4. Qachondan boshlab G‘arbiy Yevropada qal’ani ishg‘ol qilishga mo‘ljallangan qurollar qo‘llanilgan?
A) XIII-XIV asrlardan.
B) XI-XII asrlardan.
V) XII-XIII asrlardan.
G) XIV-XV asrlardan.
5. Xitoyliklar harbiy mashinalarning asosiy turlarini mus-taqil ravishda ishlab chiqqanlar, ularni ishlab chiqarish borasida eng yuksak natijalarga qaysi asrda erishganlar?
A) X-XII asrlarda.
B) XI-XII asrlarda.
V) XII-XIII asrlarda.
G) To‘g‘ri javob yo‘q.
10-mavzu.TEXNOGEN sIVILIZATSIYa MUAMMOLARI VA ZIDDIYaTLARI


Muhandislik inqirozi. Muhandislikning kuch-qudrati uning inqiroziga ham zamin yaratadi. Bugungi kunda bunday inqirozning to‘rt sohasini kuzatish mumkin: muhandislik noan’anaviy loyiha-lashni o‘z ichiga olishi, texnologiya muhandisligini o‘z ichiga olishi, muhandislik faoliyati salbiy oqibatlarining anglab yetilishi, dunyoning an’anaviy ilmiy-muhandislik manzarasi inqirozi.
Muhandislikka oid (texnik) loyihalash tabiiy yoki texnika fanlarida tavsiflangan jarayonlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullan-sa, loyihalashning boshqa turlari (arxitektura, shaharsozlikka oid, dizaynerlik, tashkiliy loyihalash va h.k.) mazkur jarayonlardan tashqari – amaliy faoliyatda tavsiflangan, hatto, aprior belgilan-gan (maqbul) jarayonlarni ham ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Umuman olganda, muhandislikka oid loyihalashda barcha jarayon-larni belgilash va hisob-kitob qilish tabiiy fanlar bilimlari asosida amalga oshirilavermaydi. Masalan, avtomashinalar, samolyot-lar, raketalarni loyihalashda quyidagi omillar so‘nggi vaqtgacha hisobga olinmagan va hisob-kitob qilinmagan: fazo bo‘shlig‘ining ifloslanishi, issiqlikka oid chiqindilar, shovqin darajasi, infratuzilmalarning o‘zgarishi (kommunikatsiyalar, iqtisodiyot, ishlab chiqarish texnologiyasi, ta’lim va shu kabilarga qo‘yiladigan talablar), mazkur omillarning odamlarga ta’siri, bugungi kunga kelib muhimligi ayon bo‘lgan boshqa bir qancha omillar. Muhandis-likda loyihaviy fikrlash uslubining ekspansiyasi muhandislarni muhandislik ishini loyihalash obraziga muvofiq (muhandislik loyihalari sifatida) tashkillashtirishgagina emas, balki loyiha-viy uslubda fikrlashga ham majbur etmoqda.
Muhandislar tabiiy va texnika fanlarida tavsiflanmagan, binobarin, hisob-kitob qilish mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ishlab chiqishga qo‘l urgan hollar ko‘payib bormoqda. Loyihaviy fetishizm g‘oyasiga (“loyihada belgilangan hamma narsani amalga oshirish mumkin”) bugungi kunda ko‘pgina muhandislar ham qo‘shilmoqda. Muhandislikda loyihaviy yondashuv tabiiy yoki texnika fanida tavsiflanmagan, hisob-kitob qilish mumkin bo‘lmagan jarayon va o‘zgarishlar sohasi sezilarli darajada kengayishiga olib keldi. Bu soha uch xil jarayonni o‘z ichiga oladi: tabiiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish (masalan, fazo bo‘shlig‘ining ifloslanishi, tuproqning o‘zgarishi, ozon qatlamining buzilishi, issiqlikka oid chiqindilar), faoliyat hamda boshqa sun’iy komponent va tizimlarning o‘zgarishi (masalan, infratuzilmadagi o‘zgarishlar), inson, umuman, jamiyatga ta’sir ko‘rsatish (masalan, insonning turmush tarzi, tafakkuri, xulq-atvoriga transport yoki kompyuterlar ta’siri).
Muhandislikning rivojlanishiga, shuningdek, uning poten-sial “xatolari”, ya’ni salbiy yoki nazorat qilib bo‘lmaydigan oqibat-lari sohasining kengayishiga texnologiya kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ixtirochilik faoliyati, konstruksiyalash va an’anaviy muhandislik-ka oid loyihalash uzoq vaqt (XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmi) mobaynida muhandislikning rivojlanishi hamda xususiyatlarini belgilab keldi. Bir tomondan, muhandislik va u bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlar (tadqiqot, hisob-kitob, loyiha-lash, ishlab chiqarish, foydalanish faoliyatlari) shakllandi, boshqa tomondan esa – muhandislikni ta’minlovchi tabiiy va texnika fanlarining shakllanishi yuz berdi. Dastlabki davrda texnik qurilma va inshootlar yaratish faoliyatining yo‘nalishlaridan biri hisoblangan tor ma’nodagi texnologiya muhandislik faoliyatining amaliy hamda ijtimoiy-madaniy jihatlari asta-sekin anglab yetilib, aniqlanishiga ko‘maklashdi. So‘nggi o‘n yillar mobaynida vaziyat o‘zgardi. Iqtisodiy rivojlangan, ilg‘or mamlakatlarda yirik milliy texnik dastur va loyihalarning amalga oshirilishi yangi texnik borliq mavjudligini, texnologiya kengroq kontekstda qarali-shi lozimligini anglab yetish imkoniyatini berdi.
Texnologiya doirasida rivojlanayotgan muhandislik stixiyali, nazoratsiz va ko‘p jihatdan destruktiv kuch hamda omilga aylanadi. Muhandislik vazifalarining qo‘yilishi endi insonning (energiya, mexanizm, mashina, inshootlarga bo‘lgan) eng muhim ehtiyojlarini qondirish zaruriyati bilan emas, balki texnika va texnologiya shakl-lanishining immanent imkoniyatlari bilan belgilanadi. Texnika va texnologiya ijtimoiy mexanizmlar orqali ayni shu imkoniyatlarga muvofiq keluvchi ehtiyojlarni, keyinchalik esa odamlarning “texno-gen” xossa va qadriyatlarini shakllantiradi. Shu tufayli ham bugungi kunda ilmiy-texnikaviy mo‘ljallarga ega bo‘lgan hozirgi zamon odamining shakllanish jarayoni haqida so‘z yuritish mumkin. Bu ikki xil madaniyat – texnik va gumanitar madaniyatlar nazariyasi to‘g‘risidagi masala.
Muhandislik faoliyatining salbiy oqibatlari inqirozning uch asosiy turi: tabiatni buzish va o‘zgartirish (ekologik inqiroz), insonni buzish va o‘zgartirish (antropologik inqiroz), ikkinchi va uchinchi tabiat: faoliyat, tashkilotlar, ijtimoiy infratuzilma-larda nazorat qilib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar yasash (rivojlanish inqirozi)ga o‘z “hissasi”ni qo‘shadi.
Inson va uning turmush tarziga texnik rivojlanish ta’siri uning tabiatga ta’siri kabi bo‘rtib namoyon bo‘lmaydi. Shunga qaramay, u ancha og‘ir oqibatga olib keladi. Bu oqibat hayot faoliyati-ni ta’minlash texnik tizimlariga insonning to‘la qaramligida ham, inson bo‘ysunishi lozim bo‘lgan texnik (ishlab chiqarish, transport, kommunikatsion) ritmlarda ham, texnik novatsiyalarni zimdan yoki ochiq-oydin (reklama) belgilovchi ehtiyojlarda ham namoyon bo‘ladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə