Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLA QONINING XUSUSIYATLARI
QONNING MIQDORI
Tana massasiga nisbatan hisoblaganda, chaqaloq qonining miqdori 12-15%
ni tashkil etadi. Bu miqdorga bola tug’ilganidan kindik bog’lanib, kesilgunicha
o’tgan vaqt ta’sir qiladi. Kindik shoshilinch holda bog’lansa, yo’ldosh to’la
qisqarishga ulgurmaydi va qonning talay qismi uning tomirlarida qolib ketadi
(4-jadval).
4-jadval
Chaqaloq qonininh hajmiga kindik bog’lanish
vaqtining ta’siri
Kindik bog’lanish vaqti
Qonning
miqdori, ml/kg
Plazma
miqdori ml/kg
Gematokrit
(hajm%)
Bola tug’ilgandan keyin 3-
5 minut o’tgach
(kech bog’lash)
102,5 ± 9,0
48,8 ± 8,3
57,4 ± 3,2
Bola tug’ilgandan keyin
10 sek o’tgach
(erta bog’lash)
76,9 ± 5,4
42,7 ± 5,4
49,4 ± 3,8


Bola 1 yoshga to’lganida qonning miqdori 10-11% gacha kamayadi. Katta
yoshdagi odamlarda bu miqdor 7-8 % ga teng. Demak, chaqaloq tanasi
massasining 1 kg ga 130-150 ml, bir yashar bolaga – 100 ml, katta yoshli
odamga – 70 ml qon to’g’ri keladi. O’g’il bolalarda qonning nisbiy miqdori qiz
bolalarnikidan ko’proq. Bola 12 yoshga to’lganida qonning miqdori katta
yoshdagi odamnikiga yaqinlashadi. Balog’atga yetish davrida bu ko’rsatkich
yana ozroq ko’payadi.
Bolalarda qon miqdorining nisbatan ko’pligi organizmning kislorodga
bo’lgan yuqori ehtiyojini qondirishga qaratilgan.
QONNING FIZIKAVIY-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI
Yangi tug’ilgan bola qonining nisbiy zichligi 1070 g/l, ammo bu ko’rsatkich
1-2 oy o’tgach 1050-1060 g/l ga tushadi va keyin o’zgarmaydi.
Chaqaloq qonining yopishqoqligi 10-15 shartli birlik atrofida (suvning
yopishqoqligi 1 deb olinganda) bo’ladi. Bola hayotining birinchi haftasidayoq
bu ko'’satkich pasaya boshlaydi va bir oylik bolalarda 4,6-5,0 shartli birlikni
tashkil qiladi yoki katta yoshli odam ko’rsatkichi bilan tenglashadi. O’g’il va qiz
bolalar qonining yopishqoqligi bir xil.
Qon zardobi yopishqoqligida yoshga bog’liq farq deyarli yo’q. O’sish
davrida bu ko’rsatkich o’rta hisobda 1,88 shartli birlikka teng.
Chaqaloq qonining faol reaksiyasi kislotali tomonga surilgan. Bola
hayotining birinchi kuni qonning vodorod ko’rsatkichi – pH 7,2-7,3 atrofida.
Birinchi oy davomida 7,38-7,51 oralig’ida o’zgarib turadi va bola 7-8 yoshga
to’lganida mo’tadillashib, 7,40-7,42 ni tashkil qiladi. Chaqaloqlik davrida
kuzatiladigan atsidoz moddalar almashinuvining xususiyatiga bog’liq. Bu vaqtda
qonda oxirigacha oksidlanmagan kislota tabiatli moddalar miqdori ko’payadi.
Shu sababli qonda bufer asoslar miqdori kamayadi va 23-41 mmol/l ni tashkil
qiladi (katta yoshdagi odamda – 44,4 mmol/l).
QON PLAZMASI
Bir kunlik chaqaloq qoni hajmining 54% ini shaklli unsurlar tashkil qiladi,
plazmaning hajmi – 46%. Katta yoshdagi odamda bu nisbat teskari, ya’ni shaklli
unsurlar hajmi 45% va plazma hajmi 55% ga teng. Demak, endi tug’ilgan bola
qonining gematokrit soni (shaklli unsurlar hajmining plazma hajmiga nisbati)
ancha yuqori. Buning sababi, chaqaloq qonida eritrotsitlar umumiy sonining
ko’pligi va har qaysi eritrotsit hajmining kattaligidir.
Chaqaloqlik davrining oxirlarida (8-10 kun) gematokrit soni 52% gacha,
birinchi oyning oxirida 42% gacha kamayadi. Bu yo’nalishdagi o’zgarish
emizikli davrida davom etadi: bola bir yoshga to’lganida qonda eritrotsitlar
hajmi 35% ni tashkil qiladi. Keyin gematokrit son sekin orta boshlaydi. 5 yashar


bolada 37% gacha, 11-15 yoshga borib esa 39% gacha ko’tariladi va balog’atga
yetish tugaganida kattalarniki bilan tenglashadi.
Demak, chaqaloqlik davridan tashqari, bolalik davrida qon plazmasining
hajmi nisbatan ko’p bo’ladi.
Bola qonining plazma tarkibida ham sezilarli farq kuzatiladi. Birinchi galda
bu emizikli bolalar qon plazmasida oqsillar umumiy miqdorining kamligida
namoyon bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq plazmasida oqsillarning umumiy
miqdori o’rtacha 56 g/l ga teng bo’lsa, birinchi oyning oxirida 48 g/l gacha
kamayadi. Bola hayotining ikkinchi oyidan boshlab bu miqdor ko’payib boradi
va 12 oylik bolalarda 65 g/l ga yetadi. Qon plazmasining oqsilga boyishi keyingi
yillarda ham sekin va bir tekis davom etadi va o’smirlarda ularning miqdori 70-
75 g/l gacha ko’tariladi.
Bola tug’ilganidan keyin qon plazmasi oqsillarining nisbati ham o’zgaradi.
Masalan, yangi tug’ilgan bolalarda oqsillarning umumiy miqdori, albumin,
globulin fraksiyalarining yig’indisi katta yoshdagi odamnikidan 15-20% kam
bo’lgan bir vaqtda, gamma-globulin fraksiyasining miqdori kattalarnikiga teng
bo’ladi. Chaqaloqlarda gamma-globulinlarning ko’p bo’lishi, ularning platsenta
orqali ona qonidan o’tishiga bog’liq bo’lsa kerak. Gamma-globulinlar
immunitetning asosiy gumoral omillari ekanini e’tiborga olsak, ularning
chaqaloq qonidagi ahamiyati tushunarli bo’ladi.
Bola hayotining birinchi va ikkinchi oylarida ona qonidan o’tgan gamma-
globulinlar parchalanadi va ularning bola qonidagi miqdori keskin kamayadi (11
g/l dan 4,4 g/l gacha). Ayni vaqtda oqsillar umumiy miqdorining kamayishi
unchalik sezilarli bo’lmaydi. Gamma-globulinlar fraksiyasining kamayib
ketishiga immun tizimning ham yetarli darajada shakllanmaganligi sabab bo’lsa
kerak.
Erkin aminokislotalarning kichik yoshdagi bolalar qonidagi miqdori katta
yoshdagi odamlarnikidan 35% ga kam. Ular to’qimalarda juda jadal kechadigan
oqsillar sinteziga sarflanadi.
Kichik yoshdagi bolalar qonidagi yog’ va yog’simon moddalar, glyukozaning
miqdori ham katta yoshdagi odamlarnikiga nisbatan kam.
ERITROTSITLAR
Yangi tug’ilgan bolaning qonidagi eritrotsitlar soni katta yoshdagi odamning
qonidagidan sal ko’proq – 1 mm
3
qonda 5250000 ta. Bola hayotining birinchi
soatlarida qizil qon tanachalarining miqdori o’rta hisobda 6-6,5 mln gacha
ortadi. Ikkiinchi-uchinchi kundan eritrotsitlar soni kamaya boshlaydi va 10-15
kunlarda katta yoshdagi odamlar qonidagi miqdorga (5,1-5,3 mln.) yaqinlashadi
(5-jadval).
5-jadval



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə