Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHI
O’sishning biologik ma’nosi deganda tana kattalashib, organizmning
takomillashishi tushuniladi. Shuning uchun ham balog’atga yetish o’sishdan
to’xtash bilan deyarli bir vaqtga to’g’ri keladi. O’sish tezligi biologik
qonunlarga bo’ysunadi, ammo bu jarayon tashqi muhit omillariga ham bog’liq.
Bu omillarning ba’zilari o’sishni rag’batlantirsa, boshqalari unga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Demak, bolalarning jismoniy rivojlanishi baholanganda, irsiyat
omillaridan tashqari, ular o’sayotgan ijtimoiy-gigiyenik sharoitlarni han
e’tiborga olish kerak.
Jismoniy rivojlanish xalq salomatligini ifodalovchi juda aniq ko’rsatkich.
Uning asosida davlat va jamiyat holati haqida ham fikr yuritish mumkin.
Badavlat, tinchlikda yashaydigan yurt fuqarolarining jismoniy rivojlanish
ko’rsatkichlari ham yuqori bo’ladi.
Bolalarning jismoniy rivojlanishini o’rganishda quyidagi belgilar ko’rsatkich
sifatida olinadi. Bular: bir yoshgacha bo’lgan davrda bolaning yotgandagi bo’yi,
og’irligi, ko’krak qafasi va boshining aylanasi. Kattaroq bolalarda tik turgandagi
va o’tirgandagi bo’yi, ko’krak qafasining aylanasi tinch holatda, nafas olganda
va nafas chiqarilganda o’lchanadi. Bulardan tashqari, bilak muskullari va
gavdaning kuchi dinamometr yordamida aniqlanadi va hokazo.
Bolalarning jismoniy rivojlanishini keng ko’lamda o’rganish bolalar
gigiyenasi fanining vazifasi hisoblanadi. O’sish fiziologik jarayon bo’lganligi
sababli ikki ko’rsatkich asosida ( tana uzunligi va vazni) bolalikning turli
davrlarida o’sishning jadalligini ko’rib o’tamiz.
O’z vaqtida tug’ilgan chaqaloqning bo’yi va tana massasida individual farq
ancha sezilarli. Bu ko’rsatkichlarga onaning salomatligi va yoshi, homiladorlik
vaqtida ovqatlanishi, homiladorlikning kechishi, birinchi yoki keyingi
homiladorlikdan tug’ilish, bolaning jinsi va tashqi omillar ta’sir qiladi.
Chaqaloqning bo’yi 45 sm dan 56 sm gacha, o’rta hisobda 48-50 sm ga teng
bo’lsa, tana massasi 2500 g dan 6000 g gacha bo’lib, o’rtacha 3200-3500 g ni
tashkil qiladi. O’g’il bolalarda bu ko’rsatkichlar qiz bolalardagiga nisbatan 3-7%
yuqori bo’ladi. Birinchi homiladorlikdan tug’ilgan bolalarning bo’yi va vazni
odatda keyingi bolalarnikidan kamroq bo’ladi.
Hayotining birinchi kunlari (4-5 kungacha) chaqaloqning vazni kamayadi. Bu
fiziologik vaznni yo’qotish 5-8% dan ortmasligi kerak. 7-10 kunga borib, tana
massasi tiklanadi, undan keyin orta boradi.
Chaqaloq hayotining birinchi kunlari tana massasining kamayish darajasi va
davomiyligi bolani emizish tartibiga bog’liq. Agar chaqaloq onasini dastlabki 12


soat davomida ilk bor emsa, emizish 6 marta bo’lib, qo’shimcha suv berilsa,
tana massasi 5% dan ortiq kamaymaydi va bu holat 3 kun davom etadi. Bu
ma’lumot o’zbek xalqida odat bo’lgan chaqaloqni erta emizish asosli ekanligini
ko’rsatadi.
Birinchi oyninh oxirida tana vazni 600-750 g ga ortadi. Bola hayotining
ikkinchi va uchinchi oylarida tana massasi jadal ko’payib, oyiga 800-900 g ni
tashkil qiladi. Undan keyin bu jadallik pasayib borib, 11-12 oylarda 150-200 g
ga tushadi. Birinchi yil davomida bola tanasi massasiga 6500-7000 g qo’shiladi
va u yilning oxirida 10500-10650 g ga yetadi. Demak, birinchi yilda bola
tanasining massasi deyarli uch marotaba ortadi.
Emizikli bolaning bo’yi ham tug’ilganidan keyin birinchi uch oy davomida
eng jadal sur’atda o’sadi (1-rasm). Bu davr ichida chaqaloqning bo’yi 20% ga
(o’rta hisobda 10 sm ga) o’sadi. Keyin jarayon sekinlashib boradi. Yilning
oxiriga kelib, bola bo’yiga 25 sm qo’shiladi yoki hayotining birinchi yilida
uning bo’yi 50% ga ortadi.
Bola hayotininh keyingi yillarida ham uzluksiz o’sishni kuzatamiz, ammo
jarayonning jadalligi bir tekis emas. Birinchi yil davomida chaqaloqning bo’yi
47-50% ortgan bo’lsa, ikkinchi yilda 11-13% ga o’sadi. 3-5 yashar bolalarning
o’sish tezligi ancha tekis bo’lib, yiliga 10% ni tashkil etadi. 6-7 yoshda bolalarda
o’sishning yana bir jadallashishini ko’ramiz. 8 yoshda o’sish tezligi eng kam
bo’lib, 1,5-3% dan ortmaydi. Balki bu bolaning hayotida keskin o’zgarish –
uning maktabga borishi bilan bog’liqdir. O’qish-o’rganish jarayoni bolada hissiy
zo’riqishga olib keladi.
Bu omillarning barchasi murg’ak organizmiga stressor ta’sir ko’rsatib, uning
o’sishini tormozlaydi.
Balog’atga yetish davrida bolalar o’sishida sezilarli tezlanish kuzatiladi.
Keyin 16-17 yoshda bu jarayon yana sekinlashadi va 18-20 yoshga yetganda
to’xtaydi.
Demak, bola emizikli davrida ham, undan keyingi davrlarda ham notekislik
qonuniga bo’ysungan holda o’sadi va rivojlanadi. Alohida olingan a’zo va
funksional tizimlarning o’sishi va taraqqiyoti ham bu qonun asosida o’tadi. Bu
masala tegishli a’zolar faoliyatining yoshga bog’liq xususiyatlari ko’rilganda,
yoritiladi.
O’sish va rivojlanishning yana bir qonuni – bu jarayonlarning jinsga
bog’liqligi. Balog’atga yetish davridan avval o’g’il bolalarning antropologik
ko’rsatkichlari qiz bolalarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. Bu farqni yangi
tug’ilgan chaqaloqning bo’yi va og’irligida ko’rish mumkin. O’g’il
chaqaloqning bo’yi 50,43
±
0,09 sm va tana massasi 3530
±
21,30 g bo’lsa, qiz
chaqaloqlarda bu ko’rsatkichlar 49,50
±
0,08 sm va 3330
±
20,0 g ni tashkil
qiladi. 10-11 yashar bolalarning bo’yi va og’irligidagi jinsga bog’liq farq
yo’qoladi. 12-13 yashar o’smir qizlarning bo’yi ham, og’irliga ham o’g’il
tengdoshlarinikidan kattaroq bo’ladi (13 yashar qizlarning bo’yi – 154,0 sm,


tana vazni – 42,7 kg; o’gil bolalarning bo’yi – 150,2 sm va tana vazni – 39,4
kg). O’spirinlik davrida yigitlar rivojlanishda yana qizlardan o’zib ketadilar.
Bo’y va tana massasidan tashqari, o’sish davrida boshqa tizimlar faoliyatida
ham jinsiy farq kuzatiladi. Masalan, kaft va gavdani yozuvchi muskullar kuchi,
nafas, hamda yurak-qon tomirlar tizimining faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari
o’g’il bolalarda qiz bolalarnikidan ko’proq bo’ladi.
Osish va rivojlanish rejasini asosan genetik omillar belgilasada, ularga tashqi
muhitning fizikaviy va ijtimoiy omillari sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bola 6-7
yoshga, o’smirlar 11-14 yoshga yetganda o’sishninh tezlashishi genetik rejaga
bog’liq bo’lsa, shu davrlarning o’rtasida (8 yoshda) o’sishning tormozlanishini
muhit sharoitlarining o’zgarishlari yuzaga chiqaradi.
Tana vaznining ortishi ko’proq tashqi omillarga bog’liq. Bola iste’mol
qiladigan ovqat miqdori va sifati, bolaning harakat faolligi, jismoniy
tarbiyalanishi birinchi galda rivijlanishning bu ko’rsatkichiga ta’sir qiladi.
Organizm faoliyatlarining ba’zilari (oliy nerv faoliyatining turlari, EEG
xususiyatlari va boshq.) ko’proq bolaning irsiyatiga bog’liq bo’lsa, boshqalari
(muskullar kuchi, harakatchanligi, chidamliligi, avtonom nerv tizimi va ichki
a’zolar faoliyati) tashqi muhit omillariga sezgirdir. Irsiyat bilan ko’p jihatdan
bog’liq bo’lmagan faoliyatlarga muntazam ravishda va ma’lum yo’nalishda
ta’sir qilib, uni o’zgartirish mumkin.
Demak, bola organizmining o’sishi va rivojlanishi genetik va muhit
omillarining murakkab o’zaro munosabatlarining natijasidir.
Agar akseleratsiya to’g’risida gap yuritilmasa, o’sish va rivojlanishga oid
ma’lumot to’liq hisoblanmaydi. Antropologiya va tibbiyotda akseleratsiya
deganda bola va o’smirlarning o’sish
jadalligini avvalgi avlodlar o’sishi va
rivojlanishiga nisbatan tezlashtirish tushuniladi. Akseleratsiyaning mohiyati
shundaki, hozirgi avlodning biologik kamolotga yetishi oldingi avlodnikidan
ertaroq tugaydi va osish to’xtaganida odamning bo’yi va tana vazni ortadi.
Akseleratsiya asrimizning 20-yillarida olingan antropometrik, hamda XIX
asrning 30-yillarida to’plangan ma’lumotlar bilan solishtirilganda, ilk bor qayd
qilingan. Akseleratsiya homila rivojlanishi davridayoq yuzaga chiqa boshlaydi.
Masalan, oxirgi 30-40 yil davomida tug’ilgan chaqaloqlarning bo’yi 1-1,5 sm
ga, tana vazni esa 100-300 g ga ortdi.
Emizikli davrida ham o’sish va rivojlanish tezlashdi. 60-yillarda Moskva
shahrida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga qaraganda, keyingi 40 yilda olti oylik
bolalarning bo’yi 1,5 sm, tana vazni 1 kg ga ko’paygan. Avval bola hayotining
oltinchi oyida kuzatiladigan tana vaznining ikki baravar ortishi 4-5 oylar orasiga
siljigan. Sut tishlari ancha erta chiqa boshlagan, ularning doimiy tishlarga
almashinish muddati bir yil oldinga surilgan.
O’sish va rivojlanish akseleratsiyasi o’smirlik davrida juda yaqqol ko’zga
tashlanadi. Ko’p mamlakatlarda o’tkazilgan tekshirishlar keyingi yarim asr
davomida 12 yashar o’g’il bolalarning o’rtacha bo’yi 11 sm ga, tana vazni 10 kg
ga ortganini ko’rsatdi. Balog’atga yetish ham ancha tezlashgan. Masalan,


qizlarda ilk bor hayz ko’rish vaqti 1 yil oldinga surilgan. Shu bilan bir vaqtda
o’sish davri 2 yilga qisqargan. Ammo, bunga qaramasdan, o’rta yashar
odamlarning o’rtacha bo’yi 3,5-4 sm ga va vazni 8-9 kg ga ortgan.
Akseleratsiya alohida olingan mamlakat yoki ma’lum iqlim va millatga xos
narsa emas. 3-jadvaldagi raqamlarga nazar tashlasak, keyingi 35-40 yil
davomida sovuq iqlimda yashagan Komi bolalarining ham, dengiz sohilida
turuvchi Litva o’smirlarining ham, issiq iqlimda yashagan o’zbek bolalarining
ham bo’yi ancha ortganini ko’ramiz.
3-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə