Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə18/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnikani oqilona umumlashtirishning keyingi bosqichi texnik fanlar (texnik nazariyalar)ning paydo bo‘lishida o‘z ifodasini top-di. Texnikaning turli sohalaridagi texnik bilimlarni bunday alo-hida nazariy umumlashtirishdan, eng avvalo, muhandislarni dunyo-ning tabiiy-ilmiy manzarasiga yo‘naltirgan holda ilmiy ta’lim berish maqsadi ko‘zlandi. Dastlabki davrda ilmiy texnika faqat tabiatshunoslik texnikasiga tatbiqan qo‘llandi. XIX asrda “Tex-nik bilim asriy hunarmandchilik an’analaridan ajratib olinib, fanga singdirildi”, – deb yozdi amerikalik faylasuf va tarixchi E.Leyton.
1800 yilda hunarmandlardan tashkil topgan va o‘rta asrlarda-gidan juda kam farq qilgan texnik hamjamoa ilmiy hamjamoaning “qiyshiq ko‘zgudagi aksi”ga aylandi. Texnik taraqqiyotning oldingi marralarida hunarmandlar o‘rnini amaliyotchi olimlarning yangi avlodi egalladi. Ustozdan shogirdga o‘tib kelgan og‘zaki an’analarni yangi texnik kollejda ta’lim berish bilan almashtirdi, kasbiy tashkilot va texnik adabiyotlarni esa ilmiy namunalarga ko‘ra yaratdi. Shunday qilib, texnika ilmiy xususiyat kasb etdi – tabiiy fanlarning barcha qonun-qoidalariga so‘zsiz amal qilish ma’nosida emas, maxsus texnikaga oid fanlarni ishlab chiqish ma’nosida.
Bu yo‘nalish Parij politexnika maktabida muhandislarni ilmiy tayyorlash dasturida o‘zi ifodasini topdi. Bu o‘quv yurti 1794 yili chizma geometriya asoschisi, matematik va muhandis Gaspar Monj tomonidan tashkil qilingan edi. Dasturda bo‘lajak muhandislarga chuqur matematik va tabiiy-ilmiy bilimlar berish nazarda tutilar edi. Politexnika maktabi tez orada matematika va matematik tabiat-shunoslik hamda texnika fanlari, eng avvalo, amaliy mexanikani rivojlantirish markaziga aylandi. Aynan shu maktab namunasi bo‘yicha keyinchalik Germaniya, Ispaniya, AQSh va Rossiyada ko‘plab muhandislik o‘quv yurtlari tashkil qilindi.
Tizimli texnika murakkab texnik tizimlar yaratish borasidagi alohida faoliyatdan iborat bo‘lib, eng avvalo, muhandislik texnik faoliyatning zamonaviy turi hisoblanadi, shu bilan birga, alohida ilmiy faoliyatni ham o‘z ichiga oladi, zotan u faqat ilmiy bilim-larning tatbiqot sohasi hisoblanmaydi. Unda shuningdek yangi bilimlar ham ishlab chiqiladi. Shunday qilib, tizimli texnikada ilmiy bilim ishlab chiqishdan to muhandislik amaliyotida qo‘llash-gacha bo‘lgan to‘liq funksional jarayonni bosib o‘tadi. Muhandis-tizimli texnik o‘zida olim, konstruktor va menejer qobiliyatini jamlashi, turli soha mutaxassislarini hamkorlikda ishlash uchun birlashtira olishi talab etiladi.
Bu hozirgi zamon muhandis-tizimli texnigi qanday tayyorgar-likka ega bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Ammo uning uchun eng muhimi – olingan barcha bilimlarni tizimli texnikaning ikki aso-siy vazifasi: murakkab tizimning qismlarini yaxlit bir butunga integratsiyalashuvini ta’minlash; bu tizimni yaratish jarayonini boshqarish vazifalarini hal qilish uchun qo‘llay bilish hisoblanadi. Shuning uchun yuqoridagi ro‘yxatda tizimli va kibernetik fanlarga ko‘p o‘rin ajratiladi, zero ular bo‘lajak muhandisga murakkab texnik tizimlarni tadqiq qilish va loyihalashtirishning umumiy metod-larini egallash imkonini beradi. Aynan shu sohada u professional mutaxassis bo‘lib hisoblanadi.
Tizimli texnika an’anaviy muhandislik faoliyati va loyiha-lashtirishning rivojlanishi mahsuli bo‘lib, loyihalashtiriluvchi texnik tizimlar murakkabligining o‘sib borishi, yangi amaliy fan-larning paydo bo‘lishi, bunday tizimlarni tadqiq qilish va loyiha-lashtirishning tizimli tamoyillarini ishlab chiqish bilan bog‘liq sifat jihatidan yangi bosqich hisoblanadi. Unda tizimli texnik faoliyatning barcha turlari (bir tomondan – komponentlarni loyiha-lash, texnologiyalarni ishlab chiqish va konstruksiya qilish, ikkinchi tomondan – radioelektronika, kimyo texnologiyasi, muhandislik iqti-sodiyoti, inson va mashina aloqa vositalarini ishlab chiqish va h.k.)ni tashkil qilish, ilmiy-texnik muvofiqlashtirish va boshqa-rish hamda loyihalashtirilayotgan tizimning qismlarini yaxlit bir butunga birlashtirish hamda integratsiyalashtirishga qaratilgan fao-liyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnikani ilmiy umumlashtirishning oxirgi ikki bosqichi falsafiy tahlil uchun alohida qiziqish tug‘diradi, zotan aynan shu bosqichlarda texnikaning hozirgi zamon jamiyati rivojlanishiga olamshumul ta’siri ko‘zga tashlanadi. Frans Relo, o‘z ishining asosiy vazifalarini ta’riflar ekan, eng avvalo, ilmiy asoslarga tayanuvchi hozirgi zamon texnikasining dunyoning bugungi kundagi madaniy shart-sharoitlariga ulkan ta’sirini qayd etib o‘tadi. “Uning yorda-mida biz moddiy jihatdan insoniyat bir necha yuz yil muqaddam erishishi mumkin bo‘lmagan narsalarga erishdik... Bugungi kunda il-miy texnika biz bilan har qadamda birga, buni biz faqat uning yordamidan qisqa muddatga ayrilganimizdagina his qilamiz. Garchi hanuzgacha texnik taraqqiyotga qarshi fikrlar yangrayotgan bo‘lsa-da, ularni bildirayotgan shaxslarning o‘zlari texnik taraqqiyotning bar-cha yutuqlaridan foydalanishda davom etmoqdalar va uning harakati-ni to‘xtatishga qodir emaslar”4.
Texnikani ilmiylashtirish jarayoni muhandislarga ilmiy ta’-lim berish va ilmiy-texnik bilimlarni tabiatshunoslik fani sin-gari sohalarga bo‘lib tashkil etishni talab qilar edi. Ammo XX asrning o‘rtalariga kelib fan-texnika sohalari va muhandislik faoliyatining differensiatsiyalashuvi shu darajada chuqurlashib ket-diki, fanlararo texnik tadqiqotlar va muhandislik faoliyatining tizimli integratsiyalashuvisiz ularni rivojlantirib bo‘lmay qoldi. Tabiiyki, bu tizimli-integrativ tendensiyalar muhandislik ta’li-mi sohasida ham o‘z aksini topdi.
Juda ko‘p ilmiy-texnik fanlar va ularga tegishli muhandislik amaliyoti sohalari shakllandi. “Hech narsa haqida hamma narsani” biladigan, ammo qo‘shni laboratoriyada nima bo‘layotganini bilmay-digan tor mutaxassislar, aksincha, “hamma narsa haqida yo‘q narsa”ni biladigan universalistlar paydo bo‘ldi. Garchi bu universalist-larning fanlar tashkiloti va ixtisoslashtirilgan muhandislik faoliyati tizimidagi maqomi hanuzgacha aniq belgilanmagan bo‘lsa-da, bugungi kunda ularning ishtirokisiz nafaqat ilmiy va muhandislik vazifalarini hal qilib, balki fan va texnikani ham rivojlantirib bo‘lmaydi. Muhandislik vazifalari esa kompleks xususiyat kasb etib bormoqda. Ularni hal qilishda avval ikkinchi darajali bo‘lib tuyulgan turli omillar, masalan, ekologik va ijtimoiy omillarni hisobga olish talab etilmoqda. Aynan texnikada fanlar o‘rtasida, tizimli muammolar tug‘ilganida texnika falsafasining ahamiyati jiddiy ortadi, chunki bu muammolarni biron-bir mavjud ilmiy paradigma yordamida hal qilib bo‘lmaydi. Shunday qilib, XX asrda an’anaviy tus olgan fan va texnikani sohalarga bo‘lish mutlaqo yangi sohalararo tadqiqotlar bilan to‘ldirilishi lozim edi. Fan va texnikaning bo‘lg‘usi rivojlanishi uchun zamin professionallarni tayyorlash va tarbiyalash jarayonida yaratilgani tufayli, ilmiy muhandislik tafakkurining yangi uslubini aynan muhandislik jarayonida shakllantirish zarurati tug‘iladi.
Bundan tashqari, texnika va texnika fanlari sohasida izlanish-lar va fundamental tadqiqotlar, ya’ni texnik nazariya qatlami shakl-lanadi. Bu texnika fani va muhandislik faoliyatining alohida sohalari doirasida ixtisoslashuvning ro‘y berishiga olib keladi. Mehnatning bunday muhim va zarur bo‘linishi ham muhandislik vazifalarining har xil turlarini birlashtirish va kooperatsiya qilish bilan bog‘liq qator muammolarni yuzaga keltiradi. Tabiiyki, bu an’ana muhandislik ta’limida ham o‘z ifodasini topadi. Buning natijasida loyihalashga oid ko‘rsatma fanga, bilishga doir ko‘rsatma esa muhandislik faoliyatiga kirib boradi. Fan falsafasi ilmiy bilish va ilmiy nazariyaga nisbatan refleksiv funksiyani bajargani kabi, texnika falsafasi ham texnik bilish va texnik nazariyaga nisbatan shunday funksiyani bajara boshlaydi.
Texnika va fan tarixiga faqat madaniy namunalarni o‘rganish va o‘tmishni bilish uchungina emas, yangi texnologik yechimlarni izlash uchun ham murojaat qilish zarurligi haqidagi fikr muhandislik ongiga hozircha juda sust, ammo tobora aniqroq kirib bormoqda. Bu, masalan, qadimgi tibbiy texnologiyalarga taalluqli bo‘lib, ularda asriy an’analar bugungi kunda qat’iy ilmiy tahlil bilan to‘ldirilmoqda. Faqat ayrim texnik vositalar tarixi sifatida emas, texnik yechimlar, loyihalar va texnik nazariyalar tarixi sifatida ham tushuniluvchi texnika tarixi nafaqat bugungi kun, balki kelajak uchun ham asos bo‘la oladi. Bilish va ko‘ra olish – tarixiydan ham ko‘ra ko‘proq falsafiy vazifa. Shuning uchun ham fan va texnika tarixi hamda falsafasi hozirgi zamon muhandislik ta’limotida muhim o‘rinlardan birini egallashi lozim.
Fan falsafasi fanga nisbatan qanday o‘xshash vazifalarga ega bo‘lsa, texnika falsafasi ham ayni holda texnikaga nisbatan shunday o‘xshash vazifalarga ega. Oddiy tizimlardan murakkab tizimlarga, texnik faoliyatning ixtisoslashgan turlaridan loyihalashtirish-ning tizimli va nazariy tadqiqotlari hamda turlariga o‘tishda uning ahamiyati, tabiiyki, ortadi. Texnik, aniqroq aytganda, ilmiy-texnik faoliyatning ushbu bosqichlarida ro‘y beruvchi jarayonlar imkon qadar ko‘proq falsafiy tushunishni talab qiladi.
Hozirgi zamon muhandislik faoliyati har xil turlari va soha-larining murakkab majmuida tegishli mutaxassislarni turlicha tayyorlashni talab qiluvchi uch asosiy yo‘nalishini ajratish mumkin. Birinchidan, bular – ishlab chiqarish texnologi, tashkilotchisi va ekspluatatsiya muhandisi vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish muhandislari. Bunday muhandislarni ularning amaliy faoliyati yo‘nalishlarini hisobga olgan holda tayyorlash talab etiladi. Ikkinchidan, bular – o‘z faoliyatida kashfiyotchi va loyihachi vazifalarini bajaruvchi tadqiqotchi muhandislar. Ular fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash jarayonining asosiy bo‘g‘iniga aylanadilar. Ularni ilmiy-texnik jihatdan puxta tayyorlash talab qilinadi. Nihoyat, uchinchidan, bular – muhandis-tizimli texniklar, boshqacha aytganda, “keng ixtisoslikka ega tizimchilar” bo‘lib, ular-ning vazifalari murakkab muhandislik faoliyatini tashkil qilish va boshqarish, kompleks tadqiq qilish va tizimli loyihalashtirish-dan iborat. Bunday tashkilotchi va universalist muhandisni tayyor-lash keng tizimli hamda metodologik yo‘nalishga ega ta’limni talab qiladi. Bunday muhandislarni tayyorlashda fan va texnika falsafasi muhim o‘rin tutishi mumkin.
Shunday qilib, texnikada oqilona umumlashtirishning oxirgi ikki bosqichi falsafiy-metodologik tahlil uchun ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Aynan shu sohada texnika falsafasi bilan fan falsafa-sining manfaatlari kesishadi. Fan falsafasi tabiiy ilmiy, eng avvalo, jismoniy bilish asosida ishlab chiqilgan metodologik tah-lil vositalarini texnika falsafasiga taqdim etadi; texnika falsafasi esa texnik tahlil va ushbu metodologik vositalarni yanada rivojlantirish uchun yangi material – texnika fanlarini taqdim etadi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə