|
Tibbiy etika va deontologiya asoslariJOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS61-68JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–32_Issue-2_Iyul_2023
62
tomonidan baho berish, qilingan ishni ma’qullash yoki qoralash) bilan
belgilanadi. axloqni etika fani o‘rganadi.
ODOB
-
bu insonniy ijobiy fazilatlaridan biridir. “o‘zbek tilining izohli
lug‘ati”da:“odob - “adab” (arabcha)” deyiladi. va yana shu kitobda: “adab
(arabcha)-adabiyot, yaxshi tarbiya, ma’qul harakat. ijtimoiy va shaxsiy
hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomilalik” deyiladi. luqmoni
hakimdan odobni qaerdan o‘rganding?”deb so‘rashganda, odobni
beadablardan o‘rgandim” deb javob bergan ekan. inson umri davomida o‘z
odobini yaxshilab bormog‘i lozim. odatda odob oldin o‘rganilib, undan so‘ng
esa unga amal qilinadi.
ETIKA (yun.
egpoz
—
xulq,
odat)
— axloq va
uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi
o‘rnini o‘rganuvchi falsafiy fan. Etika
axloqshunoslikning falsafiy nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktik amaliy
asarlarni o‘z ichiga oladi U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik
namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga
axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy
qonunqoidalarni o‘rgatadi.
Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat,
yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgo‘ylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus,
ideal, baxt, hayotning ma’nosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha
(shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h. k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni
o‘rganuvchi Etika barcha fanlar bilan aloqador. Etika bu barcha insonlar orasidagi
muloqatdir. SHuningdek ummiy etika inson kasbiga ko‘ra bir qancha turlarga
bo‘linadi. Masalan sotuvchilar etikasi, sartoroshlar etikasi, o‘qituvchilar etikasi,
tibbiyot xodimlari etikasi (tibbiy etika)...
TIBBIY ETIKA - shifokor va bemor o‘rtasidagi, shifokor va bemor qarindoshlari
o‘rtasidagi, shuningdek tibbiy xodimlarning o‘zoro kasbiy-tibbiyotga oid muloqatini
ifodalaydi.
DEONTOLOGIYA - (deontologiya-burch degan ma’noni beradi, barcha
kasblarda deontologik yondoshuv to‘g‘risida fikr yuritiladi, lekin halq orasida
deotologiya atamasi ko‘pincha tibbiyot xodimiga tegishli degan tushuncha mavjud)
tibbiyot xodimi ( shu jumladan shifokor) ning bemor oldidagi majburiyatini va unga
yuklangan ma’suliyatini, ya’ni bajarishi lozim bo‘lgan ishini ifodalaydi.
EGROTOGENIYA – bu bir bemorning ikkinchi bemorga salbiy ta’siri, bu
asosan shifoxona sharoitida yoki bemorni ko‘rishga borgan vaqtdagi ta’siri natijasida
kelib chiqadi. Bu omil ham yatrogen kasalliklarga olib keladi.
EGOGENIYA – bemorning o‘z kasalligini bilgandan so‘ng tushkunlikka tushishi
natijasida kelib chiqqan yatrogen kasallik. (Mana shuning uchun ham ayrim kasalliklar
bemorlardan sir tutilib (agar so‘rasa boshqa engilrok kasal turi aytiladi) boriladi va
|
|
|