Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə23/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Rivojlanishning mazkur bosqichiga xos bo‘lgan ikki xususiyatni qayd etish muhim.
1) Bu davrda sonlar, chizmalar, hisoblash algoritmlari hali texnik bilimlar sifatida qaralmaydi, umuman bilimlar sifatida idrok etilmaydi. Bular – mirza, kohin, saroy a’yoni ega bo‘lgan ilohiy donishmandlik. Biz bugungi kunda matematik masalalarning shumercha-bobilcha yechimlarini yozishda foydalanadigan algebraik yoki geometrik nisbatlar (bilimlar) yuqorida zikr etilgan ilohiy donishmandlikka tegishli emas. Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchak maydonni ikkita uchburchak maydonga bo‘lish ikki kattalik (maydon)ni bo‘lish algoritmini o‘zida ifodalagan5. Bunday algoritmik faoliyat doirasida “ideallashtirilgan ob’ektlar” deb nomlash mumkin bo‘lgan alohida tuzilmalar shakllangan.
2) Model (sonlar yoki sonlar ketma-ketligidan iborat chizma)dan farqli o‘laroq, ideallashtirilgan ob’ekt –amaliyot ob’ektining o‘ziga emas, balki modelga tegishli bo‘lgan chizma va sonlar bilan bajariladigan to‘g‘ri va teskari amallar to‘plami. Ushbu kontekstda model magik harakat bilan bog‘liq bo‘lgan alohida ilohiy ob’ekt sifatida tushuniladi: kohin chizma yoki sonlarni chizish orqali maydon yoki predmetlarning jonini chaqirgan. Ideallashtirilgan ob’ektlar bilan faqat “bilimdon” odamgina ish ko‘rish huquqiga ega bo‘lgan. Masalan, Qadimgi Shumer va Bobil xarobazorlari ostida topilgan sopol parchalaridan birida quyidagi hikmatni o‘qish mumkin: “Bilimni biluvchidan biluvchiga berish mumkin va bilmaydigan odamga berish mumkin emas”. Keyinroq ideallashtirilgan ob’ektni boshqa ideallashtirilgan ob’ekt bilan bog‘lash – sodda ob’ektlardan murakkab ob’ektlarni yaratish, murakkab ob’ektlarni sodda ob’ektlarga aylantirish, amallarning sodda guruhi negizida murakkab guruhni tuzishga o‘tilgan. Shu tariqa Pifagorning uchlik jadvallari tuzilgan, “algebraik” tusdagi masalalar yechilgan, Bobil astronomiyasida zigzagsimon va pog‘ona-simon “funksiyalar” yaratilgan6.
Shuni qayd etish lozimki, ushbu bosqichda bir ideallashtiril-gan ob’ektni boshqa ideallashtirilgan ob’ektlar bilan bog‘lashning mantiqi ham, olingan natijalar (yangi, yanada murakkabroq ideallash-tirilgan ob’ektlar) ham amalda sinovdan o‘tkaziladi (ideallashti-rilgan ob’ektlardan model sifatida foydalanish jarayonida). Binobarin, yangi holatlarni yaratish belgili vosita (model va ideallashtirilgan ob’ekt)lar darajasida amalga oshirilsa-da, yangi konstruksiyalar (sonlar va chizmalar bilan bajariladigan amallar to‘plamlari) amaliyot ob’ektlarida tekshiriladi. Lo‘nda qilib ayt-ganda, qadimgi amaliyot magik va ilohiy fenomen sifatida tasavvur qilingan, lekin bu arxaik madaniyatdagi tasavvurdan farq qilgan.
Ushbu misollar tahlili yana bir jihatdan diqqatga sazovor: u qadimgi podsholiklar madaniyatida taraqqiyot, eng avvalo, texnologiyaning rivojlanishi hisobiga yuz berganini ko‘rsatadi. Albatta, yangi mehnat qurollari, qurol-aslaha va boshqa texnik qurilmalarni ixtiro qilish jarayoni davom etgan (bu yerda, masalan, g‘ildirak, sug‘orish qurilmalari, omochning ixtiro qilinishini alohida qayd etish mumkin), lekin bosh bo‘g‘in, hech shubhasiz, texnologiyadagi o‘zgarish bo‘lgan. Belgilar tizimlarining yaratilishi amaliy faoliyatni sezilarli darajada o‘zgartirish, unga yanada samarali tus berish uchun imkoniyat yaratgan. Bu yerda gap ob’ektlar bilan bajariladigan harakatlarni belgilar ustida amallar bilan almashtirish haqida boradi. Natijada faoliyatda oraliq semiotik bo‘g‘in paydo bo‘lishi hisobiga amaliy faoliyatda sifat o‘zgarishlari yuz beradi: real ob’ektlar bilan bajariladigan harakatlar daraja-sida u yanada soddaroq, aniq va samaraliroq tus oladi. Boz ustiga bungacha yechilmagan bir qancha yangi vazifalarni yechishga, chunonchi: bir faoliyatni boshqa faoliyat bilan bog‘lashga, samarali nazoratni amalga oshirishga, yirik faoliyatlarni tashkillashtirishga muvaffaq bo‘linadi.
Qadimgi podsholiklar madaniyatida texnikani anglash borasida ham olamshumul o‘zgarishlar yuz beradi. Garchi tabiiy jihatdan texnika haqidagi tasavvur arxaik madaniyatdagiga o‘xshash (bu tabiat jarayonlari emas, balki xudolarning harakatlari) bo‘lsa-da, lekin ilohiy faoliyat haqidagi tasavvurlar yanada “tabiatnamoroq” tus oladi. Masalan, Shumerda xudolar “ishlab chiqarish” amallari uchun odamlar bilan birga javob beradilar. Chunonchi, Quyosh xudosi kunduzgi yorug‘lik va issiqlik uchun, oy ilohasi Ishtar – tungi yorug‘lik uchun, shahar xudolari – shahardagi tartib uchun, g‘ishtlar xudosi (Shumerda shunday xudo ham bo‘lgan) – g‘ishtlar to‘g‘ri shaklga ega bo‘lishi va tez qurishi uchun javob beradi. Ko‘rib turganimizdek, xudolar faoliyati ayni holda antropomorf (“istasam – yoritaman, istamasam – yoritmayman, istasam – g‘ishtlar quriydi, istamasam – hech qachon qurimaydi”) emas, balki funksional xususiyat kasb etadi. G‘ishtlar xudosining funksiyasi aynan g‘ishtlar to‘g‘ri shaklga ega bo‘lishi va tez qurishini ta’minlashdan iborat. Shaxs xudosining funksiyasi odam ona qornida paydo bo‘lishi va tug‘ilishida ishtirok etish, so‘ngra unga yordam berishdan iborat. Funksional mazmun tabiiy mazmunga ancha yaqin turadi, salkam tabiat qonuni hisobla-nadi. Boshqa tomondan, xudolar, jon va ruhlardan farqli ravishda, odamlarga ko‘proq o‘xshaydi. Buni tushunish mirza va kohinlarga “biz Xudolar niyati va faoliyatini anglayapmiz”, deb hisoblash imkoniya-tini bergan, aslida esa (bizning tasavvurimizda) aynan mirza va kohinlar yangilik yaratganlar, kashf qilganlar.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə