Texnika falsafasi


-mavzu. TEXNOGEN SIVILIZATSIYA INQIROZINI BARTARAF QILISH YO‘LLARI



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə65/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

11-mavzu. TEXNOGEN SIVILIZATSIYA INQIROZINI BARTARAF QILISH YO‘LLARI


Texnogen va an’anaviy sivilizatsiya o‘rtasidagi farq. Texnogen sivilizatsiya inqirozining xususiyat va belgilarini hamda uni yechish yo‘llarini ko‘rib chiqishda, eng avvalo, texnogen va an’anaviy sivilizatsiya o‘rtasidagi farqni aniqlash zarur. Nazari-mizda, bu farq ikki sivilizatsiya ilgari suradigan va himoya qiladigan qadriyat va mo‘ljallarning asosiy xususiyati bilan belgilanadi. Chunonchi, texnogen sivilizatsiyada yangi ilmiy qonun va haqiqatlarni izlash hamda kashf etish, faoliyat yangi usullari, andoza va metod-larini yaratish eng muhim qadriyat hisoblansa, an’anaviy siviliza-siyada asosiy e’tibor ilgari to‘plangan tajriba, faoliyat turi va usullarini o‘zgarishsiz holatda saqlashga qaratiladi. Shu sababli bu yerda hatto ayrim yangiliklar, andoza va ish usullari ham ular an’anaviy faoliyat shakllari bilan qay darajada mos kelsa, shu darajadagina saqlanib, qo‘llab-quvvatlanadi. An’anaviy jamiyatlar-ning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida o‘zgarishlar jarayonining o‘ta sustligi aynan shu holat bilan izohlanadi.
Binobarin, texnogen sivilizatsiya quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadigan jamiyat:
-tabiatni o‘z manfaatlarida o‘zgartirishga intilish;
-ijtimoiy guruhlarga nisbatan ma’lum darajada mustaqil-likni belgilaydigan individual faoliyat erkinligi.
Texnogen sivilizatsiya – ijtimoiy rivojlanishning quyidagi belgilar bilan ajralib turadigan riojlanishning alohida turi:

  • ijtimoiy o‘zgarishlar tezligining yuqoriligi;

  • jamiyat moddiy asoslarining intensiv rivojlanishi (an’ana-viy jamiyatlardagi ekstensiv rivojlanish o‘rniga);

  • inson hayot faoliyati asoslarini qayta qurish.

Texnogen sivilizatsiya tarixi antik madaniyat, eng avvalo, insoniyatga ikki buyuk kashfiyot – demokratiya va nazariy fanni hadya qilgan polis madaniyatining rivojlanishi bilan boshlangan. Ijti-moiy aloqalarni tartibga solish va dunyoni bilish usulidagi bu ikki kashfiyot bo‘lg‘usi, butunlay yangicha tipdagi sivilizatsion taraqqiyot uchun muhim asoslarga aylandi. Texnogen sivilizatsiyaning shaklla-nish jarayonida ikkinchi va o‘ta muhim tarixiy bosqich Yevropadagi O‘rta asrlar davri hisoblanadi. Ushbu davr odamni Xudoga o‘xshatib yaratilgan jonzot sifatida tushunish, inson aqlini ilohiy ijod sirini anglashga, Xudo dunyoni yaratayotganda unda mujassamlashtir-gan tilsimotlar tagiga yetishga qodir bo‘lgan substansiya sifatida e’tirof etish bilan tavsiflanadi. Bu davrda aynan Xudoning niyati-ni, ilohiy ijod rejasini anglab yetish bilishning maqsadi hisob-langan. Uyg‘onish davrida antik an’ananing ko‘pgina yutuqlari tikla-nadi. Shu davrdan boshlab texnogen sivilizatsiyaning madaniy matritsasini yaratishga kirishiladi. Texnogen sivilizatsiyaning o‘z rivojlanishi XVII asrdan boshlanadi. Bunda u uch bosqich – ilk industrial, industrial, nihoyat, postindustrial bosqichlardan o‘tadi. Postindustrial bosqichda texnika va texnologiyalarni rivoj-lantirish hayot faoliyatining muhim asosiga aylanadi. Bunda mazkur jarayon ishlab chiqarish sohasida innovatsiyalarni stixiyali ravishda rivojlantirish yo‘li bilangina emas, balki yangi ilmiy bilimlarni jamlash va ularni texnik-texnologik jarayonlarga joriy etish hisobiga ham amalga oshiriladi.
Shu tariqa rivojlanishning inson yashayotgan tabiiy muhit va moddiy dunyoni jadal o‘zgartirishga asoslangan alohida turi vujudga keladi. Ushbu dunyoning o‘zgarishi kishilarning ijtimoiy aloqa-larida ham faol o‘zgarishlarga olib keladi. Texnogen sivilizatsiyada ilmiy-texnika taraqqiyoti odamlar o‘rtasidagi muloqot turlari va aloqa shakllarini, shaxs turlari va turmush tarzini doimiy ravishda o‘zgartirib boradi. Natijada kelajakka qaratilgan taraqqiyot mezonlari aniq va ravshan namoyon bo‘ladi.
Texnogen jamiyatlar madaniyatiga hozirgi zamon orqali kelajakka qarab oqadigan, orqaga qaytarib bo‘lmaydigan tarixiy davr haqidagi tasavvur xos. An’anaviy madaniyatlarning aksariyatida boshqacha tasavvurlar hukm surgan: vaqt ko‘pincha siklli jarayon sifatida tushunilgan, dunyo vaqti-vaqti bilan o‘zining dastlabki holatiga qaytadi, deb qaralgan. An’anaviy madaniyatlarda “oltin asr”dan o‘tilgan, u allaqachon orqada qolgan, deb hisoblangan. O‘tmish qahramonlari taqlid qilish lozim bo‘lgan qilmish va xatti-harakatlar andozalarini yaratishgan. Texnogen jamiyatlar madaniyati-da butunlay boshqacha mo‘ljallar amal qiladi. Ularda ijtimoiy taraqqiyot g‘oyasi o‘zgarishlarni kutish va kelajak sari harakatlanish-ni rag‘batlantiradi, kelajak esa dunyoning yanada ravnaq topishini ta’minlaydigan sivilizatsion yutuqlarning o‘sishi sifatida talqin qilinadi.
Uch asr muqaddam vujudga kelgan texnogen sivilizatsiya nainki faol va harakatchan, balki agressiv ham bo‘lib chiqdi: u an’anaviy jamiyatlar hamda ularning madaniyatlarini zabt etadi, o‘ziga bo‘ysun-diradi, ularda to‘ntarish yasaydi va o‘z ichiga oladi. Texnogen sivili-zatsiya va an’anaviy jamiyatlarning bunday faol o‘zaro aloqasi, odatda, halokatiga, ko‘pgina madaniy an’analar yo‘q bo‘lib ketishiga, mohiyat-e’tibori bilan mazkur madaniyatlar o‘ziga xos yaxlitlik sifatida halok bo‘lishiga olib keladi. An’anaviy madaniyatlar nainki chetga chiqarib qo‘yiladi, balki modernizatsiya va texnogen rivojlanish yo‘liga kirgach, tubdan o‘zgartiriladi. Ko‘pincha bu madaniyatlar faqat tarqoq holda, tarixiy qoldiqlar sifatida saqlab qolinadi. Texnogen sivilizatsiyaning madaniy matritsasi hamma joyda an’anaviy madaniyatlarda o‘zgarish yasaydi, ularning an’anaviy madaniyatlarini, hayot mazmuniga oid mo‘ljallarni o‘zgartirib, yangi dunyoqarashga doir mo‘ljallarni paydo qiladi.
An’anaviy jamiyatdan texnogen sivilizatsiyaga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va olamshumul umumbashariy-tarixiy o‘zga-rish yangi qadriyatlar tizimining vujudga kelishi hisoblanadi. Qadriyatlar ierarxiyasida eng yuksak o‘rinlardan birini shaxs erkin-ligi egallaydi. Vaholanki, bu an’anaviy jamiyatga xos bo‘lmagan hodisa: u yerda shaxs o‘z imkoniyatlarini faqat biron-bir muayyan korporatsiyaga mansublik orqali uning tarkibiy elementi sifatida ro‘yobga chiqaradi. Texnogen sivilizatsiyada shaxs erkinligining alohida turi vujudga keladi: inson o‘z korporativ aloqalarini o‘zgartirishi mumkin, u mazkur aloqalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lmay-di, odamlar bilan o‘z munosabatlarini o‘ta moslashuvchan tarzda yo‘lga qo‘yishi, turli ijtimoiy tuzilmalar, ba’zan turli madaniy an’ana-larga qo‘shilishi mumkin va qodir.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə