Texnika falsafasi


-mavzu.QADIMGI DUNYO VA O‘RTA ASRLARDA TEXNIKA



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə21/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

4-mavzu.QADIMGI DUNYO VA O‘RTA ASRLARDA TEXNIKA


Arxaik texnika ta’sirida shakllangan ijtimoiy mada-niyat. Arxaik madaniyat keyingi madaniyatlar bilan solishtirganda nisbatan sodda ekanligi qadimgi texnika paydo bo‘lgan madaniy kontekst va sharoitlarni ajratish imkoniyatini beradi. Bunday kon-tekst sifatida arxaik amaliyotlar – ov qilish, dafn etish, muolaja, boshpana qurish va kiyim-kechak tikish, ruh hamda arvohlar bilan muloqot va hokazolar amal qiladi. Bu amaliyotlarning barchasiga xos bo‘lgan xususiyat shundan iboratki, ularning hammasi jon haqidagi tasavvur negizida paydo bo‘lgan. Semiotik nuqtai nazardan jon belgining murakkab turlaridan biri hisoblanadi. Ayrim adabiyot-larda u “ajratish belgisi” deb nomlangan1. Odatda, belgilarning uch asosiy turi: model belgilar, simvol belgilar va ifoda belgilari farqlanadi2. Model belgilar va simvol belgilardan farqli o‘laroq, ajratish belgilari real ob’ektlar o‘rnini bosibgina qolmasdan, balki belgining shakllanish jarayonida uning erkin tuzilishini ham belgilaydi. Masalan, semiotik nuqtai nazardan ajratish belgisi sifatida talqin qilish mumkin bo‘lgan jon haqidagi animistik tasavvur, bir tomondan, real narsalar (odamlar, hayvonlar, o‘sim-liklar) o‘rnini bosadi, boshqa tomondan esa – ularning xulq-atvorini (animistik ong uchun) tushuntiradi (odam o‘lganida jon tanani butunlay tark etadi, odam hushdan ketganida jon tanani vaqtinchalik tark etadi, odam tush ko‘rayotganida jon muayyan dunyoda sayohat qiladi). Ikkinchi funksiya – “tushuntirish” bu yerda nisbatan erkin hisoblanadi. Ammo tushuntirishning muayyan tipi keyinchalik o‘rindosh ob’ektning talqini va u haqdagi tasavvur (ya’ni, uning strukturasi)ni belgilaydi. Nihoyat, barcha belgilar mustaqil predmetlar sifatida ishlatilishi mumkin (ularni “ikki-lamchi predmetlar” deb ataydilar); bunda o‘rindosh (“birlamchi”) predmetlarning ayrim xossalari ikkilamchi predmetlarga o‘tadi. Masalan, shumercha-bobilcha matematikada maydonlarning rejalari tegishli maydonlarning tasvirlari (belgi modellar)gina emas, balki mustaqil predmetlar hamdir: ularni tahlil qiladilar, o‘zgar-tiradilar, unga maydonlarning yuzalarini o‘lchash natijalari yoki maydon shakli haqidagi bilimlarni kiritadilar.
Shunday qilib, jon-belgining ixtiro qilinishi arxaik odamga o‘lim, hushsizlik, tush ko‘rish kabi hodisalar va “rasm yordamida yaratilgan hayvonlar va odamlarning paydo bo‘lishi”ni anglab yetish hamda tegishli amaliyotlarni yaratish imkoniyatini bergan. Arxaik odam belgi sifatidagi jon bilan qanday ish ko‘rganiga batafsil to‘xtalamiz. Ajratish belgisi bilan ishlashning semiotik formula-si quyidagicha: A belgi (jon) a1, a2, a3 o‘zgartirish amallari (ular belgining tuzilishi bilan potensial beriladi) qatoriga kiriti-ladi, buning natijasida b1, b2, b3 belgilari olinadi. Ushbu belgilar real ob’ekt X (ayni holda – odam)ga tegishli. Bunday belgilash X ob’ektda muayyan atributiv xossalar (ayni holda – jonning xossa va holatlari) – s1, s2, s3 ni ajratish imkoniyatini beradi (shu tufayli ham bu turdagi belgilar “ajratish belgilari” deb ataladi). Mazkur xossalar insonga yangi, ideal Y ob’ekt – real jonni ob’ektiv-lashtirish imkoniyatini beradi. Ajratish belgilari bilan ish ko‘rishning zaruriy umumiy sharti – belgilar bilan ifodalanadigan ob’ektlarni oldindan mo‘ljallashda namoyon bo‘ladi. Ajratish belgi-sining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda X ob’ekt va Y ob’ekt material jihatidan bir-biri bilan muvofiq kelmaydi. Holbuki, boshqa turdagi belgilarda buning aksi kuzatiladi. Masalan, model belgilar (boshqacha tasnifga ko‘ra “ikonik belgilar”) material jihatidan Y ob’ekt bilan muvofiq keluvchi X ob’ektga mansub. Ammo funksiya va tabiatiga ko‘ra bu ob’ektlar bir-biri bilan muvofiq kelmaydi. Qadimgi xalqlar sanoq vositalari sifatida ishlatgan barmoqlar, mayda toshlar, chig‘anoqlar, chiziqchalar model belgilar hisoblanadi. Ular sanalayotgan real predmetlar (X ob’ektlar)ga ham, tegishli “predmetlar to‘plamlari” (Y ob’ektlar)ga ham mansub. Bu material jihatidan bir ob’ekt, lekin vazifa jihatidan turli ob’ektlardir. Y ob’ektlarni faqat sanash, hisoblash, guruhlarga birlashtirish yoki ajratish mumkin, X ob’ektlar bilan u yoki bu amaliyotda qabul qilingan barcha amallarni bajarish mumkin.
Jon” belgisi bilan bajariladigan harakatlar tahliliga qaytamiz. Birinchi amal a1 – jonning tanani butunlay tark etishi; X ob’ekt (inson, hayvon)ga tatbiq etilganida bu amal o‘lim sifatida tushuniladi. Bu yerda ham biz insonga azaldan ma’lum bo‘l-gan o‘lim empirik dalili (ya’ni X ob’ekt) o‘lim haqida shakllanayotgan tasavvur Y bilan muvofiq kelmaydi. Bunday tushunish asosida tegishli arxaik amaliyot – qadimgi odam jon uchun yangi uy qurish sifatida tushunadigan dafn etish shakllantiriladi. Arxeologik qazilmalardan ma’lumki, bu uy (qabr)ga inson yangi joyda jon to‘laqonli hayotni davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa – oziq-ovqat, qurol-aslaha, idish-tovoq, kiyim-kechak va hokazolarni joylashtirgan (keyinchalik boy odamlar otlari, qullari, hatto suyuk-li xotinini ham o‘zi bilan u dunyoga olib ketishi mumkin bo‘lgan). O‘z-o‘zidan ravshanki, qadimgi davrda dafn etish amaliyoti, eng avvalo, yangi texnologiyaning yaratilishi va shakllanishini belgilagan, bu yerda mavjud texnikadan foydalanilgan.
Ikkinchi amal a2 jonning tanani vaqtinchalik tark etishi. Bu amal kasallik sifatida tushunilgan. Mazkur tushuncha negizida tabiblik (davolash) arxaik amaliyoti shakllangan. U jonga ta’sir ko‘rsatishning turli usullarini o‘z ichiga olgan (jonni avrash, uni tanaga qaytishga majburlash maqsadida tuhfalar qilish, qurbonlik keltirish, unga maqbul bo‘lgan sharoitlarni yaratish; “tuzalish” sifatida tushunilgan jonning tanaga qaytishi jonning tanani vaqtinchalik tark etishiga teskari amaldir). Qadimgi muolaja taomili tabiiy samaralarni kuzatish va eslab qolishni ham, bunday samaralarga olib keluvchi ayrim amaliy harakatlarni birlashti-rishni ham nazarda tutgan. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy tabo-bat texnikasi shakllangan. Ammo u, tabiiyki, animistik dunyoqarash doirasida tushunilgan.
Uchinchi amal a3 odam uxlayotganida uning tanasiga boshqa jonning kirishi (yoki uxlash jarayonida odamning o‘z joni uning tanasidan tashqarida sayohat qilishi) tush haqidagi tasavvurni o‘zida ifodalagan. Tegishli ravishda, teskari amal uyg‘onish, tush holatidan chiqish bo‘lgan. Buning negizida tushlarni ta’birlash amaliyoti shakllangan, u jonning dalolati sifatida tushunilgan. Mazkur amaliyot texnika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, chunki to‘laligicha inson xulq-atvori sohasiga kirgan.
To‘rtinchi amal, aniqroq aytganda, arxaik madaniyat uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan amallarning ikki guruhi – bu, birinchidan, jonni chaqirish, uni ko‘rish yoki eshitish, ikkinchidan, jonga muro-jaat etish, u bilan muloqot qilish bo‘lib, bunga qadimgi san’at vositalari (rassomlik, mashshoqlik, qo‘shiq kuylash, niqoblar, haykalchalar yasash va h.k.) yordamida erishilgan. Ushbu amaliyot doirasida maxsus texnika (masalan, musiqa asboblari va niqoblar, rassomlik va haykaltaroshlik uchun asbob-uskunalar yasash) va qadimgi san’atning murakkab texnologiyalari (rassomchilik, raqqoslik, haykallar yasash va h.k.) shakllangan.
Texnika mohiyatining tahlili nuqtai nazaridan quyidagi masala diqqatga sazovor: musiqa asboblari, masalan, nay yoki nog‘ora-ni texnik qurilma deb hisoblash mumkinmi? Bir tomondan, bu yerda texnikaning barcha elementlari: “texnika yaratish faoliyati”, “texni-kadan foydalanish faoliyati” va maxsus “texnik qurilma” – musiqa asbobining o‘zi ham mavjud. Ammo, boshqa tomondan, musiqa asbobining chalinishi natijasida yuzaga keladigan tabiiy effekt birinchi tabiatning ta’siridan paydo bo‘luvchi effekt emas, balki psixologik effektdir. Akustik ta’sirlardan farqli o‘laroq, musi-qiy effekt musiqani tushunishni, musiqa asboblari chalishni o‘rga-nishni, ta’lim jarayonida alohida musiqiy qobiliyatlarni rivoj-lantirishni nazarda tutadi. Bizningcha, ushbu masalani yechishga ikki xil yondashish mumkin. Birinchi holda biz texnikaga birinchi tabiat effektlari va jarayonlariga asoslangan texnik qurilmalarnigina kiritamiz. Ayni holda musiqa asbobi texnika emas. Ammo masala-ning mazkur yechimi muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchi holda tabiat effekti va “tabiiy jarayon” tushunchasi har qanday, ya’ni birinchi tabiat, inson ruhiyati yoki ijtimoiy “tabiat”ga mansub bo‘lgan tabiiy effekt va jarayonlar darajasigacha umumlashtirilishi mumkin (so‘nggi zikr etilgan texnikaga ommaviy axborot vositalari misol bo‘lsa kerak). Bunda faqat bir narsa – “tabiiylik – sun’iylik” oppozitsiyasining saqlanishi muhim. Musi-qiy qobiliyatlar ongli tarzda shakllanishi, shu ma’noda, ular musiqiy ta’lim va tarbiyaning sun’iy mahsuli sanalsa-da, musiqani idrok etish inson joni va ruhiyatida nazariy musiqashunoslik, musiqiy psixologiya va semiotikada to‘la asos bilan tabiiy deb qaralishi mumkin bo‘lgan jarayonlarni yuzaga keltiradi. Binobarin, ikkinchi holda musiqa asboblari to‘laqonli texnika hisoblanishi mumkin.
Tahlil arxaik madaniyatda tasavvur va amaliyotlarning barcha asosiy turlari ayni shu mantiqqa muvofiq yuzaga kelishini, bunda jon haqidagi tasavvur asos bo‘lib xizmat qilishni ko‘rsatadi. Madaniyatshunoslik uchun arxaik madaniyat materiali muhim xulosa chiqarish imkoniyatini beradi: “semiozis”, ya’ni belgi va ular bilan bajariladigan amallarning ixtiro qilinishi madaniyatni shakllan-tirishning bosh omili hisoblanadi. Bunda yangi belgilarni yaratish quyidagi qonunga bo‘ysunadi: yo ayrim ajratish belgilari asosida boshqa murakkab belgilar yaratiladi, yo ajratish belgilarining bir tipi qolgan barcha tipdagi ajratish belgilari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Texnika falsafasi uchun yuqorida zikr etilgan amallarning to‘rttalasi ham muhim. Qadimgi texnika va texnologiyaning shakllanishiga turtki bergan omil (arxaik amaliyotlar) aynan arxaik madaniyatda vujudga kelgan. Ayni shu madaniyatda inson turli tabiiy effektlarni kashf qilgan va ulardan o‘z faoliyatida foydalanishni o‘rgangan, shu tariqa u birinchi texnika (mehnat qurollari, qurol-aslaha, kiyim-kechak, uy va h.k.)ni yaratgan. Texnologiya sohasida eng muhim yutuq ikki asosiy taomil: shu vaqtgacha boshqa-boshqa faoliyat-larga kirgan turli amallarning bir faoliyatda birlashtirilishi va faoliyat “mantiqi”ning anglab yetilishi, ya’ni muayyan faoliyatni tashkil etuvchi amallar tipi hamda ketma-ketligining aniqlanishi va eslab qolinishi bo‘lgan. Etnografik tadqiqotlar zikr etilgan so‘nggi vazifa ham semiotik asosda hal qilinganini ko‘rsatadi. Arxaik odam matnlar (qo‘shiq, hikoya) yaratgan va ularda zaruriy natijaga erishish imkoniyatini beruvchi faoliyatni tavsiflagan. Bu matnlarda, amal va ularning ketma-ketligi tavsifidan tashqari, jonlar insonga yordam berishlari uchun ularga qay tarzda ta’sir ko‘rsatish lozimligi haqidagi hikoyaga katta o‘rin ajratilgan. Bugungi kunda matnning mazkur qismlarini biz qadimgi magiyaga kiritamiz. Aslida magiya bu yerda ishlatish o‘rinli bo‘lgan so‘z emas. Magiya haqidagi tasavvurda g‘ayrioddiy kuchlar haqidagi qarashlarning unsurlari ham mavjud. Arxaik odam uchun esa jonlar (ruhlar) sirli va g‘ayrioddiy bo‘lib tuyulmagan. Lo‘nda qilib aytganda, arxaik madaniyatda texnik tajri-bani translyatsiya qilishning asosiy usuli og‘zaki an’ana, eslab qolish va, albatta, taqlid qilish hisoblangan. Nihoyat, insonning texnik faoliyati ongning oqilona shakllarida emas, balki animistik modallik kontekstida idrok etilgan. Texnikani animistik tushunish asosan tabiiy harakatni jon faoliyati sifatida talqin qilish bilan tavsiflangan. Qadimgi texnologiya amalda kuzatilgan va tanlab olingan samarali amallarni o‘z ichiga olgan, marosim xususiyatiga ega bo‘lgan taomillarni nazarda tutgan, og‘zaki an’anaga muvofiq avloddan-avlodga o‘tib kelgan.
Barcha tirik mavjudotlar jonga ega ekanligi, bu jon tanani tark etishi va unga qaytib kelishi mumkinligiga arxaik odamning ishonchi komil bo‘lgan. Jon – shunday bir kuchki, u o‘zi istagancha ish ko‘rishi, yordamchi bo‘lishi ham (bu holda inson sog‘lom, omadli, kuchli bo‘ladi), dushman bo‘lishi ham (bu holda inson tanasiga kasallik kiradi, u kuchdan qoladi, ishi yurishmaydi) mumkin. Jon inson tanasida abadiy yashamaydi, u mazkur tanani vaqtinchalik (tush ko‘rish, hushdan ketish) yoki butunlay (o‘lish) tark etishi, so‘ngra boshqa odamning, masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning tanasiga “kirib olishi” mumkin.
Animistik tasavvurlar nuqtai nazaridan inson jonlarga (odamlarga ham, qabila ruhlariga ham) ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan, bugungi kunda biz qadimgi magiya va marosimlar deb ataydigan turli harakatlar ayni shu maqsadga xizmat qilgan. Animistik inson uchun tabiiy omillar: ayirboshlash (qurbonlik qilish), ko‘ndirish yoki qo‘rqitish (duoibad qilish), jonni harakatga jalb qilish (marosim raqsi) va shu kabilarga asoslangan ta’sir ko‘rsatish usuli bo‘lgan.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə