Texnika falsafasi


-MAVZU. HARBIY TEXNIKA, “INSON – HARBIY TEXNIKA” TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISh QONUNIYaTLARI



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə56/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

9-MAVZU. HARBIY TEXNIKA, “INSON – HARBIY TEXNIKA” TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISh QONUNIYaTLARI


Harbiy texnika falsafasi. Falsafa va harbiy ish “ittifoqi”ning unumdorligiga Makedoniyalik Aleksandrning misli ko‘rilmagan harbiy yurishi yorqin misol bo‘ladi. Buyuk sarkarda harbiy sohada qo‘lga kiritgan g‘alabalarining bir uchi uning ustozi – falsafa, matematika va astronomiya, geodeziya va fizika, harbiy ish va tarixga oid bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan buyuk alloma Aristotelga borib taqaladi.
Xaritaga ham, kompasga ham ega bo‘lmagan makedoniyaliklar minglab chaqirim yo‘lni bosib notanish mamlakatlarga borganlar, asov daryolar, bepoyon sahrolar, baland tog‘lardan oshganlar va mag‘lubiyat nimaligini bilmaganlar. Qadimgi buyuk sarkardalarning deyarli barchasi – Epaminond va Makedoniyalik Aleksandr, Gannibal, Yuliy sezar va boshqalar ayni vaqtda atoqli faylasuflar ham bo‘lishgan, ularning sarkardalik qobiliyati va jang olib borishning yangi usullarini topish yo‘lidagi izlanishlari bashorat qilishga, vaziyatni har tomonlama baholashga asoslangan. Nemis general-feld-marshali Alfred fon Shliffen (1833–1913) buyuk sarkardalar faoliyatiga baho berar ekan, o‘zining “Sarkarda” kitobida shunday deb yozgan: “Makedoniyalik Aleksandr – Aristotelning shogirdi, Yuliy sezar – faylasuf, Gustav Adolf yetti tilda gapira olgan, Buyuk Fridrix esa imlo va nemis tilidan boshqa hamma narsani bilgan”.
Tayanch uslubiy, falsafiy tayyorgarliksiz hozirgi zamon ofitseri harbiy ishda yuz berayotgan o‘zgarishlarni xolisona baholashga, ilmiy-texnika taraqqiyotining ta’sirini ijodiy anglab yetishga qodir emas. Harbiy-falsafiy tafakkurning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixini bilish harbiy fanni o‘zlashtirish jarayonida mantiqiylik va tarixiylikning birligini ta’minlash bilan bir qatorda, harbiy kadrlarni Vatanni qurolli himoya qilish vazifalarini yechishga nisbatan yondashuvlar metodo-logiyasi va bu boradagi ko‘p asrlik tajriba bilan ham qurol-lantiradi.
Falsafani fanlar fani darajasiga ko‘tarish, undan o‘ziga xos bo‘lmagan vazifalarni hal etishni talab qilish, albatta, o‘rinli bo‘lmaydi. Falsafa boshqa biron-bir fanning o‘rnini bosa olmaydi. Har bir fan o‘z qonunlarini o‘zi kashf etadi va ta’riflaydi. Ammo bu har bir fan o‘z-o‘zicha falsafa, degani emas. Dialektika va ayrim fanlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, bu ularning samarali rivojlanishi omilidir. Dialektik falsafa – mohiyat-e’tibori bilan, har qanday fanning o‘zagi. U ayrim fanlarga tayanadi, ularda o‘z tamoyillari, qonun va kategoriyalarining tasdig‘ini topadi hamda ularni muayyanlashtiradi. Shu bilan bir vaqtda, falsafa muayyan fanlarni, shu jumladan, harbiy fanni dunyoqarashga oid, metodo-logik asos bilan ta’minlaydi, uning oldida yuzaga keluvchi falsafiy muammolarni to‘g‘ri yechishga yordam beradi.
Shu nuqtai nazardan tarixga nigoh tashlash hozirgi davr uchun ibratli saboq olish imkonini beradi. Falsafa va harbiy fan barcha zamonlarda ham harbiy ishning rivojlanish jarayonida harbiy nazariyachilar e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Ularning o‘zaro aloqasi ikkalasining ham yetuklik darajasiga qarab, turli shakl-shamoyillar kasb etgan.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə