Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

SO’Z BOSHI
Sog’lom bolalar salomatligini, o’sish jarayonini nazorat qilish, kasalga
chalingan bolalarni davolash samarali bo’lishi uchun pediatr o’sayotgan
organizm xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Shuning uchun pediatriya
fakultetida ko’p yillardan beri normal fiziologiyani o’qitishda fan bo’yicha
hamma fakultetlarga umumiy bo’lgan o’quv dasturidan tashqari, bu dasturga
pediatriya fakultetlari uchun kiritilgan qo’shimchalarga rioya qilinadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bolalar fiziologiyasiga oid ma’lumotlar talabalarga
tushunarli va qulay shaklda mujassamlanmagan. Bu kamchilikni bartaraf etish
maqsadida 
bir 
guruh 
mualliflar 
tomonidan 
yozilgan 
va 
professor
V.D.Glebovskiy tahriri ostida 1989-yilda chop etilgan «Fiziologiya ploda i
detey» nomli o’quv qo’llanmadan o’zbek tilida ta’lim oladigan talabalar
foydalanishlari qiyin. Undan tashqari, mazkur qo’llanmaning deyarli barcha
qismlari yangiliklar kiritish va o’zgartirishni talab qiladi.
Pediatriya fakultetida normal fiziologiyadan saboq berish tajribasiga va
bolalar fiziologiyasiga oid anchagina ma’lumotlarga ega bo’lganimiz uchun shu
qo’llanmani yaratishga qo’l urdik. Qo’llanma «Bolalar fiziologiyasi» deb
nomlangan, chunki unda biz postnatal ontogenezning faqat bolalik davrlarida
organizm faoliyatida kuzatiladigan xususiyatlarida to’xtaldik. Homila
fiziologiyasiga oid ma’lumotlar qo’llanmada o’z aksini topmadi. Ular, Bizning
fikrimizcha, embriologiya kursida yoritilishi kerak.
Kichik yoshdagi bolalarda tekshirishlar o’tkazish ma’lum qiyinchiliklarga
ega. Masalan, ba’zi tizimlar faoliyatini tekshirishda odam ixtiyoriy ravishda bu
faoliyatlarni o’zgartirishi zarur. Bola ma’lum yoshgacha bunday sinamalarni
bajara olmaydi. Shunday va boshqa sabablarga ko’ra bir qator a’zolar faoliyati
murg’ak bolalarda yetarlicha o’rganilmagan. Shu sababdan qo’llanmaning


bunday a’zolar faoliyatiga oid boblari ancha qisqa, yaxshi tekshirilgan a’zolarga
bag’ishlangan qismlari esa kengroq yoritilgan.
A’zo faoliyatlarining ontogenezda shakllanishi ko’proq hayvonlarda tajriba
o’tkazish yo’li bilan o’rganilgan. Olingan ma’lumotlar juda ko’p va qiziqarli.
Ular asosida faoliyatlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari yaratilgan.
Ammo hayvonlarda o’tkazilgan tajriba natijasini odamga juda ehtiyotlik bilan
ko’chirish lozim. Bo’lajak pediatr uchun bevosita bolalarda olingan ma’lumotlar
muhim. Shuning uchun qo’llanmada iloji boricha faqat bolalarda o’tkazilgan
tekshirishlar natijasidan foydalanishga harakat qildik. Hayvonlarda olingan
natijalarni istisno shaklida ishlatdik.
Fiziologik jarayonlar ko’rsatkichlari katta yoshdagi odamlarda ham ma’lum
chegarada o’zgarib turadi. O’sayotgan organizmga kelsak, bu chegaralar ancha
keng. Shuning uchun turli ma’lumot manbalarida keltirilgan ko’rsatkichlarning
son miqdorida sezilarli farq bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda ko’rsatkichning
mutloq miqdoriga emas, uning yoshga bog’liq holda o’zgarish dinamikasiga
ko’proq ahamiyat berilsa to’g’riroq bo’ladi.
Mazkur qo’llanma pediatriya fakultetlari talabalari uchun mo’ljallangan
bo’lib, talabalarning o’sayotgan organizm faoliyatlari to’g’risida aniq
tushunchaga ega bo’lishlarida yordam beradi, deb o’ylaymiz. Undan pedagogika
fakultetlari va o’rta tibbiy bilim yurtlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
Hamkasblarimiz kitobning kamchiliklariga qaramay, uni xayrixohlik bilan
qabul qiladilar va o’zlarining qimmatli fikr va mulohazalarini izhor etib,
kamchiliklarni yo’qotishga ko’maklashadilar, deb umid qilamiz.
Mualliflar



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə