Texnika falsafasi


Harbiy texnikaning mohiyati



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə58/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Harbiy texnikaning mohiyati. Harbiy texnikaning mohiyati-ni uning o‘ziga xos jihatlari orqali yoritish mumkin. Harbiy texnika – harbiy faoliyatning qurolli kurashda inson imkoniyat-larini kuchaytiradigan sun’iy vosita; siyosiy manfaatlarda yara-tilgan va muayyan harbiy-siyosiy maqsadlarga erishish uchun mo‘ljal-langan qurolli kuch ishlatish vositasi; atrof borliq haqidagi bilimlarning moddiylashtirilgan kuchi; moddiy ishlab chiqarish ishchi-xodimlari mehnatining moddiylashtirilgan mahsuli; iqtiso-diyotning moddiylashtirilgan imkoniyatlari.
Harbiy texnika jamiyat rivojlanishining turli darajalari, sohalari bilan uzviy bog‘liq. Keng umumijtimoiy ma’noda ular jumlasiga siyosat, iqtisod va fan kiritiladi. Bundan tashqari, harbiy texnikadan foydalanish va uni jangda qo‘llash nisbatan mustaqil soha, aniqroq aytganda, harbiy faoliyat sohasi sifatida farqlanadi. Ularning o‘rtasida “oraliq” soha ham mavjud bo‘lib, u orqali umumijtimoiy va harbiy omillar o‘zaro aloqaga kirishadi. Ushbu sohani harbiy-texnika siyosati sohasi deb nomlash mumkin. U harbiy texnikani yaratish va takomillashtirish jarayonida bevosita ishtirok etadigan maxsus harbiy tashkilotlar, ilmiy muassasa va sanoat korxonalari tizimini o‘z ichiga oladi.
Harbiy texnikani rivojlantirishning umumijtimoiy qonuniyatlari. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish usulidagi anta-gonistik ziddiyatlar harbiy texnika paydo bo‘lishi va amal qilishi-ni belgilagan teran iqtisodiy omillar hisoblanadi. Harbiy texnika paydo bo‘lishining asosiy manbasi bo‘lib jamiyatdagi ijti-moiy-siyosiy qarama-qarshiliklar xizmat qilgan. Biroq ijtimoiy hodisalarning rivojlanish manbasi faqat rivojlanish imkoniyati-ni nazarda tutadi. Mazkur imkoniyatni voqelikka aylantirish uchun harakatlantiruvchi kuchlar talab etiladi. Hukmron tabaqaning o‘z siyosiy hukmronligini mustahkamlash, qurolli kuch ishlatish maxsus organ va vositalari – harbiy texnikani yaratishga qaratilgan siyosiy ehtiyojlari, maqsad va manfaatlari asosiy harakatlantiruvchi kuchlar hisoblanadi.
Bu yerda antagonistik jamiyatdagi ichki kurash sharoitlarining o‘zgarishini ham hisobga olmaslik mumkin emas. Ular ham ijtimoiy taraqqiyotni susaytirishga harakat qilayotgan hukmron tabaqalar qo‘llaydigan kuch ishlatish shakl va vositalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ichki kurash mantiqi hukmron tabaqa-larning iqtisodiy va siyosiy hukmronligi doirasini kengaytirish uchun kuch ishlatish vositalarini takomillashtirishga majbur etadi.
Harbiy texnika paydo bo‘lishi va rivojlanishini belgilay-digan omillarning boshqa bir guruhi texnologik xususiyatga ega: inson ming yilliklar osha o‘zining “ibtidoiy quroli” – mehnat va ovchilik qurollarini takomillashtirib bordi. Harbiy-siyosiy kuch ishlatish vositalariga siyosiy ehtiyoj paydo bo‘lgan vaqtga kelib qurol-aslahalarni yaratish uchun zarur ilmiy-texnik bilimlarning kurtaklari shakllangan edi.
Harbiy texnikani rivojlantirishning umumijtimoiy qonuniyatlari uni rivojlantirishning ob’ektiv asosi hisoblanadi. Biroq harbiy texnika amalda rivojlanishi uchun shuning o‘zi kifoya qilmaydi. Mazkur rivojlanish odamlar, partiyalar, jamoat tashki-loti va davlat tuzilmalari tomonidan tayyorlanib, amalga oshiriladi. Ushbu sub’ektlar harbiy texnikani rivojlantirish ehtiyoj va qonuniyatlarini to‘g‘ri anglab, o‘z faoliyatini tegishli ravishda tashkil etishlari lozim. Siyosiy, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ilmiy-texnik omillarning sub’ektiv tomoni harbiy-siyosiy rahbariyatning ob’ektiv omillar vositasida ta’sir ko‘rsatish imko-niyati va qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Bu yerda harbiy-siyosiy vaziyat-ni baholashda, harbiy texnikani rivojlantirish imkoniyatlarini belgilashda harbiy doktrina ulkan rol o‘ynaydi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə