Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Eritrotsitlar osmotik chidamliligining bolalardagi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Eritrotsitlar osmotik chidamliligining bolalardagi
xususiyatlari
Bolaning yoshi
Eritmada NaCI ning miqdori
Chidamlilikning
yuqori chegarasi
Chidamlilikning
pastki chegarasi
Chidamlilik
amplitudasi
Chaqaloq
0,48-0,52
0,24-0,30
0,23
Emizikli bola
0,46-0,50
0,24-0,32
0,23
2-7 yosh
0,46-0,48
0,26-0,36
0,16
12-14 va katta
yoshdagi
odamlar
0,44-0,48
0,28-0,36
0,14


Bunday bolalar eritrotsitlari gemolizga uchraydigan yuqori chegara
balandligi (NaCI eritmasining 0,52%), pastki chegarsi pastligi (NaCI
eritmasining 0,24%) chidamlilik amplitudasi kattaligidan dalolat beradi. Bolallar
eritrotsitlari gipotonik eritmada chidamliroqligini boshqa bir tajribaning natijasi
ham isbotlaydi: NaCI ning 0,4% li eritmasida katta yoshdagi odam
eritrotsitlarining deyarli hammasi gemolizga uchraydi, bola eritrotsitlarining 12-
56% i bu sharoitda butun qoladi.
Bola qoni eritrotsitlarining katta yoshdagi odamlarnikidan yana bir farqi,
ularning hajmida (9-jadval).
9-jadval
Bola hayotining birinchi yillarida eritrotsit
o’rtacha hajmining o’zgarishi
Bolaning yoshi
Eritrotsitning
o’rtacha hajmi
(mkm
3
)
Anizotsitoz
koeffitsiyenti
Chaqaloq
110 ± 10
0,225 ± 0,06
3 oy
85 ± 6
0,210 ± 0,06
6 oy
80 ± 3
0,190 ± 0,05
12 oy
76 ± 5
0,195 ± 0,05
18 oy
73 ± 2
0,210 ± 0,04
24 oy
80 ± 3
0,210 ± 0,04
36 oy
84 ± 2
0,200 ± 0,03
Chaqaloq eritrotsitining o’rtacha hajmi 110 mkm
3
, ya’ni katta odamnikidan
(90 mkm
3
) kattaroq. Bu davrda anizotsitoz koeffitsiyenti ham katta. Demak,
o’rta o’lchamli eritrotsitdan kichikroq va kattaroq bo’lgani ko’p. Bola o’sish
jarayonida eritrotsitlar kichiklashib boradi va 18 oylik bolalarda ularning
o’rtacha hajmi eng kam bo’ladi. Anizotsitozlik darajasi ham kamayadi. Ikki
yoshdan boshlab eritrotsitlar kattalashadi, ammo uch yashar bolada uning
o’rtacha hajmi katta odam eritrotsitining o’rtacha hajmiga yetmaydi.
Bola qonining yana bir xususiyati – retikulotsitoz, ya’ni unda yosh,
yetilmagan eritrotsitlar – retikulotsitlarning ko’pligi. Katta yoshdagi sog’lom
odamning qonida retikulotsitlar soni 1% atrofida. O’zbekistonda o’tkazilgan
tekshirishlar natijasiga qaraganda, chaqaloq hayotining birinchi kuni ularning
soni 11-14%, beshinchi kunga borganda 7-8% ni tashkil qiladi (A.T.To’rayev,
1971). Keyin ushbu ko’rsatkich tez kamayadi va 1-oyning ikkinchi va uchinchi
o’n kunliklarida 3% atrofida bo’ladi. 2 oydan bir yoshgacha bo’lgan davrda
retikulotsitlar miqdori 5-8% orasida tebranib turadi, bolalikning keyingi


davrlarida ham katta yoshdagi odam qonidagi miqdorgacha kamaymaydi.
Retikulotsitlarning bola qonida ko’pligi suyakning qizil ko’migida eritropoez
jadal o’tishidan dalolat beradi.
GEMOGLOBIN
Eritrotsit tarkibidagi organik moddalarning asosiy qismini gemoglobin
tashkil qiladi. Shuning uchun qondagi gemoglobin miqdori odatda eritrotsitlar
soni bilan bog’liq holda o’zgaradi. Chaqaloqlar qonidagi gemoglobin miqdori
katta yoshdagi odamlarnikiga nisbatan ko’proq. Bola hayotining birinchi kuni bu
ko’rsatkich odatda eng yuqori darajada bo’ladi (10-jadvai).
10-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə