Texnika falsafasi


Fanlar tuzishning antik dasturi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə25/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Fanlar tuzishning antik dasturi. Tafakkur qoidalari (me’yorlari)ni yaratish, shuningdek, haqiqiy dunyo “binosi”ni barpo etishning asosiy “g‘ishtlari” (“asoslari”)ni belgilash zaruriyati butunlay yangi intellektual vaziyatni yuzaga keltirdi, ya’ni antik faylasuflar murakkab vazifalar majmuini yechish zarurligini ang-lab yetishlariga olib keldi. Gap shundaki, tafakkur “asoslari” va qoidalari nuqtai nazaridan ilgari olingan bilim va tasavvurlar-ning barchasi qayta anglab yetishni talab qilar, mazkur asos va qoida-larga muvofiq kelishi uchun ular qaytadan olinishi lozim edi8. Aniqroq aytganda, yunonlar misrlik va bobilliklardan o‘zlashtirgan (matematik va astronomik) bilimlar, yunonlarning o‘zlari (sofist va naturfaylasuflar) mulohaza yuritish jarayonida olgan bilimlar, nihoyat, yunonlarning o‘zlariga xos bo‘lgan hamda ular Sharqdan o‘zlashtirgan mifologik va diniy tasavvurlar qayta anglab yetishi talab etilgan. Bu bilim va tasavvurlarning barchasi haqiqiy dunyo haqidagi “mavhum”, “chalkash” bilim sifatida idrok etilgan. U haqda to‘g‘ri, aniq tasavvur hosil qilish uchun avval bilim va tasav-vurlarning muayyan sohasini (borliq sohasini) tanlash va ilgari olingan bilim va tasavvurlarga tanqidiy ko‘z bilan qarash, bunda soxta bilim va tasavvurlardan voz kechib, haqiqatnamo bilim va tasavvurlarnigina qoldirish talab etilgan. Keyingi qadam – borliq-ning mazkur sohasiga muvofiq keluvchi “asoslar”ni topish (tuzish)da namoyon bo‘lgan. Mohiyat-e’tibori bilan bu “asoslar” boshlang‘ich ideal ob’ekt va amallarni belgilar edi: yaratilgan asoslarga tayanuv-chi bilim va dalillar sohasi “fan” deb atalgan. Oxirgi qadam – ideal ob’ektlar bilan ish ko‘rish (shaklan bu “muammolar”ni isbot-lash va yechishni eslatadi): fanda hali tavsiflanmagan murakkab ideal ob’ektlarning tavsifi keltirilgan soddaroq ideal ob’ektlar bilan bog‘lash. Ideal harakatlar bilan bajariladigan amallar, bir tomondan, tafakkur qoidalariga (ya’ni, mantiqqa) bo‘ysungan, boshqa tomondan esa “asoslar” (ya’ni ontologiya)ning tuzilishiga muvofiq kelgan. Fanlarni tuzish jarayonida tafakkurning ma’lum qoida va asoslariga aniqlik kiritilgan, zarur holda esa yangi qoida va asoslar yaratilgan.
Ushbu jarayon bilan bir vaqtda ilmiy tafakkurning psixolo-gik tomoni ham shakllanadi. Ya’ni “A – V demak” qabilidagi ibora-lar bilan ish ko‘rish usullarini o‘zlashtirish, tafakkur qoidalariga amal qilish, isbot qilish asoslarini asoslash va ta’riflash bir qancha yangi psixologik mo‘ljallar yaratilishiga olib keladi. Eng avvalo, amalda kuzatiladigan hodisalarning asl mohiyatini aniqlash-ga qaratilgan mo‘ljal shakllanadi.
Ilmiy tafakkurning boshqa bir mo‘ljali – olingan bilim yoki aniqlangan sabab (asos)dan hayratlanish va taajjubga tushishga qodirlik. Bu hayratlanish va taajjubga tushish donishmandlik omili sifatida ko‘p jihatdan sakral xususiyatga ega bo‘lgan. Bilim yoki sababni kashf etish ilohiy aqlning ishi sanalgan, shu tufayli ham hayrat va taajjub uyg‘otgan. Ushbu omil bilan bilim beruvchi yoki sababni aniqlash uchun imkoniyat yaratuvchi dalil va mulohazani izlash qobiliyati ham uzviy bog‘liq. Dalil yoki mulohazani ta’riflash uchun, odatda, “AV demak” qabilidagi iboralarning o‘zaro bog‘langan zanjirini yaratish talab etilgani bois, ideal ob’ekt va nazariy bilimlar sohasida empirik bilimlarga tayanmasdan to‘g‘ri harakatni topish qobiliyati ham shakllangan.
To‘g‘ri mulohaza yuritish, haqiqiy tafakkur qoidalariga amal qilish, ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik, agar ziddiyatlar yuzaga kelgudek bo‘lsa, ularni bartaraf etish istagi ham muhim qobiliyat va qadriyat-ga aylanadi. Sanab o‘tilgan mo‘ljal va ular bilan bog‘liq bo‘lgan, amalda lazzatlanish sifatida qaralgan kechinmalar, shuningdek, tafa-kkur faoliyati (mulohaza yuritish va isbot qilish jarayonida yangi bilimlar olish, sabablarni aniqlash, tafakkur qoidalariga amal qilish va h.k.) asosida antik fan asta-sekin shakllanadi. Uning xususiyati ilmiy tafakkur (aql, idrok, fan) boshqa hodisalar (fikr-lash va hissiy idrok etish, fan va san’at (“texne”), bilim va fikr, sofizm va dalillar va h.k.) orasida alohida ajralib turadigan feno-men sifatida anglab yetilishi bilan ham belgilanadi. Umuman olgan-da, jami ish haqiqiy dunyoni bilish sifatida idrok etilgan, bunday bilishning pirovard maqsadi esa Yaratuvchiga monandlik bo‘lib, bu umrboqiylikka (Platonga ko‘ra) va oliy lazzatlanishga (Aristotelga ko‘ra) olib kelgan.
Eng muhimi bu davrda tarix sahnasiga oqilona ilmiy fikrlash chiqadi. Aynan u antik madaniyatning rivojlanishini ta’minlovchi bosh omilga aylanadi. Antik davrda doim ikkita madaniy asos – qadimgi podsholiklar madaniyatiga muvofiq keluvchi diniy-mifolo-gik tasavvurlar va falsafiy-ilmiy (falsafa va fanning antik talqiniga muvofiq) tasavvurlar mavjud bo‘lgan. Ammo bunda ikkin-chi asos yetakchi rol o‘ynagan, tinimsiz mustahkamlanib va murakkab-lashib borgan falsafiy-ilmiy tasavvurlar ta’sirida diniy-mifo-logik tasavvurlargina emas, balki antik “ishlab chiqarish”, san’at, maishiy hayot sohasidagi boshqa barcha tasavvurlar ham qayta anglab yetilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, antik madaniyatning ikki asosi – biri an’analar va qadimiyatni, ikkinchisi esa novatsiyalar va zamonaviylikni ifodalovchi asoslar bir-birlarini nafaqat rad etmaganlar, balki, aksincha, antik madaniyatning uyg‘un rivojlanishi-ni ta’minlovchi madaniy “ittifoq”da bo‘lganlar. Yunonlar dahosi ajoyib yechimni topishga muvaffaq bo‘lgan: yangilik, zamonaviylikni qadimiyat “mevasi” sifatida ifodalash. Afina Pallada Zevsning boshidan tug‘ilgani haqidagi afsonada qadimgi diniy-mifologik madaniyatning roli Zevs timsoli sifatida namoyon bo‘ladi (u qadimgi podsholiklar madaniyatiga xos bo‘lgan xudolar panteonining boshida turadi), faylasuf va olimlar homiysi, donishmandlik ilohasi sanal-gan Afina esa yangi oqilona, falsafiy-ilmiy madaniyat timsoli hisoblanadi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə