Texnika falsafasi


Personalistik va institutsional omillar



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə54/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Personalistik va institutsional omillar. O‘rta asrlar insonni Xudo va u yaratgan narsalar, shu jumladan, tabiatni sub’ekt-lar sifatida emas, balki ong vositasida yaratilgan, muayyan qonun-larga bo‘ysunadigan voqelik sifatida idrok etishga tayyorladi. Ilohiy va kundalik hayot sohasiga kiruvchi hodisalarni mantiqan tartibga solish, ularning asoslarini aniqlash, ularni bir-biri bilan, ko‘pdan beri antropomorf xossalardan mahrum substansiya sifatida tushunilayotgan umumiy sabab – Xudo bilan bog‘lashga intilish oxir-oqibat shunga olib keladiki, Muqaddas kitobda tavsiflangan ilohiy dunyo va voqealar bilan bir qatorda inson ko‘z o‘ngida boshqa – muqarrar qonunlarga bo‘ysunuvchi tabiiy dunyo namoyon bo‘ldi. Inson tabiatni o‘rganish bilan bir paytda Xudoga e’tiqod qilishda davom etdi.
XVI-XVII asrlarda yangi Yevropa shaxsining rivojlanish jarayonida navbatdagi bosqich yuz beradi. Sekulyarizatsiya chuqurlashib, o‘zining navbatdagi yakunlovchi bosqichiga o‘tgan bo‘lsa-da, Xudo haqidagi tasavvurlar tabiat haqidagi oqilona mulohazalarni ham qisman belgilashda davom etadi. Ammo bu mulohazalarda Xudo dunyo va tabiat yaratuvchisi sifatida tushunilsa-da, lekin ularning hayoti va faoliyatida ishtirok etmaydi. Ayni paytda Xudo inson o‘z bilish faoliyatida mo‘ljal olishi mumkin bo‘lgan “barkamol aql” sifatida idrok etiladi.
Tabiat va inson hayotini bevosita boshqarish ishlari va vazifalaridan Xudoning “uzoqlashuvi” erkinlik ruhini kuchaytira-di. Bir tomondan, inson o‘z xulq-atvori va harakatlarida cherkov hamda an’analardan ham ko‘ra ko‘proq boshqa odamlar va o‘z ongining aqlga muvofiq mulohazalariga qarab mo‘ljal oladi. Boshqa tomondan esa, u ne’matlarning yangi manbai va o‘z mayllarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini kashf etadi. Bu manba – qonunlarni yangi fan ochib berishi lozim bo‘lgan tabiat. Antik davrda fan amaliyotdan butunlay ajratilgan bo‘lsa, Yangi davr fani amaliyotga qarab mo‘ljal oladi, shu ma’noda, u yangi amaliyotning tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. San’at va fan umrboqiylikka eltuvchi yo‘l (Platon) yoki Xudoni kuzatish (Aristotel) sifatida emas, balki odamlar hayotini quvvatlashning zaruriy omili sifatida idrok etiladi.
Ammo shu bilan bir vaqtda yangi ijtimoiy institutlar ham yaratilmaganida (XVII asrdan boshlab; mazkur jarayon XX asrdagina yakunlangan), yangi Yevropa shaxsini yaratish haqidagi orzular hech qachon ro‘yobga chiqmagan bo‘lar edi. Ijtimoiy institutlar faoliyati jamiyat va inson manfaatlari bilan mushtarak. Ijtimoiy institut-lar alohida institut hisoblanadi, ular ijtimoiy muammolarni yechish texnologik yo‘llarining tashkiliy sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuni qayd etish lozimki, institutlar mutlaqo mustaqil ijtimoiy organizmlar hisoblanmaydi, ular hozirgi sivilizatsiya-ning muhim “organlari” va kichik tizimlari qatoriga kiradi.
Xulosa. Bizning sivilizatsiyamiz texnogen sivilizatsiya deb ataladi. Bu mutlaqo o‘rinli. Birinchidan, xo‘jalik faoliyati va iqtisodiy faoliyat to‘laligicha texnika hamda texnologiyaga asoslanadi. Ikkinchidan, madaniy borliq mazmuni bugungi kunda texnik borliq doirasida ham belgilanadi. Darhaqiqat, biz o‘z hayotimiz sifatini ham, uning davomiyligini ham, xavfsizligimizni ham, rivojlani-shimizni ham, kelajagimizni ham texnika va texnologiya hamda ular-ning imkoniyatlari bilan bog‘laymiz. Uchinchidan, texnogen siviliza-siyada texnik qadriyatlar, diskurslar, dunyo manzaralari gavdalan-tiriladi, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi, texnik dunyoqarash-ning mavjudligiga tahdid soluvchi barcha salbiy omillar siqib chiqariladi, bartaraf etiladi. Shu ma’noda, aynan texnogen sivilizatsiyani texnika va texnologiyaning hozirgi rivojlanish jarayonini belgilovchi asosiy omil deb hisoblash mumkin.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə