Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


BOLALARDA MARKAZIY NERV TIZIMI FAOLIYATINING



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARDA MARKAZIY NERV TIZIMI FAOLIYATINING
XUSUSIYATLARI
Chaqaloq va murg’ak bolalarning miyasi nisbatan katta bo’lib, chaqaloqlarda u
badan massasining 1/8-1/9, bir yashar bolada 1/11-1/12, besh yashar bolada
1/13-1/14, katta yoshdagi odamlarda 1/40 qismini tashkil qiladi. Chaqaloq tana
massasining 1 kg ga 109 g miya to’qimasi to’g’ri kelsa, katta yoshdagi
odamlarda bu ko’rsatkich 20-25 g ni tashkil qiladi. Bola hayotining birinchi
yillari miya tez o’sadi. Birinchi to’qqiz oy davomida uning massasi ikki marta,
uch yilda uch martaga ko’payadi.


Chaqaloqlarning MNT dagi neyronlar soni katta yoshdagi odamlarnikiga
teng va o’sish davrida ko’paymaydi. Ammo neyronlarning akson va dendritlari
o’sadi va shoxlanadi. O’siqlar hosil qilgan sinapslar soni ko’payadi, aksonlar
yo’g’onlashib, miyelin bilan qoplanadi.
Chaqaloqning orqa miyasidagi neyronlarning tuzilishida 3-4 yashar
bolalarnikidan deyarli farq yo’q. Ikkinchi bolalik davrida hujayralar
kattalashadi, ularda argentofil donachalr paydo bo’ladi. MNT ning fuksional
yetilishi tolalarning miyelin bilan qoplanishi, neyrofibrillar shakllanishi
sinapslar paydo bo’lishiga bog’liq.
Orqa miyadagi tushuvchi o’tkazuvchi yo’llar avval miyelinlashadi, keyin
ko’tariluvchi tutamlar tarkibidagi tolalar miyelin bilan qoplanadi. Bosh miyada,
aksincha, avval sezuvchi tuzilmalar miyelinlashadi.
Bola tug’ilganida orqa miyadagi va miya qo’ndog’idagi asosiy o’tkazuvchi
yo’llarning miyelinlashuvi tugaydi. Faqat piramida yo’li va olivo-spinal
yo’lning miyelin bilan qoplanishi orqada qolgan bo’lib, bola 3-4 yoshga
to’lganida yakuniga yetadi.
Uzunchoq miya, ko’prik, o’rta miyadagi nerv hujayralari tug’ilish vaqtiga
kelib to’la shakllanadi, rubro-spinal yo’l miyelinlashadi.
Chaqaloqlarda po’stloq osti tuzilmalari – oqimtir yadro, qora modda va
subtalamik yadro tarkibidagi neyronlar ham yaxshi rivojlangan. Faqat targ’il
tananing shakllanishi bola 6 oylik bo’lganida tugaydi.
Miya katta yarimsharlari filogenetik yangi qismlarining neyron mexanizmlari
tug’ilish vaqtiga kelib hali yetarlicha rivojlanmagan. Bularga sensomotor,
ko’rish sohalari, striopallidar tizim, ko’ruv do’mboqlari, gipotalamik
yadrolarning ko’p qismi, miyacha kiradi.
Filogenetik jihatdan qadimgi tizimlar ancha yuqori darajadagi taraqqiyotga
yetadi. Bu tizimlar teri retseptorlari, proprioretseptorlar, vestibulyar, ta’m va hid
bilish retseptorlari bilan bog’langan.
Miya po’stlog’ining harakatlarga bevosita dahldor sohalari (Brodmanning 4-
va 6-paykallari) yangi tug’ilgan chaqaloqda yetarlicha rivojlanmagan. Bola
hayotining birinchi yili davomida motor sohalarning V qavatida Besning gigant
piramidal hujayralari rivojlanadi. Po’stloqning motor sohalarini yetilishi 6-7
yoshda tugaydi.
Yakka neyron va tolaning faoliyat ko’rsatkichlarida yoshga bog’liq ko’zga
tashlanadigan xususiyatlar bor. Bu xususiyatlarga oid ma’lumotlar asosan
o’sayotgan hayvonlarda olingan. Ularga ko’ra, yangi tug’ilgan mushukcha
neyronlarining tinchlik potensiali -50 mV ga yaqin (yetilgan hayvonlarda esa
-60-70 mV ga teng). Neyronlarda depolyarizatsiya darajasi endi tug’ilgan
mushukchada 20 mV chamasida bo’lsa, yetilgan mushukda 10 mV ga yaqin.
Demak, emizikli davrida neyronlarning qo’zg’aluvchanligi past.
Neyronlar harakat potensialining amplitudasi yetilgan hayvonlarda yangi
tug’ilgan mushukchadagi 50-80 mV dan 90 mV gacha ortadi, potensial
davomiyligi kamayadi.


O’sish jarayonida neyronlar o’rtasidagi aloqalar murakkablashadi, neyron
halqalari va to’rlari takomillashadi, MNT dagi sinapslar soni bir necha o’n marta
ko’payadi.
MNT ning asosiy faoliyat ko’rsatish shakli refleksdir. Reflektor faoliyatning
shakllanishi refleks yoyi tuzilmalarining yetarli darajada rivojlanishini talab
qiladi. Endi tug’ilgan chaqaloqda yangi sharoitga moslashib hayot kechirish
uchun zarur bo’lgan refleks yoylari faoliyat ko’rsatishga tayyor bo’ladi.
Yangi tug’ilgan bolalarda emish, yutish, qovuq hamda to’g’ri ichakni
bo’shatish reflekslari yaxshi rivojlangan. Nafasni boshqarishda muhim bo’lgan
Gering va Breyer refleksi yaqqol namoyon bo’ladi. Demak, chaqaloqlarda bu
davrda organizm faoliyatlari mo’tadil bo’lishini ta’minlovchi bir guruh
reflekslar yaxshi shakllangan.
Klinik ahamiyatga ega bo’lgan - tirsak, tizza va Axill reflekslari chaqaloq va
emizikli bolalarda kuchaygan.
Yangi tug’ilgan sog’lom bolalarda “chaqaloq reflekslari” nomini olgan bir
guruh reflekslar kuzatiladi. Bularning asosiylari: xartum refleksi, Robinson
refleksi, Moro refleksi, Bauerning emaklash refleksi va boshqalar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə