Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


BOLALARDAGI ANALIZATORLAR FAOLIYATINING



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARDAGI ANALIZATORLAR FAOLIYATINING
XUSUSIYATLARI
Sezgi a’zolari orqali markaziy nerv tizimiga tashqi muhitdan olinadigan
axborotlarning barchasi o’tadi. Bu axborotlarning tahlili analizatorlarning
chetdagi qismi – retseptorlarda boshlanadi va bosh miyada, impulslar bir
neyrondan ikkinchi neyronga o’tadigan birlamchi markazlarda davom etadi.
Analizatorning yarimsharlar po’stlog’idagi markazi ta’sirotlarning oliy tahlilini
obrazni tanish bilan tugatadi.
Individual rivojlanish jarayonida analizatorlarning yetilishi bir tekis
kechmaydi. Tuzilish va faoliyat ko’rsatish jihatdan eng avval vestibulyar sensor
tizim, keyin ta’m va hid bilish hamda teri sezgisi shakllanadi. Ko’ruv va eshituv
tizimlarining takomili orqada qoladi. Bola tug’ilganidan keyin sensor
tizimlarning rivojlanishi davom etadi.
KO’RUV ANALIZATORI
Chaqaloqning ko’z soqqasi ancha katta. Uning massasi tana massasiga
nisbatan kattalardagiga qaraganda 3,5 marta katta. Bola hayotining 3-5 yilida
ko’z soqqasi tez o’sadi. O’sish jarayonida shox va rangdor pardalar diametri
kattalashadi, ular qalinlashadi. Ko’zning optik tizimini tashkil etuvchi tuzilmalar
orasida gavharning o’sishi eng jadal kechadi: chaqalqolarda massasi 66 mg
bo’lgan gavhar bir yoshga borib 124 mg ga yetadi (katta yoshdagi odam
gavharining massasi 170 mg chamasida).
Chaqaloqning to’r pardasi ham takomilga yetmagan. Kolbachalar sharsimon
shaklda, bir qavat bo’lib joylashgan. Sariq dog’ chuqurcha hosil qilgan, ammo
undagi kolbachalar soni 4000 atrofida yoki kattalarnikidan 4 marta kam. Sariq
dog’ning rivojlanishi 4 oycha davom etadi. Makula takomilining tugashi to’r
pardaning rivojlanishi bilan batamom tugaydi, degan gap emas. Bola 10-12
yoshga to’lgunicha to’r pardaning hamma qavatlarini qalinlashishi va kengayishi
davom etadi.
O’sish jarayonida ko’ruv analizatorining o’tkazuvchi yo’llari, po’stloq osti
tuzilmalari va po’stloq markazining rivojlanishi ham kuzatiladi. Bu masalaga
oid ma’lumotlar orasida eng muhimi va eng qiziqarlisi shuki, agar ko’z atrofni
ko’rishdan mahrum qilinsa (masalan, hali ko’zi ochilmagan mushukcha yoki
yangi tug’ilagan maymunchaning bir ko’zi va qovoqlari tikib qo’yilsa), shu ko’z
ma’lum vaqt o’tgandan keyin ko’rmay qoladi. Kamolotga yetgan hayvonning bir
necha yil yumuq bo’lgan ko’zlari ochilganda, ko’rish qobiliyati hech
shikastlanmagani aniqlangan. Shunga o’xshash holat ko’zida katarakta
rivojlangan odamlarda ham uchraydi. Katarakta – ko’z gavharining xiralashishi.
Bunday gavhar to’r parda tomon ma’lum miqdorda yorug’liq o’tkazadi, ammo
uning yuzasiga nurlarni fokuslab bermaydi. Oftalmologlar turli sabablarga ko’ra
tug’ma kataraktali chaqaloqlarni operatsiya qilishga shoshilishmaydi. Bola 7-8


yoshga to’lganida katarakta olib tashlanganiga qaramay, operatsiya ijobiy natija
bermagani, ko’z ojiz bo’lib qolgani aniqlangan. Bu holat ambliopiya – ko’z
soqqasi tuzilmalari o’zgarmagan bir vaqtda, ko’rish qobiliyatini qisman yoki
batamom yo’qotish, deb ataladi.
Katta yoshdagi odamlarda ahvol butunlay boshqacha bo’ladi. Masalan, 70
yoshga to’lgan qariyaning ikkala ko’zida katarakta rivojlanadi va u asta-sekin
ko’r bo’lib qoladi. Uch yil o’tgach katarakta jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi
va kerakli ko’zoynak taqqan qariyaning ko’rish qobiliyati to’la tiklanadi.
Keltirilgan misollar, ontogenezda ko’ruv analizatorining markazlari to’gri
rivojlanishi uchun ko’z jismlar shaklini ko’rishi zarurligini isbotlaydi. Ma’lum
davrda ko’ruv deprivatsiyasini (deprivatsiya – mahrum qilish) kechirgan hayvon
va odamlarda tizzasimon tana va po’stloq ko’ruv markazlarining tuzilishi va
faoliyat ko’rsatishi keskin buziladi.
G’ilaylik ham ambliopiyaga olib keladi. Shuning uchun g’ilay bolalarni
vaqtida davolash kerak.
Aksariyat olimlar fikricha, ko’ruv analizatorining rivojlanishi 7 yoshgacha
davom etadi.
Kichik yoshdagi bolalar ko’ruv analizatorining rivojlanishi oxiriga
yetmaganligi uning faoliyatidagi o’ziga xosliklarga sabab bo’ladi.
Ko’zning yorug’likka sezgirligi borligini endi tug’ilgan chaqaloqda aniqlash
mumkin. Yetarli kuchda ko’zni yoritish chaqaloqda qorachiq va ko’z pirpirash
refleksini yuzaga keltiradi. Ularda qorachiq 0,9 mm dan 1,9 mm gacha
o’zgarishi mumkin. Ko’z pirpirash refleksida bir ko’z yumilganida, ikkinchisi
ochiq bo’ladi. Refleks ikki oylik bolalarda koordinatsiyalashadi. Ammo
chaqaloq ko’zining yorug’likka sezgirligi past bo’lib, hayotining birinchi
oylarida ko’p marta ortadi. Ko’z sezgirligining ortishi keyin ham sust bo’lsada,
ammo davom etadi (7-18 yoshlar oralig’ida yorug’likka sezgirlik ikki martacha
oshadi). 
Kichik 
yoshdagi 
bolalar 
ko’zining 
yorug’lik 
darajasiga
adaptatsiyalanish imkoniyatlari past. Qorong’idan yorug’likka, yorug’likdan
qorong’iga o’tgan retseptorlar tez moslasha olmaydi.
Emizikli bolalarning ko’ruv maydoni tor. Periferik (chetni) ko’rish besh
oydan keyin rivojlana boshlaydi, ammo ko’ruv maydoni 5 yoshdan 10
yoshgacha bo’lgan davrda juda tez kengayadi.
Chaqaloqlarning aksariyatida (80,9 % ida) kuchsiz gipermetropiya (uzoqdan
ko’rish) kuzatiladi. 11,5 % chaqaloqlar ko’zining nur sindirish kuchi
(refraksiyasi) me’yorida bo’ladi, 7,6 % ida miopiya (yaqindan ko’rish) uchraydi.
Murg’ak bolalarning uzoqdan ko’rishiga ko’z soqqasining bo’ylama o’qini
kaltaligi sabab bo’ladi. Ularda shox parda va gavhar qavariqroq bo’lganiga
qaramay, ko’zning fokus nuqtasi to’r pardaning orqasiga o’tib ketadi.
Gipermetropiya bola 7-8 yoshga to’lgunicha saqlanadi. Ko’z soqqasi o’sishi
natijasida uning bo’ylama o’qi kattalashadi va 10-12 yoshga borganda
emmetropiyani ta’minlovchi o’lchamga yetadi.


Ammo 30-40 % bolalarda ko’z soqqasining bo’ylama o’qi o’sish jarayonida
keragidan ko’p darajada uzunlashadi va ularda yaqindan ko’rish (miopiya)
rivojlanadi. Bunday bolalar uzoqdagi jismlarni aniq ko’rish uchun botiq linzali
ko’zoynaklardan foydalanishga majbur bo’ladilar.
Miopiyaning sabablari bir nechta. Birinchidan, yaqindan ko’rishga moyillik
nasldan naslga o’tadi. Ikkinchidan, ko’zga yaqin bo’lgan narsalarga uzoq vaqt
qarash akkomodatsiya mexanizmlarini charchatadi va miopiya rivojlanishiga
sabab bo’ladi. Shuning uchun bolalarni ko’rayotgan narsalarni ko’zdan yetarli
masofada – 35-40 sm narida ushlashga, o’qish va yozish jarayonida vaqti-vaqti
bilan dam olishga o’rgatish kerak. Bola yozib, o’qiydigan joy (stol, parta) yaxshi
yoritilgan bo’lishi zarur.
Ko’rish o’tkirligi ko’ruv analizatorining juda muhim ko’rsatkichidir. Uni
ko’zning jismlarni mayda qismlarini ko’ra olish qobiliyati ifodalaydi. Ko’rish
o’tkirligi to’r pardaning funksional holati, optik tizim tiniqligi va boshqa
omillarga bog’liq. Chaqaloqlarda ko’rish o’tkirligi juda past. Bola o’sishi bilan
ko’ruv o’tkirligi ortadi va 5 yoshlarga borib me’yoriga yetadi (33-jadval).
33-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə