Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Alveolyar havoda kislorod va karbonat angidrid miqdori hamda parsial



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Alveolyar havoda kislorod va karbonat angidrid miqdori hamda parsial
bosimlarining yoshga bog’liq holda o’zgarishi
Yosh
O
2
CO
2
Miqdori (%)
Parsial bosimi
(mm.sim.ust.)
Miqdori (%)
Parsial bosimi
(mm.sim.ust.)
Chaqaloqlar
17,0
121
3,2
23
1 yosh
17,2
123
3,0
21
5 yosh
16,4
117
3,8
27
8 yosh
16,0
114
4,1
29
14 yosh
15,5
111
4,9
35
Kattalar
14,3
100
5,6
40
Bir tekis takomil topayotgan nafas tizimi faoliyatida bola prepubertat davriga
yetganida tebranishlar kuzatiladi. Ancha uyg’unlashgan nafas ritmi buziladi.
Nafas hajmining miqdori keskin ortadi, o’pkaning minutlik va maksimal
ventilyatsiyasi ko’payadi. Shu davrdan boshlab tashqi nafas ko’rsatkichlari,


xususan, maksimal ventilyatsiya miqdorining ortish jadalligi qiz bolalarda o’g’il
bolalarnikidan orqada qola boshlaydi. Prepubertat va pubertat davrining
boshlanishida organizmning kislorod bilan ta’minlanishi ancha qiyinlashadi.
Masalan, 4-5 yoshdan 9-10 yoshgacha bo’lgan bolalarda to’qimalarga 1 litr
kislorod yetkazish uchun o’pkadan 5,2-5,3 l, alveolalardan 4-4,1 l kislorod
o’tishi, to’qimadan o’tgan arterial qonda 3,3-3,4 l O
2
bo’lishi zarur. 12-13 yashar
bolalarda to’qimalarni 1 l kislorod bilan ta’minlash uchun o’pkadan 5,7-6,1 l,
alveolalardan 4,1 l kislorod o’tishi kerak, to’qimalardan oqib o’tgan qonda 4 l
kislorod bo’lishi zarur.
Balog’atga yetish jarayonida to’qimalarni kislorod bilan ta’minlash
samaradorligi sekin-asta oshadi va o’spirinlarda katta yoshdagi odamlarnikidan
farq qilmaydi.
O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI
Besh yoshgacha bo’lgan bolalarning vena qonida kislorodning tarangligi 35
mm.sim.ust. teng. Bu katta yoshdagi odamlar vena qonidagidan (40
mm.sim.ust.) past. Alveola havosida esa kislorodning parsial bosimi 117
mm.sim. ust. atrofida va katta odamdagidan yuqori. 5 yoshgacha bo’lgan
bolalarda alveola havosidagi va vena qonidagi kislorodning parsial bosimlari
o’rtasidagi farq 87 mm.sim. ust. tashkil qiladi yoki katta yoshdagi odamlardagi
farqdan 27 mm ga ko’p. Bolalarda bu farqning kattaroq bo’lishi kislorodning
alveola havosidan vena qoniga diffuziyalanishi
samaraliroq bo’lishini
ta’minlaydi.
Buning natijasida arterial qonda kislorodning parsial tarangligi katta
yoshdagi odamlarnikidan 5-8 mm.sim.ust. ga yuqorroq bo’ladi. Aerogematik
to’siqning ikki tomonida karbonat angidridning parsial bosimidagi mavjud farq
ham CO
2
ning vena qonidan alveola havosiga tez o’tishi uchun yetarli.
Bolalar o’pkasida gazlar diffuziyalanishi uchun sharoit qulay bo’lishiga
qaramay, emizikli davrdan keyingi davrlarda ularning qonidagi kislorod miqdori
kattalarnikidan kamroq
bo’ladi. Chunki bolalar qonida eritrotsitlar va
gemoglobin miqdori kamroq. Ularda qonning kislorod sig’imi ham kam. 1-8
yashar bolalarda bu ko’rsatkich arteriya qonida 150-170 ml O
2
/l atrofida bo’ladi
(kattalarda – 190 ml O
2
/l). Sakkiz yoshdan keyin bu ko’rsatkich kattalarda
kuzatiladigan darajaga tez yaqinlashadi.
Bolalarning vena qonida ham kislorodning miqdori kattalarnikidan kam.
Bolalarda bu miqdor 105 ml O
2
/l, kattalarda esa – 120 ml O
2
/l. Kislorodning
miqdoridagi arteriovenoz farq katta yoshdagi odamlarda 70 ml/l ni tashkil qilsa,
birinchi va ikkinchi bolalik davrlarida 55-60 ml/l ga teng bo’ladi. Demak, bola
organizmining to’qimalari arteriya qonidan O
2
ni katta odamga nisbatan kamroq
o’zlashtiradi. Ammo ularda qon aylanishi nisbatan jadalroq bo’lishi tufayli,
to’qimalar yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlanadi.


BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Nafasni boshqaruvchi mexanizmlarning yoshga bog’liq xususiyatlari to’liq
o’rganilgan. Bor ma’lumotlar asosan chaqaloqlik davriga oid bo’lib, ular
yuqorida keltirilgan.
Bola o’sishi va rivojlanishi jarayonida nafas asinxronligi tekislanadi,
qovurg’alararo muskullar va diafragma harakatlarida monandlik paydo bo’ladi,
nafas harakatlarining shakli va ritmi uyg’unlashadi, organizmning kislorodga
bo’lgan
ehtiyojiga qarab, nafasning o’zgarishi optimallashadi. Bunday
o’zgarishlarning negizida boshqaruv mexanizmlarining takomillashishi yotadi.
Bir yoshga to’lgan bolalarda gipoksiya sezilarli darajada nafasni tezlashtiradi.
Birinchi va ikkinchi bolalik davrlarida organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji
ortgan sharoitlarda o’pka ventilyatsiyasi faqat nafas chastotasi hisobiga emas,
balki uning chuqurlashuvi hisobiga ham ortadi. Ammo nafasga olinadigan
havoda kislorod miqdori teng miqdorda kamaysada, o’pka ventilyatsiyasi
bolalarda kamroq 
ortadi. 
Demak, 
bolalarda 
chetdagi 
va 
markaziy
xemoretseptorlarning kislorodning parsial bosimi o’zgarishiga sezgirligi pastroq.
Bolalardagi nafas tizimi nafasga olinadigan havoda CO
2
miqdorining
ko’payishiga minutlik ventilyatsiyani oshirib, aniq javob beradi. Bola qancha
kichik bo’lsa, javob shuncha ko’p.
Bu farqlarga qaramasdan, nafasni reflektor boshqarish mexanizmlari erta
yoshlikdan yetarli darajada rivojlangab bo’ladi.
Bola osishi davrida nafas markazining faoliyati takomillashib boradi. Bola
bir yoshga to’lishi bilan nafas nutqda ishtirok eta boshlaydi. Ikki yashar bolaga
o’pkadagi tovushlarni eshitish maqsadida nafasni chuqurlashtirish zarurligini
tushuntirish mumkin. To’rt yashar bola ixtiyoriy ravishda o’pka ventilyatsiyasini
ko’paytirishi yoki nafasni to’xtatishi mumkin. Bu davrda yarim sharlar
po’stlog’i bulbar nafas markazi ustidan to’la nazorat o’rnatadi. Shu bilan nafasni
boshqaruv mexanizmlarining rivoji tugamaydi. Tayanch-harakat apparatining
rivojlanishi va bola harakatlanishining jadallashishi nafas markaziga
proprioretseptorlardan kelgan afferent ma’lumot miqdorini oshiradi. Bunga
javoban nafasning jismoniy ish miqdoriga moslashishini ta’minlovchi
reaksiyalar takomillashadi, distant analizatorlarning nafasni boshqarishdagi roli
ortadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə