Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Chaqaloqlik davrida gemoglobin miqdorining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Chaqaloqlik davrida gemoglobin miqdorining
chetdagi qonda o’zgarishi
Tug’ilgandan
keyin o’tgan
vaqt
Gemoglobin miqdori (M
±
m, g%)
A.F.Tur, 1966,
Leningrad
V.M.Novitskaya,
L.N.Siba, 1974,
Kiyev
A.T.To’rayev,
1971, Toshkent
A.Deryayev,
1978, Ashxobod
1 soat
20,8 ± 2,3
-
-
-
6-12 soat
-
-
20,6 ± 0,6
-
1 kun
21,2 ± 2,0
22,51 ± 1,09
19,9 ± 0,5
21,19 ± 0,23
2 kun
20,4 ± 1,9
20,66 ± 0,76
20,2 ± 0,6
20,04 ± 0,20
3 kun
20,8 ± 2,2
20,33 ± 0,81
20,7 ± 0,5
19,34 ± 0,18
4 kun
20,4 ± 2,0
19,66 ± 0,78
20,8 ± 0,4
18,85 ± 0,22
5 kun
19,4 ± 1,9
19,16 ± 0,55
19,2 ± 0,4
18,42 ± 0,27
6 kun
19,5 ± 1,7
18,73 ± 0,46
19,0 ± 0,4
18,50 ± 0,21
7 kun
19,7 ± 2,2
19,16 ± 0,52
17,8 ± 0,4
18,13 ± 0,20
8 kun
19,5 ± 2,4
19,33 ± 0,41
18,0 ± 0,5
18,07 ± 0,23
9 kun
18,8 ± 2,0
19,0 ± 0,5
19,0 ± 0,5
-
10 kun
-
-
17,9 ± 0,4
-
Ikkinchi-beshinchi kunlar oralig’ida deyarli o’zgarmaydi yoki sal kamayadi.
Beshinchi yettinchi kunlarda chaqaloq qonida gemoglobin miqdori kamayadi.
Ikkinchi hafta davomida ba’zi mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra, gemoglobin
miqdorining kamayishi davom etadi (A.F.Tur, 1966). Boshqalarning
ma’lumotlariga ko’ra, sal ko’payib, keyin yana sekin-asta kamayadi (A.T.
To’rayev, 1971). Birinchi oyning oxirida bola qonidagi gemoglobinning miqdori
birinchi kunga nisbatan 5-6 g% kam bo’ladi.
Bola hayotining birinchi yilida gemoglobin miqdorining kamayishi davom
etadi (11-jadval).


11-jadval
Emizikli davrida gemoglobin miqdorining
chetdagi qonda o’zgarishi
Tug’ilgandan keyin
o’tgan vaqt (oy)
Gemoglobin miqdori (g%)
A.F.Tur, 1966,
Leningrad
A.T.To’rayev,
1971, Toshkent
1
14,5
12,6 ± 0,2
2
12,9
12,3 ± 0,3
3
12,3
11,5 ± 0,2
4
12,2
11,5 ± 0,2
5
12,2
11,3 ± 0,2
6
12,5
11,3 ± 0,2
7
12,0
11,2 ± 0,2
8
12,0
11,5 ± 0,2
9
12,0
11,4 ± 0,2
10
12,0
11,2 ± 0,3
11
12,0
11,3 ± 0,2
12
12,0
12,1 ± 0,4
Uchinchi-to’rtinchi oylarda uning miqdori birinchi oyga nisbatan 1-2% ga
kamayadi va yilning oxirigacha shu darajada qoladi.
Demak, bola tug’ilganida qondagi (katta yoshdagi odamlarnikidan ancha
yuqori bo’lgan) gemoglobin miqdori u bir yoshga to’lganida katta yoshdagi
odamlarnikiga nisbatan sezilarli darajada kam bo’lgan miqdorga tushadi.
Emizikli va bolalikning hamma davrlarida gemoglobin miqdori 2-4% ga kam
bo’ladi. O’smirlik davrida uning miqdori ortadi va katta yoshdagi odamlar
qonidagi miqdorga yaqinlashadi. Bu davrda qiz va o’g’il bolalar qonidagi uning
miqdorida farq paydo bo’ladi: o’g’il bolalar qonida uning miqdori biroz ortadi.
Buning sababi, o’g’il bolalar qonida ko’paygan erkak jinsiy gormonlari –
androgenlar eritropoetinlar miqdorini ko’paytirib, moddalar almashinuvini
o’zgartirib, eritropoezni rag’batlantirishidir (12-jadval).
12-jadval
1 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarning chetdagi qonida
gemoglobin miqdori
Bolaninhg
yoshi
Gemoglobin miqdori (g%)
A.F.Tur, 1966,
Leningrad
V.M.Novitskaya,
L.N.Siba, 1974,
Kiyev
A.T.To’rayev,
1971, Toshkent
1
12,0
12,1
2
12,1
12,92
11,6
3
12,2
11,5


4
12,3
12,85
11,9
5
12,4
11,9
6
12,1
13,32
12,3
7
12,5
12,5
8
12,7
12,86
12,8
9
12,6
12,7
10
12,8
13,11
12,7
11
12,7
12,9
12
13,0
13,0
13
13,0
13,0
14
13,3
14,40
13,0
15
13,2
12,5
Ontogenez davomida qondagi gemoglobinning turli shakllari uchraydi. Bola
tug’ilganida uning qonidagi gemoglobinning 70% HbF (homila gemoglobini)
shaklida bo’lsa, qolgan 30% ini HbA (kattalar gemoglobini) tashkil qiladi. Ikki
haftalik bola qonida HbF va HBA shakllarining miqdori tenglashadi. 1,5-2 oylik
bolalarda gemoglobinning deyarli hammasi HbA shakliga o’tadi. Bir yashar
bolaning qonida HbF miqdori 1% dan ortmaydi.
Gemoglobinning F va A shakllari, embrion qonida uchraydigan P va hozir
aniqlangan juda ko’p boshqa shakllari bir-biridan globin qismining
aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi.
HbP, HbF va HbA faoliy xususiyatlari bilan ham farqlanadi, degan fikr bor.
HbP ning kislorodga moyilligi (kislorod bilan birikish qobiliyati) HbF nikidan,
o’z nabatida HbF niki HbA nikidan yuqori hisoblanadi. Ammo eritrotsitlardan
ajratib olingan eritmadagi gemoglobinning kislorod bilan birikishida farq
topilmadi. Bu shakldagi gemoglobinlarga ega bo’lgan eritrotsitlarning
kislorodga to’yinishida esa chindan ham farq bor. Buni eritrotsitlar ichidagi
muhit xususiyatlari isbotlaydi.
Bolalar qonining rang ko’rsatkichi ancha turg’un bo’lib, 0,9-1,0 ni tashkil
qiladi.
Chaqaloqlarda eritrotsitlarning cho’kish tezligi 1-4 mm/soatga teng. Bola
hayotining birinchi haftasida 1-8 mm/soat atrofida, emizikli davrida 7-11
mm/soat, undan keyingi davrlarda 7-10 mm/soatga teng bo’ladi.
LEYKOTSITLAR
Bola hayotining birinchi kunlari leykotsitoz kuzatiladi. Endi tug’ilgan
chaqaloqning 1 mm
3
qonida 16000 leykotsit bo’lsa, birinchi kun davomida bu
son 16700 ga yetadi (13-jadval). Ikkinchi kunda leykotsitlar soni kamaya
boshlaydi, chaqaloqlik va emizikli davrlarda 9-11 ming atrofida tebranib turadi.
Bola bir yoshga to’lganidan keyin ham leykotsitlar sonining kamayishi davom
etadi va 15 yoshdan katta bo’lgan odamlarniki bilan tenglashadi (1 mm
3
qonda
4000-9000).


Turli leykotsitlar nisbati ham o’zgaradi. Bu hol neytrofillar (donali
leykotsitlar orasida eng ko’p bo’lgan hujayralar) va limfotsitlar (donasiz
leykotsitlarning ko’prog’i) soni o’zgarishiga bog’liq. Endi tug’ilgan chaqaloq
qonida neytrofillar jami leykotsitlarning 68% ini, limfotsitlar esa 25% ni tashkil
qiladi yoki ularning nisbati katta odamning qonidagiday bo’ladi. Ikkinchi
kundan neytrofillar soni kamayadi, limfotsitlar soni ortib boradi. Bola
hayotining 4-5, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 6-kuni ikkala turdagi leykotsitlar soni
43-44% atrofida tenglashadi. Neytrofillar va limfotsitlar sonini kunma-kun
grafikda belgilasak, ularning sonini ifodalovchi egri chiziqlar kesishadi (2-
rasm). Pediatriyada bu kesishuv neytrofillar va limfotsitlarning “birinchi
fiziologik kesishuvi” nomini olgan.
Kesishuvdan keyin neytrofillarning kamayishi, limfotsitlarning esa
ko’payishi davom etadi. Bola 2-3 oylik bo’lganda limfotsitlar soni eng yuqori
nuqtaga yetadi va 60-63% ni tashkil qiladi, neytrofillar miqdori esa eng kam
darajaga – 25-27% ga tushadi. Shundan keyin neytrofil va limfotsitlar sonining
o’zgarishi teskari yo’nalishga o’tadi: limfotsitlar kamaya boshlaydi, neytrofillar
esa ko’payadi. Bola 5-6 yoshga to’lganida ularning soni tenglashadi va ikkinchi
kesishuv kuzatiladi. Kesishuvdan keyin ham bu yo’nalishdagi o’zgarishlar
davom etadi va o’smirlik davriga borib, neytrofillar soni 50-55%,
limfotsitlarning nisbiy miqdori 35% ga yetadi, yoki katta yoshdagi
odamlarnikidan farq qilmaydi.
Bola qonining ko’rsatkichlari juda o’zgaruvchan, ularning individual
chegaralari juda keng. Shuning uchun turli bolalarda leykotsitlar turlarining
yoshga bog’liq o’zgarishlarida farq bo’lishi mumkin. 2-rasmda ko’p tadqiqotlar
natijasi asosida chizilgan neytrofillar va limfotsitlar nisbati o’zgarishining
sxemasi keltirilgan. Bu sxemada yana A.T.To’rayev (1971) tomonidan
Toshkentda yashagan bolalar qoni tekshirilganda to’plangan ma’lumotlar
berilgan.
Egri chiziqlarni solishtirsak, real guruhni tashkil qiluvchi bolalarda olingan
egri chiziq sxemalashtirilganidan farq qiladi. Sxema bo’yicha birinchi kesishuv
to’rtinchi kunga to’gri kelsa, Toshkentlik bolalarda u 5-kuni kuzatiladi; ikkinchi
kesishuv ham 1 yilga (4 yoshdan 5 yoshgacha) orqaga surilgan. I.Deryayev
(1978) Turkmanistonlik bolalarda o’tkazgan kuzatishlarida birinchi kesishuv 6-
kunga to’g’ri kelishi mumkinligini ko’rsatgan. Janubiy Qozog’iston sharoitida
(Chimkent shahri) ikkinchi kesishuv bolalar 6-7 yoshga to’lganida kuzatiladi
(S.Sh.Balabekova va boshq., 1989). Demak, turli hududlarda va turli vaqtlarda
olingan ma’lumotlar bir-biridan farq qilishi mumkin.
Nima uchun chaqaloq tug’ilgan vaqtda uning qonidagi neytrofillar va
limfotsitlar soni katta yoshdagi odamlarnikiga teng va bu nisbat tez o’zgaradi?
Nima uchun bu nisbat ma’lum vaqt teskari bo’lib turadi-yu, keyin tiklanadi? Bu
savollarga aniq javob yo’q.
Ma’lumki, gormonlarning ko’pi yo’ldosh orqali homila organizmiga o’tadi
va shu tufayli yangi tug’ilgan chaqaloqning gormonnal holati onasinikiga


o’xshaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, endi tug’ilgan chaqaloq qoni leykotsitlar
tarkibiga ko’ra katta yoshdagi odamlarnikiga yaqin. Ammo, gormonlarning umri
qisqa, chaqaloq organizmida ular tez parchalanadi. Ba’zi gormonlar miqdorining
qonda kamayishi qon yaratilishiga ta’sir qilishi mumkin. Bolalik davrining
oxirida, o’smirlik davrida endokrin tizimining faoliyati kattalarnikiga
yaqinlashadi. Leykopoez ham shu yo’nalishda o’zgaradi.
Gormonal ta’sirdan tashqari, bolaning oq qoni tarkibi uchun immunitet bilan
bog’liq omillar ham befarq bo’lmasa kerak. Chaqaloq hayotining birinchi
kunlari uni mikroorganizmlar hujumidan ona qonidan o’tgan immun omillar
himoya qiladi. Ilk bor nafasga olingan havo, yutilgan birinchi qultum sut bola
organizmiga turli mikroblarni olib kiradi. Ular immun tizimni qo’zg’atadi.
Bu o’zgarishlarning hammasi leykotsitlar tarkibida qonuniy ravishdagi
o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi.
Chaqaloqlik davrida leykotsitlarning faqat son nisbati emas, sifati ham
o’zgaradi. Birinchi kunlar qonda yadroli segmentlanmagan neytrofillar nisbati
ko’p bo’ladi, yetilmagan leykotsitlar – metamiyelotsitlar va miyelotsitlar
uchraydi. Bola hayotining 10-12 kunlari qonda yetilmagan leykotsitlar
yo’qoladi.
Limfotsitlarning morfofunksional xususiyatlari ham bir xil emas.
Diametrining o’lchamiga qarab, kichik, o’rta va katta limfotsitlar ajratiladi.
Limfotsitlarning 20% ini umri qisqa (3-7 kun), qolganlari 100-200 kun yashaydi.
Yetilish jarayoni tugaydigan a’zoga bog’liq holda B-va T-limfotsitlar ajratiladi.
T-limfotsitlarning o’zi T-killer, T-xelper, T-supressorlarga bo’linadi. Ammo
turli shakldagi limfotsitlar o’rtasidagi nisbatning ontogenezda o’zgarishi hali
yaxshi o’rganilmagan. Bu nisbat o’zgarishiga oid ayrim ma’lumotlar bor.
Masalan, bola tug’ilganida uning qonidagi limfotsitlarning 14,5% IgD ga ega.
Katta yoshdagi odamlarda bunday limfotsitlar 3% ni tashkil qiladi.
Emizikli bolalarda monositlar soni sal ko’proq bo’ladi. Eozinofillar va
bazofillar miqdori bola o’sishi jarayonida o’zgarmaydi.
QON PLASTINKALARI
Endi tug’ilgan bolalarning 1 mm
3
qonida trombotsitlar soni 140000-400000
bo’lib, o’rta hisobda 220000 ni tashkil qiladi. Demak, ularning soni katta
yoshdagi odamlar qonidagi miqdorga (200000-400000) yaqin. 7-9 kunlik
bolalarda trombotsitlar soni sal kamayishi mumkin, ammo ikkinchi haftaning
oxirida bu ko’rsatkich tiklanadi.
Trombotsitlar sifati ontogenezda sezilarli darajada o’zgaradi. Bola hayotining
birinchi kunlari yumaloq trombotsitlar soni boshqa davrlardagidan ko’proq.
Bola qancha yosh bo’lsa, uning qonida trombotsitlar soni shuncha ko’p bo’ladi.
Bola o’sishi bilan yosh trombotsitlar kamayadi, yetuk plastinkalar soni ortadi.
Bir kunlik bolalar qonida yosh trombotsitlar miqdori 22% bo’lsa, 7-15 yoshda
8,2% ni tashkil qiladi (katta yoshdagi odmlarda – 2,4%).


Demak, eritro- va leykopoez kabi trombotsitopoez ham erta ontogenezda
yuqori jadallikka ega.
QON IVISHI
Qon ivishi, unga qarshi tizimlar va ular o’rtasidagi muvozanat bola
tug’ilishidan avval shakllanadi. Bu tizimlarni tashkil qiluvchi ba’zi omillarning
chaqaloq qonidagi miqdori katta yoshdagi odamlarnikidan kam, ba’zilariniki
ko’p bo’ladi (14-jadval). Shunga qaramasdan, chaqaloq qonining ivish vaqti 5-
5,5 daqiqaga teng bo’lib, kattalarnikidan farq qilmaydi. Qonning oqish vaqti
ham 2-4 daqiqa atrofida bo’lib, katta yoshdagi odamlarda kuzatiladigan
me’yordan chetga chiqmaydi. Gap shundaki, qonning ivish vaqti faqat qon
ivishini ta’minlovchi omillar miqdoriga emas, ularning nisbatiga ham bog’liq.
Undan tashqari bola qonidagi omillarning mavjud miqdori qon ivishini
ta’minlash uchun zarur miqdordan ko’p.
Chaqaloqlarda qon ivish tizimi faolligining pastroq bo’lishi fiziologik
maqsadga muvofiq hodisa. U tug’ilish jarayonida chaqaloqlarni to’qimalar
shikastlanishi natijasida qonga o’tgan tromboplastin ta’sirida tromblar hosil
bo’lishidan saqlaydi.
Bola hayotining birinchi yili davomida deyarli barcha qon ivish omillarining
miqdori ortadi va katta yoshdagi odamlarniki bilan tenglashadi.
QON SHAKLLI UNSURLARINING YEMIRILISHI
Qarigan eritrotsitlar membranasida lipidlar miqdori kamayadi va u
yupqalashadi. Eritrotsitning elastikligi kamayadi, shakli sharga yaqinlashadi.
Yosh, elastik membranaga ega bo’lgan eritrotsit diametri 3,66 mkm bo’lgan
kapillyardan bemalol o’tsa, qarigan eritrotsit membranasi “qotib” qolgani
tufayli, qizil ko’mik, taloq, jigar kapillyarlarida tiqilib qoladi. Bu yerda ularni va
shikastlangan eritrotsitlarni retikulyar hujayralar, gistiotsitlar, makrofaglar va
ko’p yadroli leykotsitlar fagotsitozga uchratadi. Jarayon suyak ko’migi, taloq,
jigardan tashqari, tomirlarda harakatlanuvchi qonda ham kuzatiladi.
Eritrofagotsitozning yuzaga chiqishida qizil ko’mik boshqa a’zolarga nisbatan
ko’proq ahamiyatga ega. Eritrofagiya sodir bo’lgan hujayrada hazm vakuoli –
eritrofagosoma hosil bo’ladi. Lizosomadagi gidrolitik fermentlar ta’sirida
eritrotsit gemolizga uchraydi, gemoglobin va boshqa murakkab birikmalar
parchalanadi va kichik molekulali moddalar paydo bo’ladi.
Eritrotsitlar erta bolalik davrida jadalroq yemiriladi. Bundan qizil qon
tanachalarining umri qisqaligi dalolat beradi. Bola eritrotsitlarining tez
yemirilishi ular kattaroq bo’lishi va shakli sharga yaqinligiga bog’liq bo’lsa
kerak.
Turli leykotsitlar umrining davomiyligida farq juda katta. Ba’zilari bir necha
soat yashasa, boshqalarining umri 100-200 kunga teng.


Neytrofillar, umuman granulotsitlar 4-16 kun yashaydi. Qon bilan harakat
qiluvchi neytrofillarning funksional faolligi sekin-asta o’zgaradi. O’pka va taloq
tomirlaridan o’tish jarayonida leykotsitlarning osmotik chidamliligi kamayadi.
Bu ularning umrini qisqartiradi. Neytrofillarning oz qismi qonning o’zida
yemiriladi. Ularning ko’p qismi tomirlarni tark etib, to’qimalarga o’tadi va
bundan keyin qonga qaytmaydi. Neytrofillarning bir qismi hazm tizimi orqali
organizmdan chiqarib tashlanadi. So’lak, me’da shirasi va o’n ikki barmoqli
ichak suyuqliklarida ularning bo’lishi bundan darak beradi.
Neytrofillar 
yemirilishini 
ularning 
tomirlarda 
to’planishidan
(sekvestrlanishidan) farqlash kerak. Bu jarayon o’pka qon tomirlarida va qopqa
vena tizimida yaqqol kuzatiladi. Sekvestrlangan neytrofillarning funksional
holati o’zgarmaydi. Zarur bo’lsa, ular yana qon aylanishiga qaytadi. Qonda
aylanib yuruvchi va sekvestrlangan neytrofillar nisbati turli sharoitlarda
o’zgarishi mumkin. Bola bezovtalanib, qichqirganida kuzatiladigan leykotsitoz
sekvestrlangan neytrofillarning qon aylanishiga o’tishiga bog’liq. Bu sharoitda
leykotsitlar sonining 50% gacha ko’payishi sekvestrlanish bolalarda yaxshi
rivojlanganini bildiradi.
Limfotsitlarning oz qismi (10-20%) 3-7 kun, qolgan 80-90% i 100-200 kun
yashaydi. Qarib, distrofiyaga uchragan limfotsitlar fagotsitozga uchraydi.
Limfotsitlarning bir qismi tiklanayotgan to’qimalarda plastik material vazifasini
bajaradi.
Trombotsitlar qarish jarayonida kichiklashadi, ularda donachalar paydo
bo’ladi. Trombotsitlarning ma’lum qismi tomirlarni ichidan qoplagan endotelial
hujayralar tomonidan o’zlashtiriladi. Trombotsitlar tarkibidagi ba’zi moddalar
endotelial hujayralar 
faoliyati 
mo’tadil bo’lishi uchun 
zarur. 
Qon
plastinkalarining ko’p qismi 8-11 kunlik umri tugaganidan keyin ko’mik, taloq,
jigar va tomirdagi qonning o’zida yemiriladi.
Halok bo’lgan hujayralar, shu jumladan qon hujayralari parchalari (detrit)ni
qondan “suzib olishda” o’pka faol ishtirok etadi.
Leykotsitlar 
va 
trombotsitlar 
yemirilishining 
bolalik 
davrlaridagi
xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar deyarli yo’q.
QON TIZIMINING BOSHQARILISHI
Qon tizimining boshqarilishi qon yaratilish va qon yemirilish jarayonlarini
muvozanatlashtirib, qonning miqdoriy va sifat doimiyligini ta’minlashdan
iborat. Qon yaratilishi asosan gumoral omillar yordamida boshqariladi. Qon
shaklli unsurlarining hammasi bir komponent – o’zak hujayradan kelib chiqsada,
ularning rivojlanishi uchun turli gumoral omillar zarur. Eritropoetinsiz
eritrotsitlar rivojlanishi yuzaga chiqmaydi.
Eritropoetin – peptid gormon bo’lib, molekulyar massasi 41000-46600, u sial
kislota bilan bog’langan. U asosan buyrakda sintezlanadi va bu jarayonni
gipoksiya tezlashtiradi. Eritripoetin uchun nishon-hujayra sifatida eritrotsitning


yaxshi aniqlanmagan o’tmishdoshi xizmat qiladi. Gormonning yetishmasligi
kamqonlikka olib keladi.
Eritropoetin hosil bo’lishining yoshga bog’liq xususiyatlari yaxshi
o’rganilmagan. Chaqaloq qonida eritrotsitlar miqdorining ma’lum vaqt
davomida ko’p bo’lishi uning tug’ilishidan avval va tug’ilish jarayonida kislorod
yetishmovchiligiga uchraganligiga bog’liq.
Leykotsitlar va trombotsitlar rivojlanishini boshqarishda leykopoetin va
uning ingibitori, trombopoetinlar yetakchi rol o’ynaydi. Ammo bu
gormonlarning sintezlanishidagi va ta’sir ko’rsatishidagi yoshga bog’liq
xususiyatlari hali noaniq.
Ontogenezning turli bosqichlarida nerv tizimining qon yaratilishiga ta’sirida
farq borligi aniqlangan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə