Texnika falsafasi


Muhandislikning yangi g‘oyasini yaratish muammolari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə62/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Muhandislikning yangi g‘oyasini yaratish muammolari. Bugungi kunda yuzaga kelgan vaziyat muhandislik g‘oyasini yangidan ta’riflashni taqozo etmoqda. Bu yerda tug‘iladigan asosiy savol quyidagicha yangraydi: tabiat kuchlarini (birinchi va ikkinchi tabiat kuchlarini) ishga solish uchun ulardan inson maqsad va ideallariga muvofiq foydalanish uchun nima qilish kerak? Bu masalani yechish, shu jumladan, destruktiv jarayonlarni pasaytirish, sivilizatsiya xavfsiz rivojlanishini ta’minlash, insonni texnikaga qaramlikdan xalos qilish, hayot sifatini yaxshilashni nazarda tutadi. Ammo boshqa bir muammo yuzaga keladi: bu milliardlab kishilar uchun mavjudlik-ning maqbul va munosib darajasini ta’minlash hamda sayyora tabiatini tiklash zaruriyati bilan muvofiq keladimi?
Boshqa muammo – hozirgi zamon muhandislik faoliyati, loyiha-lash va texnologiya natijasida yuz bergan o‘zgarishlarni boshqarish uchun nima qilish kerak? Gap shundaki, bunday o‘zgarishlarning aksariyati (tabiiy jarayonlarning o‘zgarishi, insonning o‘zgarishi, ikkinchi va uchinchi tabiatdagi nazorat qilib bo‘lmaydigan o‘zgarish-lar)ni faqat lokal darajadagina hisob-kitob qilish mumkin. Masalan, havoga issiqlik, zararli modda va chiqindilar chiqarilishi, sizot suv hamda yer osti suvlarining ifloslanishini mintaqaviy darajada va dunyo miqyosida hisob-kitob qilish qiyin yoki mumkin emas. Texnika, infratuzilmalar, faoliyat yoki tashkilotlardagi mintaqaviy va umumbashariy o‘zgarishlar haqida aniq tasavvur hosil qilish ham juda mushkul ish. Inson hayoti obrazi va ehtiyojlari texnika ta’sirida o‘zgarishini ham tavsiflash hamda aniq prognoz-lashtirish deyarli mumkin emas. Xo‘sh, bunday nomuayyanlik sharoiti-da qanday ish ko‘rish kerak?
Bu savolga uzil-kesil javob yo‘q, ayni holda ehtimol tutilgan ssenariylardan birinigina ilgari surish mumkin. Hisob-kitob qilish va prognozlashtirish mumkin bo‘lgan barcha jarayon va hodisa-larni hisob-kitob qilish va prognozlashtirish zarur. Muhandislik faoliyatining salbiy oqibatlarini mumkin qadar kamaytirishga harakat qilish kerak. Ehtiyojlarni minimallashtirish va ular oqilona rivojlanishiga erishish ustida ishlash lozim. Samarasi va oqibatlarini aniq belgilash mumkin bo‘lmagan, lekin iqtisodiy yoki antropologik halokatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan muhandislik harakat (loyiha)laridan voz kechish kerak. Dunyoning an’anaviy ilmiy-muhandislik manzarasini o‘zgartirish, uni tabiat, texnika, fan, vazifalarni yechish yo‘llari, insonning munosib mavjudligi haqidagi yangicha tasavvurlar bilan almashtirish muhim.
Texnika haqidagi tasavvurning o‘zi ham, hech shubhasiz, o‘zga-rishi lozim. Eng avvalo, u haqdagi naturalistik tasavvurga barham berish zarur. Uning o‘rnini texnikani, bir tomondan, murakkab intellektual va ijtimoiy-madaniy jarayonlar (bilish va o‘rganish, muhandislik hamda loyihalash faoliyati, texnologiyalarning rivoj-lanishi, iqtisodiy va siyosiy qarorlar qabul qilish sohalari va h.k.) majmui sifatida, boshqa tomondan esa – insonga muhitning alohida arxetiplari, faoliyat ritmlari, estetik obrazlarni belgilovchi alohida yashash muhiti sifatida tushunish egallashi lozim.
Yangi muhandislik va texnika dunyoning o‘zgacha ilmiy-muhandis-lik manzarasini nazarda tutadi. Mazkur manzara tabiat kuchlari, energiya va materiallaridan erkin foydalanish, bunyodkorlik g‘oyasiga asoslanishi mumkin emas. O‘z davri (Uyg‘onish davri va XVI–XVII asrlar) uchun samarali bo‘lgan bu g‘oyalar muhandislik g‘oyasi va obraz-larini ta’riflashga yordam bergan. Ammo bugungi kunda ular zamon talabiga javob bermaydi. Yangi muhandislik va texnika – turli tabiatlar (birinchi va ikkinchi tabiat hamda madaniyat) bilan ishlay olish, o‘z so‘zlariga ham, madaniyat hukmiga ham diqqat bilan quloq solish ko‘nikmasi.
Yangi muhandislik va texnika g‘oyasi so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan insonning ruhiy hamda jismoniy rivojlanishi g‘oyasini eslatadi. Tadqiqotlar ruhiy va jismoniy rivojlanish ta’lim va ovqatlanish g‘oyalari asosida yuz beribgina qolmasligini, balki insonning o‘zini o‘zi kamol toptirish, qadriyatlar va hayot yo‘lini anglab yetish, o‘z-o‘ziga, o‘z tabiatiga quloq solish, ayni paytda, o‘z tabiatini boshqalar bilan muloqot orqali belgilash borasidagi ishini ham nazarda tutishini ko‘rsatadi. Bizningcha, bu xususiyat yangi muhandislik va texnikaga ham xos bo‘lishi lozim. Ammo bu yangi muhandislik va texnikaning obrazi, g‘oyasi, xolos. Uni amalga oshirish bo‘lg‘usi tadqiqotlar, mulohaza va amaliy harakatlar masalasidir.
Texnikaning mohiyati konsepsiyasiga qaytsak, texnika va texnik rivojlanishdan voz kechish mumkin emasligi ayon bo‘ladi. Mohiyat-e’tibori bilan inson faoliyati, binobarin, madaniyat ham texnik zaminga ega. Texnikada biron-bir alohida sir ham yo‘q. Ayni paytda texnik-ishlab chiqarish faoliyati, texnik muhit va texnologiyaning rivojlanishi XX asrda inson hayotiga tahdid soluvchi xususiyat kasb etdi. Texnika qanday ne’matlarni va’da qilmasin, odamzot bu bilan hisoblasha olmaydi.
Umuman olganda, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘li ham oydek ravshan. Avvalambor, texnikaning tabiatini ham, texnik rivoj-lanish oqibatlarini ham anglab yetish, bu ikki jihatni texnika g‘oyasi va konsepsiyasiga kiritish zarur. O‘z navbatida, bu mazkur oqibatlarga baho berilishini anglatadi. Bunda insoniyat ancha mushkul vazifalarni yechishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, hozirgi zamon texnikasining qaysi xususiyat va uning rivojlanish oqibatlariga inson rozi bo‘la olmasligini; ulardan voz kechish mumkin yoki mumkin emasligini; texnik-ishlab chiqarish faoliyati, texnik muhit va texnologiyaning rivojlanish xususiyatlarini o‘zgartirish mumkin yoki mumkin emasligini; agar mumkin bo‘lsa, bunga erishish uchun nima qilish lozimligini tushunish talab etiladi. Darvoqe, texnikaning rivojlanish xususiyatini o‘zgartirish insondan (uning qadriyatlari, turmush tarzi, amaliyotlari sohasida) shu darajada ulkan o‘zgarish-larni talab qilishi mumkinki, bu, mohiyat-e’tibori bilan, siviliza-siyaning mavjud tipidan asta-sekin uzoqlashish va yangi siviliza-siyani yaratishga harakat qilishni anglatadi. Umuman olganda, bu yo‘lda harakatlar allaqachon kuzatilmoqda. Bu yangi bo‘lg‘usi sivili-zatsiya ham, albatta, texnikaga asoslanadi, lekin bu boshqacha, balki imkoniyatlari doirasi torroq, ammo insoniyat hayoti va rivojlanishi uchun xavfsizroq sivilizatsiya bo‘ladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə