Texnika falsafasi


Tajribaviy amaliy matnlar



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə46/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Tajribaviy amaliy matnlar
Texnika va texnologik diskurs, ijtimoiy madaniy diskurs, texnotron sivilizatsiya, radiolokatsiya tizimi, texnoevolyusiya.


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Jyul Lyabe dasturining mohiyatini bilasizmi?

  2. Klassik va noklasslik texnika fanlarining shakllanishi nima bilan yakunlanadi?

  3. I.B.Kudrin ta’limotini asoslang.

  4. Tabiiy ilmiy diskursni ta’riflang.

  5. Noklassik texnika fanlari rivojlanish bosqichlarini bilasizmi?



Qo‘shimcha va tushuntiruvchi matnlar

















1) Tadqiqot ishlari va texnologik novatsiyalarga potensial qiziqishni identifikatsiya qilish





4) Yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rish maqsadida ular haqida jamoatchilikni xabardor qilish.


2) Mazkur dasturni amalga oshirish uchun vositalarni taklif qilish

Jyul-Lyabbe dasturining asosiy bandlari:





3) Ushbu novatsiyalarning ikkilamchi va ko‘ngilsiz oqibatlarini ular muqarrar tus olgunga qadar aniqlash




Bilim va ko‘nikmalarni baholash materiallari
1. Antik falsafada ko‘p uchraydigan “texne” tushunchasi nimani anglatadi?
A) “Texnika” so‘zining kadimgi nomi.
B) Har qanday buyumlar yasash texnikasini.
V) Temirdan yasalgan buyumlarni.
G) Falsafaning texnik asoslarini.
2. 1777 yilda “Umumiy texnologiya” maktabini kim yaratgan?
A) Iogann Bekmann
B) Ernst Kapp
V) Fred Bonn
G) Alfred Espinas
3. Yevropaning qaysi muassasalariga nisbatan “hamma narsa haqida yo‘q narsa” biladi, degan ta’rif berilgan?
A) Qirollik saroyiga
B) Universitetlarga
V) Xristian cherkovlariga
G) Cherkov sudiga
4. S.S.Averinsev o‘rta asrlarda qanday madaniyatlar mavjud bo‘lganini aytib o‘tgan?
A) Arxaik (majusiylik).
B) Antik.
V) Xristian.
G) Xamma javob to‘g‘ri.
5. “Texnika falsafasi” atamasini fanga birinchi kiritgan shaxs kim?
A) Ernst Kapp
B) Fred Bonn
V) M.Xaydegger
G) N.S.Rozov
6. XIX asr oxirida rossiyalik muhandis P.K.Engelmeyer o‘zi-ning qaysi kitobida texnika falsafasining vazifalarini belgilab bergan?
A) “Burch va ezgulik haqida”.
B) “Texnika falsafasining asosiy yo‘nalishlari madaniyat yuzaga kelishi tarixiga nisbatan yangi nuqtai nazardan”.
V) “XIX asrning texnik yakunlari”.
G) “Texnika falsafasi”.
7. Texnika falsafasi rivojlanishining ilk bosqichlari uchun ikki asosiy yo‘nalish xos, bu...
A) Texnik optimizm va texnik pessimizm.
B) Demonizatsiya va mistifikatsiyalashtirish.
V) Texnik fenomen va texnik artefakt.
G) To‘g‘ri javob yo‘q.
8. Texnikani qanday tushunish mumkin?
A) Oddiy mehnat qurollaridan murakkab texnik tizimlargacha bo‘lgan texnik moslamalar, artefaktlar yig‘indisi sifatida.
B) Moslamalarni yaratish borasidagi texnik faoliyatning har xil turlari – ilmiy-texnik tadqiqot va loyihalashdan tortib, ularni ishlab chiqarish va ishlatishgacha, texnik tizimlarning alohida elementlarini ishlab chiqishdan tortib to tizimli tadqiq qilish va loyihalashgacha – yig‘indisi sifatida.
V) Maxsus retsepturaviy-texnik bilimlardan tortib to nazariy ilmiy-texnik va tizimli-texnik bilimlargacha bo‘lgan texnik bilim-lar yig‘indisi sifatida.
G) Hamma javob to‘g‘ri.
9. Georgiy Agrikolaning texnikaga oid asarlari qaysi?
A) “Tog‘-kon ishi metallurgiyaga doir o‘n ikki kitob”
B) “Mashina teatrlari”
V) “Tegirmon teatrlari”
G) Hamma javob to‘g‘ri
10. Texnika falsafasining bosh vazifasi nimadan iborat?
A) Insonning dunyoga texnik munosabatini, ya’ni dunyoni texnik tushunishni tadqiq qilishdan iborat.
B) Texnika, texnik faoliyat va texnik bilim madaniyat feno-menini o‘rganishdan iborat.
V) Texnika va texnologiya mohiyatining tahlilini o‘rganishdan iborat.
G) To‘g‘ri javob A va S.
11. “Artefakt” so‘zining ma’nosi nima?
A) So‘zning tor ma’nosidagi texnologiyaning bir jihati.
B) Texnik muhandis.
V) Sun’iy tuzilma.
G) To‘g‘ri javob yo‘q.
12. Texnika o‘zida nimani ifodalaydi?
A) Tabiat kuchlari va energiyalardan foydalanishning alohida muhandislik usulini.
B) Texnikada oqilona umumlashtirishning shakllanishini ifodalaydi.
V) Texnikaning mohiyati va asosiy xususiyatlarini ifodalaydi.
G) Texnik jixozlarni ifodalaydi.
13. Texnikaning ikki jihati (sun’iy va tabiiy jihatlar) aloqasi ilk bor kim tomonidan aniqlangan?
A) Aristotel
B) Platon
V) Geraklit
G) Gerodot
14. Artefaktlar maydonini qanday turkumlarga ajratish talab etiladi?
A) Texnikaga
B) Belgilarga
V) To‘g‘ri javob A va B
G) Artefaktlar turkumlarga ajratilmaydi
15. Nemis faylasufi Ernst Kapp “Texnika falsafasining asosiy yo‘nalishlari madaniyat yuzaga kelishi tarixiga nisbatan yangi nuqtai nazardan” nomli kitobini kachon yozgan?
A) 1850 yilda
B) 1862 yilda
V) 1870 yilda
G) 1877 yilda
16. Texnika falsafasi nimalarni o‘rganadi?
A) Texnika, texnologiya rivojlanishi, muhandislik va texnik faoliyatlarni o‘rganadi.
B) Texnik fanlarni loyihalashtirish qonuniyatlari hamda ularning insoniyat madaniyati va hozirgi zamon jamiyatidagi o‘rnini o‘rganadi.
V) Inson va texnika, texnika va tabiat munosabatlari, hozirgi zamon texnika va texnologiyasining etik, estetik, global va boshqa masalalarini o‘rganadi.
G) Hamma javob to‘g‘ri.
17. Qaysi yo‘nalish vakillari texnikani insoniyat dushmani va barcha ofatlarning sababchisi deb baholaganlar?
A) Texnik pessimizm.
B) Texnik optemizm.
V) Texnik demonizatsiya.
G) To‘g‘ri javob yo‘q.
18. Qaysi faylasuf “texnika” tushunchasi keng ma’noga ega ekanligini uqtirib o‘tadi: “Har qanday faoliyat, eng avvalo, har qanday kasbiy faoliyat texnik qoidalarga muhtoj bo‘ladi”.
A) Ernst Kapp
B) Frans Relo
V) Fred Bonn
G) G.Galiley
19. Quyosh atmosferasining kimyoviy hususiyati kim tomonidan aniqlangan?
A) R.Mayer
B) R. Bunzen
V) G.Kirxgof
G) F Relo
20. Qaysi sayyoralar gigant sayyoralar turkumiga kiradi?
A) Yupiter, Saturn, Merkuriy
B) Neptun, Pluton, Mars, Venera
V) Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton
G) Hammasi to‘g‘ri
21. Kim birinchi bo‘lib “mikro” va “mikroevolyusiya” atama-larini qo‘llagan?
A) N.V.Timofeev-Resovskiy
B) Darvin
V) Yu.A.Filipchenko
G) N.S.Rozov
22. “Biosfera” atamasi birinchi bo‘lib qachon qo‘llanilgan?
A) 1875 yilda
B) 1900 yilda
V) 1864 yilda
G) 1920 yilda
23. Qachon va kim tomonidan virus kashf etilgan?
A) 1892 y. D.I.Ivanovskiy
B) 1890 y. I.N.Dmitriev
V) 1894 y. V.N.Klyuevoy
G) 1895 y. P.V.Ivanov
24. Texnika falsafasi nimalarni tadqiq etadi?
A) texnika fenomenini.
B) Uning immanent rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyotda tutgan o‘rnini.
V) Tarixiy istiqbolini.
G) hamma javob to‘g‘ri.
25. “Texnika” va “texnologiya” tushunchalarini ajratish muam-mosini o‘rganish qachondan boshlangan?
A) XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida.
B) XIX asr oxiri va XX asr boshlarida.
V) XX asr o‘rtalarida.
G) XIX asr o‘rtalaridan.
26. N.S.Rozov qadriyatlarni qanday guruhlarga ajratgan?
A) Kardinal qadriyatlar.
B) Subkardinal qadriyatlar.
V) Etos qadriyatlar.
G) Hamma javob to‘g‘ri.
27. Texnik optimizmning o‘ziga xos jihati nima?
A) Texnikani ideallashtirish, uning rivojlanish imkoniyat-larini oshirib baholash.
B) Texnika ijtimoiy taraqqiyotning yagona yoki birinchi daraja-li determinlovchi omili.
V) Texnikani rad etish, demonizatsiya va mistifikatsiyalash-tirish bilan xarakterlanadi.
G) To‘g‘ri javob yo‘q.
28. Texnik pessimizm nimasi bilan xarakterlanadi?
A) Texnika ijtimoiy taraqqiyotning yagona yoki birinchi daraja-li determinlovchi omili bilan xarakterlanadi.
B) Texnikani rad etish, demonizatsiya va mistifikatsiyalash-tirish bilan xarakterlanadi.
V) Texnikani ideallashtirish, uning rivojlanish imkoniyat-larini oshirib baholash bilan xarakterlanadi.
G) Hamma javob to‘g‘ri.
29. “Galaktika” tushunchasi zamonaviy tilda nimani anglatadi?
A) Katta yulduzlar turkumi.
B) Butun quyosh sistemasini.
V) To‘g‘ri javob yo‘q.
G) Yer atrofidagi sayyoralarni.
30. Fotosfera bu – ?
A) Oyning ko‘rinmas yuzasi.
B) Quyoshning ko‘rinadigan qismi.
V) Yerning kosmosdan ko‘rinishi.
G) Quyosh sistemasining surati.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə