This is your presentation title

Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/3
tarix28.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#107394
1   2   3
Biznes faoliyati sohasidagi ruxsat berish,litsenziyalash va muvofiqlikni baholash

Shu bilan birga, bir qator yo‘nalishlarda tadbirkorlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishning byurokratlashgan metodlari hali ham saqlanib qolmoqda, bu esa, o‘z navbatida, mahalliy biznesning raqobatdoshligini jadal rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitiga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni tatbiq qilish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga to‘sqinlik qilmoqda.

Xususan: birinchidan, tadbirkorlik faoliyati sohasida zamonaviy talablarga javob bermaydigan, umrini o‘tab bo‘lgan ko‘p miqdordagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari saqlanib qolmoqda; ikkinchidan, biznes jarayonlarini boshqarishning bozor mexanizmlari juda sekinlik bilan tatbiq etilmoqda, shu jumladan, tartibga solish funksiyalari haddan tashqari markazlashgan, o‘zini o‘zi tartibga solish va jamoatchilik nazorati mexanizmlari sust darajada qolmoqda; uchinchidan, tadbirkorlar hanuzgacha ayrim vakolatli organlar tomonidan litsenziya va ruxsatnoma berish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda ma’muriy tartib-taomillarning cho‘zilish holatlari bilan to‘qnashmoqda

Biznesni yuritishdagi ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish, xususiy mulkning daxlsizligini himoya qilish va kafolatlashning bozor hamda huquqiy mexanizmlarini muntazam ravishda izchil mustahkamlab borish, respublikada investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan kuchlarni jamlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari borasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning soddalashtirilgan mexanizmlarini belgilash, shaffoflikni ta’minlash, biznes bilan o‘zaro munosabatlarda huquqiy aniqlikni mustahkamlash va davlat organlari tomonidan asossiz ma’muriy nazoratni bekor qilish orqali litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikni jadal takomillashtirish; litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sonini bosqichma-bosqich qisqartirish, jamoatchilik nazorati, o‘zini o‘zi tartibga solish, sertifikatlash, akkreditatsiyalash, fuqarolik huquqiy javobgarlikni sug‘urtalash, texnik tartibga solish va boshqa zamonaviy usullar orqali tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullaridan keng foydalanish;

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə