Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Turli millatlarga mansub 13 yashar o’g’il bolalar bo’yining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Turli millatlarga mansub 13 yashar o’g’il bolalar bo’yining
ortishi (1925-1967 yillar)
Millati
Tekshirish
o’tkazilgan yillar
Bolalarning bo’yi
(sm hisobida)
Boy’ga qo’shilish
(sm hisobida)
Tatarlar
1928
1964
133,4
146,0
12,6
Komi xalqlari
1927
1967
137,2
149,4
12,2
Ruslar
1925
1965
141,2
152,8
11,6
Litvaliklar
1926
1966
142,8
153,6
10,8
Qirg’izlar
1928
1961
138,4
148,4
10,0
O’zbeklar
1928
1963
137,8
147,4
9,6
Akseleratsiya haqida bir qancha gipotezalar mavjud. Ularni shartli ravishda
uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga kiruvchi fizik-kimyoviy
gipotezalarga ko’ra, hozirgi bolalarga quyosh nurlari, radioaktiv nurlanish,
elektromagnit to’lqinlarining ta’siri avvalgi davrlardagidan kuchliroq. Bu
omillar o’sishni rag’batlantira oladi.
Akseleratsiyaning sababi – asosan yashash sharoitlarining o’zgarishiga
bog’liq,
-
degan gipotezalar ikkinchi
guruhni tashkil qiladi. Bunday
gipotezalarni oldinga suruvchi olimlarning fikricha, keyingi paytlarda
bolalarning ovqatlanishi sifat va miqdor jihatdan ancha yaxshilandi. Ovqatda
yuqori biologik qimmatga ega bo’lgan oqsil va yog’larning miqdori ortgan,
emizikli bolalarni boqishda kaloriyalar sig’imi yuqori bo’lgan maxsus sut
aralashmalari qo’llanilgan. Ana shu omillar va aholining shaharlarga ko’chishi,
qishloqdagi yashash sharoitlarining shahardagiga yaqinlashishi (urbanizatsiya)
o’sish va rivojlanishni jadallashtirgan.


Gipotezalarning uchinchi guruhi bo’yicha akseleratsiyaning sababi siklik
ravishda sodir bo’ladigan biologik o’zgarishlar – geterozisda. O’tgan asr
davomida transportning rivojlanishi, urushlar natijasida xalqlarning bir joydan
boshqa yerga ko’chishi, aholining yirik shaharlarda to’planishi, milliy, diniy urf-
odatlarning yo’qolishi, turli millat va elatlarning qo’shilib ketishiga olib keldi.
Natijada ilgari bir-biridan ajralgan holda yashagan aholi qatlamlarida
geterozigotlik ko’payib, ularning genetik fondi boyidi, bolalarning o’sishi
tezlashdi.
Keltirilgan gipotezalarning birortasi ham akseleratsiya sabablarini to’liq
tushuntira olmaydi, chunki u ko’p omillarga bog’liq.
Akseleratsiya amaliy sog’liqni saqlash, umuman jamiyat uchun befarq emas.
Masalan, o’smirlar tanasining jadal o’sishi yurak-tomirlar tizimiga va nafasga
tushadigan faollik yukini orttiradi. Ammo, yurak, o’pka va boshqa ichki a’zolar
o’sish jadalligi tana o’sishiga nisbatan kamroq bo’lgani uchun, ular zo’riqib
ishlaydi. Bunday vaziyatda yurak-tomir va nafas tizimlarida patologik holatlar
rivojlanishi mumkin.
Akseleratsiya 
bir 
qator 
ijtimoiy, 
psixologik, 
padagogik, 
yuridik
muammolarni ham keltirib chiqaradi. Agar akseleratsiyaga uchragan 6 yashar
bolaning jismoniy o’sishi va ma’naviy rivojlanishi avvalgi 7 yashar bolaniki
bilan teng bo’lsa, uni maktabga 6 yoshdan berish kerak. Agar yoshlarning
balog’atga yetishi 2 yil oldinga surilgan bo’lsa, nikohdan o’tish mumkin bo’lgan
yoshni oldinga surish lozim, - degan fikrlar paydo bo’ldi.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, akseleratsiya - juda murakkab
ijtimoiy-biologik muammo. U qo’ygan savollarni yechish uchun bolaning
jismoniy va ma’naviy rivojlanishi turli mutaxassislar tomonidan atroflicha
o’rganilishi zarur.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə