Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Periferik nervlar.
Bola tug’ilgandan keyin nerv tolalarining o’q silindri
bo’yiga o’sadi va yo’g’onlashadi. Chaqaloqning tirsak nervidagi o’q
silindrlarining diametri 1-3 mkm bo’lsa, 4 yashar bolalarda 7 mkm ga
yaqinlashadi. O’q silindrlarining yo’g’onlashishi 8-9 yoshda tugaydi.
Endi tug’ilgan bolaning somatik nervlarini tashkil qiluvchi tolalar miyelin
parda bolan qoplangan, ammo u kattalarnikidan ikki marta yupqa. Bola
hayotining 2-3 yillari davomida miyelin juda tez qalinlashadi.
Chaqaloqlarda Ranvye bo’g’ilmalari orasidagi masofa 0,5 mm chamasida va
kattalarning nerv tolalaridagidan 3-4 marta qisqa.


Nerv tolalari qo’zg’aluvchanligining o’ntogenezda o’zgarishi to’g’risida
ma’lumot ko’p emas. Harakat potensiali amplitudasining ortishi ma’lum harakat
potensialining davomiyligi kamayishi sababli nerv tolalarining mutloq va nisbiy
refrakterligi qisqaradi. Chaqaloqlarda mutloq refrakterlik 5—8 ms, nisbiy
refrakterlik 40-60 ms ga teng. Katta yoshdagilarda bu ko’rsatkichlar 0,5-2 ms va
2-10 ms ni tashkil qiladi. Tolalarning labilligi o’sish jarayonida ortadi:
chaqaloqning nerv tolasi bir sekundda faqat 4-10 ta impuls yuzaga chiqara olsa,
kattalarda bu ko’rsatkich 300-1000 ta impulsga teng.
O’tkazuvchanlikning 
o’sish 
jarayonida 
o’zgarishi 
nisbatan 
yaxshi
tekshirilgan. Chaqaloqning nerv tolalari qo’zg’alishni kattalardagidan 2-3 marta
sekin o’tkazadi. Masalan, tirsak nervi bo’ylab impuls o’tishining eng yuqori
tezligi chaqaloqlarda 31 m/s ga teng bo’lsa, kattalarda 62 m/s ni tashkil qiladi.
Afferent tolalarning o’tkazuvchanligi efferent tolalarnikiga nisbatan birmuncha
yuqori. Bola hayoti birinchi oyining oxirida qo’zg’alishning o’tkazilish tezligi
50-80 % ortadi. 5 yashar bola nerv tolalarining o’tkazuvchanligi katta
odamlarnikidan farq qilmaydi.
O’sish jarayonida nerv tolalaridan qo’zg’alish o’tkazilishining tezlashishi bir
necha omillarga bog’liq. Bular tolalarning yo’g’onlashishi, miyelin parda
shakllanishi va uzluksiz o’tkazilishning saltator o’tkazilish bilan almashisnishi,
harakat potesiallari amplitudasining ortishidir.
Chaqaloqlarda qo’zg’alishning nerv-muskul sinapsidan o’tishi nisbatan sekin.
Katta hayvonlarda sinapsda to’xtab qolish vaqti 0,5 ms atrofida bo’lsa, yangi
tug’ilganlarida 4,5 ms ga yaqin. Shunga yarasha sinapslar labilligi past. Ular bir
sekundda 20 dan ko’p impuls o’tkaza olmaydi. Yetuk hayvonlarda bu
ko’rsatkich 80-100 ga teng. O’sish jarayonida motoneyron oxirlarida atsetilxolin
sintezi tezlashadi va sinaps sohasiga impuls yetib kelganida sinaps yirig’iga
ajraladigan atsetilxolin kvantlarining miqdori ortadi. Possinaptik membranada
xolinoretseptorlar ko’payishi natijasida oxirgi plastinka potensiali kuchayadi.
Faolligi ortgan xolinesteraza vazifasini bajarib bo’lgan atsetilxolinni tezroq
parchalaydi. Bular natijasida sinapsning labilligi ortadi, uning faolligi ishonchli
bo’ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə