Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Tashqi nafas.
O’pkaning postnatal rivojlanishida bir nechta davrni ajratish
mumkin. Bola hayotining birinchi va ikkinchi yilida alveolalar jadal rivojlanadi.
Ikki yoshdan to’rt yoshgacha bo’lgan davrda bronxlarning muskul unsurlari va
bronxlar atrofidagi to’qima kuchli rivojlanadi. Yetti yoshgacha bo’lgan uchinchi
davrda atsinuslar rivojlanishi katta yoshdagi odam o’pkasidagi darajaga yetadi.
Undan keyin ularni tashkil qiluvchi alveolalar diametri kattalashadi. Natijada
alveolalarning yuzasi chaqaloqlik davridagiga nisbatan 20 marta ortadi. Ayni
vaqtda kichik qon aylanish doirasidagi kapillyarlar soni ham ko’payadi.
Bu tuzilma o’zgarishlar bilan bir qatorda tashqi nafas ko’rsatkichlari ham
o’zgaradi. Bola o’sishi bilan nafas chastotasi kamayadi. Chaqaloqlarda 1
daqiqada 40 dan ko’p bo’lgan bu ko’rsatkich bola bir yoshga to’lganida 30-35
gacha kamayadi, nafas ritmi ancha uyg’unlashadi. Nafas chuqurligi va uni
ifodalovchi nafas hajmi, aksincha, ortadi va bir yashar bolada 70 ml ni tashkil
qiladi. Bu ikki ko’rsatkichning yakunlovchisi bo’lgan o’pkaning minutlik
ventilyatsiyasi chaqaloqlardagi 600-700 ml dan bola hayotining birinchi yili
oxirida 2500-2700 ml ga yetadi (19-jadval).
19-jadval
Tashqi nafas ko’rsatkichlarining yoshga bog’liq holda o’zgarishi
Bolaning
yoshi
Nafas
chastotasi (1
daqiqada)
Nafas
hajmi, ml
O’pkaning
minutlik
ventilyatsiyasi,
ml
Nisbiy
minutlik
ventilyatsiya,
ml/kg/min
O’pkaning
tiriklik
sig’imi, ml
Chaqaloq
44
16
720
206
-
1 yosh
35
57
2000
200
-
5 yosh
25
156
3900
199
1300
8 yosh
22
243
5350
183
1600
12 yosh
18
333
6000
151
2100
16 yosh
17
453
7700
139
3200


Kattalar
16
438
7000
105
3500
Ammo minutlik ventilyatsiyaning nisbiy miqdori o’zgarmaydi va tana
massasining 1 kg ga 1 daqiqada 200 ml chamasida qolaveradi.
O’pka ventilyatsiyasi bilan bir vaqtda alveolyar ventilyatsiya ham ko’payadi.
O’pka massasining tez o’sishi uning tiriklik va umumiy sig’imlari ortishiga
olib keladi.
Bola to’rt yoshga to’lganida ixtiyoriy ravishda nafasini boshqarishni
o’rganadi va shu vaqtdan boshlab o’pka hajmi va sig’imlarini aniq o’lchash
imkoniyati paydo bo’ladi.
To’rt yashar bola o’pkasining tiriklik sig’imi 1100 ml ga teng. Bu miqdor
chaqaloqning qichqiriq sig’imidan 8-9 marta ko’p. Uni tashkil qiluvchi hajmlar
quyidagilar: nafas hajmi – 120 ml, nafas olishning rezerv hajmi – 490 ml, nafas
chiqarishning rezerv hajmi – 480 ml.
Bola hayotining birinchi yillari qoldiq hajm jadal ko’payadi. Chaqloqlarda 40
ml chamasida bo’lgan bu hajm 6 yil davomida 12 marta ko’payib, 480 ml ga
yetadi.
O’pkaning tiriklik sig’imi va qoldiq hajm ko’payishi natijasida uning
umumiy sig’imi ham ko’payadi. Balog’atga yetgan yigit-qizlarda tana massasi
tug’ilgandan keyin 20 marta ortgan bir paytda, O’US 36 marta ko’payadi.
6-7 yashar bolalarda O’US sezilarla darajada ortsa ham, uni tashkil qiluvchi
qismlar nisbatan deyarli o’zgarmaydi: qoldiq hajm, nafas olish hamda nafas
chiqarishning rezerv hajmlari deyarli bir-biriga teng bo’ladi.
Bola 10 yoshga to’lganidan keyin O’TS keskin ortadi. Bunda ko’krak qafasi
shaklining silindrga yaqinlashishi, nafas muskullari kuchining ortishi sabab
bo’ladi. Nafas olishning rezerv hajmi ko’proq ortadi, O’US va O’TS ning eng
katta qismiga aylanadi. O’TS ni tashkil qiluvchi qismlarning nafas olishning
rezerv hajmi foydasiga o’zgarishi tashqi nafas tizimi faoliyati imkoniyatlarining
ortishini ta’minlaydi. Zarurat tug’ilganida, xususan jismoniy ish vaqtida nafasni
chuqurlashtirish hisobiga ham o’pka ventilyatsiyasini ko’paytirish imkoniyati
ortadi.
Shu vaqtdan boshlab o’pkaning maksimal ventilyatsiyasi tez oshib boradi
(20-jadval).
20-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə