Texnika falsafasi


Dunyoning an’anaviy ilmiy-muhandislik manzarasi inqi-rozi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə53/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Dunyoning an’anaviy ilmiy-muhandislik manzarasi inqi-rozi. Mutaxassis o‘z faoliyatida dunyoning manzarasi bevosita kelib chiqadigan voqelik obrazini o‘zida ifodalaydi. Dunyoning ilmiy-muhandislik manzarasi muayyan ssenariyni o‘z ichiga oladi. Mate-riallar, jarayon va energiyalarning cheksiz “zahiralari” sifatida tasavvur qilinadigan tabiat mavjud. Olim tabiiy fanda tabiat qonunlarini tavsiflaydi va tegishli nazariyalarni yaratadi. Muhan-dis mazkur qonun va nazariyalarga tayangan holda muhandislik qurilmalari (mashina, mexanizm, inshoot)ni ixtiro qiladi, konstruksiyalashtiradi va loyihalaydi. Ommaviy ishlab chiqarish muhandislik va texnologiyaga tayangan holda inson yoki jamiyatga zarur bo‘lgan buyumlar, mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Mazkur siklning boshida buyum bunyodkorlari – olim va muhandis (yoki texnologiya bo‘yicha mutaxassis), oxirida esa – mazkur buyumlar iste’molchisi turadi (keyingi o‘rinlarda keng ma’nodagi texnologiya bo‘yicha mutaxassisni “ijtimoiy muhandis” deb nomlaymiz). Dunyo-ning an’anaviy ilmiy-muhandislik manzarasida muhandislik faoliyati ham, texnologiya ham muhandis va texnolog o‘z faoliyatida qonunlarga muvofiq ish ko‘radigan tabiatga ta’sir ko‘rsatmaydi, deb hisoblanadi. Muhandislik faoliyati va texnologiya mahsuli sifatida tushuniladigan texnika insonga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki uning qo‘lida vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ehtiyojlar tabiiy ravishda o‘sib boradi, kengayadi, ular har doim ilmiy-muhandislik yoki texnologik yo‘l bilan qondirilishi mumkin.
Agar muhandislik faoliyati va texnologiya samarali bo‘lmaga-nida, muhandislik faoliyati va dunyoning ilmiy-muhandislik manzarasining shakllanish jarayoni ham bu darajada muvaffaqiyatli bo‘lmas edi. Muhandislik faoliyatining, keyinchalik esa texnologiya-ning samaradorligi ayrim muhandislik qurilmalarini yaratish jarayonida ham, murakkabroq texnik tizimlarni yaratish jarayonida ham namoyon bo‘ldi. X.Gyuygens muhandislik usuli bilan soat yasashga erisha olgan bo‘lsa, bugungi kunda ayni shu usul bilan, shuningdek, texnologiya doirasida binolar, samolyot, avtomobil va insonga zarur bo‘lgan boshqa son-sanoqsiz buyumlar yaratilmoqda. Mohiyat-e’tibori bilan samolyot murakkab texnik tizim hisoblanadi, lekin, aytaylik, atom elektrostansiyalari yoki tezlatgichlar undan ham murakkabroq. Bu holning barchasida muammolarni yechishga nisbatan muhandislik yondashuvi va texnologiya o‘zining samaradorligini namoyish etadi.
Boshqa bir muhim omil – XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ommaviy iste’mol sohasi va mafkurasining shakllanishi, bunda inson ehtiyojlarini qondirish bu sohada texnik, industrial usullar yordamida tushuniladi va amalga oshiriladi. Bugungi kunda dunyoni bunday tushunish bevosita xususiyat kasb etdi. Hozirgi odam va jamiyat har qanday muammoni texnik yo‘l bilan yechishga harakat qiladi. Uchinchi omil – dunyoni shunday tushunishga qarab mo‘ljal oluvchi ijtimoiylashuv. Hozirgi zamon bolasi oila va maktabdan boshlab iste’molchilik qadriyat hamda o‘z mayllarini qondirishning texnik usullarini o‘zlashtiradi. Tahlilning yanada konkretroq darajasiga o‘tsak, eng avvalo, o‘rta ta’limda texnik madaniyatni shakllantirishga intilishni kuzatishimiz mumkin. Boshlang‘ich maktabda esa bu fan va texnologiya bilan oshno etish, yuqori sinf-larda texnika va sanoat vositalarini, mexanikani chuqur o‘rganish, shuningdek, kundalik hayotdan kompyuterlarning keng o‘rin olishidir.
Dunyoning an’anaviy ilmiy-muhandislik manzarasi doirasida muhandis, odatda, o‘z faoliyatining vazifasini, eng avvalo, muayyan tabiiy jarayondan foydalanishga asoslangan texnik qurilma (tizim)ni ishlab chiqish sifatida tushunadi. Texnik qurilma yoki tizim texnologiyaning pirovard mahsulotidir. Bunday qurilma va tizimlarni ishlab chiqish oqibatlari muhandisni (oddiy muhan-disni ham, ijtimoiy muhandisni ham), umuman olganda, qiziqtir-maydi, zero u tabiatni aynan texnik qurilmalarni yaratishning zaruriy omili sifatida tushunadi (tabiat matematika tilida yozilgan, texnika ishini belgilovchi jarayonlarni o‘z ichiga oladi). Ammo o‘tgan asr o‘rtalaridan boshlab atrof muhit, inson faoliyati hamda insonning mavjudlik sharoitlarida ilmiy-texnika taraq-qiyoti ta’sirida yuz berayotgan o‘zgarishlar olamshumul tus oladi. Bu o‘zgarishlar misli ko‘rilmagan tezlikda keng tarqaladi, inson hayot faoliyatining barcha asosiy jabhalarini qamrab oladi, uning ehtiyojlarini belgilay boshlaydi. Pirovard natijada texnika va texnologiya inson hamda jamiyat ehtiyojlarini belgilaydi, bu ehtiyoj texnik yo‘l bilan qondiriladi, o‘z navbatida, yangi texnika yangi ehtiyoj paydo bo‘lishini belgilaydi va h.k. Natijada biz bugun muhandislik faoliyati hamda texnika inson va tabiatga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi, ularni o‘zgartirishini tan olishga majbur bo‘lyapmiz.
XX asrgacha texnika yaratgan asosiy ta’sirlarning birortasi ham “texnika” tushunchasi bilan bog‘lanmagan. Nima uchun muhandis biron-bir mashinani loyihalar ekan, aytaylik, havo muhiti, inson ehtiyoji va yo‘llar uchun javob berishi kerak, axir u mazkur sohalarda mutaxassis emas-ku? Shu tufayli ham u javob bermagan, o‘zining ilmiy-texnik faoliyati oqibatlarini tahlil qilmagan. Ammo hozirgi vaqtda mazkur omillarni e’tiborga olmaslik va tahlil qilmaslik mumkin emas, shu tufayli ham texnika hamda texnologiyaning tabiat, inson va uni qurshagan sun’iy muhitga asosiy ta’sirining barchasini texnika va texnologiya haqidagi tasavvurga ham kiritishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yerda faylasuf quyi-dagi savollarga javob topish zaruriyatiga duch keladi: texnika va texnologiya insonning mavjudligi hamda mohiyati (uning erkinligi, xavfsizligi, turmush tarzi, ongi va imkoniyatlari)ga qanday ta’sir ko‘rsatadi, hozirgi texnogen sivilizatsiyaning mazmun-mohiyati nimada, uning taqdiri qanday kechadi, boshqa, xavfsizroq siviliza-siya vujudga kelishi mumkinmi, bunga erishish uchun nima qilish kerak?
Hamonki, hamma gap dunyoning eskirgan manzarasida ekan, tushkunlikka berilishning nima hojati bor – dunyoning eskirgan manzarasini yangisi bilan almashtirish kerak, tamom-vassalom. Ammo bu aytishgagina oson, axir dunyoning manzarasi ortida ijtimoiy institutlar va insonning madaniy tipi turadi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə