Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Yurak sikli va uning bosqichlarini yoshga bog’liq holda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Yurak sikli va uning bosqichlarini yoshga bog’liq holda
o’zgarishi (sekundda)
Bolaning yoshi
Yurak siklining
Bo’lmalar
Qorinchalar
Qorinchalar


davomiyligi
sistolasi
sistolasi
diastolasi
Chaqaloq
0,4-0,5
-
0,23-0,25
0,21
1-3
0,51-0,54
-
0,26
0,25
6-7
0,64
0,089
0,26
0,38
12-14
0,72
0,090
0,26
0,46
15-20
0,77
0,100
0,27
0,49
Diastolaning cho’ziqroq bo’lishi katta ahamiyatga ega. Chunki miokardning
qon bilan ta’minlanishi siklik xarakterga ega: sistola vaqtida toj tomirlar orqali
qon oqishi keskin kamayadi, diastola vaqtida esa tiklanadi. Miokardda
biokimyoviy jarayonlar ham siklik ravishda o’zgaradi: sistola vaqtida
makroergik birikmalar parchalanib, qisqarish uchun zarur bo’lgan energiyani
ajratsa, diastola vaqtida ularning miqdori tiklanadi. Diastola davomiyligining
ortishi ushbu jarayonlar to’la bo’lishini ta’minlaydi.
Yurakning sistolik hajmi tana massasi ortishi bilan bog’liq holda o’zgaradi.
Shuning uchun bu ko’rsatkichning nisbiy miqdori deyarli o’zgarmaydi va
bolalikning turli davrlarida 1 ml/kg ni tashkil qiladi. Ammo sistolik hajmning
mutloq o’lchovi tana massasi ortishiga proporsional holda ko’payib boradi. Bola
hayotining birinchi yilida sistolik hajm uch marta ko’payadi. 8 yashar bolada bu
hajm chaqaloqnikidan 10 marta ko’p, katta odam yuragining sistolik hajmi esa
chaqaloqnikidan 20 marta ko’p (17-jadval).
O’sish jarayonida qonning minutlik hajmi ham ortib boradi. Bolada
hayotining birinchi yilida bu ko’rsatkich 2,5 baravar ko’payadi. Keyingi yillarda
minutlik hajm ortishining jadalligi borgan sari kamayadi. Faqat balog’atga
yetish davrining boshida u sezilarli darajada ortadi.
Yuqorida bola o’sishi bilan yurak urish chastotasi kamayishini ko’rgan edik.
Buning natijasida qonning minutlik hajmi sistolik hajmiga nisbatan kamroq
ortadi. Demak, to’qimalardan oqib o’tayotgan qonning hajmi massa birligiga
hisoblaganda kamayadi. Bu o’zgarish bola o’sishi davrida to’qimalarda
almashinuv jarayonlari sustlashishiga imkon beradi.
17-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə