Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Turli yoshdagi bolalarning uyquga bo’lgan tabiiy ehtiyoji



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bolalar fiziologiyasi

Turli yoshdagi bolalarning uyquga bo’lgan tabiiy ehtiyoji
Bolaning yoshi
Uyquninf davomiyligi
(soat)
Kecha-kunduzga
nisbatan %
hisobida
0-2 oy
19
79
3-5 oy
17
71
6-8 oy
15
63
9-12 oy
13
54
2-3 yosh
12,5
52
4-5 yosh
11,5
48
6-9 yosh
10
42
10-12 yosh
0,9
40
13-15 yosh
9
37


Bolalarda bir kecha-kunduzgi uyqu davomiyligining kamayishi avvalo
kunduzgi uyqu vaqtining qisqarishi hisobiga ro’y baradi. Bola hayotining
birinchi yili oxiriga kelib, u kunduzi 1-2 marta uxlaydi, xalos. 1,5 yashar bolada
kunduzgi uyquning davomiyligi 2,5 soat atrofida va yana 1 soat vaqt bolaning
uxlab qolishi uchun kerak. 4 yashar bo’lgach, bolalarning hammasida ham
kunduzi uxlash odati saqlanib qolmaydi. Bu davrda uyquga bo’lgan individual
ehtiyoj yaqqol ko’zga tashlanadi. Biroq 5-6 yoshgacha bo’lgan barcha
bolalarning kunduzi uxlashlari maqsadga muvofiqdir.
Uyqu vaqtida elektroensefalogrammaning xarakteriga, ko’z soqqalarining tez
harakatlari mavjudligiga va vegetativ faoliyatlar o’zgarishiga qarab, uyquning
ortodoksal (sekin uyqu) va paradoksal (tez uyqu) bosqichlari tafovut qilinadi.
Bola hayotining dastlabki yillarida tez uyqu bosqichi uyquning 50 % ini, 3-5
yashar bolada 30 % ini, 5 yoshdan keyin 22-28 % ini tashkil qiladi. Chuqur
uyquning davomiyligini va strukturasini o’rganishni uyqu vaqtidagi harakatlar
soniga qarab baholash mumkin. Bola hayotining dastlabki yillarida bunday
harakatlar soni (80 ta) katta yoshdagi bolalardagidan (60 ta) ko’proq. Biroq
uyquda ko’p harakatlar qilish yosh bolaning uxlashiga xalaqit bermaydi,
kattaroq bolaning esa uyg’onib ketishiga sabab bo’ladi.
Tez uyqu bosqichi uchun fiziologik miokloniyalar xosdir. Bunda alohida
muskul tolalarining va guruhlarining tez-tez qisqarishlari, qo’l barmoqlari va
mimika muskullarining qisqarishlari ro’y beradi. Natijada bola uyqusida
jilmayadi, lablarini va qoshlarini qimirlatadi, oyoq-qo’llarini harakatlantiradi.
Sekin uyqu bosqichida miokloniyalar kamroq kuzatiladi.
Uyqu chog’ida qayd qilingan EEG ning xarakteriga binoan sekin uyqu o’z
navbatida bir nechta bosqichga bo’linadi. Tinch holatdagi uyg’oq bola uchun va
mudrash holati uchun alfa-ritm xosdir (A-bosqich). Tashqi ta’sirotlar natijasida
alfa-ritmning beta-ritm bilan almashinishi (desinxronizatsiya) ro’y beradi.
Yengil uyqu vaqtida turg’un bo’lmagan, past amplitudali to’lqinlar paydo
bo’ladi (B-bosqich). C-bosqichda EEG da past amplitudali sekin to’lqinlar (teta-
ritm) qayd qilinadi va ular yuzaki uyqu holati bilan bog’liq. D- va ayniqsa E-
bisqichiga o’tish chuqur uyqu holati yuzaga kelganidan dalolat beradi. EEG da
bu delta-ritmning kuchayishi bilan xarakterlanadi.
Paradoksal uyqu chog’ida EEG da beta-ritm bilan bir qatorda past
amplitudali faollik qayd qilinadi. Shuningdek doimiy bo’lmagan alfa-ritm
guruhlari va “arrasimon“ to’lqinlar uchraydi.
Uyquning bosqichlari va davrlari ontogenezda sekin-asta shakllanadi. Chala
tug’ilgan chaqaloqlarda o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, homila
hayotining oxirgi haftalaridayoq unda tez uyqu davrlari uchraydi. Ular umumiy
uyquning 30-60 % ini egallaydi. Qolgan vaqtda homilaning muyasi
differensiallanmagan (osuda) uyqu deb nomlangan holatda bo’ladi.
Yetilgan chaqaloqlar hayotining birinchi kunlari ularning EEG sida
chastotasi sekundiga 3-7 ga teng, doimiy bo’lmagan tebranishlar (teta-ritm)


ustun bo’ladi. Sekin uyqu bosqichlaridan faqat chuqur uyqu (E-bosqichi)
kuzatiladi. Tez uyqu bosqichi aniq ko’rinadi.
2-3 oylik bolada D-bosqich paydo bo’ladi. Sekin uyquning C-bosqichi 3
yoshdan keyin paydo bo’ladi. A- va B-bosqichlarini bola 8-12 yoshga
to’lganidan keyin aniq ko’rish mumkin. Bu erta bolalik davrida bolalarda
mudrashning yaqqol belgilari yo’qligidan dalolat beradi.
Chaqaloqda tez uyquning davomiyligi ko’proq. U umumiy uyqu vaqtining
yarmini egallaydi, ya’ni 10 soatga teng. Katta yoshdagi odamda tun davomida
tez uyquning 4-6 bosqichi kuzatilib, har bir bosqichning davomiyligi 20 minut
atrofida bo’ladi. Bu uyqu umumiy davomiyligining 1,5 soatini yoki 1/5 qismini
tashkil qiladi. Shunga qaramay, yosh ortgan sari unumli bedorlik holatini
ta’minlshda tez uyquning ahamiyati oshib boradi.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə