Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

LIMFOID KOMPLEKS
Limfoid kompleksga ayrisimon bez (timus,) limfa tugunlari, taloq, ko’mik va
hazm tizimidagi limfoid to’qima kiradi.
Timus.
Bular orasida timus alohida o’rin tutadi. Yosh hayvonlarda bezning
olib tashlanishi yoki chaqaloqda uning rivojlanmasligi limfoid kompleksga
salbiy ta’sir ko’rsatadi. Limfatik tugunlar atrofiyaga uchraydi, taloqda eritro- va
miyelopoez davom etib turgan bir vaqtda, limfoid follikullar rivojlanishi
to’xtaydi, qonda lomfopeniya kuzatiladi, immun tanachalar ishlab chiqarilishi
keskin susayadi. Shu sababdan timiusni limfotsitopoez va immunogenezning
markaziy a’zosi deyishadi. Ko’mikdan bezga o’tgan T-limfotsitlarning


o’tmishdoshidan hujayra immunitetini ta’minlaydigan va gumoral immunitetni
boshqarishda ishtirok etadigan T-limfotsitlar yetishadi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqning timusi 7,7-34,0 g bo’ladi. Bola 3 yoshga
yetguncha u kattalashadi. 3-20 yosh orasida bezning o’lchami bir me’yorda
bo’lib, keyin kichiklashadi.
Bolaning o’sishi jarayonida timusning po’stloq va mag’iz qismlarining
nisbati o’zgaradi: chaqaloqda po’stloq qismi mag’iz qismidan kattaroq bo’ladi.
1-3 yashar bolalarda bu qismlar tenglashadi, 4-9 yashar bolalarda po’sloq qismi
sezilarli darajada kamayadi va bu jarayon keyin ham davom etadi. Timus
po’stloq qismining kamayishi limfotsitlar yetilishini sekinlashtiradi.
Timusning mag’iz qismidagi hujayralar yoshga bog’liq holda o’z faoliyatini
sustlashtirmaydi. Bu qavatda uchraydigan Gassal tanachalari fiziologik faol
peptidlar ajralishida ishtirok etsa karak.
Timus – “immunologik hotira” a’zosi. Boshqa a’zolarda yetilgan limfotsitlar
undan o’tish jarayonida ma’lum ahborotga ega bo’ladi va immunokompetent
(immunitetni ta’minlaydigan) holatga o’tadi. Undan tashqari, timotsitlar
yemirilganida 
erkinlashadigan 
gumoral 
omillar 
limfatik 
tugunlardagi
limfotsitlarga immunokompetenntlik baxsh etadi.
Timusda sintezlanadigan gumoral omillar limfoid tizim rivojlanishini
rag’batlantiradi va limfotsitlar immun faolligini oshiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə