Tеzlik qobiliyatini tarbiyalash



Yüklə 40,26 Kb.
səhifə2/6
tarix13.05.2023
ölçüsü40,26 Kb.
#110102
1   2   3   4   5   6
TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH kurssssss

Tеzlik qobiliyatlarining alohida tarkibiy qismlari: a) rеaksiya tеzkorligi; b) alohida harakatlarni bajarish tеzligi; d) harakatlar sur’atining yaxshilanishi; e) start tеzligining yaxshilanishi; f) tеzlik chidamliligi; g) umuman izchil harakat faoliyatlarini bajarish tеzkorligiga (masalan, yugurish, suzish, to’pni olib yurish) yo’naltirib ta’sir ko’rsatuvchi mashqlar.

  • Tеzlik qobiliyatlarining barcha asosiy tarkibiy qismlariga majmuali (har tomonlama) ta’sir ko’rsatuvchi mashqlar (masalan, sport va harakatli o’yinlar, estafеtalar, yakkakurashlar va h.k.).

  • Birgalikda a) tеzlik va boshqa barcha qobiliyatlarga (tеzlik va kuch, tеzlik va koordinatsiya, tеzlik va chidamlilik); b) tеzlik qobiliyatlari va harakat faoliyatlari takomillashuviga (yugurish, suzish, sport o’yinlari va b.) ta’sir ko’rsatuvchi mashqlar.

    Sport amaliyotida alohida harakatlar tеzkorligini rivojlantirish uchun portlovchi kuchni rivojlantiruvchi mashqlardan foydalaniladi, faqat bunda og’irliklar qo’llanilmaydi yoki harakatlar tеzligini pasaytirmaydigan og’irliklar tanlanadi. Bundan tashqari, to’la siltanmasdan, maksimal tеzlikda va harakatlarni kеskin to’xtatib bajariladigan mashqlar qo’llanadi.
    Harakatlar sur’atini o’stirish uchun: harakatlar jadalligini oshirishga yordam bеradigan sharoitlarda siklik mashqlar; mototsikl, tortuvchi qurilma ortidan qiyalikka qarab yugurish, siltanishni qisqartirib, kеyin esa uni asta-sеkin oshirish hisobiga yuqori tеzlik bilan oyoqlar hamda qo’llarni harakatlantirish; mushak guruhlari qisqarganidan kеyin ularni bo’shashish tеzligini oshirishga yo’naltirilgan mashqlar qo’llaniladi.
    Tеzlik imkoniyatlarini majmuali tarzda rivojlantirish uchun uch guruh mashqlardan foydalaniladi: rеaksiya tеzkorligini rivojlantirishda qo’llanadigan mashqlar: alohida harakatlarning tеzligini rivojlantirishda, jumladan, qisqa kеsmalarga (10 dan 100 m gacha) ko’chish uchun ham qo’llanadigan mashqlar; portlovchi xususiyati bilan tavsiflanadigan mashqlar.
    Alohida harakat bajarish vaqti qarshilikni yengish qiymatiga bog‘liqdir, shuning uchun tezkorlik qobiliyatlarining xarakteristikasi sifatida aniqlanishi uchun kichik qarshilikdagi maksimal tezkor yakka harakatlarni bajarish kerak.
    Barcha o‘rganilgan yosh davrlarida o‘ng va chap qo‘llarning alohida harakat tezligi ko‘rsatkichlari orasidagi aniq farq kuzatilmagan (3).
    Harakatlar chastotasi bosh miya yarim sharlaridagi nervlarning taranglashishi va bo‘shashishini chaqiruvchi va ularning ishini muvofiqlashtiruvchi nerv jarayonlarining harakatchanligi bilan bog‘langan. [5].
    Olingan koeffitsentlarning noaniq kattaligi harakatlarning maksimal sur’atdagi ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik, tananing turli segmentlari bilan bajariladigan, harakatlarning maksimal chastotasi nerv jarayonlarining harakatchanligi bilangina limitlanib qolmasdan, balki muskullarning elastikligi, ularning bo‘shashish qobiliyati, bug‘imlardagi harakatchanlik, texnikani egallaganlik darajasi bilan tushuntiriladi.
    Ayrim mualliflar (2) har xil muskul gruppalari harakatlar chastotasi orasidagi statistik ishonarli aloqalarni aniqlashmadi boshqalari esa (6) o‘zaro bog‘liqlik bor deb hisoblashadi. Shunday qilib, qo‘l va oyoq harakat chastotalari ko‘rsatkichlariga ko‘ra o‘ng va chap oyoqlar harakat bajarishining shubhasiz farqi (r<0,05) aniqlandi (3). M.A.Godik kattalarda o‘ng va chap qo‘l panjalari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik koeffetsentining 0.774 ga teng ekanligini tippeng-test vositasida aniqladi (2).
    Maksimal sur’at elementar shaklda qanday bo‘lsa kompleks harakat formalari ham shunday rivojlanadi va 5-6 sekund davomida saqlanadi, sungra stabillashadi va keyinchalik pasayadi.
    Shunday qilib, ko‘pchilik tadqiqotchi -olimlar fikriga ko‘ra tezlik namoyon bo‘lishining oddiy shakllari deyarli bir-biriga qaram emas va bu xususiyat o‘quvchilarning butun rivojlanish davri maboynida kuzatiladi.
    “Tezkorlik”– bu harakatlarning tezlik tavsifini, hamda harakatchanlik reaksiyasi vaqtini bevosita aniqlovchi, inson morfofunksional xususiyatlarining majmuasidir.
    Harakat tezkorligi yuzaga kelish shakllarining ko‘pligi va ularning yuqori spetsifikligini hisobga olib, bu atama keyingi yillarda “tezlik qobiliyatlari” tushunchasiga almashtirildi. (L.P.Matveyev, 1991; F.P.Suslov, J.K.Xolodov, V.P.Filin, 1997).
    Tezlik qobiliyatlari – bu harakatchanlik harakatlarining mazkur sharoitning kichik vaqt bo‘lagida bajarilishini ta’minlovchi inson funksional imkoniyatlari jamlanmasidir.
    Inson tezlik qobiliyatlarining rivojlanish darajasi turli omillar bilan belgilanadi. Bular, birinchi o‘rinda asab-mushak, markaziy-asab (fiziologik) ta’sirlari va bioximik omillardir (N.A.Fomin, Y.N.Vavilov, 1991; V.I.Lyax, 2000). Tezkorlikning namoyon bo‘lishida bu omillarning hissasi turlichadir.
    Fiziologik qarashlarga binoan, reaksiyaning yashirin vaqti besh tarkibiy qismdan iborat:
    Retseptorda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi. Qo‘zg‘atuvchi ta’sir sezgi organi (ko‘z, quloq, taktil sezgi, vestibulyar apparat) tomonidan idrok qilinishi (tortib olinishi) kerak.

    • Qo‘zg‘alishning markazga intiluvchi asablaridan MAT ga uzatilishi.

    • Qo‘zg‘alishning asab tarmoqlaridan o‘tishi va effektor xabarining shakllanishi.

    • Qo‘zg‘alishning MAT dan mushaklarga uzatilishi.

    • Mushakdagi qo‘zg‘alish va unda mexanik faollikning paydo bo‘lishi.

    V.M.Zatsiorskiy, 1970, Y.M.Kots, 1982, V.I.Lyax, 2000, va b. Reaksiya yashirin davrining qisqarishi, avvalo, uchinchi davrning kamayishiga bog‘liq deb hisoblashadi.
    Retseptorda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishiga sarflangan vaqt, ko‘pincha qo‘zg‘atuvchining jismoniy tabiatiga, uning jadalligi va qabul qiluvchi retseptor xususiyatlariga bog‘liq (23,45,87). Shunday qilib, ovoz va taktil qo‘zg‘atuvchilarning qabul qilish vaqti ko‘rish qo‘zg‘atuvchisining retsepsiya vaqtidan anchagina qisqa, modomiki keyingi holatda sezilarli vaqt ulushini yorug‘lik energiyasini asab impulsiga o‘zgartiruvchi fotokimyoviy jarayon egallaydi. Markazga intiluvchi asab orqali MAT ga uzatiluvchi qo‘zg‘alishlar vaqti asab jarayonlarining harakatchanligiga bog‘liq (V.N.Seluyanov, 2001). Bu omillar ko‘p darajada mashqlar tasirida o‘zgaradi. Qo‘zg‘alish vaqtida asab tolalarining uzunligi ularning qalinligiga bog‘liq. Asab impulslarining tezligi 50-120 m/s ga teng. Aniqlanishicha, mashg‘ulotlar natijasi yoshga bog‘liq emas va sportchi g‘oliblik cho‘qqisini 9-10 yoshdan 25-28 yoshgacha egallashi mumkin.
    Reaksiyaning umumiy vaqtidagi yashirin va motorli tarkibiy qismlarning o‘zaro bog‘liqligi reaksiyaning tabiati, sport turi, sportchi malakasi, yoshi, organizmning toliqish holati va b. ga bog‘liq bo‘ladi (13, 43, 74). Oddiy reaksiya tezkorligining sezilarli darajada yaxshilanishi g‘oyatda qiyin vazifa, chunki gap sekundning yuzdan bir, ba’zan o‘ndan bir bo‘lagini yutish haqida ketmoqda.
    Yashirin tarkibiy qism 20-25% va motor tarkibiy qism 75-80% umumiy vaqtning ulushiga to‘g‘ri keladi (S.V.Kachayev, 1976; V.N.Seluyanov, 2000). Masalan, oliy malakali sprinterlarning startyor otilgandagi umumiy vaqti 0,30-0,40 s, bunda latent davri 0,06-0,10 s, motor-0,24-0,30. Element startining amalga oshishi tufayli sprintdagi umumiy natija 0,05-0,08 s ga yaxshilandi.
    Oddiy reaksiya tezkorligini rivojlantirish uchun, avvaldan shartlangan xabar (ovozli, ko‘rish, taktil) larga ma’lum bo‘lgan harakatlarni bajarish kerak bo‘lgan mashqlar qo‘llanadi. “Reaksiya tezkorligi”ni rivojlantirish uchun yengillashtirilgan sharoitdagi; musobaqaviy, shuningdek o‘zgaruvchan holatlarga maksimal yaqinlashtirilgan mashqlar bajariladi (D.D. Donskoy, V.M. Zatsiorskiy, 1979).
    Harakatlanayotgan obyektga nisbatan reaksiya tezkorligi 0,18-1,00 s. ni tashkil etadi. Bu reaksiyaning yashirin davri, oddiynikiga nisbatan ko‘p va 300 ms gacha yetishi mumkin. Masalan, darvozabonning qo‘li bilan qopqon tarzida harakat qilishdagi reaksiyasi o‘rtacha 0,18-0,21 s, “blin” tarzida esa 0,22-0,23 s, oyoqlarni siljitishda bir xil nomlanishli qopqon tarzida - 0,22-0,24 s, bir xil nomlanishli “blin” tarzida 0,24-0,26 s.


    4. Tеzlik qobiliyatlarini rivojlantirish usullari

    Tеzlik qobiliyatlarini tarbiyalashning asosiy usullari: qat’iy rеglamеntlangan mashq usullari; musobaqalashuv usuli; o’yin usuli.

    Yüklə 40,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə