Texnika falsafasi


Qurolli kuchlar harbiy-texnika bazasini rivojlantirish-ning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə59/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Qurolli kuchlar harbiy-texnika bazasini rivojlantirish-ning asosiy yo‘nalishlari. Hozirgi davrda zamonaviy strategik harbiy-texnika vositalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tendensiya yadro quroliga ega bo‘lgan barcha davlatlarning qurolli kuchlarida namoyon bo‘lmoqda. Chunonchi, AQSh harbiy qudrati negizini qit’alararo ballistik raketalar, stra-tegik aviatsiya va atom raketa suvosti kemalarini o‘z ichiga olgan strategik hujumkor kuchlar tashkil etadi. Qo‘shma Shtatlarning strategik hujumkor kuchlari ixtiyorida mavjud bo‘lgan yadro quroli tashuvchilari bir necha mingtadan iborat.
Qurolli kuchlar harbiy-texnika bazasini rivojlantirishning boshqa yo‘nalishi butunlay yangi harbiy-texnika tizimlarining jadal sur’atlarda paydo bo‘lishidir. Bunday qurollar jumlasiga yangi fizik tamoyillarga asoslanadigan vositalar, chunonchi: kosmik texnika, lazer quroli va hokazolarni kiritish mumkin. Mavjud cheklashlarga qaramay, AQSh laboratoriya va poligonlarida zarbdor kosmik qurol turlari, kimyoviy va rentgen lazerlari, elektromagnit to‘plar ishlab chiqarilib, sinovdan o‘tkazilmoqda. Lazer to‘plarining bosh maqsadi – raqib sun’iy yo‘ldoshlari va sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurilmalarni yo‘q qilib tashlash, shuningdek, qit’alararo raketalarni ular uchirilganidan keyin darhol yo‘q qilib tashlash. Lazerli qurol harbiy samolyot va raketalarga qarshi mudofaaning samaradorligini oshirishga, harbiy-havo, harbiy-dengiz va quruq-likdagi qo‘shinlardan jangovar maqsadlarda foydalanishga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Harbiy texnikaning an’anaviy turlarini takomillashtirish va modernizatsiya qilish harbiy-texnika bazasini rivojlantirish-ning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu yerda asosiy e’tibor texnika-ning o‘q otish qudratini oshirishga, uning tezotarlik xossalari va jang maydonida manevrchanligini kuchaytirish, vaznini kamaytirish, foydalanishda qulaylik va ishonchlilik darajasini oshirish, xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlashda sodda, qulayliligini ta’minlashga qaratiladi. Hozirgi vaqtda harbiy vositalarni ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu ish bir qancha yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Harbiy texnikaning qism va birikmalari hamda alohida namunalarining o‘q otish kuchini oshirish amalga oshiril-moqda. Qo‘shinlarning mobilligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aeromobil qism va bo‘linmalarni ta’minlash borasi-da ish olib borilmoqda, ushbu maqsadlarda yangi muhandislik vosita-lari yaratilmoqda.
Qo‘shinlarning jangovar harakatlarini boshqarish avtomatlash-tirilgan tizimlarini amalga joriy etish ham qurolli kuchlar harbiy-texnika bazasini rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yangi harbiy texnika uni boshqarishning erishilgan darajasi bilan to‘qnashdi. Bu ziddiyatni faqat avtomatlashtirish, elektron-hisoblash mashinalaridan keng foydalanish asosida yechish mumkin. Shu tufayli harbiy-texnika bazasini rivojlantirish jarayonida murakkab avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlariga o‘tish tabiiy ravishda yuz berdi. Shuni qayd etib o‘tish lozimki, o‘tgan asrning 50-60-yillarida EHM, asosan, hisoblash vazifalarini hal qilgan, ya’ni katta va tezkor arifmometrlar sifatida ishlagan bo‘lsa, ilmiy-texnika inqilobining hozirgi bosqichida “sun’iy intel-lekt”ga ega bo‘lgan hisoblash tizimlari birinchi o‘ringa chiqmoqda. Bunday tizimlar turli-tuman shaklda ifodalangan axborot bilash ishlash, ijodiy intellektual vazifalarni hal qilishga qodir.
Inson – harbiy texnika” tizimini rivojlantirish qonuniyatlari. Harbiy faoliyatning falsafiy tahlili inson va harbiy texnika, eng avvalo, vazifa va faoliyat nuqtai nazaridan tizimni tashkil etishni ko‘rsatadi. “Inson – harbiy texnika” tizi-mini rivojlantirishning ichki manbasi uning asosiy komponentlari o‘rtasidagi ziddiyat hisoblanadi. Mazkur ziddiyatni yechishda harakat-lantiruvchi kuch sifatida inson, uning harbiy va harbiy-texnik faoliyati amal qiladi. Buning sababi shundaki, aynan harbiy faoliyatni takomillashtirish manfaatlarida texnika yaratiladi, inson imkoniyatlariga moslashtiriladi, askarlarning kasbiy maho-rati, harbiy-texnik madaniyati darajasi oshiriladi.
Inson harbiy amaliyotni tashkil etadi, unda yuzaga keluvchi ziddiyat va ehtiyojlarni anglab yetadi, qurolli kurash shakl va usul-larini takomillashtiradi. Muhandis qo‘shinlarda harbiy texnikadan foydalanish va jangovar maqsadlarda qo‘llash jarayonining rahbari hamda tashkilotchisi sifatida, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi.
Ichki manba va harakatlantiruvchi kuchlar amal qilishi natijasida “inson – harbiy texnika” tizimini rivojlantirish jarayonining o‘z mantiqi paydo bo‘ladi. U inson – harbiy va harbiy-texnika faoliyati jarayonida amalga oshiradigan funksiyalarni texnika vositalariga o‘tkazish ob’ektiv, qonuniy jarayonini o‘zida ifodalaydi. Texnikaning rivojlanish darajasi yuksalishiga qarab, insonning qo‘l mehnatini talab qiladigan vazifalar soni kamayib boradi, ularning o‘rnini yanada murakkab mashinalar egallaydi. Harbiy texnika sohasida inson texnikaga o‘tkazadigan funksiya-larning dastlabki guruhi energiya manbasi texnologik, shuningdek, harakatlantirish va boshqarish funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu funksiyalarni qayta taqsimlash jarayoni tor texnik faoliyat doira-sida amalga oshiriladi. Funksiyalarning navbatdagi guruhi nishonga urish, yetkazish, transportda tashish va jangovar boshqaruvning bir qismini o‘z ichiga oladi. Ular qurolli kurash jarayonida insonning harbiy faoliyati natijasida shakllangan. Shunday qilib, harbiy texnika tizimlari sanab o‘tilgan funksiyalarni bajaruvchi harbiy-texnika vositalarini o‘z ichiga olishi lozim.
Yangi texnika harbiy ishning barcha sohalarida jiddiy o‘zgarishlar yasaydi, shaxsiy tarkibni tayyorlashga, uning ma’naviy fazilatlari va jismoniy tayyorgarlik darajasiga yanada yuksak talablar qo‘yadi. Ilmiy-texnika inqilobining hozirgi bosqichi askarlarning harbiy-texnik madaniyati, ularning harbiy-texnik intizomliligi, harbiy-muhandislik faoliyatini tashkil etish, harbiy muhandisning rahbar va murabbiy sifatidagi fazilatlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi masalani ta’riflashga nisbatan yangicha yondashishni talab qilmoqda.
Xulosa. Hamonki, axborotlashtirish va kompyuterlashtirish ilmiy-texnika taraqqiyotida katta odim hisob-lanar ekan, muhandisning kompyuter madaniyatini shakllantirish zarurligi to‘g‘risida to‘liq asos bilan so‘z yuritish mumkin. Har bir harbiy xizmatchiga tatbiqan u kompyuterni o‘zlashtirish darajasiga mos keladigan yangicha fikrlash uslubi bilan tavsiflanadi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə