Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Sistolik va minutlik hajmlarning yoshga bog’liq holda o’zgarishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Sistolik va minutlik hajmlarning yoshga bog’liq holda o’zgarishi
Yosh
Sistolik hajm
Minutlik hajm
Mutloq
o’lchami, ml
Nisbiy o’lchami,
ml/kg
Mutloq
o’lchami, ml
Nisbiy o’lchami,
ml/kg
Chaqaloq
3,5
1,0
490
140
1
10,5
1,0
1250
126
4
19,0
1,2
1995
124
6
25,0
1,1
2500
114
10
44,0
1,1
3200
80
14
59,0
1,1
4300
78


Katta yoshli
odam
70,0
1,0
5000
70
Emizikli davrda yurakning boshqaruv mexanizmlarida sezilarli o’zgarishlar
kuzatiladi. Bola 3-4 oylik bo’lganida parasimpatik nervlar yurakka tonik ta’sir
ko’rsata boshlaydi. Natijada puls chastotasi sal kamayadi. Vagusning tonik
ta’siri keyingi davrlarda sekin ortadi. Adashgan nerv markazining tonik
qo’zg’alishi ko’p jihatdan chetdagi retseptorlardan markazga o’tgan afferent
impulslar oqimiga bog’liq. Bu oqimni analizatorlarda yuzaga chiqadigan
impulslardan tashqari, skelet muskullarining proprioretseptorlaridan markazga
intiluvchi impulslar ham belgilaydi. Bolaning harakat faoliyati ortishi bilan bir
vaqtda yurak urishi siyraklashadi, organizm tinch holatda bo’lganida uning
energiyasi kamroq sarflanadi.
Yurak urish chastotasining sezilarli kamayishi bola tik turib, yurib ketgan
vaqtga (12 oylik bo’lishiga) to’g’ri keladi. Vagusning yurakka tonik ta’siri bola
2,5-3 yoshga to’lganida batamom shakllanadi. Bu vaqtga kelib yurak urish
chastotasi nafas bosqichlariga bog’liq holda o’zgara boshlaydi yoki nafas
aritmiyasi paydo bo’ladi: nafas olinganda puls ortadi. Qaysi bir sababdan,
masalan, poliomiyelit natijasida falaj bo’lib qolgan bolalarda muskullar faolligi
ortmasa, vagusning tonik ta’siri yuzaga chiqmaydi. Bunday bolalar 8-9 yoshga
to’lganida ham yurak urish chastotasi chaqaloqlar yuragining qisqarishlar
chastotasiga yaqinlashadi.
Yurakka vagusning tonik ta’siri tufayli a’zoning turli funksional xossalari
o’zgaradi. Nerv markazining tonusi qancha yuqori bo’lsa, yurakning potensial
labilligi shuncha ortadi. Vagusning yurakka tonik ta’siri qancha yuqori bo’lsa,
bu nerv ishtirokidagi reflekslarni yuzaga chiqaradigan ta’sirot kuchi shuncha
ko’p bo’lishi kerak.
Yurakka vagusning tonik ta’sirini shakllanishi uncha ahamiyatsiz
ta’sirotlarga qisqarishlar chastotasini ko’paytirmasdan, chegaralangan holda
javob berish imkoniyatini beradi.
Ontogenezda parasimpatik ta’sirlardan avval shakllangan yurak faoliyatini
tezlashtiruvchi simpatik boshqaruv mexanizmlari ham bola o’sishi jarayonida
o’zgaradi. Bola tug’ilganida simpatik tizimning yurakka ta’siri parasimpatik
tizimnikidan kuchliroq. Yurak urish chastotasining yuqoriligi buni isbotlaydi.
Vaqt o’tishi bilan xolinergik ta’sirlar kuchayadi va simpatik ta’sirotlardan
ustunroq bo’lib oladi.
Yurak 
faoliyatini 
boshqaruvchi 
intrakardial 
mexanizmlar 
ham
takomillashadi. Bola hayotining ikkinch yilidan boshlab qorinchalarning
cho’ziluvchanligi ortadi va gemodinamika uchun cho’zilish qonunining
ahamiyati borgan sari salmoqli bo’ladi.
Bolalar yuragining ba’zi gumoral omillarga (katexolaminlar, atsetilxolin,
gipertenzin) sezuvchanligi homila va keksa odamlar yuraginikidan past.


Yurak faoliyati bilan bog’liq bo’lgan fizikaviy hodisalar ham o’sish
jarayonida o’zgaradi. Bu hodisalar quyidagilardan iborat: yurak uchi turtkisi,
yurak tonlari va elektr potensiallar.
Chaqaloqlarda to’rtinchi qovurg’alar oralig’ida o’rta o’mrov chiziqdan 1-2
sm tashqarida kuzatiladigan yurak uchi turtkisi bola 7 yoshga to’lganida
beshinchi qovurg’alar oralig’iga tushadi. Ammo u hali o’rta o’mrov chiziqdan
tashqarida qolaveradi. Yetti yoshdan keyin yurak uchi turtkisi bu chiziqdan
ichkariga o’tadi.
Bolalarda ma’lum o’ziga xosliklarga ega bo’lgan I va II tonlardan tashqari,
III va IV tonlarni eshitish va fonokardiogrammada qayd qilish mumkin.
Bolalarda yurakning I toni katta yoshli odamlardagiga nisbatan qisqaroq va
0,07-0,12 sek. davom etadi (kattalarda 0,1-0,17 sek.). Ikkinchi tonning
davomiyligi, aksincha, ko’proq va 0,07-0,1 sekundga teng (kattalarda 0,06-0,08
sek.). Umuman, bola yuragining tonlari jarangdor va tiniq, ikki yoshgacha
kattalarnikidan kuchliroq.
Uchinchi ton yurak cho’qqisi sohasida yaxshi eshitiladi. U qisqa, bo’g’iqroq
va mayin bo’lib, diastola vaqtida qorinchalarning qonga tez tolib, ular
devorining tebranishi natijasida kelib chiqadi. 50% bolalarda qayd qilinadigan
III tonning davomiyligi 0,03-0,05 sek.
IV ton yurakning chap quloqchasi va bo’lmalari qisqarishi natijasida kelib
chiqadi. Uni faqat fonokardiogrammada qayd qilish mumkin.
Yurak qopqoqlarida hech qanday nuqson bo’lmagan sog’lom bolalarda
tonlardan tashqari shovqinlar ham eshitiladi. Bu funksional shovqinlar yumshoq
tembrga ega. Chaqaloq va emizikli bolalarda funksional shovqinlar juda kam
uchraydi. Ikkinchi bolalik davrida ularni 30% bolalrda eshitish mumkin.
Balog’atga yetish davrida bolalarning deyarli yarmi funksional shovqinlarga ega
bo’ladi.
BOLA ELEKTROKARDIOGRAMMASINING XUSUSIYATLARI
Bo’lmalar harakat potensialining algebraik yig’indisi – P tish chaqaloqlarda
odatdagi uchta standart yozuv usulida yaxshi belgilanadi. Emizikli davrida bu
tish kattalashadi, keyin uning voltaji kamayadi. Birinchi yozuv usulida uning
balandligi eng katta, uchinchi usulda esa – eng kichik. P- va R-tishlar
balandliklarining chaqaloqlardagi nisbati 1:3 (katta yoshdagi odamda – 1:8).
Bo’lmalar qo’zg’alishi davomiyligining ko’rsatkichi – P-tishning eni bir
oylik bolalarda – 0,044 sek., o’n oylik bolalarda – 0,08 sek., maktabgacha va
boshlang’ich sinflardagi bolalarda – 0,07-0,10 sekundga teng (kattalarda – 0,08-
0,1 sek.).
III usulda doim qayd qilinadigan Q-tishning amplitudasi chaqaloq va
murg’ak bolalarda eng yuqori bo’ladi. I usulda bu tish ko’pincha qayd
qilinmaydi. Q-tishning III usuldagi balandligi chaqaloqlarda 1,5 mm dan


ortmaydi, bir yoshga to’lgan bolalarda 2,7 mm gacha kattalashadi, keyin (7-8
yashar bolalarda) yana asta-sekin 1 mm gacha kichiklashadi.
Chaqaloqlar EKG sining ko’zga tashlanadigan xususiyatlaridan biri R-
tishining I usulda yo’qligi yoki juda kichikligi. III usulda R-tish ancha baland
bo’ladi.
Katta yoshdagi odamlar EKG sida R-tish doim uchraydi va eng yuqori
voltajga ega. Uning balandligi: R
I
– 1 mm dan 16,5 mm gacha ( o’rtacha 6-7
mm); R
II
– 1,3-26 mm (o’rtacha 11-14 mm); R
III
– 0,5-24 mm (o’rtacha 8-9
mm).
Chaqaloqlarda R-tishning o’rtacha balandligi quyidagicha: 2,2-3,3 mm, R
II

5,4-6,6 mm, R
III
– 8,5-9,2 mm. Bola o’sishi jarayonida R-tish I va II usullarda
kattalashadi.
Kattalarda har doim ham qayd qilinavermaydigan S-tish chaqaloqlarda juda
chuqur bo’ladi. Bola hayoti davomida u kichiklashadi, 3 yashar bolalarda deyarli
yo’qoladi. Maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarning 50% ida yana paydo
bo’ladi.
Qorinchalar kompleksini yakunlovchi T-tish hamma standart usullarda
yozilgan chaqaloq EKG sida juda past. Shu sababdan P-tish T-tishdan
balandroq. Kattaroq bolalarda va katta yoshdagi odamlarda T-tish P-tishdan
baland bo’ladi.
Qo’zg’alishni sinoatrial tugundan atrioventrikulyar tugunga o’tkazilish
vaqtini P-Q masofa ifodalaydi. Katta yoshdagi odamlarda bu vaqt 0,12-0,18 sek.
atrofida (0,20 sekunddan kam). Chaqaloqlarda P-Q intevalning davomiyligi
0,09-0,13 sek., emizikli davrida – 0,10-0,15 sek. Ikki-ucha yasha bolalarda u
ancha uzayadi va o’spirinlik davriga borib kattalarnikidan farq qilmaydi.
QRS kompleks ikkala qorinchalar miokardini qo’zg’alish jarayoni qamrab
olgan vaqtni ko’rsatadi. Kattalarda bu vaqt 0,06-0,10 sek. atrofida.
S.Sh.Shamsiyev (1966) ma’lumotlariga ko’ra, bu vaqt chaqaloqlarda o’rta
hisobda 0,058 sek., uch yoshgacha bo’lgan bolalarda 0,062 sek. va boshlang’ich
maktab yoshidagi bolalarda 0,07 sekundga teng.
Bolalarda QRS kompleks davomiyligining 0,09 sekunddan ortishi
qo’zg’alishning qorinnchalardan o’tish jarayoni buzilganidan dalolat beradi.
Q-tishning boshlang’ich nuqtasidan T-tishning oxirigacha o’lchanadigan QT
masofa qorinchalar elektr sistolasini ifodalaydi. Elektr sistola mexanik
sistoladan cho’ziqroq bo’lib, uning davomiyligi yurak urish chastotasiga bog’liq.
Bola o’sishi jarayonida yurakning elektr o’qi qonuniy ravishda siljiydi. Bu
o’qni Eyntxoven uchburchagidagi α-burchakni yoki R- va S-tishlarning I va III
usullardagi nisbatini hisoblash yo’li bilan aniqlash mumkin. Agar I usulda
baland bo’lgan R-tish III usulda yaqqol manfiy S-tish bilan bir vaqtda qayd
qilinsa, yurakning elektr o’qi chapga siljigan bo’ladi. R
III
baland bo’lgan bir
vaqtda, R
I
past va S
I
manfiy bo’lsa, elektr o’q o’ngga siljigan hisoblanadi.


Chaqaloqlik va emizikli davrining birinnchi oylarida yurakning elektr o’qi
o’ngga siljiydi. Bunga o’ng qorincha devorining chap qorincha devoriga
nisbatan qalinroqligi sabab bo’ladi.
Bola tug’ilganidan keyin ro’y beradigan gemodinamikaning o’zgarishlari
chap qorincha bajaradigan ish miqdori ortishiga va uning devorini
qalinlashishiga olib keladi. Buning natijasida yurakning elektr o’qi asta-sekin
chapga siljiydi. 3-4 oylik bolalarning bir qismida elektr o’qi o’z joyiga tushadi.
Ammo 1 yashar bolalarning 45% ida hali o’ngga siljish qayd qilinadi.
BOLALARDA TOMIRLAR FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI
Murg’ak bola tomirlari nisbatan keng bo’lib, arteriyalar diametri venalarniki
bilan teng. Arteriyalar devorining elastikligi yuqori.
Chaqaloqning tomirlari yupqa bo’lib, muskul va elastik tolalar qavati,
endoteliy ostidagi qavat yaxshi rivojlanmagan. 5 yoshgacha muskul qavati
jadalroq rivojlanadi. 5-8 yoshda barcha qavatlar tekis rivojlanadi. 8 yoshdan
keyin biriktiruvchi unsurlar va intima tez rivojlanadi, hamda 12 yashar
bolalarning tomirlarini tuzilishida kattalarnikidan farq kuzatilmaydi. Venalar
tezroq o’sadi va ko’rsatilgan vaqtga kelib, arteriyalardan deyarli ikki baravar
keng bo’ladi.
Bola o’sishi jarayonida tomirlar devorida kollagen tolalar miqdori nisbatan
ko’payadi. Shu sababdan tomirlarning cho’ziluvchanligi kamayadi.
Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarning kapillyarlari kalta, buramaliligi
kamroq, ular qovuzloq shaklida emas, kattalardagidan kengroq. Ularning soni
o’sish jarayonida yangi kapillyarlar paydo bo’lishi, borlarining shakllanishi
hisobiga ortadi. Bu davrlarda kapillyarlar devorining o’tkazuvchannligi yuqori
bo’ladi.
Turli a’zolarda kapillyarlar va ular bilan bog’liq bo’lgan arteriola va
venulalar o’ziga xos tezlik va shaklda rivojlanadi. Natijada a’zolarning har
qaysisida uning o’ziga xos mikrotsirkulyator tomirlar havzasi paydo bo’ladi.
Bolalarda yurak faoliyatidagi va tomirlar tuzilishidagi xususiyatlar
gemodinamikaning o’ziga xos bo’lishining asosidir. Bola hayotining birinchi
oylarida qonning tomirlarda harakatlanishidagi farq juda sezilarli.
Qon sistolik hajmining ozligi, yurak urish chastotasi ko’pligi haqida yuqorida
aytib o’tilgan edi.
Qon oqimiga sezilarli qarshilik ko’rsatadigan (rezistiv) tomirlar kaltaligi,
aorta va yirik arteriyalar devorining yuqori cho’ziluvchanligi, sistolik hajmning
ozligi – chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarda arteial qon bosimi past
bo’lishining sabablaridir.
Bola tug’ilgan paytda qonning sistolik bosimi simob ustunining 50-60 mm ga
teng bo’ladi. 15 daqiqa davomida bu bosim 85-90 mm. sim. ust. gacha
ko’tariladi. Keyingi 2-3 soat davomida sistolik bosim o’rta hisobda simob


ustunining 66 mm gacha pasayadi. Bola hayotining birinchi kunlari diastolik
bosim simob ustunining 36 mm atrofida qayd qilinadi.
Chaqaloqlik davrining oxiriga borib (10 kunlik bolalarda) sistolik bosim 79
mm. simob ustuniga, diastolik bosim esa 43 mm. simob ustunnigacha ko’tariladi
(18-jadval).
18-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə